scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAMLAKAT ELEKTRONIKA VA ELEKTROTEXNIKA SANOATIDA MOLIYAVIY RESURSLAR SHAKLLANISHI VA UNING TAHLILI

Parpibayev Dilmurod Odil o'g'li

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida moliyaviy resurslar shakllanishi, ularning dinamikasi va tarmoqqa ta’sir etuvchi makroiqtisodiy omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda Markaziy bank siyosat stavkasi va global talabning o‘sish tendensiyalari asosida elektrotexnika korxonalari faoliyatining moliyaviy manbalari baholangan. Tarmoqda kapital talabining yuqoriligi, innovatsion modernizatsiya jarayonlari va ESG tamoyillarini integratsiyalash ehtiyoji moliyaviy resurslar qiymati va tuzilmasiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar sifatida o‘rganilgan.

Full text

153 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish MAMLAKAT ELEKTRONIKA VA ELEKTROTEXNIKA SANOATIDA MOLIYAVIY RESURSLAR SHAKLLANISHI VA UNING TAHLILI Muallif: Parpibayev Dilmurod Odil o‘g‘li 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik Universiteti tayanch doktoranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17919094 ANNOTATSIYA Mazkur tezisda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida moliyaviy resurslar shakllanishi, ularning dinamikasi va tarmoqqa ta’sir etuvchi makroiqtisodiy omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda Markaziy bank siyosat stavkasi va global talabning o‘sish tendensiyalari asosida elektrotexnika korxonalari faoliyatining moliyaviy manbalari baholangan. Tarmoqda kapital talabining yuqoriligi, innovatsion modernizatsiya jarayonlari va ESG tamoyillarini integratsiyalash ehtiyoji moliyaviy resurslar qiymati va tuzilmasiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar sifatida o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: elektrotexnika sanoati, moliyaviy resurslar, kapital tuzilmasi, investitsiya siyosati, ESG tamoyillari, eksport salohiyati, texnologik modernizatsiya, industrial rivojlanish. KIRISH Bugungi kunda elektrotexnika sanoati mamlakat iqtisodiyotining yuqori texnologik va kapital talab qiluvchi tarmoqlaridan biri sifatida shakllanmoqda. Ushbu soha energiya tejamkor ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va sanoat modernizatsiyasining asosiy drayveri sifatida alohida e’tiborga ega. Mamlakatda amalga oshirilayotgan industrial siyosat doirasida elektrotexnika tarmog‘i — iqtisodiyotning texnologik transformatsiyasini jadallashtiruvchi strategik sektor sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida moliyaviy resurslar hajmi va manbalarining kengayishi kuzatilmoqda. Xalqaro moliya institutlari (IMF, EBRD) va milliy regulyatorlar baholariga ko‘ra, 2025 yilda iqtisodiyotning real o‘sish sur’ati 6,8%, inflyasiya darajasi esa 9,1% atrofida prognoz qilinmoqda. Bu esa kapitalning narxi, foiz me’yorlari va investitsiya qarorlarining shakllanishiga makrodarajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy bankning 14 foizlik siyosat stavkasi korporativ qarz resurslarining bazaviy qiymatini belgilab, elektrotexnika korxonalarining moliyaviy strategiyasida “benchmark” vazifasini bajaradi. Elektrotexnika tarmog‘ining moliyaviy resurslar bazasi nafaqat ichki, balki tashqi talab dinamikasiga ham bog‘liq. ASOSIY QISM Elektrotexnika sanoati – ishlab chiqarish zanjirlarida kapital-sig‘imdor, yuqori texnologik va uzluksiz modernizatsiya talab qiluvchi soha hisoblanadi. Bu tarmoqda moliyaviy resurslar shakllanishi makroiqtisodiy muhit (YAIM o‘sishi, inflyasiya, foiz siyosati), moliya bozorlari chuqurligi va xalqaro talab dinamikasi bilan bevosita bog‘liqdir [1]. Shu bois, korxona darajasidagi qarorlar (kapital tuzilmasi, investitsiya siyosati, pul oqimlari boshqaruvi) makro omillar ta’siri ostida qabul qilinadi. “O‘ZBEKISTON – 2030 STRATEGIYASI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR TAHLILI, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR” 154 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025 yil uchun IMF WEO bahosida yuqori sur’atda o‘sish traektoriyasida (real YAIM o‘sishi 6,8%), inflyasiyaning esa 9,1% atrofida prognoz qilinishi moliyaviy resurslar narxining (diskont stavkalari) formallashuviga makrodarajada ishora qiladi [2]. Ya’ni, yuqoriroq inflyasiya – yuqoriroq talab qilinadigan foiz me’yorlari va investitsiya qarorlariga ta’sir kanali sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy regulyatorning inflyasiya dinamikasi ham shu manzarani tasdiqlaydi: 2025 yil sentyabr holatida yillik inflyasiya 8,0% qayd etilgan [4]. Bu holat tarmoq korxonalari uchun ishchi kapital echimlari va aylanma mablag‘lar boshqaruvida inflyasiya-xatar komponentlarini hisobga olish zaruratini kuchaytiradi. Pul-kredit sharoitida asosiy kalit parametr — Markaziy bank siyosat stavkasidir. 2025 yil sentyabrda O‘zbekiston Markaziy banki kalit stavkasini 14% darajada ushlab turdi (inflyasiyani yakorlash maqsadida), bu esa korporativ qarz resurslari narxini belgilaydigan asosiy bexmarom (benchmark) vazifasini bajaradi [4]. Markaziy bankning 2025–2026 yillar uchun pul-kredit dasturi asosiy ssenariysida real o‘sish 5,5–6,0% atrofida, inflyasiya esa 5% maqsadga yo‘naltirilganini ko‘rsatadi. Bu o‘rta muddatda siyosat stavkasini pasayish traektoriyasiga tayyorlovchi sharoit sifatida qaraladi; natijada o‘rtacha vaznlangan kapital qiymatining pasayishi investitsiya faolligini rag‘batlantiradi [4]. Tarmoq faoliyati uchun ichki talab bilan birga tashqi talab ham muhim ahamiyatga ega. Dunyo electrical equipment bozori 2024 yilda 1,51 trln AQSH dollariga, 2025 yilda 1,66 trln AQSH dollariga baholanib, 2032 yilgacha 10,4% CAGR bilan 3,33 trln AQSH dollariga yetishi kutilmoqda [3]. Buning katta ulushi Osiyo–Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keladi. O‘rta muddatda jahon talabining o‘sishi eksportga yo‘naltirilgan elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun resurs jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. UNIDO bahosiga ko‘ra, elektr jihozlari ishlab chiqarishida yillik o‘sish 8,7% atrofida qayd etilgan bo‘lib, bu sohada raqamlashuv, smart-uskunalar va energiya samaradorligiga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi [5]. Shu sababli elektrotexnika tarmog‘ida innovatsiyalar va kapitallashuv uchun moliyaviy resurslarga ehtiyoj ortmoqda. O‘zbekiston elektrotexnika sanoati so‘nggi yillarda sezilarli rivojlanish sur’atlarini namoyon etmoqda. Bu jarayon mamlakatning energetik mustaqilligi, industrial modernizatsiyasi va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bilan chambarchas bog‘liqdir [6]. 2020–2024 yillar davomida elektrotexnika sanoatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,2 mlrd AQSH dollaridan oshgan. Mazkur jarayonda “O‘zKabel”, “Techno Cable Group”, “GOC–UZ”, “O‘zelektroapparat–Electroshield” va “Artel Electronics Group” kabi yirik korxonalar ichki bozorni to‘ldiribgina qolmay, balki Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport hajmini ham kengaytirmoqda [6]. Texnologik transfer mexanizmlari tarmoqning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan, “O‘zKabel” Germaniya, Italiya, Finlyandiya va Avstriyaning ilg‘or texnologiyalarini joriy etgan, “GOC–UZ” esa Koreya texnologiyasi asosida 5G tarmoqlari uchun optik tolali kabellar ishlab chiqarmoqda. Bu esa texnologik suverenitetni mustahkamlash va energiya tejamkor ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi [7]. 155 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish “Techno Cable Group” EBRD mablag‘lari asosida avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalarini joriy etgan, “O‘zelektroapparat–Electroshield” esa 35–500 kV diapazonli podstansiyalarni mahalliylashtirishda yetakchilik qilmoqda [8]. Eksport geografiyasi kengayib, O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Ozarbayjon bozorlariga muvaffaqiyatli kirib bormoqda [6]. Bu jarayon mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy integratsiyadagi o‘rnini mustahkamlaydi. Korxonalar faoliyatida ekologik va ijtimoiy barqarorlik tamoyillarining (ESG) keng joriy etilishi ham e’tiborga molik. “O‘zKabel” XLPE va PVC-free materiallardan foydalanish orqali uglerod izini kamaytirayotgan bo‘lsa, “Artel” energiya tejamkor maishiy texnika ishlab chiqarishni ESG strategiyasiga muvofiq amalga oshirmoqda [7]. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan elektrotexnika sanoati “2023– 2030 yillarga mo‘ljallangan Industrial rivojlantirish strategiyasi” doirasida ustuvor tarmoq sifatida belgilangan [9]. Davlat–xususiy sheriklik, soliq imtiyozlari va import uskunalari uchun bojxona yengilliklari korxonalar investitsion faolligini oshirmoqda. Yuqoridagi tahlillar asosida aytish mumkinki, O‘zbekistonda elektrotexnika sanoati: - texnologik jihatdan diversifikatsiyalangan, - eksportga yo‘naltirilgan va ESG tamoyillariga asoslangan, - ilg‘or texnologiyalar va xalqaro hamkorlik asosida modernizatsiya bosqichida rivojlanmoqda. Bu jarayon mamlakatning innovatsion industrial iqtisodiyotini shakllantirish, energetik xavfsizlikni ta’minlash va eksport portfelini kengaytirishda strategik ahamiyat kasb etadi. XULOSA Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston elektrotexnika sanoati mamlakatning innovatsion va industrial rivojlanishida strategik o‘rinni egallab, moliyaviy resurslarning shakllanishi va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini tubdan yangilash zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Tarmoqning kapital sig‘imdorligi, texnologik murakkabligi va raqamli transformatsiyaga bog‘liqligi sababli moliyaviy boshqaruvda makroiqtisodiy omillar (inflyasiya, foiz siyosati, pul-kredit sharoitlari) bilan mikro darajadagi qarorlar (kapital tuzilmasi, investitsiya siyosati, aylanma mablag‘lar) o‘zaro integratsiyalashgan holda harakat qiladi. Jahon elektr jihozlari bozoridagi talabning ortishi, ESG tamoyillarining joriy etilishi hamda xalqaro moliya institutlarining faol ishtiroki O‘zbekiston korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish va barqaror moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu bois, elektrotexnika sanoatida moliyaviy resurslar tizimini yanada mustahkamlash uchun kapital tuzilmasini optimallashtirish, uzoq muddatli investitsion strategiyalarni ishlab chiqish, yashil moliya vositalaridan foydalanish va texnologik modernizatsiyani moliyaviy instrumentlar bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. OECD. Financing Industrial Transformation: Trends in the Electrical and Electronics Sector. – Paris: OECD Publishing, 2023. – 153 p. 156 https://www.asr-conference.com/ II SHO‘BA: Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish 2. International Monetary Fund (IMF). World Economic Outlook, October 2024: Navigating the Shifts in Global Finance. – Washington, DC: IMF, 2024. – 198 p. 3. The World Bank. Global Economic Prospects: June 2024 – Balancing Risks and Recovery. – Washington, DC: World Bank Publications, 2024. – 172 p. 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosati sharhi, 2025-yil 3-chorak hisobot. – Toshkent, 2025. – 28 b. 5. United Nations Industrial Development Organization (UNIDO). Industrial Development Report 2023: The Future of Industrialization in a Digital and Green Era. – Vienna: UNIDO, 2023. – 184 p. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Sanoat tarmoqlarida investitsion faollik va moliyaviy barqarorlik tahlili (2024-yil hisobot). – Toshkent, 2025. – 42 b. 7. O‘zKabel AJ, Artel Electronics Group, GOC–UZ rasmiy hisobotlari (2020– 2024-yillar). – Toshkent, 2025. 8. European Bank for Reconstruction and Development (EBRD). Green Manufacturing and Technology Transition in Emerging Markets. – London: EBRD, 2023. – 120 p. 9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 2023–2030-yillarga mo‘ljallangan Industrial rivojlantirish strategiyasi. – Toshkent, 2023. – 35 b.