scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SOVET DAVRIDA O'ZBEKISTON SSR (1960–1980 YILLAR) QISHLOQ XO'JALIGI FANLARIDA ILMIY KADRLAR TAYYORLASHNING TARIXIY TAHLILI

Nasilloyev Sunnat Shavkat o'g'li

Abstract

tadqiqot ishi O‘zbekiston SSRda 1960-1980 yillarda qishloq xo‘jaligi fanlarida aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash, olib borilgan ilmiy siyosat, shu jumladan muammo va ularning yechimlarini o‘z ichiga olgan.

Full text

RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ SOVET DAVRIDA O‘ZBEKISTON SSR (1960–1980 YILLAR) QISHLOQ XO‘JALIGI FANLARIDA ILMIY KADRLAR TAYYORLASHNING TARIXIY TAHLILI Nasilloyev Sunnat Shavkat o‘g‘li Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Buxoro davlat universiteti E-mail: nasilloyevsunna[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17919585 Annotatsiya: tadqiqot ishi O‘zbekiston SSRda 1960-1980 yillarda qishloq xo‘jaligi fanlarida aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash, olib borilgan ilmiy siyosat, shu jumladan muammo va ularning yechimlarini o‘z ichiga olgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston SSR, aspirantura, ilmiy kadrlar, Markaziy qo‘mita, qaror, ilmiy himoya. ИСТОРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОДГОТОВКИ НАУЧНЫХ КАДРОВ В ОБЛАСТИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ НАУК В УЗБЕКСКОЙ ССР В СОВЕТСКИЙ ПЕРИОД (1960–1980 ГОДЫ) Насиллоев Суннат Шавкат угли Преподаватель кафедры общественно-политических наук Бухарский государственный университет Аннотация. В исследовательской работе рассмотрены вопросы подготовки научных кадров в сельскохозяйственных науках Узбекской ССР в 1960–1970 годах через систему аспирантуры, проводившаяся научная политика, а также существующие проблемы и пути их решения. Ключевые слова: Узбекская ССР, аспирантура, научные кадры, Центральный комитет, постановление, защита диссертации. HISTORICAL ANALYSIS OF SCIENTIFIC PERSONNEL TRAINING IN AGRICULTURAL SCIENCES IN THE UZBEK SSR DURING THE SOVIET PERIOD (1960–1980) Nasilloyev Sunnat Shavkat ugli Lecturer at the Department of Social and Political Sciences Bukhara State University Abstract: this research examines the training of scientific personnel in agricultural sciences in the Uzbek SSR during the 1960–1970s through the postgraduate (aspirantura) system, the scientific policy implemented in this field, as well as the existing problems and their solutions. Keywords: Uzbek SSR, postgraduate studies, scientific personnel, Central Committee, decree, dissertation defense. KIRISH KPSS Markaziy qo‘mitasi va SSSR Vazirlar kengashining 1967 yil 16 noyabrdagi 1064 - son qaroriga, shuningdek, O‘zbekiston KP Markaziy komiteti va O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashining 1968-yil 13-fevraldagi 52 - son qarori, muvofiq “Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i tasdiqlangan. O‘zbekiston KP Markaziy komiteti va O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashining qarorida qayd etilishicha, 1960-1967 yillarda respublikada “kommunistik qurilish amaliyoti” tomonidan RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ ilgari surilgan katta muammolarni hal qilishga qodir ilmiy kadrlar o‘sgan bo‘lib, ilmiy va ilmiypedagog kadrlar tayyorlashda yanada yaxshilanishga erishilgan. 1968 yilda Respublikada 5 mingga yaqin fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga ega bo‘lgan ilmiy xodimlar, shu jumladan 350 dan ortiq fan doktori. 3 mingdan ortiq aspirantlar faoliyat olib borardi. Ko‘pgina mutaxassislar mustaqil ravishda, aspiranturadan tashqarida dissertatsiyalar ustida ishlaganligini inobatga olsa bu raqamlar oshishi tabiiy. Biroq ilmiy kadrlar tayyorlashda jiddiy kamchiliklar mavjud edi. 1 Xususan, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish qobiliyatini namoyish etgan yosh mutaxassislarni aspiranturaga tanlash bo‘yicha kam ish olib borilgan. Ko‘pgina aspirantlar belgilangan muddatda dissertatsiyalar ustida ishlashni tugatmagan. 1966 yilda aspiranturani tugatgan 748 kishidan atigi 64 nafari o‘z vaqtida dissertatsiyalarni himoya qilgan. O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi vazirligining ilmiy-tadqiqot institutlarida 1966 yilda aspiranturani tugatgan 76 kishidan 3 nafari dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilgan, 1967 yilda esa bitirgan 64 nafar aspirantdan atigi 3 nafari dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilgan. Bu institut rahbarlarining abituriyentlarni tanlashga, aspirantlar uchun zarur ilmiy, ishlab chiqarish va maishiy sharoitlarni yaratishga, ilmiy rahbarlarni tanlashga yetarlicha e'tibor bermasliklari natijasidir, shu bilan birga akademiklar va fanlar akademiyalari muxbirlari, fan doktori va professorlar aspirantlarning ilmiy rahbariyatiga kam jalb qilingan. 2 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Ushbu tadqiqotda 1960–1980 yillarda O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini yoritish uchun bir nechta tarixiy-metodologik yondashuvlardan, xususan, arxiv tahlili, tarixiy-qiyosiy, obyektivlik va ilmiy izchillik tamoyillariga asoslangan analitik metodlardan foydalanildi. MUHOKAMA Qishloq xo‘jaligi fanining eng dolzarb tarmoqlari bo‘yicha aspirantlarni tayyorlash rejalari muntazam ravishda bajarilmagan. Ko‘pincha institutlarga ba'zi mutaxassisliklarni boshqalar bilan almashtirishga ruxsat beriladi. 2 yil davomida aspirantlarni qabul qilish rejasi amalga oshirilmagan. O‘rta Osiyo pillachilik ilmiy-tadqiqot institutida 3 yil davomida ushbu institutning hech bir aspiranti dissertatsiya himoya qilmadigan. 1967 yilda Lalmi dehqonchilik instituti bo‘yicha dissertatsiyalar himoya qilinmadi. Bir necha yillar davomida institutlar maqsadli aspirantura rejasini bajarmagan. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashdagi mavjud kamchiliklar asosan Vazirlikning Fan Bosh Boshqarmasi ushbu muhim ishga kam e'tibor qaratishi, ilmiy-tadqiqot muassasalari ishini kam nazorat qilishi va ularga zarur yordam ko‘rsatmasligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 13-fevraldagi 52-sonli “ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ilmiy kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan. O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida 1960 yilgacha atigi 26 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. 1960-1970 yillar davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida 617 nafar aspirant tayyorlangan, ulardan 143 nafari yoki 1 S.Sh. “Nasilloyev Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRdagi ilm-fan siyosati” Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning “TAFAKKUR VA TALQIN” mavzusidagI respublika miqyosidagi ilmiyamaliy anjuman to’plami II qism. Buxoro – 2023. 7-12 b. 2 O'zMA, R-90-fond 10-ro’yxat, 2675-yig’majild, 124-varaq RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ 23,1 foizi o‘z vaqtida dissertatsiya ishini himoyaga taqdim etgan. Topshirilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan, 47 nafari yoki 32,8 foizi o‘z vaqtida himoya qilgan. Shuningdek kechikish bilan bo‘lsada keyingi yetti yilda sohada 367 ta aspirant tadqiqot ishini himoya qilgan bo‘lib, ushbu qiymat umumiy dissertatsiyalarning 59,4% ini tashkil etadi. Agarda 1960-1965 yillarni alohida olib qaraydigan bo‘lsak, 262 nafar aspirant tayyorlangan, shundan 45 nafari o‘z vaqtida dissertatsiya himoyasiga taqdim etdi. Bu yillar davomida jami 94 ta yoki 35,9% dissertatsiya himoya qilingan. 1966-1970 yillarda esa 355 nafar aspirant tayyorlandi, belgilangan muddatda 98 ta dissertatsiya himoyaga taqdim etildi, ulardan 29 tasi himoya qilingan, 5 yillik davomida yana 273 dissertatsiya himoya qilingan bo‘lib, bu barcha tadqiqotlarning 76,8 % ini tashkil etadi. Himoyasini o‘z vaqtida bajara olmagan 320 nafar aspirantning 92,4 foizi himoyani 2 yildan 6 yilgacha kechiktirib yakunlagan. Ushbu dissertatsiyalarning mavzulari dolzarb bo‘lib, ko‘plab tadqiqotlar natijalari amaliy va nazariy ahamiyatga ega edi. Shu sababdan ham tadqiqotchilar uchun vaqt va shart-sharoitlar yetishmasdi. Tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi, masalan, “Kolxozda agrotexnika va agrokimyoviy tadbirlarni o‘tkazishda tuproq xaritasidan foydalanish”, “Amudaryoning quyi oqimidagi sholi yetishtiriladigan hududlarning tuproqlari va ularning unumdorligini oshirish yo‘llari” kabi tadqiqotlar shular jumlasidandir. Birgina “O‘zbekistonda go‘shtli va junli qo‘ychilikni yaratish” nomli tadqiqot ishidan olingan dastlabki natija orqali naslchilik ishlari uchun fermer xo‘jaliklariga 1477 bosh nasldor qo‘chqorlar topshirilib, go‘sht-junli qo‘ylar turi yaratilgan. Ayniqsa ikkinchi jahon urushi davridagi talab keyinchalik ham respublika hududida saqlanib qolgan. 3 Shuningdek, mahalliy qoramollarni go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan nasldor qoramollar bilan chatishtirish asosida yangi yirik shoxli mollar naslini yaratish, ushbu yo‘l orqali respublikaning go‘shtga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borilgan. O‘zbekistondagi qoramollarning asosiy zotlarida ba'zi qon oqsillarining polimorfizmini o‘rganish bo‘yicha ishlar ham nazariy ahamiyatga ega bo‘ldi. 4 Aspirantlarni tayyorlash uchun respublika va Ittifoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va Oliy o‘quv yurtlaridan yirik olimlar jalb etildi. O‘zbekiston SSR Veterinariya institutida ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari jadal suratda olib borildi, biroq, institutda 1958-1970 yillarda 79 kishi aspiranturani tugatgan bo‘lsa, ulardan 49 nafari (62.0 %) o‘z vaqtida dissertatsiyalarni yakunlagan. Shulardan 23 kishi yoxud 29.1% aspirant belgilangan muhlatda himoya qilgan. 1958-1970 yillarda jami 63 dissertant yoki 79,9% aspirantlar tadqiqot mavzusini himoya qilgan. Dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilmagan 40 nafar aspirantdan 35 nafari aspiranturani tugatgandan so‘ng tadqiqotni himoya qilishi uchun 2 yildan - 4 yilgacha kerak bo‘lgan. Tuproqshunoslik institutida esa 1947-yildan 1960-yilgacha, mavjud 13 yil mobaynida atigi 7 ta dissertatsiya himoya qilingan bo‘lsa, keying o‘n yil davomida jami 37 ta mavzu himoya qilingan. Ya’ni 1960-1970 yillarda 52 kishi aspiranturani tamomlagan, ulardan 11 nafari yoki 21,1 foizi vaqtida himoya qilish uchun dissertatsiyalarni taqdim etgan. Aspirantlarning 3 nafari yoki 5,7 foizi o‘z vaqtida himoya qilgan. Xulosa qilish mumkinki, qolgan aspirantlar uchun ko‘proq 3 S.Sh. Nasilloyev, “Sovet hukumatining O’zbekiston SSR oliy yurtlarida aspirantura bosqichini tartibga solish sohasidagi huquqiy hujjatlari va ularning mohiyati. (ikkinchi jahon urushi davrida)” Talqin va tadqiqotlar ilmiyuslubiy jurnali, № 17(54). 49-55 b. 4 O'zMA, R-90-fond 10-ro’yxat, 4456-yig‘majild, 176-varaq RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ vaqt kerak bo‘lgan yoki keyinchalik ham tadqiqotini yakunlay olmagan. 1947-1970 yillarda umumiy hisobda 44 ta dissertant tadqiqot orqali ilmiy darajaga ega bo‘lgan. Chorvachilik institutida aspirantura 1958-yildan 1970-yilgacha jami 132 nafar aspirant tayyorlangan, ulardan 27 nafari yoki 20,4 foizi dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilish uchun taqdim etgan, shu jumladan 8 yoki 6,1% aspirant muhlatida himoya qilgan. 62 nafar aspirant aspiranturani tugatgandan so‘ng 2-5 yil davomida dissertatsiyalarni himoya qilgan, 1958-1970 yillarda institut tomonidan jami 84 ta dissertatsiya himoya qilingan. Yomg‘irli (Lalmi) dehqonchilik (богарного земледелия) institutida ham ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari tegishli darajada olib borilmagan, institutda 1961-1970 yillarda 29 nafar aspirant tayyorlandi, ulardan 8 nafari yoki 27,5 foizi o‘z vaqtida dissertatsiyalarni taqdim etgan. Shundan 4 kishi yoki 13,7% rejada ko‘zda tutilgan muddatda himoya qilgan. Aspiranturani tamomlaganlarning 11 nafari yoki 37,9 foizi esa nomzodlik dissertatsiyasini keyinchalik himoya qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, 1961-1970 yillarda ilmiy-tadqiqot instituti aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash ishini 51,7 %gagina bajargan, xolos. Ipakchilik institutida 1947-1960 yillarda 6 nafar aspirantning dissertatsiyalari himoya qilingan. 1960-yildan 1970-yilgacha 25 nafar aspirant tayyorlangan, ulardan 15 nafari yoki 60.0%, dissertatsiyalarni himoya qilgan. Hech bir aspirant dissertatsiya ishini o‘z vaqtida yakunlamadi, dissertatsiyalarni himoya qilish aspiranturani tugatgandan keyin 10 yil ichida amalga oshirilgan. 5 Sholichilik institutida aspirantura bo‘limi 1965-yilda tashkil etilgan. 1970-yilga qadar 6 nafar aspirant tayyorlangan, ulardan 33.3 foizi dissertatsiya himoya qilgan. Dissertatsiyalarni o‘z vaqtida himoya qilmaslikning asosiy sabablaridan biri avvolo ular uchun yetarli sharoit yaratilmaganli, iqtisodiy muammolarning mavjudligi va vaqt masalasi edi. Ko‘pgina aspirantlarning 2-3 yil davomida dalada tajriba o‘tkazishgan, 3-yil esa ma'lumotlarini qayta ishlash, shuningdek dissertatsiyani yozish uchun deyarli vaqt qolmas edi. Dissertatsiyalarni himoya qilishni kechiktirishning sabablari - tadqiqot mavzulari va usullarini, shuningdek, aspirantlarni ilmiy rahbarlarni tayinlamasdan sirtqi bo‘limlarga qabul qilish, tugallangan ishlar bo‘yicha jurnallarda ilmiy maqolalarni o‘z vaqtida nashr etmaslik va boshqa kamchiliklardir. Yuqoridagi masalalarni hal etish maqsadida O 'zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida quyidagi choratadbirlarni ishlab chiqdi. Xususan, 1) Istiqbolli ilmiy xodimlar, ilmiy ishlarni bajarishga qodir bo‘lgan tadqiqotchilar orasidan aspiranturaga abituriyentlarni tanlashga ko‘proq e'tibor berish; 2) aspirantlarni ilmiy rahbar roziligisiz qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik; 3) “Talabgorlarni aspiranturaga qabul qilish” va “Aspirantura to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, tajriba-sinov o‘tkazish, ilmiy-ishlab chiqarish tajribalaridan xabardor, natijaga erishishga yaqin bo‘lganlar orasidan tanlash; 4) O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi (МСХ УЗССР)ga kelgusi yil aspirantlarini qabul qilish uchun ariza taqdim etilgunga qadar aspirantura ishlari mavzusini aniqlash va institut kengashi a’zolari orasida mavzularni qayta ko‘rib chiqish; 5) oliy o‘quv yurtida mutaxassisligi nomenklatura bo‘yicha mutaxassislik profiliga mos kelmaydigan shaxslarning aspiranturaga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; 6) dissertatsiyalar mavzularida tajriba ishlarini o‘tkazish uchun aspirantlarga o‘z vaqtida zarur ilmiy-ishlab chiqarish sharoitlarini yaratish; 7) bajarilgan ishlar bo‘yicha ilmiy maqolalarni nashr etishda aspirantlarga yordam berish; 8) institut ilmiy kengashida dissertatsiya 5 O'zMA, R-90-fond 10-ro’yxat, 4456-yig’majild, 177-varaq RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ mavzulari bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risida vaqti-vaqti bilan aspirantlar va ilmiy rahbarlarni eshitish, monitoring tashkil etish; 9) har yili kalendar muddatlarda aspirantlarni attestatsiyadan o‘tkazish, 10) aspirantura dissertatsiyalari sifatiga talabchanlikni oshirish dissertatsiyalar mavzularini, ilmiy tadqiqot usullarini zamonaviy tarzda tasdiqlash, aspirantlar ilmiy rahbarligiga akademiklar, muxbir a'zolar, fan doktorlari, professorlarni jalb qilish masalasi ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari uchun majburiy etib belgilangan. Qishloq xo‘jaligi fanlari bosh boshqarmasiga esa 1) talabgorlardan KPSS tarixi bo‘yicha aspiranturaga kirish imtihonini qabul qilish (Falsafa bo‘yicha berilgan nomzodlik minimumi mavjud ekanligiga qaramay), 2) mavzulari institutning tematik rejasida ko‘zda tutilmagan aspirantura ishlarining o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 3) har bir institutning ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini tizimli nazorat qilish; 4) Qishloq xo‘jaligi fanlari bosh boshqarmasi kengashida ilmiy kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining hisobotlarini tinglash; 5) aspirantlarning ilmiynazariy konferentsiyalarini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan. SSSR Vazirlar kengashi tomonidan 1968-yil 22-fevraldagi “Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va zavod laboratoriyalari uchun zamonaviy asbob-uskunalar, apparatlar va laboratoriya uskunalari ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 115-sonli qarori tasdiqllangan. Qarorda ittifoqdagi barcha vazirliklar tarkibidagi ilmiy tadqiqot muassasalari, SSSR fanlar Akademiyasi, shuningdek ittifoq respublikalari fanlar akademiyalariga 1968-1970 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini o 'tkazish uchun zarur bo‘ lgan zamonaviy asbob-uskunalar, apparatlar va laboratoriya uskunalarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuklatilgan. 6 Shuningdek, respublika fanlar akademiyalari ilmiy tadqiqot muassasalarida tabiiy fanlar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy asboblar, apparatlar va laboratoriya uskunalarini yaratish bo‘yicha ishlarga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish, zamonaviy asbob-uskunalar, asbob-uskunalar va laboratoriya asbob-uskunalarining texnik darajasi hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va zavod laboratoriyalarining ehtiyojlarini ta'minlash uchun javobgarlik yuklatish talabi qo‘yilgan. 7 O‘zbekiston SSRda 1968-1970 yillarda ushbu vazirlik va idoralarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun o‘lchash asboblari, apparatlari va laboratoriya uskunalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari o‘rganilgan. 8 KPSS Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Ministrlar sovetining 1968 yil 24 sentyabrdagi № 760 9 “Ilmiy tashkilotlar ish samaradorligini oshirish va xalq xo‘jaligida fan va texnika yutuqlaridan foydalanishni tezlashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarori 10 shakllantirilgan. SSSR vazirliklari va idoralari hamda ittifoqdosh respublikalar Vazirlar Sovetlariga alohida tarmoqlar va ittifoqdosh respublikalar xalq xo‘jaligining texnik va iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha, shuningdek, tarmoq yoki respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan eng muhim muammolar yuzasidan ilmiy-texnikaviy bashoratlarni ishlab chiqishni ta’minlash topshirilgan. 6 Постановления Совета Министров СССР за феврал 1968 г. с-145 7 Постановления Совета Министров СССР за феврал 1968 г. с-146 8 Постановления Совета Министров СССР за феврал 1968 г. с-147 9 Ushbu qarorga (SSSR KPSS Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Vazirlar Sovetining 1983 yil 22 avgustdagi № 818; 1985 yil 22 fevraldagi № 180; 1986 yil 21 fevraldagi № 255; 1987 yil 18 noyabrdagi № 1301; 1988 yil 30 iyundagi № 811; 1988 yil 11 avgustdagi № 1003 qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan) 10 https://www.economics.kiev.ua/download/ZakonySSSR/data03/tex15254.htm RESEARCH FOCUS | VOLUME 4 | ISSUE 11 | 2025 ISSN: 2181-3833 ResearchBip (15.22) | Google Scholar | Index Copernicus (ICV 80.58) Research Focus International Scientific Journal, Uzbekistan https://refocus. uz/ XULOSA Ushbu dalillarga asoslanga holda O‘zbekiston SSRda qishloq xo‘jaligi fanlarida aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash to‘g‘ri tashkil etilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. 1971 yil 25 oktabrda Toshkent shahri o‘tkazilgan O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi hay’ati (hay'at raisi - E. Shayxov) yig‘ilishi “Aspirantura orqali ilmiy kadrlar tayyorlash to‘g‘risida”gi 85-son qarorni tasdiqlagan. Ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR Vazirlar kengashi respublikaning iqtisodiy hayotini yaxshilash maqsadida iqtisodiy fanlar bo‘yicha aspiranturaga har yili qabul qilish rejasini 10-12 ta o‘ringa ko‘paytirish masalasini ijobiy baholagan. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. S.Sh. Nasilloyev “Sovet hokimiyatining O‘zbekiston SSRdagi ilm-fan siyosati” Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning “TAFAKKUR VA TALQIN” mavzusidagI respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plami II qism. Buxoro – 2023. 7-12 b. 2. S.Sh. Nasilloyev, “Sovet hukumatining O‘zbekiston SSR oliy yurtlarida aspirantura bosqichini tartibga solish sohasidagi huquqiy hujjatlari va ularning mohiyati. (ikkinchi jahon urushi davrida)” Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, № 17(54). 49-55 b. 3. S.Sh.Nasilloyev “O‘zbekiston fanlar akademiyasining tashkil etilishi” RESEARCH FOCUS xalqaro ilmiy jurnali 2023 yil 5-son 92-98 b. 4. O‘zbekiston Milliy arxivi saqlovi hujjatlari 5. Buxoro viloyat davlat arxivi saqlovi hujjatlari