ZAMONAVIY INGLIZ ADABIYOTIDA INTERTEKSTUALLIK: IEN MAK'YUEN ROMANLARI MISOLIDA
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida intertekstuallik (matnlararo aloqadorlik)ning nazariy asoslari va badiiy matn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ien Mak’yuen ijodi misolida intertekstual unsurlarning roman kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va muallifning badiiy uslubidagi funksiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot “Kechirim”, “Amsterdam” va “Shanba” romanlari asosida amalga oshirilgan. Maqolada intertekstual signallar, adabiy ishoralar, madaniy va siyosiy kontekstlarning talqini hamda postmodern adabiyotning poetik xususiyatlari yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, intertekstuallik Mak’yuen romanlarida matnning ma’nosini chuqurlashtiruvchi asosiy poetik mexanizmdir.
Full text
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 363 ZAMONAVIY INGLIZ ADABIYOTIDA INTERTEKSTUALLIK: IEN MAK’YUEN ROMANLARI MISOLIDA ИНТЕРТЕКСТУАЛЬНОСТЬ В СОВРЕМЕННОЙ АНГЛИЙСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ :НА ПРИМЕРЕ РОМАНОВ ИЭНА МАКЬЮЭНА INTERTEXTUALITY IN MODERN ENGLISH LITERATURE: A CASE STUDY OF IAN McEWAN’S NOVELS Imomaliyeva Mahbubaxon Ikromjon qizi Osiyo Xalqaro Universiteti xorijiy til va adabiyoti 1-bosqich magistranti imomaliyevamahbub[email protected]om Annotatsiya : Ushbu maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida intertekstuallik (matnlararo aloqadorlik)ning nazariy asoslari va badiiy matn mazmunini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ien Mak’yuen ijodi misolida intertekstual unsurlarning roman kompozitsiyasi, obrazlar tizimi va muallifning badiiy uslubidagi funksiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot “Kechirim”, “Amsterdam” va “Shanba” romanlari asosida amalga oshirilgan. Maqolada intertekstual signallar, adabiy ishoralar, madaniy va siyosiy kontekstlarning talqini hamda postmodern adabiyotning poetik xususiyatlari yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, intertekstuallik Mak’yuen romanlarida matnning ma’nosini chuqurlashtiruvchi asosiy poetik mexanizmdir. Аннотация: В данной статье анализируются теоретические основы интертекстуальности в современной английской литературе и её роль в формировании содержания художественного текста. На примере творчества Иэна Макьюэна рассматриваются функции интертекстуальных элементов в композиции романа, системе образов и художественном стиле автора. Исследование проведено на основе романов Искупление, Амстердам и Суббота. В статье освещаются интертекстуальные сигналы, литературные аллюзии, интерпретация культурного и политического контекстов, а также поэтические особенности постмодернистской литературы. Результаты показывают, что интертекстуальность является основным поэтическим механизмом, углубляющим смысл текста в романах Макьюэна.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 364 Abstract: This article analyzes the theoretical foundations of intertextuality in modern English literature and its role in shaping the content of literary texts. Using Ian McEwan’s works as an example, the functions of intertextual elements in novel composition, the system of characters, and the author’s artistic style are examined. The study is based on the novels Atonement, Amsterdam, and Saturday. The article highlights intertextual signals, literary allusions, interpretations of cultural and political contexts, as well as the poetic features of postmodern literature. The results show that intertextuality is a key poetic mechanism that deepens the meaning of the text in McEwan’s novels. Kalit so‘zlar(Key words) : intertekstuallik, zamonaviy ingliz adabiyoti, postmodernizm, madaniy kontekst, metafiksion, adabiy ishora, badiiy muloqot. Kirish (Introduction) Intertekstuallik tushunchasi XX asr adabiyotshunosligida eng muhim nazariy konsepsiyalardan biri sifatida shakllandi. Yu. Kristeva, M. Bakhtin, R. Bart kabi olimlarning tadqiqotlariga tayangan holda, matn boshqa matnlar bilan uzluksiz muloqotda bo‘ladigan semiotik hodisa sifatida talqin qilinadi. Zamonaviy ingliz adabiyotida intertekstuallik badiiy tajribani kengaytirish, matn mazmunini ko‘p qatlamli qilish va o‘quvchi tafakkurini faollashtirishda katta ahamiyatga ega. Ien Mak’yuen zamonaviy ingliz adabiyotining yetakchi vakillaridan bo‘lib, uning romanlari psixologik chuqurligi, tarixiy-siyosiy kontekstga bo‘lgan e’tibori va intertekstual signallar bilan boyitilganligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada Mak’yuen romanlaridagi intertekstual unsurlar, ularning poetik vazifasi va zamonaviy adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ilmiy asosda o‘rganiladi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature Review) Intertekstuallik nazariyasi dastlab Yu. Kristeva tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, u matnlar o‘rtasidagi muloqotni ijtimoiy-semiotik jarayon sifatida baholaydi. M. Bakhtin
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 365 “dialogizm” tushunchasi orqali matnlarning o‘zaro munosabatiga alohida yondashuvni taklif qiladi. R. Bart esa mualliflikning “o‘limi” g‘oyasini ilgari surib, matnning yagona talqini yo‘qligini ta’kidlaydi. Ien Mak’yuen ijodi bo‘yicha ko‘plab adabiyotshunoslar uning romanlarida intertekstual aloqalar, tarixiy kontekstlar va siyosiy diskurslar kuchli ekanligini qayd etadi. Tadqiqotlarda, ayniqsa, “Kechirim” romanining metafiksional tabiati, “Amsterdam”dagi siyosiy-madaniy ishoralar va “Shanba”dagi ilmiy intertekstlar keng muhokama qilingan. Biroq, ushbu romanlarni intertekstual yondashuv asosida tizimli qiyosiy tahlil qilish hali to‘liq o‘rganilmagan mavzu sifatida qolmoqda. Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology) Tadqiqotning asosiy materiali sifatida Ien Mak’yuenning uchta romani tanlandi: “Kechirim ” (2001),“Amsterdam” (1998)“Shanba” (2005) Tahlil davomida quyidagi metodlar qo‘llanildi: 1. Intertekstual tahlil metodi Matnlardagi iqtiboslar, adabiy va madaniy ishoralar, syujet va motivlarning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. 2. Komparativ (qiyosiy) metod McEwan romanlari boshqa adabiy an’analar bilan qiyosiy o‘rganildi. 3. Diskurs tahlili Siyosiy, madaniy va falsafiy kontekstlarning matnga ta’siri tahlil qilindi. 4. Metafiksional yondashuv McEwan ijodidagi yozuv jarayonining o‘ziga xos badiiy o‘yin sifatida talqin qilinishi ko‘rib chiqildi.
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 366 Natijalar (Results) 1. “Atonement” romanidagi intertekstual struktura Modernizm an’analariga, ayniqsa, Virginya Vulf uslubiga kuchli ishora mavjud. Brioni Tallisning yozuvchi sifatida o‘zini anglash jarayoni metafiksional tabiatga ega. Urush adabiyoti an’analari bilan bog‘liq ko‘plab intertekstlar aniqlangan. 2. “Amsterdam” romanida siyosiy va madaniy kontekstlar Yevropa siyosiy muhitiga, ommaviy axborot vositalariga va klassik musiqa madaniyatiga oid ishoralar mavjud. Axloqiy dilemmalar falsafiy intertekstlar bilan bog‘langan. 3. “Shanba” romanida ilmiy intertekstlar Tibbiyot, nevrologiya va zamonaviy ilm-fan bo‘yicha ishoralar personajning tafakkurini chuqurlashtiradi. Iroq urushi va global siyosatga oid diskurslar matn bilan uzviy bog‘langan. Natijalardan ko‘rinadiki, uchala roman ham o‘ziga xos intertekstual mexanizmlarga ega bo‘lib, ular asar mazmunini ko‘p qatlamli qiladi. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations) Yakuniy xulosalar shuni ko‘rsatadiki, Ian McEwan romanlarida intertekstuallik:
Vol.3 №12 (2025). December Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 367 -badiiy matnni chuqur va ko‘p qatlamli qiladi -personajlarning psixologik portretini kengaytiradi -global va shaxsiy muammolarni birlashtiradi -postmodern adabiyotning asosiy belgisiga aylanadi Tavsiyalar: 1. Intertekstuallikni o‘rganishda romanlarni qiyosiy tahlil qilish samarali natija beradi. 2. Kelgusida McEwanning boshqa asarlari – “The Child in Time”, “Enduring Love” – ham intertekstual yondashuvda o‘rganilishi mumkin. 3. Intertekstuallikni o‘quvchilarga adabiy ta’limda qo‘llash o‘quvchi tafakkurini kengaytiradi. Adabiyotlar ro‘yxati (References) 1. Kristeva, J. Desire in Language. Columbia University Press. 2. Bakhtin, M. Problems of Dostoevsky’s Poetics. University of Minnesota Press. 3. Barthes, R. Image–Music–Text. Hill and Wang. 4. McEwan, I. Atonement. London: Jonathan Cape. 5. McEwan, I. Amsterdam. London: Jonathan Cape. 6. McEwan, I. Saturday. London: Vintage. 7. Childs, P. Ian McEwan: Contemporary British Novelists. 8. Finney, B. “Briony’s Stand Against Oblivion: The Making of Fiction in Atonement.”