TA'LIM VA TARBIYA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION TAFAKKUR VA O'YIN JARAYONINING KONSEPTUAL – KONSTRUKTIV KOGЕRЕNTLIGI
Abstract
Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish jarayonida yangi yondashuvlardan biri hisoblangan innovatsion tafakkur va o‘yin jarayonining o‘zaro dialektik aloqadorligi, va ushbu bog‘liqlikning konstruktiv xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bunda tafakkurning innovatsion xislati va o‘yin faoliyatining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari xususida mulohazalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, innovatsiya, innovatsion tafakkur, o‘yin, o‘yin faoliyati, til o‘yini, intellektual o‘yin, divergent tafakkur, konveregent tafakkur
Full text
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 4 TA’LIM VA TARBIYA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA INNOVATSION TAFAKKUR VA O‘YIN JARAYONINING KONSEPTUAL – KONSTRUKTIV KOGЕRЕNTLIGI To`laganova Sayyоra Nazarkulovna Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ”Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat “kafedrasi Assistenti Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish jarayonida yangi yondashuvlardan biri hisoblangan innovatsion tafakkur va o‘yin jarayonining o‘zaro dialektik aloqadorligi, va ushbu bog‘liqlikning konstruktiv xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Bunda tafakkurning innovatsion xislati va o‘yin faoliyatining o‘zaro bog‘liqlik jihatlari xususida mulohazalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, innovatsiya, innovatsion tafakkur, o‘yin, o‘yin faoliyati, til o‘yini, intellektual o‘yin, divergent tafakkur, konveregent tafakkur Аннотация: В данной статье рассматривается диалектическая взаимосвязь инновационного мышления и игрового процесса, являющаяся одним из новых подходов в процессе совершенствования системы образования и обучения, и конструктивные особенности этой взаимосвязи. При этом приводятся соображения об инновационном характере мышления и взаимообусловленности аспектов игровой деятельности. Ключевые слова: образование, образование, инновации, инновационное мышление, игра, игровая деятельность, языковая игра, интеллектуальная игра, дивергентное мышление, конвергентное мышление. Annotation. This article examines the dialectical relationship between innovative thinking and gameplay, which is one of the new approaches in the process of improving the education and training system, and the design features of this relationship. At the same time, considerations are given about the innovative nature of thinking and the interdependence of aspects of gaming activity.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 5 Key words: education, education, innovation, innovative thinking, game, game activity, language game, intellectual game, divergent thinking, convergent thinking. Kirish. Dunyo rivojlanish va taraqqiyoti tarixidan ma’lumki har qanday jamiyat o‘z rivojlanish yo‘li porloq istiqbolini ta’lim va fan taraqqiyotiga bog‘lagan. Tan olish kerak, bu tajriba ko‘p hollarda o‘zini oqlagan. O‘zbekistonda endilikda jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, yurt taraqqiyoti hamda xalq farovonligiga, jamiyat barqaror rivojlanishiga erishish uchun ta’lim tizimi davlat siyosatda asosiy zveno tamoyili sifatida markaziy masala deb qaralmoqda. Butun davlat, jamiyat miqyosida ta’lim tizimida tubdan islohotlarga yo‘naltirilgan siyosiy ijtimoiy jarayonlarning olib borilishi bejizga emas. Endilikda ta’lim jarayoni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilishi, o‘quvchi-talabaga oliy qadriyat sifatida qarash dolzarb masalaga aylanmoqda. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining universal o‘quv-biluv ko‘nikmalarini shakllantirishni bosh maqsadga aylantirilmoqda. Bunday jarayonda mustaqil yondashuv, kreativ fikrlash tarzini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quvchining qiziqishi, faolligini oshiruvchi o‘yinli texnologiyalardan vosita sifatida keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchining tabiatiga mos tushuvchi o‘yinlar o‘quv-tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi mumkin. O‘yin o‘quvchini ta’limda g‘alabaga erishishda qiziqishini orttiradi va unda kuchli motivatsiya hosil qilish imkoniyatiga ega. O‘quvchini tezkorlikda harakat qilishga, chaqqonlik, topqirlik, topshiriqlarni aniq, tez vaqtida bajarishga o‘rgatadi, unda qonun qoidalarga rioya qilish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quvchining faolligi rivojlantirilib, bilimga bo‘lgan ishtiyoqi oshadi. Umuman o‘yin shaxsning ahloqiy sifatlarining shakllanishiga yordam beradi. Materiallar va metodlar. XX asrda o‘yin xususidagi tasavvurlar konseptual tizim darajasiga ko‘tarildi. O‘yinning klassik konsepsiyasini ishlab chiqqan olimlardan I.Xeyzinga uni madaniyat fenomeni sifatida olib qaraydi.
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 6 Hozirgi paytgacha yaratilgan o‘yin konsepsiyalari, o‘yinning ilmiy va falsafiy jihatlari, asosan, I.Xeyzinga, Xugo Raner, O.Fink, R.Lyuis, E.Byorn, K.Aksels, Dj.Neyman, B.Satton-Smit, D.Vinnikott, N.T.Kazakova, L.T.Retyunskix, T.A.Apinyan, A.V.Antyuxina, V.M.Demin, N.I.Stepanov, R.R.Ilyasov, V.S.Xaziyev va boshqalarning tadqiqotlaridaklassik va noklassik paradigmalari doirasida ishlab chiqilgan. Sharq allomalari Ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Kaykovus, Umar Xayyom, Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zayniddin Mahmud Vosifiy va boshqalar ma’naviy merosida o‘zbek xalq o‘yinlari, ommaviy sport o‘yinlari xususida ilmiy fikr va qarashlar mavjud. Respublikamizda o‘yin tushunchasi, uning turlari va xususiyatlari bo‘yicha N.Shermuhammedovaning falsafaga oid o‘quv qo‘llanmalarida, [Shermuhammedova N, 2005, 19.] U.Qoraboyev, O.Safarovlarning risolalarida ma’lumotlar keltirilgan. O‘yin, uning falsafiy mohiyati va intellektual-kreativ xislatlari bo‘yicha monografiya, risola yoki maqola deyarli uchramaydi. Maxsus fanlar doirasida (masalan, iqtisodiyot, pedagogika va matematika yo‘nalishlarida) o‘yin fenomenining sohaviy konsepsiyalari va nazariyalari ishlab chiqilgan. Aksariyat chop etilgan ishlarda o‘yin madaniyat universaliysi va inson erkinligining shakli sifatida talqin qilingan. O‘yin muammosining metodologik, epistemologik va metanazariy aspektlari bugungi kunda yetarli darajada tadqiq etilmagan soha bo‘lib turibdi. Mazkur ishda tanqidiy-refleksiv tahlil (falsafiy muroqaba), obyektivlik, innovatsion va tizimli yondashuvlar, mavhumlashtirish, analiz va sintez metodlaridan foydalanib ish ko‘rildi. Asosiy qism. Darhaqiqat ta’lim tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirishda o‘yin faoliyati va innovatsion tafakkurning o‘zaro aloqadorligini o‘rganish ta’limning pragmatik xususiyatlarini yanada yorqinroq yuzaga chiqaradi. Ma’lumki, o‘yin oliy turdagi jonzotlar, shu jumladan, insonning universal faolligining bir ko‘rinishidir. Inson qaysi faoliyat bilan shug‘ullanmasin, ularning
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 7 barchasi o‘yin jabhasiga tortilishi mumkin. O‘yin orqali inson o‘zi va voqelikni anglaydi, o‘zlashtiradi, tabiiy, shaxsiyatli va ijtimoiy fenomenlarga taqlid qiladi, u yoki bu rolni o‘ynaydi. Innovatsion tafakkur ham o‘yin jabhasiga tortilishi mumkin bo‘lgan intellektual faoliyatning bir turidir. Innovatsion tafakkur va o‘yinni bir-biri bilan bog‘laydigan ikki jihat mavjud: 1. Innovatsion tafakkurda o‘yin jarayonlarining namoyon bo‘lishi, ya’ni tafakkurda sodir bo‘ladigan semantik-ma’noviy o‘yinlar, obrazlar va tasavvurlarning o‘ziga xos (qayerdadir determinlashtirilgan, qayerdadir xaotik, virtual ko‘rinishidagi) o‘yini sodir bo‘lishi; 2. Innovatsion tafakkurni shakllantiradigan intellektual o‘yinlarni yaratish va ulardan foydalanish. Shunday qilib, innovatsion tafakkur konsepsiyasi o‘yin nazariyasi, uning asosiy tushunchalari va g‘oyalari bilan boyitilishi imkoniyati borligini ko‘rishimiz mumkin. Mazkur epistemologik imkoniyatning asosida ham tafakkur, ham til kommunikatsiyasi jarayonlarida o‘yin yoki uni o‘xshatadigan xislatning mavjudligi yotadi. Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish vositasi va fikrning bevosita ifodasidir. Kishilar fikr ayirboshlamasa, umuman zarur moddiy boyliklarni ishlab chiqara olmagan,tabiat kuchlariga qarshi birgalikda kurasha olmagan bo‘lur. Fikr ayirboshlash esa faqat til yordamida yuzaga chiqishi mumkin.Til tafakkurning borliq shakli, tafakkur esa tilning mazmunidir.[Tulenov J., G‘afurov Z 1997,-173 b.] Tilning lingvistik va semantik xususiyatlarini o‘rganar ekan, G‘arb falsafasining yirik namoyondasi L.Vitgenshteyn o‘tgan asrning o‘rtalarida til o‘yini konsepsiyasini ishlab chiqdi. Tafakkur, xususan, innovatsion tafakkurga xos bo‘lgan intellektualsemantik o‘yin g‘oyasi ko‘p jihatdan shu faylasufning ishlab chiqqan konsepsiyasiga asoslanadi. Innovatsion tafakkurda o‘yinning namoyon bo‘lishi turli shakl va modellarda o‘z ifodasini topadi. Innovatsion tafakkur va o‘yin o‘rtasidagi bog‘lanishni, hozirgi zamon axborot va kompyuter inqiloblari sharoitida
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 8 takomillashib borayotgan o‘yin texnologiyalarida innovatsion tafakkurning namoyon bo‘lishini o‘rganish, uning ilmiy, evristik va amaliy samaradorligini tadqiq qilish falsafa va fanda dolzarb masala bo‘lib turibdi. Yana bir jihati borki, innovatsion tafakkur konsepsiyasi bugungi kunda takomil nazariya darajasiga yetmagan ilmiy yo‘nalish bo‘lib turibdi. Bizningcha, mazkur yo‘nalishning muhim istiqboliy tomoni innovatsion tafakkurni o‘yin nazariyasi tushunchalari asosida o‘rganish va shu orqali kreativ tafakkurning o‘yinli xislatlarini tadqiq qilishdir. Innovatsion tafakkurning psixologik zaminida obrazlar, ma’nolar va hukmlarning ixtiyoriy assotsiatsiyasi, bir-biriga semantik ta’siri, buning natijasida esa, til va tafakkur qoidalari, qonunlari doirasida yangi obrazlar va tasavvurlarni hosil bo‘lishi yotadi.[Qo‘shoqov Sh.S, 2016. -32 b.] Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, innovatsion tafakkurda intellektual o‘yin fenomeni (yoki holati) mavjud deyishimizga asos bor. Intellektual o‘yin fenomeni to‘g‘risidagi tasavvur, o‘z navbatida, til o‘yini va tafakkur o‘yini tushunchalari sintezi xususida bildirilgan mulohazalardan kelib chiqadi. Til va tafakkur esa ma’nolar stixiyasi, ularning (ma’no-mazmunlarning) semantik o‘yini makonidir. Umuman olganda, ijod, intellektual innovatsiya ma’nolar harakati, o‘yinidan boshlanadi. “Madaniyatda, - deb ta’kidlaydi M.R.Jbankov, - har qanday innovatsiya dastlab ma’no va mazmunlarning o‘ziga xos o‘yini shaklida vujudga keladi”.[Jbankov M.R, 1999. – S. 252.] Til va tafakkur o‘yini haqidagi dastlabki tasavvurlar til falsafasining noklassik paradigmasi doirasida shakllandi. Bu paradigmaning boshlang‘ich tamal toshini nemis olimi va faylasufi Vilgelm fon Gumbold (17671835) qo‘ydi. Olim qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishiga asos soldi, tilning ijodiy mohiyati haqidagi g‘oyani olg‘a surdi. Gumboldning fikricha, til shunchaki, faoliyat mahsuli bo‘lmasdan, balki ma’nolar olamini yaratuvchi faoliyatning o‘zidir. Noklassik falsafa yo‘nalishi bo‘lgan mantiqiy pozitivizmning yirik namoyondasi Lyudvig Vitgenshteyn (1889-1951) 1945 yilda “Falsafiy tadqiqotlar”
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 9 asarida (1953 yilda chop etilgan) fanga birinchi bo‘lib “til o‘yini” tushunchasini kiritdi.[Vitgenshteyn L,1985,.] L.Vitgenshteynning g‘oyasiga ko‘ra, til o‘yini individlar o‘rtasidagi muloqotning ma’lum qoida va kelishuv (so‘z va so‘z birikmalariga ma’no berish, ma’noni yangilash, boyitish va h.k.) asosida amalga oshirishga qaratilgan lingvistik hodisadir. Til o‘yini fenomeni so‘z va ma’nolarni ishlatish qoidalaridan (ularni buzmagan holda) ixtiyoriy foydalanish imkoniyatlarining mavjud bo‘lishiga asoslanadi. Bu esa, o‘z navbatida, til unsurlarini erkin (o‘yin tarzida) ishlatishni, so‘z o‘yini va ma’nolar plyuralizmining sodir bo‘lishini taqozo etadi, aks holda, til o‘yin xislatlariga ega bo‘lmagan qat’iy lingvistik algoritm ko‘rinishini olgan bo‘lar edi. Tilning amal qilishida qat’iy algoritm bo‘lgan taqdirda til unsurlari va vositalaridan ixtiyoriy foydalanish (masalan, so‘z o‘yini, metaforik ma’no berish holatlarida), ma’nolar plyuralizmi, til qoidalarini erkin ishlatish kabi imkoniyatlar yo‘qoladi. Bunday holatda, tabiiyki, til o‘yini hodisasi sodir bo‘lmaydi. Hozirgi zamon tilshunoslarning fikricha, so‘zlashuvchi muloqot jarayonida so‘z vositalari bilan “o‘ynaydi”. [Uvarova N.L, 1986.] Postmodernizm ta’limotida til o‘yini g‘oyasi “matn o‘quvchisi” tushunchasi asosida rivojlantiriladi. Bu g‘oyaga ko‘ra, o‘qish jarayonida uchta tomon (matn o‘quvchisi, matn va muallif) bir butunlikni tashkil qilib, kommunikatsiya va muloqot paytida til o‘yinining cheksiz maydoni hosil bo‘ladi.[ Mojeyko M.A, 1999. – S.870] Bu cheksiz semantik maydonda yangi obrazlar, ma’nolar, ideal modellar vujudga keladi. Til va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligini, ulardagi mantiqiy va grammatik tuzilmalar o‘xshashligini hisobga olganimizda tafakkurda ham o‘ziga xos semantik o‘yinlar hosil bo‘lishini tan olishga to‘g‘ri keladi. Zero, o‘yin tushunchasiga berilgan talqinlarning birida o‘yin jismoniy va intellektual faoliyat ko‘rinishi bo‘lib, u orqali inson o‘zining aqliy va emotsional xislatlarini ro‘yobga chiqarishi hamda ijodiy izlanish vositasi (yo‘li, holati) ekanligi ta’kidlanadi. Til va tafakkur
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 10 o‘yinlari intellektni bir xil qolip yoki taxlitda faoliyat ko‘rsatish doirasidan tashqariga chiqaradi, natijada, leksik va semantik ma’nolar maydonida “o‘zga olamlar”, “imkoniy olamlar” hosil bo‘ladi. Intellekt o‘yinining eng muhim ko‘rinishi yoki modeli inson tasavvurlarining mahsuldor o‘yinidir. Intellektual mahsuldor o‘yinning yorqin namunasi ilmiy bilishda qo‘llaniladigan aqliy eksperimentdir. Bunda tadqiqotchi o‘ziga xos intellektual o‘yinni amalga oshirib, o‘rganilayotgan obyektning xossalari va qiymatlarini aks ettiruvchi obrazlardan tashkil topgan semantik modelni tasavvurida real va ehtimoliy sharoitlarga qo‘yadi, virtual kuchlar va ta’sirlar oqibatlarini tahlil qiladi, natijada, yangi texnologik, nazariy yoki amaliy xulosaga keladi. Tafakkurda innovatsiya, ya’ni yangilikning vujudga kelishi shu tarzda amalga oshadi. Tafakkur o‘yini real va virtual obrazlarni, xususan, ulardagi ma’nolarni o‘zgartirish, ixtiyoriy birlashtirish, ma’nolar sintezi va kombinatsiyasi shaklida sodir bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni, semantik obrazlar va ma’nolarni ma’lum induktiv yoki deduktiv qoidalar asosida o‘zgartirish, ixtiyoriy biriktirish yangi obrazning, fikrning hosil bo‘lishiga olib keladi. Shu tarzda amalga oshadigan tafakkur o‘yini innovatsion tafakkur zaminini tashkil qiladi. Adabiyotda semantik obrazlar, ma’nolar, ularning birikmalarini harakatga keltiradigan tafakkurning ikki turi mavjudligi ta’kidlanadi, Bular konvergent va divergent tafakkur turlaridir. Konvergent tafakkurda ko‘p xil va turdagi sharoitlar, masalalar ko‘rib chiqiladi, birdan-bir to‘g‘ri yechimga kelinadi, qaror qabul qilinadi. Innovatsion tafakkur uchun asos bo‘ladigan tafakkur divergent tafakkurdir. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, bu tafakkur teranlik xislatiga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida turli semantik (ideal, ma’noviy) yo‘nalishlarda obrazlar, tushunchalar, ularning mazmunlari tahlil qilinadi, taqqoslanadi, ijodkorda parallel fikrlash sodir bo‘ladi, muammolarni yechish usullari va vositalari har xil variantlarda sinaladi, ishlatiladi, natijada, yangi yoki kutilmagan g‘oya, yondashuv
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 11 vujudga keladi. Shu bois, biz divergent tafakkurni konstruktiv tafakkur deb ham belgilashimiz mumkin. Divergent tafakkurda intellektual o‘yin holati ko‘proq sodir bo‘lib, unda ma’nolar, obrazlar va tushunchalarning konstruktiv kombinatsiyasi (chatishmasi), ularning ixtiyoriy tarzda taqqoslanishi va birikishi hamda har qanday o‘yinda bo‘lganidek, ma’lum (mantiqiy, stilistik) qoidalar asosida amalga oshadi. Shu kabi intellektual jarayonlar maydonida o‘ziga xos semantik (ma’noviy, virtual, konseptual, metaforik va boshqa) o‘yinlar sodir bo‘ladi. Demak, innovatsion tafakkurda semantik unsurlar o‘yin holatida bo‘ladi, intellektual o‘yin jarayoni esa grammatik, stilistik va mantiqiy qoidalarga (normalarga) bo‘ysungan holda kechadi. Xulosa. Shunday qilib, ijodiy intellektual faoliyat ijtimoiy ishlab chiqarish sohasi yoki jarayonning tarkibiy qismini tashkil qilganda jamiyatda uzluksiz moddiy-texnikaviy va ma’naviy-intellektual taraqqiyot sodir bo‘ladi. Ta’lim jarayoni ana shunday ishlab chiqarish sohasiga aylangandagina jamiyat taraqqiyoti barqarorlashadi. Masalan, jamiyatda ijtimoiy sohalarda o‘ynaladigan iqtisodiy o‘yinlarda, asosan, raqobat muhiti ostida faoliyat olib boriladi. Bunda aniq belgilangan bir sharoitda insonning harakatlari va ma’lum bir vaziyat o‘ynaladi. Natijaning ijobiy yakunlanishi o‘z navbatida inson iste’mol qiladigan mahsulotlarning yangidan-yangi turlarini ishlab chiqarish muntazam amalga oshiradigan jarayonga aylanib qoladi va buning ma’naviy zaminini tashkil qiluvchi ijodiy fikrlash ixtisoslashgan intellektual innovatsion faoliyat ko‘rinishidagi mehnat darajasiga ko‘tariladi. Mana shu tarzda aqliy faoliyat jabhasida ixtisoslashgan innovatsion tafakkur shakllanib boradi. Ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirishda innovatsion tafakkur va o‘yin jarayonining konstruktivligi shu jihatlar bilan namoyon bo‘ladi. Bu borada innovatsion tafakkur va o‘yinlar nazariyasining umumiylik taraflari hamda kogerentlik xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Ya’ni:
PRINCIPAL ISSUES OF SCIENTIFIC RESEARCH AND MODERN EDUCATION Vol. 4 No.8 (2025) 12 Innovatsion tafakkur va o‘yinga davriylik xosdir, ularda davriy jarayon, ya’ni ularning har ikkovida ham boshlanish, yuksalish va yakunlanish fazalari mavjud. Innovatsion tafakkur jarayonlarida ma’lum modellar orqali muayyan yangi tasavvurlar va xulosalar paydo bo‘ladi. O‘yin jarayonida har bir subyekt o‘ziga xos yo‘nalish va uslubiga ega bo‘ladi, asosiy urg‘u esa betakrorlikka beriladi. Innovatsion tafakkurda aynan betakrorlik ustuvor ahamiyat kasb etadi. O‘yin kategoriyasi joy olgan o‘yinlar nazariyasi insoniyat jamiyatida sodir bo‘ladigan hodisalar modelini beradi. Har qanday noaniqlik sharoitida yechimni topishga intilish va bunda yechimni qabul qiluvchi subyekt, ya’ni o‘yinchi xilma-xil mavjudlikka ega bo‘lgan vaziyatlar haqida ma’lumotga tayanishi hamda ana o‘sha vaziyatlarning birida aniq ishtirok etishi o‘yinlar nazariyasining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. O‘yinlar nazariyasining ta’limga tatbig‘i orqali innovatsion fikrlashga undaydigan obyektiv va subyektiv omillarni hosil qilish imkoniyati vujudga keladi, ya’ni ma’lum qulay vaziyatni, sharoitni ta’minlay olish, ijodiy amaliy faoliyatga olib keladigan fikrlar o‘yinini vujudga kelti¬rish mumkin bo‘ladi va bu tabiiyki, innovatsion tafakkurga xos bo‘ladi.[Kubayeva Sh.2021, 132 b] Bundan tashqari, bevosita nazariy tafakkurdagi shunday jarayonlar orqali bo‘lajak mahsulot g‘oyasini o‘ylab qo‘yish yoki yangi mazmunni mujassamlantiradigan old g‘oyani shakllantira olish ham mumkin bo‘ladi. Innovatsion tafakkur o‘ziga xos davriy bosqichlariga ega. Ehtimollilik va statistik noaniqlik sharoitidagi ekstremal masalalar yechimi nazariyalarining tabiiy rivojlanishi hisoblangan o‘yinlar nazariyasi orqali tafakkurda ilgari surilgan old g‘oyani masalaga aylantirish va izlanish jabhasi bo‘lgan muammoli vaziyatni hosil qilish ham mumkin. Bu esa innovatsion tafakkurning ana shu davriy bosqichining samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, yangi tasavvur, xulosa chiqarish, biron-bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ijodiy fikrlashni talab qilarkan, bu o‘rinda o‘yin bilan ijodiy tafakkur