scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK KONSTRUKSIYASINI QURILISH PUDRATI SHARTNOMASIGA QOʻLLASH ASOSLARI

Donayev Abduqodir Haydarovich

Full text

ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 1 MAJBURIYATLARNI BUZGANLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK KONSTRUKSIYASINI QURILISH PUDRATI SHARTNOMASIGA QOʻLLASH ASOSLARI Donayev Abduqodir Haydarovich Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Annotasiya: Mazkur tezisda majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolikhuquqiy javobgarlikning nazariy asoslari hamda uning qurilish pudrati shartnomasi tizimida qo‘llanish mexanizmlari ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Qurilish pudrati shartnomasi o‘zining murakkab tuzilishi, ko‘p qirrali huquq va majburiyatlar tizimi hamda yuqori darajadagi kasbiy talablar bilan tavsiflanadi. Maqolada fuqarolik-huquqiy javobgarlik konstruktsiyasining asosiy elementlari – majburiyatni buzish fakti, zarar, sababiy bog‘liqlik va ayblilik mezonlari – qurilish pudrati shartnomasi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari qurilish faoliyatida shartnomaviy intizomni mustahkamlash, huquqiy barqarorlikni oshirish va majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: fuqarolik-huquqiy javobgarlik, majburiyatni buzish, qurilish pudrati shartnomasi, zarar, penya, jarima, shartnomani bekor qilish. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 2 Bozor iqtisodiyoti sharoitida qurilish sohasi iqtisodiy barqarorlikning eng muhim tarmoqlaridan biri boʻlib, undagi huquqiy tartibotning mustahkamligi koʻplab xoʻjalik yurituvchi subyektlar manfaatlariga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Hozirga kunda pudrat shartnomasi amaliyotda keng qoʻllaniladi. Shu bilan birga, pudrat shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning batafsil qonunchilikda ishlab chiqilganligiga, pudrat shartnomasiga bagʻishlangan koʻplab ilmiy va ilmiy-amaliy ishlarga qaramay, amaliyotda ushbu shartnomani amalga oshirish bilan bogʻliq turli xil nizoli holatlar yuzaga kelmoqda. Ayniqa, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik konstruksiyasini qurilish pudrati shartnomasiga qoʻllash masalalarini oʻrganish bugungi kunda alohida kasb etmoqda. Chunki, qurilish pudrati bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida javobgarlikni adolatli va asosli belgilashda koʻplab qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Shartnoma majburiyatlarining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi nafaqat iqtisodiy natijalar, balki obyekt xavfsizligi, resurslarning maqsadli sarflanishi hamda shartnoma ishtirokchilarining huquqiy barqarorligini taʻminlaydi. Shu bois, majburiyatni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni aniqlash va qoʻllash masalasi qurilish pudrati shartnomasining asosiy huquqiy institutlaridan biridir. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik – majburiyatlarni buzish oqibatida shartnoma ishtirokchisi tomonidan yetkazilgan zararni qoplash, jarima-sanksiyalar toʻlash ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 3 yoki boshqa kompensatsiya choralarini amalga oshirish majburiyati sifatida namoyon boʻladi. Uning asosiy maqsadi – buzilgan huquqlarni tiklash, zararni qoplash hamda kelgusida majburiyatlarni lozim darajada bajarishga ragʻbat yaratishdan iborat. Pudrat shartnomasining taraflari boʻlib buyurtmachi va pudratchi hisoblanadi. Buyurtmachi va pudratchi sifatida yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, fuqarolar, boshqacha qilib aytganda, oʻz huquq subyektligi doirasidagi har qanday shaxslar boʻlishi mumkin. Yuridik shaxs bilan pudrat shartnomasini tuzishda uning mavjudligiga ishonch hosil qilish muhim. Ming afsuski, soʻnggi paytlarda mavjud boʻlmagan tashkilotlar bilan pudrat shartnomasi tuzish holatlari koʻpayib bormoqda 1 . Agar pudrat shartnomasi tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar tuzilgan boʻlsa yoki shartnomani bajarish jarayonida tashkilot reestrdan chiqarilgan boʻlsa, shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Shartnomani haqiqiy emas deb topish - bu bitim tuzishda vijdonan harakat qilgan shaxsning huquqidir. Sudlar insofli tarafning talabiga koʻra shartnomani mavjud boʻlmagan tashkilot nomidan imzolagan shaxsga bajarishni yuklashi mumkin. Buyurtmachi - ishning oʻzi uchun maʼlum qiymatga ega boʻlgan natijasini sotib oluvchi shaxs. Buyurtmachi ishlarning bajarilish jarayonini va ularning 1 Бычков А. Заключение сделки с несуществующей организацией // ЭЖ-Юрист. 2017. № 44. С. 13 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 4 sifatini nazorat qilishga haqli. Agar ishlar sifatsiz bajarilgan boʻlsa, buyurtmachi pudratchidan kamchiliklarni bepul bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega. Shartnoma shartlari jiddiy ravishda buzilgan taqdirda, buyurtmachi shartnomani bajarishdan bosh tortishga haqli. Shartnomadan voz kechish, agar ish shartnomada belgilangan muddatda bajarilmasligi aniq boʻlsa, uni bajarish jarayonida ham, agar natija unga qoʻyiladigan qonuniy va/yoki shartnomaviy talablarga javob bermasa, ishlar tugallangandan keyin ham mumkin. Ishlar tugagandan soʻng shartnomadan voz kechilgan taqdirda buyurtmachi bunday voz kechishning sabablari koʻrsatilgan asoslantirilgan javobni taqdim etishi kerak. Agar pudratchi uzrli sabablarsiz ishga kirishmagan boʻlsa, buyurtmachi shu bosqichdayoq shartnomadan voz kechishga haqli. Fuqarolik kodeksiga koʻra, javobgarlikning vujudga kelishi uchun quyidagi elementlar mavjud boʻlishi talab etiladi: 1. Shartnoma majburiyatining buzilishi (kechikish, sifatning pastligi, toʻliq bajarilmaslik va boshqalar); 2. Zarar yetkazilishi (haqiqiy zarar va boy berilgan foyda); 3. Qilmish va zarar oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlik; 4. Ayblilik (pudratchi yoki buyurtmachining ehtiyotsizligi yoki qasddan harakati). ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 5 Mazkur konstruktsiya qurilish pudratiga tatbiq etilganda, yuqoridagi elementlarning har biri alohida yuridik ahamiyat kasb etadi. Fuqarolik huquqi doktrinasida qurilish pudrati shartnomasining koʻp jihatlari noaniq, munozarali va huquqshunos olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Qurilish pudrati shartnomasi bilan bogʻliq bartaraf qilish lozim boʻlgan muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: qurilish pudrati shartnomasi predmetining taʼrifi, ish natijasi boʻyicha shartnoma taraflarining mulk huquqi, tugallangan ishlarni qabul qilish dalolatnomasini imzolash boʻyicha taraflar harakatlarining huquqiy tabiati kabilar kiradi. Huquqni qoʻllash amaliyotida noaniqlikni hal qilish va bartaraf etishni talab qiladigan bir qator muammoli masalalar paydo boʻlmoqda. Shuning uchun, qurilish pudrati shartnomasi nazariya nuqtayi nazaridan ham, huquqni qoʻllash amaliyoti nuqtayi nazaridan ham jiddiy izlanishlarga muhtoj. A.Vilkonis va boshqa olimlar oʻz tadqiqotlarida qurilish pudrati shartnomasini tahlil qilar ekan, ular xarajatlarni kamaytirish orqali qurilish ishlarining sifati buzilmasligi kerakligini alohida taʼkidlashadi 2 . Ayrim olimlar qurilish munosabatlaridagi nizolarni uch toifaga ajratadi: hamkorlikdagi ziddiyatlar va tushunmovchiliklar; shartnomadagi noaniqlik, kamchiliklar va nomuvofiqliklar; 2 Vilkonis, A.; Antucheviciene, J.; Kutut, V. Construction Contracts Quality Assessment from the Point of View of Contractor and Customer. Buildings 2023, 13, 1154. https://doi.org/10.3390/buildings13051154 ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 6 oʻzaro shaxsiy munosabatlardan kelib chiqadigan ziddiyatlar 3 . Demak, qurilish munosabatlarida shartnomaning oʻzi ham turli nizolarga sabab boʻlishi mumkin. Fuqarolik huquqi nazariyasida muqobil majburiyatli shartnomalar xilma-xilligi boʻyicha uch guruhga ajratiladi: mulkni topshirish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish shartnomalari 4 . Qurilish pudrati shartnomasi ishlarni bajarish boʻyicha shartnomalar guruhiga kiradi va shartnomaning bir turi sifatida koʻrib chiqiladi. Qurilish pudrati shartnomasini tavsiflash uchun qaysi faoliyatni “ish” deb hisoblanishini ham aniqlash kerak. Amaldagi fuqarolik qonunchiligida “ish” tushunchasining taʼrifi mavjud emas. Fuqarolik huquqi fanida ishning quyidagi oʻziga xos xususiyatlari ajratib koʻrsatiladi. Birinchidan, bu pudratchi faoliyatining moddiy yoki moddiylashtirilgan natijasi boʻlib, unda yangi moddiy narsa yaratiladi, keyin u mulk huquqining obyektiga aylanadi, yohud moddiy narsa buziladi. M.I.Braginskiyning taʼkidlashicha, buyurtmachi oʻzi bergan narsani qaytarib olsa, faoliyatning natijasi mavjud emas, deb hisoblanadi. Yaʼni, faoliyatdan ajralib turadigan natija (ish) 3 Arar, J.A.; Papineau, C.; Poirier, E. An empirical evaluation of the causes leading to binding dispute resolution mechanisms in the Quebec construction industry. Int. J. Constr. Manag. 2023. 4 Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право. Книга третья: Договоры о выполнении работ и оказании услуг. – М.: Статут, 2002. – 6 с. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 7 yangi narsa yaratish orqali yuzaga keladi va mavjud narsani qayta ishlashdan paydo boʻlmaydi 5 . Ikkinchidan, natijaning mavjudligi ishning bajarilganligini anglatadi va ushbu natijani pudratchi faoliyatidan yoki pudratchidan ajratish mumkin, shuning uchun uni buyurtmachiga topshirsa boʻladi. Fuqarolik huquqida natijaning pudratchidan ajratilishi boʻyicha turli talqinlar ilgari suriladi. Xususan, Y.D.Sheshenin yozadiki, agar faoliyat natijasi ijrochidan alohida mavjud boʻlmasa va tovar sifatida tan olinmasa, uni ishga emas, balki xizmatlarga bogʻlash kerak. Bu shuni anglatadiki, natija pudratchining shaxsidan ajratilish mumkin boʻlishi kerak 6 . Y.V.Romanesning fikriga koʻra, ajratilish faoliyat natijasi undan alohida mavjud boʻlganda ham sodir boʻladi va shunda ishning qaysi qismi bajarilganini aniqlash mumkin 7 . Uchinchidan, ishni bajarayotganda, buyurtmachi uchun asosiy manfaat ishning oʻzi yoki predmeti emas, balki ishning natijasidir. L.V.Sannikovaning soʻzlariga koʻra, predmetni ish belgisi deb hisoblash kerak, yaʼni predmet – bu pudratchi taʼsir qiladigan, ajratiladigan va moddiylashtirilgan narsadir 8 . 5 Брагинский М.И. Договор подряда и подобные ему договоры. - М.: Статут, 1999. - С.36. 6 Шешенин Е.Д. Классификация гражданско-правовых обязательств по оказанию услуг // Гражданское право и сфера обслуживания: межвузовский сборник научных трудов. - Свердловск, 1984. - С. 44. 7 Романец Ю.В. Система договоров в гражданском праве России. - М.: Юристъ, 2004. - С.369. 8 Санникова Л.В. Услуги в гражданском праве России. - М.: Волтерс Клувер, 2006. - С.97. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 8 Shunday qilib, “ish “tushunchasiga huquqshunos olimlar tomonidan bir nechta meʼzonlar ishlab chiqilgan va bu esa uni tegishli tartibda “xizmatlar” tushunchasidan ajratishda va taraflar oʻrtasidagi muayyan munosabatlarni tartibga solishda qoʻllaniladigan shartnomalar yoki pullik xizmatlar modellarini aniqlashga imkon beradi. Yuqoridagi nazariy tahlillar natijasida “ish” tushunchasining quyidagi taʼrifini taklif qilinadi: “Ish – bu pudratchining moddiy shaklda ifodalangan, individual xususiyatlarga ega boʻlgan, boʻlinadigan, buyurtmachiga topshiriladigan shartnoma boʻyicha bajariladigan faoliyatning natijasidir. Koʻrib chiqilayotgan qurilishi pudrati shartnomasining umumiy xususiyatlari quyidagilar: Birinchidan, pudratchi ishni buyurtmachining topshirigʻiga muvofiq amalga oshiradi. Ikkinchidan, ish yakuni boʻyicha ishning oʻzidan ajralib turadigan natijaga erishish kerak. Shartnoma aniq natijaga erishishga qaratilgan boʻladi. Agar ish jarayonida bunday natijaga erishilmasa, shartnoma bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan deb hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, shartnomaning bajarilmasligini natijaga erishilmaganlik orqali asoslantiriladi. Uchinchidan, ish natijasi individual xarakterga ega boʻlishi kerak. ILM – FAN TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR Respublika miqyosidagi ilmiyommabop konferensiya http://bestarticle.fast-page.org / KONFERENSIYA | 9 Qurilish pudrati shartnomasining oʻziga xos xususiyatlari yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulk obyektida ishlarni bajarishni oʻz ichiga oladi. Binobarin, qurilish pudrati shartnomasini shartnoma turi sifatida ajratishning muhim mezoni ishlarni bajarish uchun yer maydoni taqdim etilishidir. Muqobil majburiyatlilik belgisi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun kontragentdan haq yoki boshqa qarshi taʼminotni olishlikni anglatadi. Fuqarolik kodeksi normalarining soʻzma-soʻz talqinidan qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha barcha holatlarda haq toʻlanishi kerakligi koʻrsatilgan. Qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha buyurtmachi va pudratchi oʻrtasida roʻy beradigan munosabatlar sodda yoki murakkab boʻlishi mumkin. Yaʼni, buyurtmachi va pudratchi oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlarning oddiy tuzilishi pudratchi shartnomasida nazarda tutilgan qurilish ishlarini shaxsan amalga oshirganda sodir boʻladi. Biroq, koʻpincha taraflar oʻrtasida murakkab shartnomaviy munosabatlar oʻrnatiladi. Bosh pudratchi modeli keng qoʻllaniladi, unga koʻra buyurtmachi bosh pudratchi bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzadi. Ikkinchisi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarining bir qismini ayrim turdagi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan boshqa shaxslarga – subpudratchilarga (yordamchi pudratchilarga) oʻtkazadi. Bosh pudratchi va subpudratchilar oʻrtasidagi munosabatlar qurilish subpudrat shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 634-moddasi birinchi