scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'LUMOTLAR BAZASI TUSHUNCHASI VA TURLARI

O'tkirov, Bekmurod; Zokirov, Sanjar

Abstract

. В данной статье рассмотрены понятие базы данных, её значение, а также виды баз данных, применяемые на основе современных технологий. В ходе исследования проанализированы основные принципы, преимущества и недостатки иерархических, сетевых, реляционных, документно-ориентированных и графовых баз данных, а также их области применения с научно обоснованным подходом.

Full text

ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 614 MA’LUMOTLAR BAZASI TUSHUNCHASI VA TURLARI O‘tkirov Bekmurod Elmurod o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika unversiteti Kompyuter injiniringi yo‘nalishi talabasi [email protected] Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li Farg‘ona davlat texnika universiteti, Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent [email protected] Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’lumotlar bazasi tushunchasi, uning ahamiyati hamda zamonaviy texnologiyalar asosida qo‘llaniladigan ma’lumotlar bazasi turlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ierarxik, tarmoqli, relyatsion, hujjatga yo‘naltirilgan va graf ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazalarining asosiy tamoyillari, afzallik va kamchiliklari, ishlatilish sohalari bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: ma’lumotlar bazasi, MBBT, relyatsion model, NoSQL, ierarxik model, tarmoqli model, graf bazasi, SQL, MongoDB, struktura. Аннотация. В данной статье рассмотрены понятие базы данных, её значение, а также виды баз данных, применяемые на основе современных технологий. В ходе исследования проанализированы основные принципы, преимущества и недостатки иерархических, сетевых, реляционных, документно-ориентированных и графовых баз данных, а также их области применения с научно обоснованным подходом. Ключевые слова: база данных, СУБД, реляционная модель, NoSQL, иерархическая модель, сетевая модель, графовая база, SQL, MongoDB, структура. Kirish. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida turli tashkilot va korxonalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash zarurati oshib bormoqda. Bunday ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanishni samarali tashkil etish uchun maxsus tizim - ma’lumotlar bazasi zarur. Ma’lumotlar bazasi - predmet sohasiga oid ma’lumotlarni tartibli, mantiqiy bog‘langan holda kompyuter xotirasida saqlash imkonini beruvchi tizimdir. Uning boshqarilishi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) orqali amalga oshiriladi. MBBTlar turli struktura, yondashuv va modellar asosida shakllanib, zamonaviy IT-dasturlar, webservislar, bank tizimlari, logistika, tibbiyot va boshqaruv sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Metodologiya O‘tkazilgan tatqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ma’lumotlar bazalari bo‘yicha ilmiy yondashuv XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllangan. E. F. Kodd tomonidan 1970-yillarda taklif etilgan relyatsion model ma’lumotlar bazalari arxitekturasida burilish yasagan. Ushbu model asosida ma’lumotlar jadvallar shaklida saqlanib, ular o‘zaro kalitlar orqali bog‘lanadi. Bugungi kunda MySQL, PostgreSQL, Oracle, SQL Server kabi MBBTlar relyatsion modelga asoslanadi. Ierarxik modelda ma’lumotlar daraxt ko‘rinishida tashkil qilinadi. Bu model 1960-yillarda IBM tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tezkor qidiruv tizimlari uchun qo‘llanilgan. ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 615 Tarmoqli model ierarxik modelning takomillashgan turi bo‘lib, tugunlar o‘rtasidagi ko‘p-bog‘lamli munosabatlarni ifodalash imkonini beradi. So‘nggi yillarda NoSQL texnologiyalarining rivojlanishi natijasida hujjatga yo‘naltirilgan, kalitqiymatli va graf ko‘rinishidagi ma’lumotlar bazalari keng qo‘llanilyapti. Masalan, MongoDB - strukturaviy bo‘lmagan hujjatlarni saqlash uchun, Redis - tezkor operativ saqlash vazifalari uchun, Neo4j - graf yondashuvi asosidagi murakkab tarmoqlarni qayta ishlash uchun ishlatiladi. Maqola metodologiyasi sifatida: 1. taqqoslama tahlil, 2. arxitektura yondashuvi, 3. funksional imkoniyatlar bo‘yicha baholash kabi ilmiy metodlardan foydalanildi. Natijalar Tadqiqot davomida ma’lumotlar bazasi turlarining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Ierarxik ma’lumotlar bazasi. Ierarxik ma’lumotlar bazasi daraxtsimon struktura asosida tashkil qilinishi qayd etildi. Har bir tugun bitta ota tugunga bog‘langan bo‘lib, ma’lumotlar qatlamlarga ajratilgan. Ushbu yondashuv ma’lumotlar oqimini yuqoridan pastga tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Daraxt tuzilmasining aniq tuzilishi ma’lumotlarga ishlov berishni tartibli qiladi. Tarmoqli model. Tarmoqli model ma’lumotlar o‘rtasida “ko‘p–ko‘pga” munosabatlarni ifodalash imkonini beradi. Ushbu xususiyat ierarxik modeldan farqli ravishda har bir bola tuguniga bir nechta ota tugun biriktirishga ruxsat beradi. Bu esa murakkab ma’lumotlar orasidagi aloqalarni aniq va to‘liq ko‘rsatishga yordam beradi. Reliatsion ma’lumotlar bazasi. Relyatsion modelda ma’lumotlar qat’iy tuzilgan jadvallar ko‘rinishida saqlanadi. Har bir jadval satr va ustunlardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarning aniq, takrorlanmas va tartibli tashkil etilishini ta’minlaydi. Bu struktura ma’lumotlarni standartlashtirish va normalizatsiya orqali ma’lumotlar ortiqligini kamaytiradi. Muhokama O‘tkazilgan tajriba asosida, har bir ma’lumotlar bazasi turi o‘zining afzallik va kamchiliklariga ega. Reliatsion model tizimlardagi strukturalashtirilgan ma’lumotlarni boshqarishda yetakchi bo‘lib qolmoqda. Lekin katta hajmdagi, tuzilmasiz, real vaqt rejimida yangilanadigan ma’lumotlar uchun NoSQL texnologiyalari yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Ierarxik va tarmoqli modellardan ko‘ra relyatsion va NoSQL texnologiyalar zamonaviy webxizmatlar bilan integratsiyada ancha qulay. Shuningdek, graf bazalarining kuchi bog‘lanishlar soni yuqori bo‘lgan tarmoqlarni qayta ishlashda yaqqol namoyon bo‘ladi. Xulosa Ma’lumotlar bazasi va uning turlari har bir zamonaviy axborot tizimining asosiy qurilmasidir. Tadqiqot davomida ma’lumotlar bazasi modellarining arxitekturasi va qo‘llanish sohasi bo‘yicha mukammal ilmiy tahlillar amalga oshirildi. Reliatsion model bugungi kunda keng tarqalgan bo‘lsada, NoSQL texnologiyalarining o‘sishi ma’lumotlar boshqaruv tizimiga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, ma’lumotlar bazasi tanlash jarayoni tizim talablariga asoslanishi muhim: yuqori tezlik, moslashuvchanlik, xavfsizlik va ma’lumot tuzilmasi talablarini chuqur o‘rganish samarali natija beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 616 1. Vasilenko, A., & Kukushkin, A. (2023). Artificial Intelligence in Cybersecurity: Current Applications and Future Trends. Journal of Cybersecurity and Information Technology, 22(3), 45-60. 2. Bishop, M. (2022). Introduction to Computer Security. Addison-Wesley. 3. Müller, J. M., & Smolka, R. (2021). AI in Cybersecurity: Challenges and Opportunities. Cybersecurity Advances, 14(1), 112-130. 4. Singh, R., & Sharma, A. (2023). Impact of Artificial Intelligence on Cyber Threats. International Journal of Cyber Defense, 11(4), 85-100. 5. Dastanov, A. (2020). Kiberxavfsizlik va Sun’iy Intellekt: Xavf va Imkoniyatlar. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 6. Jalilov, M., & Saidov, N. (2022). Sun’iy Intellektning Kiberhujumlarga Qarshi Kurashdagi Roli. Journal of Cyber Security, 5(3), 120-135. 7. Rajabova, D. (2025). SPECIFIC FEATURES AND FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE INNOVATIVE ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. Journal of Applied Science and Social Science, 1(2), 474-479. 8. Rajabova, D. (2025). SYSTEMIC PROBLEMS OF THE CURRENT STATE OF THE INNOVATION ENVIRONMENT IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. International Journal of Artificial Intelligence, 1(3), 638-643. 9. Rajabova, D. (2025). WAYS TO IMPROVE INNOVATION ACTIVITIES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES IN UZBEKISTAN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 604-610. 10.Rajabova, D., & Usmonova, D. (2024). BIG DATA VA IQTISODIY TADQIQOTLARDA TAHLILIY IMKONIYATLAR. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 3(15), 16-23.