scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SUG'URTA BOZORINI NAZORAT QILISH VA TARTIBGA SOLISH MINTAQALARDA SUG'URTANI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM SHARTI

Xoltoyev Mirusmon Mirxamit oʻgʻli

Abstract

Bugungi kunda Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti qatori mintaqalar iqtisodiyoti ham oʻsib bormoqda. Bu jarayonda sugʻurta sohasi mintaqlarning rivojlanishisha ta'sir qiluvchi muhim sohalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada sugʻurtaning ahamiyati, uning mintaqalar iqtisodiyotida tutgan oʻrni, mintaqaviy sugʻurta bozorini tartibga solish mexanizmlari koʻrib chiqiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 457 SUG’URTA BOZORINI NAZORAT QILISH VA TARTIBGA SOLISH MINTAQALARDA SUG’URTANI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM SHARTI Xoltoyev Mirusmon Mirxamit oʻgʻli OʻzMU Davlat va korporativ strategiyalar kafedrasi tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.17926888 Annotatsiya. Bugungi kunda Oʻzbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti qatori mintaqalar iqtisodiyoti ham oʻsib bormoqda. Bu jarayonda sugʻurta sohasi mintaqlarning rivojlanishisha taʼsir qiluvchi muhim sohalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada sugʻurtaning ahamiyati, uning mintaqalar iqtisodiyotida tutgan oʻrni, mintaqaviy sugʻurta bozorini tartibga solish mexanizmlari koʻrib chiqiladi. Kalit soʻzlar: sugʻurta bozori, mintaqaviy sugʻurta bozori, sug’urta bozorini tartibga solish, investitsiya faolligi, to’lovga qobiliyatlilik. KIRISH Sugʻurta bozori – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasining muhim elementidir. Sugʻurta bozorining ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi roli shundaki, u iqtisodiyotning barcha subektlari uchun himoya mexanizmini taqdim etadi. Sugʻurta tashkilotlar, fuqorolar va davlatga mulkiy va nomulkiy xarakterdagi koʻngilsiz hodisalar yuz bergan taqdirda ularning moliyaviy barqarorligini saqlab qolishga imkon beradi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida sugʻurtaning mamlakat iqtisodiyotidagi oʻrni shundaki, u ishlab chiqarishning uzluksiz, koʻzda tutilmagan toʻxtalishlarsiz va barqaror davom etishini taʼminlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta makrodarajadagi taʼsir kuchiga egaligi sababli iqtisodiyotning strategik sohalaridan biri boʻlib hisoblanadi. Shuningdek, sugʻurta kompaniyalari ayniqsa, hayot sugʻurtasi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar katta miqdordagi investitsiya manbai sifatida ham oʻz oʻrniga egadir. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI Oʻzbekistonda koʻpgina iqtisodchi olimlar xususan, Y.Abdullayev, H.Sobirov, A.Qodirov, M.Yuldashev, R.H.Husanov, D.Tojiboyeva, A.Yadgarov, I .Abduraxmonov, X.M.Shennayev, Sh.S.Nasretdinova va boshqalar tomonidan sugʻurta sohasi nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilingan. Ushbu olimlar sugʻurtaning kelib chiqishi, sugʻurta bozorini tashkil etish hamda sugʻurta xizmatlarini keng koʻlamda koʻrsatish yuzasidan oʻzlarining fikr va mulohazalarini berib oʻtganlar. Sugʻurta tushunchasiga koʻplab iqtisodchi olimlar taʼrif berishgan. Ular orasida H.Sobirov tomonidan quyidagicha taʼrif berilgan: “Koʻpchilik adabiyotlarda sugʻurta soʻzi xavf-xatar, dahshat, vahima maʼnosida ishlatiladi, chunki, koʻrsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zarar yetkaziladi. Lekin sugʻurta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular asosida vujudga kelgan va paydo boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda zararlar, ularning kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar, zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning oʻrnini toʻldirish, bu yoʻnalishda yuzaga keladigan sugʻurtalovchi tashkilotlar va sugʻurtalanuvchilar oʻrtasidagi munosabatlar koʻzda tutiladi”[1]. Iqtisodchi olimlar I.Abduraxmonov, M.Aburaimova va N.Abdullayevalar tomonidan esa quyidagicha tarif berilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 458 “Sugʻurta deganda stixiyali va boshqa tabiiy hodisalar roʻy berishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va sogʻligiga zarar yetkazilganda, bu zararlarni qoplashga moʻljallangan maxsus maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bilan boqliq iqtisodiy munosabatlar yigʻindisi tushuniladi.”[2]. Koʻpgina iqtisodchi olimlar sugʻurtaga iqtisodiy tushuncha va iqtisodiy munosabatlar yigʻindisi sifatida qarashadi. A.Bektemirov, A.Taniyev, I.Sobirov va N.Ruziboyevalar esa sugʻurta tushunchasiga asosan moliyaviy tushuncha sifatida qarashgan. “Sugʻurta – sugʻurta toʻlovlari shaklida manfaatdor shaxslardan olingan pul mablagʻlarini birlashtirish orqali sugʻurta tashkiloti tomonidan toʻplangan sugʻurta fondi hisobidan muayyan hodisalar sodir boʻlganda inson, biznes va jamoat yuridik shaxslarning manfaatlarini taʼminlash uchun iqtisodiy va moliyaviy munosabatlar majmui.”[3]. Sugʻurta bozorining mintaqa iqtisodiyotiga taʼsiri qator horijiy iqtisodchi olimlar oʻz ilmiy ishlarida oʻrganib chiqishgan. Xususan, Rossiyalik iqtisodchi olim i.f.d. Ye.L.Prokopyeva oʻz ishlarida mintaqaviy sugʻurta bozorining Rossiya federatsiyasi mintaqalari iqtisodiyotiga taʼsirini chuqur tadqiq qilgan. U oʻz ilmiy ishida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan. “Mintaqaviy sugʻurta bozori toʻgʻri va samarali shakllantirilganda, u oʻrganilayotgan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy potensialiga ijobiy taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega. Sugʻurta bozorining mintaqaga taʼsiri ijobiy boʻlishi uchun, sugʻurta bozori rivojlanishini ragʻbatlantiruvchi va cheklovchi omillarni ham mamlakat ham mintaqa darajasida aniqlash zarur. Bu orqali, mintaqaning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish lozim.”[4]. TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqotda maʼlumotlar ilmiy adabiyotlar, xalqaro moliyaviy institutlar hisobotlari hamda Oʻzbekiston va horijiy mamlakatlar bozor koʻrsatkichlari asosida toʻplandi. Statistik maʼlumotlar rasmiy manbalardan olindi, ularning tahlilida dinamik, qiyosiy va strukturaviy usullardan foydalanildi. Shuningdek, mintaqaviy sugʻurta bozorining tarkibi va rivojlanishi boʻyicha xalqaro tajriba amaliy jihatdan solishtirildi. TAHLIL VA NATIJALAR Sugʻurta bozori bir xil yoki bir-biriga oʻxshash boʻlgan sugʻurta xizmatlarini taklif qiladigan sugʻurta tashkilotlari va sugʻurta bozorining boshqa professional ishtrokchilaridan iborat boʻlgan iqtisodiyot tarmogʻidir. Shuning uchun ham, sugʻurta bozorini nazorat qilish davlat siyosatining muhim qismidir. Sugʻurta bozorini nazorat qilish zaruriyati, uning quyidagi xususiyatlarga egaligi bilan asoslanadi: 1. Sugʻurta bozorida sugʻurta mahsulotlarini taklif qiluvchi korxonalar sonining nisbatan kamligi. Bu sugʻurta bozorida raqobatning kamligi va sugʻurta kompaniyalari tomonidan narxlarning oʻzaro kelishilgan holda shakllanishiga sabab boʻlishi mumkin; 2. Sugʻurta bozori moliya bozorining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muhim qismi hisoblanadi; 3. Sugʻurta hizmatlari sifatini nazorat qilishning murakkabligi; 4. Mintaqalar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy va geografik farqlarning mavjudligi; Iqtisodiyotning turli tarmoqlari boʻyicha davlat siyosati ragʻbatlantiruvchi yoki cheklovchi boʻlishi mumkin. Bu mamlakatning rivojlanish strategiyasi va tarmoqlarning ustuvorlik darajasiga bogʻliqdir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 459 Shuni takidlash kerakki, sugʻurta sohasi boʻyicha davlat siyosati ragʻbatlantiruvchi xarakterga ega boʻlishi va yuridiy va jismoniy shaxslarning sugʻurta hizmatlariga boʻlgan talabini shakllantirishga qaratilgan boʻlishi lozim. Qoʻllaniladigan uslublardan kelib chiqib, sugʻurta bozorini tartibga solishda davlat siyosati faol, oʻrta va passiv darajada boʻlishi mumkin. Turli mamlakatlarda sugʻurta bozorini nazorat qilish va tartibga solishning turlicha tamoyillari va uslublari qoʻllaniladi. Sugʻurta bozorini nazorat qilish va tartibga solish tamoyillarini tanlashda, birinchi navbatda davlatning rivojlanganlik darajasi va bozor mexanizmlarining qay darajada shakllanganligiga eʼtibor berish zarur. Sugʻurta bozorini nazorat qilish va tartibga solish mexanizmlari quyidagi bosqichlardan iborat: 1) Nazorat va tartibga solish jarayonining asosiy ishtirokchilarini aniqlash; 2) Nazorat va tartibga solishdan koʻzlangan maqsadlarni belgilash; 3) Nazorat va tartibga solish instrumentlarini belgilash; 4) Sugʻurta bozori strukturasini shakllantirish. Davlatning sugʻurta bozorini nazorat qilish va tartibga solishdan maqsadi, mamlakat va uning mintaqalarida sugʻurtaning rivojlanishi uchun qulay boʻlgan iqtisodiy sharoitlarni yaratish boʻlishi kerak. Shuningdek, tartibga solish modelini shakllantirishda, uning iqtisodiy samaradorligi asosiy meʼzon boʻlishi zarur. Mamlakat mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan oʻziga xosligi va mamlakat xududlarining boshqaruv mexanizmlari inobatga olinishi kerak. Bazi mamlakatlarda xududlarning maqomi va boshqaruv mexanizmlanri oʻzaro farqlanadi. Masalan, Rossiya federatsiyasida xududlar respublika, viloyat yoki okruglarga bulinishi mumkin. Konfedrativ davlat tuzilishiga ega boʻlgan AQSH shtatlari faqat shu shtatlarda amal qiluvchi qonunlariga ega. Bu borada Oʻzbekistonda qonunlar va boshqaruv tizimida mintaqalararo farqlar mavjud emas. Faqatgina, soliq va majburiy yigʻimlarda kichik farqlar mavjud. Bu ham, kam rivojlangan huddlarda iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga qaratilgan. Sugʻuta bozorini tartibga solishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqib, nazorat va tartibga solish instrumentlari turlicha boʻlishi mumkin. Ularga quyidagilar misol boʻla oladi:  Sugʻurta bozori haqida maʼlumotlarni toʻgʻriligi va barcha ishtirokchilar uchun ochiqligini taʼminlash. Bu turlicha amalga oshirilishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda, sugʻurta kompaniyalari haqida maʼlumot beruvchi maslahat markazlari mavjud. Bunday mamlakatlar nafaqat sugʻurta kompaniyalari, balki yirik mijozlar, sugʻurta faoliyati va shartnomalari haqida maʼlumot va maslahatlar berishadi;  Davlat sugʻurta kompaniyalari faoliyatini litsenziyalash tizimini joriy qilish va turli litsenzion talablar oʻrnatish orqali sugʻurta bozori ishtirokchilarini miqdoriy va sifat jihatdan nazorat qilishi mumkin. Oʻzbekistonda ham bunday tizim va talablar mavjud;  Sugʻurta bozorida monopoliya yuzaga kelishini oldini olish, kompaniyalar oʻrtasida kelushuvlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida turli tadbirlar qoʻllashi mumkin. Masalan, sugʻurta hizmatlarining maksimal narxlarini belgilash va sugʻurta shartnomalariga maʼlum talablarni majburiy kiritish orqali bu amalga oshirilishi mumkin; Nazariy va amaliy jihatdan manapollashgan sugʻurta bozori, yangi ishtirokchilarning bozorga kirishining qiyinligi, yuqori daromadliligi, innovatsiyalarning kamligi yoki umuman yoʻqligi bilan hususiyatlanadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 460 Raqobatlashgan sugʻurta bozorida esa aksincha, sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari sonining koʻpligi, yangi ishtirokchilarning bozorga kirishining osonligi, innovatsiyalarning koʻpligi bilan xusus hususiyatlanadi. Shuningdek, raqobatlashgan sugʻurta bozorida oʻrtacha foyda marjasi kamayib borish tendensiyasiga ega boʻladi. Milliy va mintaqaviy sugʻurta bozorini tartibga solishda davlat siyosati liberal, cheklovchi va markazlashgan qattiq darajalarda boʻlishi mumkin. Yuritilayotgan davlat siyosatiga qarab, sugʻurta bozoridagi raqobat darajasi turlicha boʻladi. 1-rasmda bu oʻz aksini topgan. 1-rasm. Sugʻurta bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimi va sugʻurta bozorining oʻzaro bogʻliqligi. Sugʻurta bozorini tartibga solishning keltirib oʻtilgan tizimlari oʻz afzalliklari va va kamchiliklariga ega. Masalan, sugʻurta bozorini markazlashgan-qattiq tartibga solishning asosiy ustunliklariga davlat sugʻurtaning rivojlanishini nazorat qila olishi; sugʻurta qildiruvchilarning manfaatlari himoya qilinganligi; sugʻurta bozorining shaffofligi va barqarorligi; sugʻurta mahsulotlari narxlari ustidan nazorat mavjudligi kabilarni misol qila olamiz. Shu bilan bir qatorda, bu tizim majburiy sugʻurta mahsulotlarining koʻpligi; sugʻurta mahsulotlarining standart koʻrinishga egaligi; innovatsiyalarning kamligi; byurokratiyaning koʻpligi kabi kamchiliklarga ega. Liberal uslubda tartibga solinuvchi sugʻurta bozori, sugʻurta zaxiralar va xususiy kapitalning samarali investitsiya qilish yoʻllarining koʻpligi, sugʻurta bozorini nazorat qiluvchi tashkilot harajatlarining minimalligi, sugʻurta tariflarining pastligi va sugʻurta mahsulotlari narxoarining pastligi, ixtiyoriy sugʻurta mahsulotlariga talabning yuqoriligi, sugʻurtalovchilarning innovatsiyalarga intilishi kabi ustunliklarga ega. Shu bilan bir qatorda, raqobatning oʻta yuqoriligi sababli sugʻurta bozorining rentabellik darajasining pasayishi, standart sugʻurta mahsulotlarining kamligi, istemolchilar uchun sugʻurta va sugʻurta bozori haqidagi maʼlumotlarning kamligi, sugʻurta bozorining barqaror emasligi va sugʻurta bozorida moliyaviy ishonchsiz kompaniyalarning paydo boʻlishi kabi kamchiliklarga ega. Shularni hisobga olgan holda, sugʻurta bozorini tartibga solishning xorij tajribasini oʻrganish, turli davlatlarda tartibga solish modellarini solishtirish maqsadga muvofiqdir. Rivojlangan Yevropa mamlakatlarinining sugʻurta bozori oʻrganish uchun qiziqarlidir. Chunki, bu mamlakatlarning sugʻurta bozori uzoq yillik rivojlanish yoʻli va bozorni tartibga solish boʻyicha ulkan tajribaga egadir. Davlat tuzilishi federativ boʻlgan mamlakatlarga AQSH, Rossiya, Kanada kabi davlarni misol qilingan. Bu guruhdagi mamlakatlarning oʻziga hosliklari shundaki, ular hududiy jihatdan katta va mintaqalar soni koʻproqdir. Shuningdek, mintaqalar oʻrtasida tabiiy-geografik, demografik, iqtisodiy rivojlanish darajasi va xududiy boshqaruv tartibida farqlar mavjud. Monopoliya Oligopoliya Raqobat Markazlashganqattiq boshqaruv tizimi Cheklovchi tartibga solish tizimi Liberal tartibga solish tizimi ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 461 Eng asosiy farq esa, bu guruh mamlakatlarda mintaqaviy sugʻurta bozorlarini turli darajalagi tartibga soluvchi alohida davlat tashkilotlarining mavjudligidadir. Yaʼni, bir mamlakatning turli hududlarida turlicha tartib qoidalar va talablar mavjuddir. Rivojlangan sugʻurta bozoriga ega Yevropa davlatlari Federativ davlatlar Sugʻurta bozori tez rivojlanayotgan Osiyo davlatlari Sobiq sotsialistik davlatlar Davlatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Shvetsariya, Avstriya Rossiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Argentina, Braziliya Xitoy, Xindiston, Malayziya, Vetnam, Gonkong Oʻzbekiston, Qozoqiston, Bolgariya, Ruminya, Chexiya YAIMning oʻsishi, % +1 +3 -3 +3 +1,5 +8 +1,5 +5 Yalpi investitsiyalarni ng oʻsishi, % -2 +7 -14 +12 -3 +10 -10 +19 Markaziy bankning foiz stavkasi, % -0,75 +0,75 +0,5 +50 +0,5 +7,5 0 +16 Sugʻurta mukofotlarining oʻsishi, % -3 +13 -17 +17 +1,5 +25 -12 +10 Sugʻurta bozorining oʻziga xosliklari Bozorning toʻyinganligi, talabning pasayib borayotgani, unifikatsiyalashgan boshqaruv Bozorni tartibga solishning mintaqaviy organlarining mavjudligi, tartibga solishning differensial boshqaruv tizimi Iqtisodiyot va daromadlarning yuqori oʻsishi va aholining oʻsishi sababli sugʻurta mahsulotlariga talabning oʻsib borayotgani Sugʻurta bozorining nobarqaror oʻsishi 1-jadval. Sugʻurta bozorining rivojlanish darajasi oʻhshash mamlakatlar guruhlari. Osiyo davlatlari soʻnggi yillarda sugʻurta bozorining barcha segmentlaridagi yuqori darajadagi oʻsishi bilan ajralib turibdi. Bu birinchi navbatda iqtisodiyotning tez oʻsishi va aholi turmush darajasining yaxshilanib borishi bilan boqliqdir. Sobiq sotsialistik davlatlar guruhiga kiruvchi mamlakatlarda sugʻurtaning rivojlanish tarixi oʻxshashdir. Oʻzbekiston ham bozor iqtisodiyotiga oʻtishdan avval sotsiolistik tizimda boʻlganligi sababli, bu guruh alohida koʻrsatildi. Shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyoti shu guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga oʻxshashdir. Sugʻurta bozorini tartibga solish tizimlarini tashkiliy jihatdan uchta turga boʻlishimiz mumkin: markazlashgan, ikki darajali va markazlashmagan tizimlar. Koʻplab yevropa mamlakatlarida sugʻurta bozorini tartibga solishning markazlashgan tizimi qoʻllaniladi. Kanada, Germaniya, Fransiya va bir nechta yevropa mamlakatlarida ikki darajali tartibga solish tizimidan foydalaniladi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 462 Bunda sugʻurta faoliyatining ayrim masalalari federal yoki viloyat darajasida tartibga solinadi. Bu tizimda, markaziy organ va viloyat (provinsiya) darajasidagi organlarning vakolat chegarasi aniq belgilab qoʻyiladi. AQSHda sugʻurta bozorini tartibga solishning federal darajadagi qonun mavjud emas, tartibga solish shtatlar darajasida asalga oshiriladi. Bunday tizimni markazlashmagan tizim deb hisoblash mumkin.[5] Federal darajadagi qonun mavjud emasligiga qaramasdan, AQSHda sugʻurta bozorini tartibga soluvchi milliy regulyator vazifasini bajaruvchi “Sugʻurta kommisarlarining milliy assotsiatsiyasi” mavjud. Sugʻurta bozorini tartibga solishda mamlakatlarda qoʻllaniladigan uslublar va instrumentlar ham oʻziga xosliklarga egadir. Yevropa ittifoqi shakllangunga qadar, Yevropa mamlakatlarida qoʻllaniladigan uslub va instrumentlar farqli boʻlgan. Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Irlandiyada “dengiz modeli” amalda boʻlib, sugʻurta faoliyatini litsenziyalash moliyaviy kafolat, toʻlovga qobiliyatlilik marjasi, sugʻurta zaxiralarining yetarliligi, investitsion faoliyat va sugʻurta operatsiyalarining shaffofligiga qoʻyilgan yagona talablar boʻyicha amalga oshirilgan. Avstriya, Germaniya va Shvetsariya kabi mamlakatlarda sugʻurta bozorini tartibga solishda qattiq talablar mavjud boʻlgan “Alp modeli” amalda boʻlgan. Bu mamlakatlarda sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish uchun, har bir sugʻurta mahsulotiga alohida litsenziya olish talab qilingan. Oʻrtayer dengizi mamlakatlarida esa, sugʻurta bozori va uni tartibga solish nisbatan kam rivojlangan boʻlib, sugʻurtada davlatning ishtiroki sezilarli darajada katta boʻlgan.[6] Yevropa ittifoqi tashkil boʻlgandan soʻng Yevropa davlatlarida sugʻurta faoliyati uchun bir xil sharoitlar yaratish maqsadida sugʻurta qonunchiligi, sugʻurtani nazorat qilishning chegaralari va umumiy qoidalari belgilab qoʻyildi. Asosiy shart sugʻurtalovchilar faoliyatining litsenziyalashning majburiyligi, ularning moliyaviy barqarorligi va toʻlovga qobiliyatli boʻlishi hisoblanadi. Shu bilan birga tarif siyosati va sugʻurta mahsulotlarining oʻziga xosliklariga minimal eʼtibor qaratiladi.Yevropada sugʻurtani nazorat qiluvchi tashkilotlar tomanida tariflarning chegaralanmasligi asosan, kuchli raqobat sharoitida yetarlicha moslashuvchan va samarali narx belgilash mexanizmining mavjudligi bilan bogʻliq. Shu sababli tarif siyosati, odatda, bozor mexanizmlari yordamida tartibga solinadi. Mamlakatimizda ham ushbu mexanizm amal qiladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda. Hozirgi paytda esa sugʻurta tarif siyosatida davlatning ishtirok etishi zarur hisoblanadi. Bu ayniqsa, sugʻurtaning majburiy turlarida namoyon boʻladi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sugʻurta bozorini tartibga soluvchi bir qancha tashkilotlar faoliyat yuritadi. Bularga Yevropa bank nazorati tashkiloti, sugʻurta va pensiya taʼminoti sohasidagi Yevropa nazorat tashkiloti, qimmatli qogʻozlar va moliya bozorlari sohasidagi Yevropa nazorat tashkiloti hamda tizimli xatarlar boʻyicha Yevropa kollegial organi kabilarni misol boʻladi. Yevropa mamlakatlaridagi sugʻurta bozorlarining milliy xususiyatlari ham saqlab qolingan. Masalan, Germaniyada qayta sugʻurtalash tizimi juda rivojlangan, Italiya, Fransiya va Ispaniyada esa sugʻurtaning bank bilan bogʻliq turlari keng tarqalgan. Shuningdek, Germaniyada xorijiy sugʻurta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini faqat mazkur davlat hududida amalga oshirish boʻyicha majburiy talab oʻrnatilgan. Buyuk Britaniyada sugʻurta nazorati tizimi anchagina liberal hisoblanadi, biroq sugʻurta tashkilotlari rahbarlariga maxsus malakaviy talablar belgilab qoʻyilgan. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 463 Fransiyaning sugʻurta bozorida hayotni sugʻurtalash, ijtimoiy sugʻurta va avtocugʻurta yoʻnalishlariga koʻproq rivojlangan. Shuni taʼkidlash kerakki, Yevropa mamlakatlarida sugʻurta bozorini davlat tomonidan tartibga solish bilan birga sugʻurta kompaniyalarining oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmlari ham faol qoʻllaniladi. Eʼtiborli jihati investorlar uchun kompaniyalarning ichki nazorati muhimroq hisoblanadi. Bugungi kunda, moliya bozorini (uning tarkibiga sugʻurta bozori ham kiradi) tartibga solishning tashkiliy shakliga qarab uchta asosiy modeli mavjuddir[7]: Institutsional model — bu modelda tartibga solish va nazorat moliyaviy institut turiga qarab amalga oshiriladi (banklar, sugʻurta tashkilotlari, fond bozori ishtirokchilari va boshqalar); Funksional model — mazkur modelda muayyan turdagi faoliyat yoʻnalishlari tartibga solinadi va nazorat qilinadi (hisob-kitob operatsiyalari, depozit operatsiyalari, fond operatsiyalari, sugʻurta faoliyati va boshqalar); Maqsadli model — bu holda tartibga solish davlat tomonidan belgilab qoʻyilgan muayyan maqsadlarga muvofiq amalga oshiriladi. Asosiy maqsadlar qatoriga tizimli barqarorlikni taʼminlash, prudensial (ehtiyotkorlik) nazoratini amalga oshirish, hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kabilar kiradi. XULOSA VA TAKLIFLAR Shuni xulosa qilish mumkinki, nisbatan kichik hududga ega mamlakatlarda sugʻurta bozorini tartibga solishning turli tizimlaridan foydalaniladi. Tartibga solish tizimi mamlakatda mavjud boʻlgan qonunchilik va iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. Bunday mamlakatlarda odatda, tartibga solishning markazlashgan tizimidan foydalaniladi. Xududi katta boʻlgan mamlakatlarda esa, odatda ikki darajali yoki markazlashmagan tartibga solish tizimidan foydalaniladi. Umaman olganda, mamlakatda sugʻurta bozorini tartibga solishning samarali tizimini tanlash va yoʻlga qoʻyishda geografik va boshqa omillar oʻz taʼsiriga ega. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Sobirov H.R. Sugʻurta: 100 savol va javob. – T.: “Mehnat”, 1998. – 160 b.; 2. I.Abduraxmonov, M.Abduraimova, N.Abdullayeva Sugʻurta nazariyasi va amaliyoti – T.: “Iqtisod-moliya”, 2020. – 35 b.; 3. A. Bektemirov, A. Taniyev, I. Sobirov, N. Ruzibayeva Sugʻurta ishi – Samarqand.: “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti”, 2022. – 11 b.; 4. Е.Л.Прокопьева “Региональный страховой рынок и его влияние на социальноэкономическое развитие региона”Диссертация на соискание учёной степени доктора экономических наук. Абакан 2021. 5. Андреева Е.В., Русакова О.И. Страховая деятельность и её регулирование на современном страховом рынке / Е.В. Андреева, О.И. Русакова. Иркутск: Изд-во БГУЭП, 2015. 160 с. 6. Писаренко Ж.В. Регулирование страховой деятельности: учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / Ж.В. Писаренко, Н.П. Кузнецова; науч.ред. С.А. Белозёров. М.: Изд-во Юрайт, 2018. 437 с. 7. Жегалова Е.В. Развитие регулирования и надзора на мировом страховом рынке в условиях глобализа-ции: зарубежный и российский опыт // Финансы, денежное обращение и кредит. 2015. № 10. С. 113-116.