ANALYSIS OF SERVICES OF "UZBEKTELECOM" JOINT STOCK COMPANY ON THE SURFACE OF 5D MODEL
Abstract
This article develops an analytical approach based on the 5D model for evaluating the services provided by Uzbektelecom JSC and discusses its practical application. Within the framework of the 5D model, services are comprehensively assessed, covering five main dimensions - economic efficiency (Demand & Profitability), level of development of digital infrastructure (Digital Infrastructure), social coverage and inclusion (Demographic & Social Reach), innovative potential (Development & Innovation), and environmental sustainability and "green" initiatives (Decarbonization & Sustainability).
Full text
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 647 “O’ZBEKTELEKOM” AKNING XIZMATLARNI 5D MODELI YUZASIDAM TAHLILI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Gafurov Ravshan Annotatsiya. Ushbu maqolada “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholashda 5D modeli asosida tahliliy yondashuv ishlab chiqilgan va uning amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. 5D modeli doirasida xizmatlar besh asosiy o‘lcham – iqtisodiy samaradorlik (Demand & Profitability), raqamli infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi (Digital Infrastructure), ijtimoiy qamrov va inklyuzivlik (Demographic & Social Reach), innovatsion salohiyat (Development & Innovation) hamda ekologik-barqarorlik va “yashil” tashabbuslarni (Decarbonization & Sustainability) qamrab olgan holda kompleks baholangan. Kalit so’zlar. “O‘zbektelekom” AK; 5D modeli; xizmatlar tahlili; raqamli infratuzilma; ijtimoiy qamrov; innovatsion salohiyat; iqtisodiy samaradorlik; yashil transformatsiya; raqamli ekotizim; telekommunikatsiya xizmatlari; strategik baholash. Raqamli transformatsiya inson hayotining har bir qatlami, ayniqsa, aloqa texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni tubdan o‘zgartirib yubordi. Hozirgi global iqtisodiy maydonchada telekommunikatsiya xizmatlari nafaqat aloqa vositasi, balki insonlarning bilimga, sog‘liqni saqlashga, moliyaviy xizmatlarga va davlat xizmatlariga kirishishida strategik infratuzilma rolini o‘ynamoqda. “2024-yil holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni 5,35 milliardga yetdi, bu esa umumiy aholi sonining 66,2 foizini tashkil qiladi” 1 . Ushbu ko‘rsatkichlar zamonaviy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini qayta ko‘rib chiqishga va foydalanuvchi tajribasini markazga qo‘ygan model – xususan, 5D (Digitalization, Diversification, Datafication, Decentralization, Deliverability) yondashuvini qo‘llash zaruratini yuzaga keltirmoqda. O‘zbekiston Respublikasida aloqa sohasining yirik flagmani sifatida faoliyat yuritayotgan “O‘zbektelekom” AK ushbu raqamli burilish davrida ko‘p qirrali islohotlar va transformatsiyalarga yuz tutmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda internetga ulanish darajasi 2023-yilda 33 milliondan oshib, raqamli xizmatlar ulushi yalpi ichki mahsulotda sezilarli o‘sishga erishmoqda. “O‘zbektelekom” AK nafaqat texnik baza va tarmoq infrastrukturani modernizatsiyalashda, balki foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan xizmat strategiyasini ishlab chiqishda ham ustuvor o‘rin egallaydi. Shunday bir davrda, kompaniya faoliyatining real samaradorligini faqat texnik ko‘rsatkichlar emas, balki inson kapitaliga qaratilgan ko‘rsatkichlar bilan baholash dolzarblik kasb etmoqda. Shu munosabat bilan, “O‘zbektelekom” AK faoliyatini 5D modeli – raqamlashtirish (Digitalization), yo‘nalishlar diversifikatsiyasi (Diversification), ma’lumotlashtirish (Datafication), markazdan chiqarish (Decentralization) va xizmatlar yoki kontentning foydalanuvchiga yetkazish sifati, tezligi va aniqligi (Deliverability) – asosida tahlil qilish zarurati paydo bo‘lmoqda. Ushbu model kompaniya xizmatlarining insoniy talablarga qanchalik uyg‘unligini, foydalanuvchi erkinligini va raqamli tenglikni qamrab olish darajasini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot doirasida ushbu beshlik yondashuv orqali nafaqat “O‘zbektelekom”ning texnologik darajasi, balki uning jamiyatga qo‘shayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hissasi ham aniqlanadi. Aynan shu yondashuv O‘zbekistondagi telekommunikatsiya strategiyalarini global transformatsion tendensiyalar bilan uyg‘unlashtirishga 1 https://datareportal.com/reports/digital-2024-global-overview-report
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 648 xizmat qiladi. Uning yordamida diversifikatsion yo’nalishlarni takomillashtirish yuzasidan qanday ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilab olish mumkin. Buning uchun ushbu muammolarni aniqlashga asos bo’lib xizmat qiluvchi tahlillarni qilish talab etiladi (1-jadval). 2020-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan raqamli xizmatlarning umumiy samaradorlik indeksi 1,09ga yetdi va bu davrda kompaniyaning raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi dastlabki muvaffaqiyatlarini ifodalaydi. Xususan, foydalanuvchi sonining 6.4 milliondan 6.8 millionga ortishi (o‘sish sur’ati – 1.06), xizmatlar ishlash tezligining 22foizdan 28foizga ko‘tarilishi va foydalanuvchi qoniqish darajasining 31foizdan 34foizga oshishi (indeks bo‘yicha 1,10) ijobiy omillar sifatida e’tirof etiladi. Ushbu o‘sishlar foydalanuvchi tajribasi va infratuzilmaviy imkoniyatlarning sinergiyasidan kelib chiqqan. Ayniqsa, xizmatlar ish faoliyatidagi tezlik va diversifikatsiyalashgan platformalar mavjudligi ekotizim samaradorligini yuqori darajada shakllantirishga xizmat qilgan. Bu holat kompaniyaning 2019–2020 yillarda olib borgan transformatsion siyosatining bevosita samarasi sifatida baholanadi. Qolaversa, ushbu natijaviylik yuqori baholanadi va mazkur holatda kompaniyaning faoliyati to’gri olib borilayotganini ifodalaydi. 1-jadval “O’zbektelekom” AKning raqamli xizmatlar strategik diversifikatsiyasining ko‘p mezonli baholash 5D (Digitalization, Diversification, Datafication, Decentralization, Deliverability) modeli (20202024 yy, koeffitsient) 2 2020 2021 2022 2023 2024 Yagona raqamli xizmatlar ekotizimi samaradorligi 1,09 0,99 0,99 0,99 0,99 FinTech integratsiyasining baholash modeli 0,019 1,903 0,004 0,563 0,582 Segmentlash samardorligi -0,303 -0,496 -1,33 -2,217 -0,971 Hududiy xizmat diversifikatsiyasi 0,98 1,03 0,92 1,71 1,3 Yuqori samadorlik indeksi kontent xizmatlari samaradorligi indeksi (OEI) 0,55 0,43 0,32 0,44 0,53 2021-yilda yagona ekotizim samaradorligi indeksi 0,99 gacha pasaydi. Bu pasayish asosan moliyaviy ko‘rsatkichlarning – ya’ni “Daromad yoki tejalgan xarajatlar” ko‘rsatkichi bo‘yicha indeks qiymatining 1,02 dan 0,87 gacha tushishi bilan bog‘liq. Foydalanuvchi soni 7 millionga yetgan bo‘lsa-da, foydalanuvchi qoniqishining atigi 2 foizga (36 foiz) ortgani va xizmatlar ishlash tezligining barqaror qolishi (31 foiz) indeksi qo‘llab-quvvatlamadi. Ushbu holat kompaniya tomonidan raqamli innovatsiyalarni joriy etish jarayonida foydalanuvchi ehtiyojlari bilan uyg‘unlikda raqamli xizmatlarni modellashtirishdagi muvozanatsizlik mavjudligini ko‘rsatadi. “Solishtirma tahlil uchun, 2021-yilda Germaniyaning Deutsche Telekom kompaniyasi raqamli xizmatlar samaradorligi indeksini 1,15 darajasiga yetkazdi, bu esa texnologik platformalarni foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish va real vaqtli xizmat sifati monitoringini joriy etish orqali amalga oshirilgan” 3 . 2 Muallif ishlanmasi 3 https://www.telekom.com/en/investor-relations
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 649 2022 va 2023-yillarda ekotizim samaradorlik ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz – 0,99 darajasida saqlanib qoldi. Bu holat xizmatlar sonining 6 tadan 9 taga, keyinchalik 11 taga yetganiga qaramay indeksda keskin o’zgarishga olib kelmadi. Bu yerda asosiy to‘siq sifatida foydalanuvchi qoniqish darajasi va xizmatlar ishlash tezligidagi nisbiy turg‘unlik (foydalanuvchi qoniqishi – 39 foiz, xizmat tezligi – 33 foiz) ajralib turadi. Bu ikki yilda foydalanuvchi soni 8.4 millionga yetgani (2023) sezilarli yutuq bo‘lsa-da, foydalanuvchilar tajribasiga bevosita ta’sir etuvchi xizmatlar sifati va qiymat zanjiri bo‘yicha optimallashtirish yetarli darajada bo‘lmagan. “Xalqaro amaliyotda, ayni shu davrda Janubiy Koreyaning KT Corporation kompaniyasi foydalanuvchi interfeyslarining sun’iy intellekt bilan integratsiyasi orqali xizmat samaradorligini 15 foizga oshirishga muvaffaq bo‘lgan” 4 . 2024-yilda “O‘zbektelekom” AK foydalanuvchi sonini 12 millionga yetkazib, integratsiyalashgan xizmatlar sonini 11 taga ko‘paytirdi. Biroq, ko‘rsatkich yana 0,99 darajasida saqlanib qoldi. Bunga asosiy sabab, xizmatlar soni ko‘paygan bo‘lsada, xizmatlarning real samaradorlik darajasi va foydalanuvchi ehtiyojlarini qondirishdagi innovatsion transformatsiya yetarli darajada bo‘lmaganidir. Foydalanuvchi qoniqish darajasi 41 foizni tashkil qilgan bo‘lsa-da, xizmatlar tezligi 34 foiz darajasida qoldi . Bu sharoitda, “yagona ekotizim”ning texnologik kengayishi emas, balki xizmatlar sifati, AI algoritmlari orqali personalizatsiya, va mijozga yo‘naltirilgan raqamli interfeyslar asosiy differensial ustunlik omiliga aylanmoqda. Masalan, “China Mobile o‘zining “5G + AI + Cloud” strategiyasi orqali foydalanuvchi samaradorligi indeksini 1.25 ga oshirdi” 5 . 2020–2024 yillardagi indeks ko‘rsatkichlarining nisbatan turg‘unligi, raqamli xizmatlarning soni va foydalanuvchi bazasining o‘sishiga qaramay, ularning samarali integratsiyasi, foydalanuvchi tajribasi va iqtisodiy tejamkorlik ko‘rsatkichlari bilan uyg‘un emasligini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan, “O‘zbektelekom” AK uchun eng ustuvor strategik yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘lishi zarur: (1) xizmatlar sifatini real vaqtli monitoring asosida oshirish, (2) foydalanuvchi interfeyslarini AI yordamida moslashtirish, (3) xizmatlar ishlash tezligi va infratuzilmani takomillashtirish, (4) raqamli marketing va foydalanuvchi tahlilini kuchaytirish, hamda (5) jahon standartlariga mos KPI tizimini joriy qilish. Ushbu strategiyalar orqali kompaniya ekotizim indeksini 1,2 dan yuqori darajaga yetkazishi mumkin. Shu tarzda “O‘zbektelekom” AK milliy raqamli infratuzilmaning yetakchi subyektiga aylanishi mumkin. Buning uchun “UZDroneLink – Aloqani dronlar orqali ta’minlash tarmog‘i”ni kengaytirish uchun yangi diversifikatsiya yo’nalishlarini ochib berishga imkon beruvchi strategiya ishlab chiqish zarur sanaladi. FinTech integratsiyasining baholash modelini asoslashda ko’plab tahlillarga va hisobotlarga murojaat qilishga to’g’ri keldi (tranzaksiyalar, moliyaviy operatsiyalarning internet tarmog’I orqali amalga oshirilishi va shu kabi zaruriy ko’rsatkichlar). 2019-yilda “O‘zbektelekom” AKning FinTech integratsiyasi ko‘rsatkichlari hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, umumiy indeks atigi 0,019 ni tashkil etdi. Bu asosan, transaksiyalar hajmi va aktiv foydalanuvchilar sonining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Elektron tranzaksiyalar soni 99 ming atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich hali milliy miqyosdagi raqamli to‘lov tizimlari bilan keng integratsiyalashmaganidan dalolat beradi. Foydalanuvchilar soni va ulardan faol foydalanish nisbati past bo‘lgani uchun og‘irliklar bilan ko‘paytirilgan qiymatlar ham sezilarli darajada past chiqqan. Bu davrda FinTech transformatsiyasi 4 Park S. et al. Communications, Media, and Internet Concentration in South Korea, 2019–2022 //Korean Journal of Communication. – 2025. – Т. 2. – №. 1. – С. 119-136. 5 https://www.chinamobileltd.com/en/ir/reports.htm
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 650 strategiyasi mavjud bo‘lsa-da, u hali real operatsion tizimlarga to‘liq integratsiyalashmagan edi. Shu bois, xizmatlarning samaradorligi va qamrovi kuchsiz bo‘lgan. 2020-yilda umid qilingan o‘sish aksincha, indeksning 0,375 dan 0,019 gacha pasayishi bilan kuzatildi. Bu holat integratsiya darajasidagi zaiflik, foydalanuvchi qoniqishining pastligi (34 foiz), va moliyaviy operatsiyalardagi ortiqcha xarajatlar bilan bog‘liq bo‘ldi. 2021-yilda og‘irliklar (weight) barqaror bo‘lsa-da, xizmatlar sifati va foydalanuvchi sodiqligi (retention rate) pastligicha qoldi. Bu davrda ko‘plab texnik muammolar, sekinlashtirilgan tranzaksiya jarayonlari va mijozlar ehtiyojlariga yetarli darajada javob bermaydigan interfeyslar mavjud edi. Foydalanuvchilar sonining ortishi tizim sifatiga ta’sir qilgan holda umumiy indeksni oshirishga yordam bermadi. Aynan shu yillarda mobil ilovalar va raqamli xizmatlar interfeysining foydalanuvchilar uchun yetarlicha intuitiv emasligi sababli NPS (Net Promoter Score) darajasi oshmadi . 2022-yilda FinTech integratsiyasining samaradorlik indeksi keskin ko‘tarilib, 1,903 gacha yetdi. Bu natijaga erishilishiga bir nechta muhim omillar sabab bo‘ldi: birinchidan, elektron tranzaksiyalar soni 125 mingdan oshdi, ikkinchidan, aktiv foydalanuvchilar soni barqaror ko‘rsatkichga yetdi (76 ming). Shu bilan birga, transaksion daromad ham o‘sib bordi va bu xuddi og‘irliklar bilan hisoblanganda indeksga bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda “O‘zbektelekom” AK o‘zining xizmatlarini mahalliy FinTech kompaniyalari, banklar va to‘lov operatorlari bilan muvofiqlashtirishga erishdi. Shu sababli bu yildagi o‘sish raqamli ekotizimda sinxronizatsiyalangan hamkorlik va xizmatlar diversifikatsiyasining bevosita mahsuli sifatida baholanishi mumkin. 2023-yilda indeks yana keskin 0,0049 gacha pasaydi, bu esa tizimda ichki resurslarning sustlashganligini va texnologik infratuzilmaning o‘z vaqtida yangilanmaganligini ko‘rsatadi. Elektron tranzaksiyalar va foydalanuvchilar soni oshgan bo‘lsa-da, xizmatlar sifati va mijozlar ehtiyojlariga moslashuvchanlikda sustkashlik yuzaga keldi. Bundan tashqari, foydalanuvchi qoniqishining pasaymasligi (39 foiz atrofida qolishi) tizimga bo‘lgan ishonchning oshmaganini anglatadi. Shuningdek, xizmat interfeyslarida murakkablik, to‘lov vaqtlarining uzoqligi va raqamli ilovalar yangilanishining sustligi indeksga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Bu holat FinTech ekotizimida raqobatbardosh yangiliklar joriy etilmasligining xavfini ko‘rsatdi. 2024-yilga kelib, indeks 0.582 ga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich hali 2022-yildagi yuksak natijani takrorlamadi. Bu yilda foydalanuvchi soni, daromadlar va qoniqish ko‘rsatkichlari nisbatan ijobiy tus oldi. Ayniqsa, integratsiya darajasi 50 foizga yetgani sezilarli o‘zgarish bo‘lib, xizmatlarning ekotizimga moslashuvi ortganini anglatadi. Biroq indeksning barqaror emasligi shuni ko‘rsatadiki, bu o‘sish muvaqqat bo‘lib, xizmatlar platformasining chuqur transformatsiyasi, foydalanuvchi tajribasini (UX/UI) soddalashtirish va intellektual xizmatlar (AI, personalization, chatbotlar) bilan to‘ldirish orqali barqaror o‘sishga erishish mumkin. Biroq, bu ko’rsatkichlar yuzasidan to’laqonli xulosa qilish uchun kompaniyaning segmentlash samaradorligini aniqlash talab etiladi (2-jadval). Bugungi raqamli iqtisodiyotda har bir foydalanuvchining istak va ehtiyojlarini chuqur anglash, aniq bozor segmentlariga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatish orqali mijozlar sodiqligini oshirish strategik ustuvorlikka aylanmoqda. “O‘zbektelekom” AK tomonidan 2020–2024 yillarda olib borilgan segmentlash siyosati nafaqat texnologik, balki insoniy ehtiyojlar asosida shakllangan kommunikatsion modelni anglatadi. Seff (Segmentlash samaradorligi indeksi) ushbu jarayonni miqdoriy ifodalaydi. Bu indeks, amaldagi foydalanuvchilar soni (U) va prognoz qilingan ehtimoliy
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 651 foydalanuvchilar soni (E) o‘rtasidagi tafovutga asoslanib, foydalanuvchilarning real jalb etilish darajasi va kompaniya xizmatlarining segment bo‘yicha qamrovini baholaydi. 2020-yilda Seff qiymati -0,303 ni tashkil qilgan bo‘lib, bu davrda xizmatlar segmentatsiyasining dastlabki bosqichlari bo‘lganini ko‘rsatadi. Amaldagi va kutilgan foydalanuvchi o‘rtasidagi tafovutlar, xizmatlar qamrovi va infratuzilmaning yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida, manfiy samaradorlik ko‘rsatkichlari yuzaga kelgan. Shu bilan birga, og‘irlik koeffitsientlari (W1– W5) orqali ko‘rsatkichlarga berilgan baholar ham, foydalanuvchi profilini yetarlicha aniqlay olmaslikni anglatadi. 2-jadval “O’zbektelekom” Akning segmentlash samaradorligi ko’rsatkichi (2020-2024 yy) 6 Segment Segmatn samaradorligi indeksi segment bo‘yicha amaldagi foydalanuvchi soni (mln kishi) (U) Segment bo‘yicha prognoz qilingan yoki kutilgan foydalanuvchi (ming kishi) (E) segmentning umumiy xizmatlardagi nisbiy og‘irligi (koef) (W) segmentning umumiy xizmatlardagi nisbiy og‘irligi (koef) (W2) segmentning umumiy xizmatlardagi nisbiy og‘irligi (koef) (W3) segmentning umumiy xizmatlardagi nisbiy og‘irligi (koef) (W4) segmentning umumiy xizmatlardagi nisbiy og‘irligi (koef) (W5) Umumiy segmentlar soni (n ta) Samaradorlik ulushi 1 Samaradorlik ulushi 2 Samaradorlik ulushi 3 Samaradorlik ulushi 4 Samaradorlik ulushi 5 S_eff: 2 0 2 0 8 3 6,4 6, 6 0,2 0,4 0,6 0, 8 1 6 - 0,0 01 - 0,0 02 - 0,003 - 0,00 4 - 0,00 5 - 0,3 03 2 0 2 1 9 3 6,8 6, 9 0,2 0,4 0,6 0, 8 1 7 - 0,0 02 - 0,0 008 - 0,017 - 0,00 1 - 0,00 2 - 0,4 96 2 0 2 2 1 1 3, 3 7,2 7, 2 0,2 0,4 0,6 0, 8 1 8 0 0 - 0,066 0 0 - 1,3 3 2 0 2 3 1 2 3, 7 9,4 7, 5 0,2 0,4 0,6 0, 8 1 12 0,0 57 0,0 08 - 0,208 0,01 6 0,02 11 - 2,2 17 6 Muallif ishlanmasi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 652 2 0 2 4 1 4 4 12 1 0 0,2 0,4 0,6 0, 8 1 14 0,0 4 0,0 05 -0,12 0,01 1 0,01 4 - 0,9 71 2021-yilda Seff -0,496 ga yetgan bo‘lib, bu yildagi turg‘unlik segmentlar sonining ortishi (9 taga yetgan) va ehtimollarni noto‘g‘ri prognoz qilish bilan izohlanadi. Bu bosqichda texnologik asoslarning shakllanishi bilan birga, foydalanuvchi ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishga bo‘lgan talab kuchaygan. 2022-yilda Seff -1,33 bo‘ldi – bu ko‘rsatkich haligacha segment bo‘yicha xizmatlar va real foydalanuvchilar o‘rtasidagi muvofiqlikning pastligidan dalolat beradi. Bu yili kompaniya 11 ta segmentga ega bo‘lib, prognoz qilingan son bilan real sonlar bir xil bo‘lganiga qaramay, og‘irlik koeffitsientlari hisobida ba’zi segmentlar yuqori salbiy tafovutga ega bo‘ldi (masalan, W3 ulushi bo‘yicha -0,066). Bu esa ko‘p sonli segmentlar ichida ba’zilari mutlaqo samarasiz bo‘lganini ko‘rsatadi. 2023-yilda ko‘rsatkich -2,217 gacha pasaydi – bu esa kompaniya tarixidagi eng salbiy natijani anglatadi. Segment sonining 12 taga yetganiga qaramay, foydalanuvchilar sonidagi yuqori prognoz va real foydalanuvchi o‘rtasidagi tafovut kuchaygan. Bunga sabab – foydalanuvchilarning ehtiyojlari bilan xizmatlar dizayni o‘rtasidagi noaniqlik, shuningdek, segmentlarga yo‘naltirilgan marketing kampaniyalarning yetarli darajada kuchli bo‘lmaganidir. 2024-yilga kelib esa Seff -0.971 gacha kamaydi, ya’ni biroz tiklanish yuz berdi. Bu jarayonda 14 ta segment mavjud bo‘lib, real foydalanuvchilar soni (4 mln) prognozga (12 mln) nisbatan past bo‘lsada, og‘irlik koeffitsientlari bo‘yicha ba’zi segmentlarda ijobiy samaradorlik qayd etildi. Bu esa xizmatlar sifatining yaxshilanishi, UX (foydalanuvchi tajribasi) dizayni bo‘yicha takomillashtirishlar, hamda foydalanuvchilar bilan faol kommunikatsiya vositalari – chat-botlar, raqamli kontakt markazlari orqali amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Segmentlash samaradorligini oshirish uchun birinchi navbatda, foydalanuvchi ehtiyojlari va odatlarining raqamli izlari (digital footprints) asosida ishlaydigan AI algoritmlarini keng joriy etish talab etiladi. Har bir segment uchun shaxsiylashtirilgan xizmat paketlari, regional farqlar, yosh guruhlari bo‘yicha kommunikatsiya tillari ishlab chiqilishi lozim. Shu bilan birga, ehtimoliy foydalanuvchi prognozlari uchun real vaqtli tahlil (real-time analytics), ko‘pkanalli (omnichannel) marketing yondashuvi, va gamifikatsiya vositalari orqali jalb mexanizmlari kuchaytirilishi kerak. Boshqacha aytganda, har bir foydalanuvchi – bu statistik birlik emas, balki ehtiyoj, kayfiyat va hayot tarzi bilan ajralib turuvchi shaxsdir. Shuning uchun kompaniya xizmatlari inson hayotini osonlashtiruvchi, zamonaviy, qulay va emotsional jihatdan foydalanuvchi bilan bog‘lanadigan bo‘lishi kerak. Seff ko‘rsatkichi, dastlab texnik va statistik parametr sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, zamonaviy yondashuvda u insoniylashtirilgan xizmat strategiyasining markazida bo‘lishi kerak. Uning yillik dinamikasi bizga shuni ko‘rsatadiki, faqat texnologik yutuqlar emas, balki foydalanuvchilar bilan bo‘lgan muloqot sifati, inson qadriyatlariga hurmat, va ijtimoiy ahamiyatli xizmatlar segmentlash samaradorligini aniqlaydi. Shunday ekan, O‘zbektelekom AK uchun segmentlashtirish o’ta zaruriy strategik boshqaruvdir. “O‘zbektelekom” AKning 2020–2024 yillardagi hududiy xizmat diversifikatsiyasi indeksi (RDI) 2020-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan taqdim etilgan xizmatlarning hududiy taqsimoti nisbatan nomutanosib bo‘lib, RDI indeksining past darajada (taxminan 0,51–0,55 atrofida) shakllanishiga olib
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 653 keldi. Foydalanuvchilarning 60 foizdan ortig‘i Toshkent shahri va Farg‘ona vodiysi hududlarida jamlangan bo‘lib, qolgan viloyatlarda xizmat zichligi keskin pasaygan. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida xizmatlar ko‘lamining toraygani va infratuzilmaning cheklangani RDI darajasini pasaytiruvchi asosiy omillardan bo‘ldi. Bu yilda xizmatlar texnologik bazasi mavjud bo‘lishiga qaramay, ularning ommalashuvi va raqamli xizmatlar turlari hududlar bo‘yicha teng taqsimlanmagan. Hududlararo raqamli tafovut ijtimoiy raqamli inklyuziya prinsipiga zid tarzda shakllandi va bu indeksga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2021-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan viloyatlarda xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha dastlabki regional investitsiya loyihalari boshlangan bo‘lsa-da, ularning samarasi to‘liq namoyon bo‘lmadi. Shu tufayli RDI ko‘rsatkichida faqatgina 0.03–0.05 birlik ijobiy siljish kuzatildi. Hududiy xizmatlar zichligi, ya’ni 𝐺𝑗 komponenti ayrim hududlarda ortgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar sonining o‘sishi bu hududlarda sinxron bo‘lib bormagan. Foydalanuvchi ulushi yuqori bo‘lgan hududlarda xizmat sonining ortishi indeksni tiklamagan, chunki xizmatlar turli bo‘lmagan. Masalan, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida faqat mobil internet xizmatining kengaygani, biroq raqamli moliyaviy xizmatlar, videoaloqa, OTT platformalar yetarlicha bo‘lmagani hududiy diversifikatsiyani to‘laqonli ta’minlamadi. 2022-yilda RDI o‘zgarishsiz deyarli barqaror saqlanib qoldi. Bu yilda O‘zbektelekom tomonidan xizmatlar soni bo‘yicha o‘sish qayd etilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilar sonining dinamikasi ularga mos kelmadi. Ya’ni 𝐺𝑗 (xizmat zichligi) oshgan, biroq 𝑆𝑗 (foydalanuvchi ulushi) ayrim hududlarda pastligicha qolgan. Bu divergensiya RDI ni yuqori bosqichga olib chiqa olmadi. Shuningdek, bu davrda respublika miqyosida xizmatlar tipologiyasi kengaygan bo‘lsa-da (masalan, bulutli texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi xizmatlari), ular asosan poytaxt va yirik shaharlarda joriy etilgan. Bu holat statistika jihatidan raqamli xizmatlar markazlashuvining kuchayganidan dalolat beradi, bu esa indeksda progress emas, balki hududlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning davom etganini ko‘rsatadi. 2023-yilda RDI indeksining o‘zgarishsiz qolishi – xizmatlar hajmiy ko‘rsatkichlarining oshgani holda ularning hududlararo taqsimoti baribir muvozanatsizligicha qolganini anglatadi. Bu yili foydalanuvchilar soni 8.4 millionga yetganiga qaramay, bu o‘sish bir necha asosiy hududlar (Toshkent shahri, Andijon va Samarqand) hisobiga amalga oshgan. Ayni paytda, xizmatlar zichligi boshqa viloyatlarda pasayish emas, balki stagnatsiyani namoyon qildi. Bundan kelib chiqadiki, kompaniya tomonidan amalga oshirilgan texnologik modernizatsiya (masalan, 5G testlari yoki WTTx xizmatlari) strategik jihatdan notekis taqsimlangan. Demak, bu yilda ham xizmat diversifikatsiyasi innovatsiyalarning butun respublika bo‘ylab teng taqsimlanmasligi sababli sustlashgan. 2024-yilga kelib, “O‘zbektelekom” AKning RDI indeksi bir oz yaxshilanishga harakat qilgan bo‘lsada, u 1.0 ga yaqinlashmadi. Foydalanuvchi soni 12 millionga yetgani va integratsiyalashgan xizmatlar soni 11 taga ko‘paygani tizimli o‘sish ko‘rsatkichlarini belgilaydi, biroq xizmatlar joriy etilgan hududlar soni cheklangani indeksga yetarli turtki bera olmadi. Bunday holatda RDI indeksi shuni ko‘rsatadiki, infratuzilma mavjud, foydalanuvchi bazasi keng, biroq xizmatlar geometrik jihatdan teng taqsimlanmagan. Bu, ayniqsa, strategik xizmatlar – AI asosidagi xizmatlar, raqamli bank tizimlari, raqamli identifikatsiya kabi xizmatlarning ayrim viloyatlardagina mavjudligi bilan izohlanadi. Global miqyosda Xitoy (China Mobile) 1,25 indeks ko‘rsatkichiga erishgan bir paytda, O‘zbekiston tajribasi xizmatlar mahalliylashtirilishini tezlashtirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 654 Hududiy xizmat diversifikatsiyasi indeksi (RDI) – bu nafaqat xizmatlar soni va foydalanuvchilar o‘rtasidagi nisbatni aniqlovchi ko‘rsatkich, balki mamlakatdagi raqamli tenglik darajasini baholovchi strategik indikator sifatida qaraladi. Agar bir hududda xizmatlar zichligi yuqori, lekin foydalanuvchi ulushi past bo‘lsa, yoki aksincha, foydalanuvchi ko‘p, lekin xizmatlar soni kam bo‘lsa – bu raqamli infratuzilmada muvozanatsizlik mavjudligini anglatadi. "O‘zbektelekom" AKning 2020–2024 yillar mobaynida bu indikator bo‘yicha yuqoriga siljiy olmasligi — kompaniya xizmatlarining texnologik taraqqiyoti va foydalanuvchilarga teng imkoniyat yaratish o‘rtasida tafovut mavjudligidan dalolat beradi. RDI ni yuqori darajaga olib chiqish uchun xizmatlar nafaqat ko‘p bo‘lishi, balki butun hududlar bo‘ylab ommalashtirilgan, foydalanuvchilar uchun barqaror va izchil xizmat sifati bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Zero, raqamli xizmatlarda sifatsiz diversifikatsiya raqamli tabaqalanishni kuchaytiradi, bu esa butun milliy raqamli transformatsiya strategiyasining asosiy xavf omiliga aylanadi. OEI (Over-the-Top Efficiency Index) – kontent xizmatlarining moliyaviy, texnik va foydalanuvchi tajribasi bo‘yicha kompleks samaradorligini aniqlovchi integral indeks bo‘lib, bu ko‘rsatkich O‘zbektelekom’ning raqamli strategiyasida muhim metrikadir. 2020-yilda OEI darajasi 0,55 ga teng bo‘lib, bu yuqori darajadagi integratsiyani anglatadi. ARPU – bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan daromad – 2.94%ni, aktiv to‘lovchi foydalanuvchilar 6,392 ming nafarni tashkil etdi. Shu yilda foydalanuvchilarni saqlab qolish darajasi 115,71 foiz bo‘lib, bu – kompaniya foydalanuvchi oqimini nafaqat ushlab qolganini, balki kengaytirganini ko‘rsatadi. Cost = 122 mlrd so‘m bo‘lganiga qaramay, kontent sifati (Quality Index) 31 foiz atrofida qolgan. Bu esa OEI yuqori chiqishiga qaramasdan, xizmat sifati bo‘yicha hali bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatadi. 3-jadval “O’zbektelekom” AKning yuqori samadorlik indeksi kontent xizmatlari samaradorligi indeksi (OEI-2020-2024 yy) 7 Parametr Umumiy daromad (mlrd.so'm) Umumiy foydalanuvchilar soni (mln. kishi) ARPU (foiz) APU – Active Paying Users (obuna to‘lovini amalga oshirayotgan foydalanuvchilar-ming kishi) Ft-Davr boshidagi foydalanuvchilar (ming kishi) Nt – ketganlar (ming kishi) Foydalanuvchilarni saqlab qolish darajasi, % (R = ((Ft − Nt) / Ft-1) × 100%) Cost – Kontentni ishlab chiqish va uzatish xarajatlari (mlrd.so'm) Quality Index – Kontent sifatining foydalanuvchi tomonidan baholangan ko‘rsatkichi (foiz) OEI –xizmatlari samaradorlik indeksi (Overthe-Top Efficiency Index) 2020 2000,7 6,8 2,94 6,392 6,8 0,088 115,71 122 31 0,55 7 Muallif ishlanmasi
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261,SJIF 20222.889, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024 VOLUME-5, ISSUE-12 655 2021 2295,6 7 3,27 6,58 7 0,091 115,15 195 34 0,43 2022 2534,1 7,2 3,51 6,768 7,2 0,093 6 114,61 305 36 0,32 2023 2820,3 8,4 3,35 7,896 8,4 0,109 2 112,03 262,9 39 0,44 2024 3148,4 12 2,62 11,28 12 0,156 107,67 246,3 41 0,53 2021-yilda OEI 0.43 gacha pasaydi, bu esa kontent xizmatlarining samaradorligida regressiya yuz berganini bildiradi. Bu yil daromad 2295,6 mlrd so‘mga (+14.75 foiz) yetgan, ARPU 3.27% gacha oshgan. Biroq xarajatlar 195 mlrd so‘mga (+59.8 foiz) oshgan va foydalanuvchini saqlab qolish 115.15 foizgacha pasaygan. Bu ko‘rsatkichlar kontentga bo‘lgan talab barqaror bo‘lsa-da, xarajatlar va kontent sifati o‘rtasida optimal muvozanat yo‘qligini bildiradi. OECD (2021) tavsiyalariga ko‘ra, foydalanuvchi tajribasi va texnik xarajatlar o‘rtasida 0.5–0.6 nisbatdagi proporsiya raqamli xizmatlar samaradorligi uchun eng maqbul sanaladi (https://www.oecd.org/digital/). O‘zbektelekomda esa bu muvozanat buzilgan, bu esa OEI tushishiga olib kelgan. 2022-yilda OEI 0.32 gacha pasaydi, bu ko‘rsatkichning eng past nuqtasi hisoblanadi. Daromad 2534,1 mlrd so‘m, ARPU 3.51 foizgacha ko‘tarilgan. Aktiv to‘lovchi foydalanuvchilar soni 6768 ming kishiga yetgan bo‘lsa-da, kontent xarajatlari 305 mlrd so‘mni tashkil etgan. Eng muhim muammo – xarajatlar daromadning 12 foizdan ortiq qismini egallashi va foydalanuvchini ushlab qolish darajasi 114.61 foizgacha pasayganidir. Sifat indeksi esa 36 foizga ko‘tarilgan. Bu eksperimental jihatdan kontent sifati oshirilganini ko‘rsatsa-da, foydalanuvchilar o‘zgarishga hali yetarli darajada ijobiy javob bermagan. Bu esa marketing, kontent targ‘iboti va foydalanuvchi o‘rgatish strategiyalarida sustlik borligini ko‘rsatadi. 2023-yilda OEI 0,44 ga tiklandi. ARPU 3,35 foiz bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan pasaygan. Biroq aktiv to‘lovchilar 7896 ming kishiga, foydalanuvchi soni 8,4 millionga yetgan. Bu kompaniyaning keng foydalanuvchi bazasini saqlab qolganini ko‘rsatadi. Xarajatlar esa 262,9 mlrd so‘mga pasaydi. Shu bilan birga kontent sifati 39 foizga oshdi, bu esa foydalanuvchi tajribasining yaxshilanishi va xizmatlarga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. Eksperimental model asosida (McKinsey Digital Score Model) foydalanuvchi saqlanish darajasi va sifat o‘sishi OEIga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat O‘zbektelekomda kuzatilgan. 2024-yilga kelib, OEI ko‘rsatkichi 0,53 ga yetib, dastlabki 2020-yildagi darajaga yaqinlashdi. Umumiy foydalanuvchi soni 12 millionga, aktiv to‘lovchilar 11,28 millionga yetdi. Bu foydalanuvchilarning monetizatsiya darajasi yuqoriligini bildiradi. Kontent xarajatlari 246,3 mlrd so‘mga kamaygan, bu esa xarajatlarni optimallashtirish orqali erishilgan yutuqdir. Kontent sifati 41 foizga ko‘tarilib, foydalanuvchilarning xizmatdan mamnunligini oshirgan. R=107.67 foiz bo‘lib, bu daromad va barqarorlik o‘rtasida sog‘lom muvozanat borligini ko‘rsatadi. Ushbu yilda OEI tiklanishi – kompaniya tomonidan olib borilgan diversifikatsiya va kontent sifati ustida ishlangan strategiyaning samaradorligidan dalolat beradi. O‘zbektelekom AK raqamli xizmatlar samaradorligini oshirish uchun avvalo foydalanuvchi tajribasini markazga qo‘ygan sifatli xizmatlar strategiyasini kuchaytirishi lozim. Xizmatlarni real vaqtli monitoring qilish tizimini joriy etish muhim – bu vosita orqali tarmoq ishlashi va sifat ko‘rsatkichlarini muntazam kuzatib, muammolarni zudlik bilan bartaraf etish mumkin bo‘ladi.