O'ZBEKISTONDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARINING SHAHAR AGLOMERATSIYASIGA TASIRI
Abstract
Tadqiqotda O’zbekiston shaharlar aglomeratsiyasi va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri haqida batafsil ko’rib chiqilgan. Toshkent aglomeratsiyasi, yoki boshqa yirik shaharlarning atrofidagi kichik shaharlar, qishloqlar va sanoat hududlari. Sanoat binolarining shahar aglomeratsiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Aglomeratsiyalarda ko‘chalar va infratuzilmasida transport tiqilinchlariga, havoning ifloslanishiga, madaniy va estetik jihatdan sanoat binolarining ko‘pligi shaharning ko‘rinishiga va madaniy muhitiga ta’sir qilishi atroflicha ko’rib chiqilgan.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 494 O’ZBEKISTONDAGI ERKIN IQTISODIY ZONALARINING SHAHAR AGLOMERATSIYASIGA TASIRI Malikov Ulug’bek Erkinovich SamDAQU (DSc) doktoranti. [email protected] Tel: +998337725200 https://doi.org/10.5281/zenodo.17929542 Annotatsiya. Tadqiqotda O’zbekiston shaharlar aglomeratsiyasi va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri haqida batafsil ko’rib chiqilgan. Toshkent aglomeratsiyasi, yoki boshqa yirik shaharlarning atrofidagi kichik shaharlar, qishloqlar va sanoat hududlari. Sanoat binolarining shahar aglomeratsiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Aglomeratsiyalarda ko‘chalar va infratuzilmasida transport tiqilinchlariga, havoning ifloslanishiga, madaniy va estetik jihatdan sanoat binolarining ko‘pligi shaharning ko‘rinishiga va madaniy muhitiga ta’sir qilishi atroflicha ko’rib chiqilgan. Kalit so’zlar: ko‘chalar va infratuzilma, transport tiqilinchligi, shahar aglomeratsiyasi, ekologik toza texnologiyalar, sanoat va turar joy zonalari. Annotation. The study examined in detail the interaction of urban agglomeration and industrial buildings of Uzbekistan. Tashkent agglomeration, or small towns, villages and industrial areas around other large cities. Let's consider the impact of industrial buildings on urban agglomeration. In agglomerations, the impact of traffic congestion on streets and infrastructure, air pollution, the abundance of culturally and aesthetically industrial buildings on the appearance and cultural environment of the city has been thoroughly considered. Keywords: streets and infrastructure, traffic congestion, urban agglomeration, environmentally friendly technologies, industrial and residential zones. Kirish. Biz eng avvalo shaharlar aglomeratsiyasi deganda bir-biriga yaqin joylashgan, ko‘pincha bir-birining iqtisodiy va ijtimoiy faoliyati bilan chambarchas bog‘langan bir nechta shahar yoki shahar atrofi hududlarining birlashuvini tushunamiz. Masalan, Toshkent aglomeratsiyasi, yoki boshqa yirik shaharlarning atrofidagi kichik shaharlar, qishloqlar va sanoat hududlari. Sanoat binolarining shahar aglomeratsiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz. Birinchidan sanoat binolari aglomeratsiyalarda ish o‘rinlari yaratadi, bu esa aholining shaharga ko‘chib kelishini rag‘batlantiradi. Sanoat korxonalari yaqinida yashash uchun aholining ehtiyoji ortadi, natijada yangi uy-joylar, infratuzilma (maktablar, shifoxonalar, transport) rivojlanadi. Shaharlar va sanoat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar kuchayadi, mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi ortadi. Ikkinchidan sanoat binolari ko‘pincha shahar atrofi hududlarga joylashadi, bu esa aholi salomatligiga ta’sir qiluvchi ifloslanish, shovqin, chiqindilar muammolarini keltirib chiqaradi. Aglomeratsiyalarda ko‘chalar va infratuzilma tobora zichlashib boradi, bu transport tiqilinchlariga, havoning ifloslanishiga sabab bo‘ladi. Sanoat hududlariga yaqin joylashgan mahallalar ko‘pincha ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan yoki kamroq rivojlangan bo‘lishi mumkin. Uchunchidan shaharsozlik va rejalashtirishda sanoat binolarining joylashuvi shaharlarning kengayish yo‘nalishini belgilab beradi. Aglomeratsiyalarda sanoat hududlarini shahardan uzoqroq joylashtirish orqali ekologik muammolarni kamaytirish uchun zonalash tizimi (industria zonalari) joriy qilinadi.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 495 Sanoat hududlari uchun maxsus transport yo‘llari, logistika markazlari quriladi, bu esa shahar infratuzilmasiga ta’sir qiladi. To’rtinchidan madaniy va estetik jihatdan sanoat binolarining ko‘pligi shaharning ko‘rinishiga va madaniy muhitiga ta’sir qilishi mumkin. Ba’zi sanoat inshootlari tarixiy yoki arxitektura jihatdan qimmatli bo‘lib, ularni saqlash va qayta tiklash bo‘yicha loyiha va tashabbuslar paydo bo‘ladi. Asosiy qism. EIZlar shaharlar aglomeratsiyasining iqtisodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi, ammo ular ekologik, ijtimoiy va shaharsozlik muammolarini ham keltirib chiqaradi. Shu sababli, sanoat hududlarini shaharlar bilan uyg‘unlashgan holda rejalashtirish, ekologik xavfsizlik va aholi farovonligini ta’minlash muhim hisoblanadi. O’zbekistonda sanoat binolari, ayniqsa yirik ishlab chiqarish korxonalari, aglomeratsiyalarda aholi sonining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Toshkent atrofidagi sanoat zonalarida ish o‘rinlari ko‘paygani tufayli odamlar ish uchun ko‘chib keladi, yangi uy-joylar va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlanadi. Bu esa shaharning iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Transport va infratuzilma yuklanishida sanoat zonalari va ishlab chiqarish korxonalari atrofidagi yo‘llar transport yuklamasini oshiradi. Aglomeratsiyada ayniqsa yuk tashish uchun mo‘ljallangan yo‘llar, avtobus va metro tarmoqlari rivojlanadi. Lekin, noto‘g‘ri rejalashtirish transport tiqilinchlari va havoning ifloslanishiga olib keladi. Ekologik muammolarda sanoat faoliyati havoni, suv va tuproqni ifloslantiradi. Masalan, sanoat hududlariga yaqin yashash joylarida odamlarning sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkin, bu esa ijtimoiy muammolarni kuchaytiradi. Bu sababli ko‘plab shaharlar sanoat zonalarini shahar markazidan uzoqroqqa joylashtirishga harakat qilmoqda. Tadqiqot hududlari tahlili. Shaharsozlik va urbanistik muammolarda sanoat binolari shaharlarning geografik kengayish yo‘nalishini belgilaydi. EIZlar ko‘pincha shahar tashqarisida joylashadi va bu hududlarda yangi infratuzilma barpo etilishi talab qilinadi. Aglomeratsiyada sanoat va turar joy zonalari orasida muvozanatni saqlash zarur. Madaniy va tarixiy jihatdan ba’zi shaharlarda eski sanoat binolarini saqlab qolish va ularni madaniy markazlarga aylantirish tajribalari mavjud. Masalan, eski zavod binolarini muzeylar, san’at galereyalari yoki ofis markazlariga aylantirish orqali shahar muhitini boyitish mumkin. Toshkent shahar aglomeratsiyasi misolida sanoat binolarining ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Toshkent shahar aglomeratsiyasida EIZlar binolarining ta’siri ko’rib chiqilganda iqtisodiy tarafdan, sanoat korxonalari asosan shahar markazidan tashqaridagi Yunusobod, Sergeli, Shayxontohur kabi tumanlarda joylashgan. Bu hududlarda ishlab chiqarish korxonalari ish o‘rinlari yaratib, atrofdagi qishloq va kichik shaharlardan ko‘plab odamlarni Toshkentga ko‘chib kelishga undaydi. Bu esa shaharning aholi sonini ko‘paytiradi, xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sanoat hududlari atrofida yuk transporti va ishchi harakati kuchayadi. Masalan, Sergelidagi sanoat korxonalari atrofida yo‘llarda tiqilinchlar kuzatiladi, ayniqsa ish boshlanish va tugash vaqtlarida. Shu sababli Toshkentda yangi avtomobil yo‘llari, temiryo‘l yo‘nalishlari va metro liniyalari qurilishi aglomeratsiyaning kengayishiga moslashish uchun muhim. Toshkentdagi sanoat hududlaridan chiqadigan chiqindilar va ifloslanish shaharning havosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa Sergeli va Yunusobodda sanoat korxonalari atrofidagi qishloqlarda havoning ifloslanishi va tuproq muammolari mavjud. Bu hududlarda yashovchi aholining salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 496 Sanoat binolari Toshkentning chekka hududlariga ko‘chib borayotgani shaharning kengayishini ham belgilaydi. Shu bilan birga, sanoat va turar joylar o‘rtasidagi masofani saqlash uchun zonalash ishlari olib borilmoqda. Toshkent hokimiyati sanoat zonalarini shahar markazidan uzoqlashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun maxsus hududlar tashkil qilmoqda. Shahar aglomeratsiyasida Urgut erkin iqtisodiy zonasining transport infratuzilmasi shahar markazi va atrofdagi qishloqlar bilan bog‘lanishni ta’minlaydi. Bunda yuk tashish va ishchilar harakati uchun transport tizimini takomillashtirish, yo‘l harakati yuklamasi ko‘payishi sababli yo‘llarni kengaytirish va yangi yo‘l qurilishi, asosiysi ishlab chiqarilgan tovarlarni eksportga yo’naltirish uchun tumanda temir yo’l tarmog’ini tortish kerak. Shaharda Urgut erkin iqtisodiy zonasining rivojlanishi uchun quyidagi chora-tadbirlar muhim: - ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish. - sanoat va turar joy zonalarini aniq ajratish, shaharsozlik qoidalariga rioya qilish. - transport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan jamoat transporti tizimini kengaytirish, temir yo’l tarmog’ini olib kelish kerak. - mahalliy kadrlarni tayyorlash va ish bilan ta’minlash uchun ta’lim muassasalarini rivojlantirish. Urgut erkin iqtisodiy zonasi shahar aglomeratsiyasidagi ahamiyatiga ko’ra Samarqand viloyatining muhim sanoat markazi bo‘lib, iqtisodiy o‘sishga katta hissa qo‘shmoqda. Shu bilan birga, ekologik xavfsizlik, transport va shaharsozlik muammolarini hal qilish kerak. Sanoat va shahar aglomeratsiyasini uyg‘un rivojlantirish uchun kompleks rejalashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhim hisoblanadi. Tatqiqotda Samarqand viloyatidagi sanoat markazlari va ularning shahar aglomeratsiyasiga ta’siri haqida batafsil to’xtaldik. Hozirgi kunda Samarqand viloyatida bir qancha sanoatning markazlarini qarab chiqdik. Shahar aglomeratsiyasining Samarqand shahridagi asosiy bo’g’ini sifatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish kiradi. Ayni damda Samarqand shahri viloyatdagi jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 43,1% ini tashkil etadi. Shahardagi ishlab chiqarish tarmoqlari, to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kimyo sanoati va yengil sanoat kabi tarmoqlar rivojlangan. Biz kundalik hayotni jamoaviy tashkil etish va odamlarning har tomonlama rivojlangan jamoat va shaxsiy hayotiga intilamiz. Bu, qoida tariqasida, qanday yangi turdagi binolar va majmualar bo`lishi kerakligini aniqlaydi: - binolarni tarkibi va maydoni; - turar-joy va jamoat binolarining rejalashtirish tuzilmasi; - ularning eng maqbul qavatlar soni; - ularni o`zaro joylashtirish tizimi; - ularning bir-biriga munosabati. Bu butun majmualar va alohida binolar uchun kompozision yechimlar uchun moddiy shartlarni yaratadi. Shu bilan birga, binolarning tashqi qiyofasida, xonodonlar va jamoat binolarining ichki ko`rinishi ularning maqsadi, ularda sodir bo`layotgan jarayonlarning mohiyatini to`g`ri aks ettirish, zamonaviy teknik vositalar yordamida aks ettirish vazifasi qo`yilmoqda. Aynan, hozirgi kunda, respublikamizdagi ko`pgina shaharlar ayniqsa, Qarshi, Jizzax, Urganch kabi yirik shaharlar aglomeratsiya markazlariga aylanib bormoqda.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 497 Bu esa, davlatimizning olib borayotgan to`g`ri siyosatining natijasi bo`lib, O`zbekistonda aglomeratsiya darajadagi savdo majmualari modelini shakllantirishni yangi bosqichga ko`tarish zarurligini ko`rsatmoqda[1]. Zamonaviy savdo majmualari - bu turli ko`rinishdagi ko`p strukturali, shaharsozlik vaziyati, sig`imi va hajmi jihatidan, savdo maydonlariga qo`yiladigan talablarni jamlash natijasida kelib chiqadi. Savdomajmua binolarini loyihalashda ularni rasional joylashtirish natijasida obyektga sarflangan harajatlarni qoplay olish muddati qisqaradi va savdo maydonining umumiy foydali ish koeffisiyenti butun majmuaning rentabelligini ko`p martagacha oshiradi[2]. Dunyo tajribasiga ko`ra, savdo majmuasi umumiy maydonning 50-60% gacha bo`lishi kerak. Bu qiymat ortib ketsa, markazning tavar va maxsulotlar bilan to`lmasligi va ijara haqqi yuqori bo`lganligi sababli uning joylashuvi foyda keltirmasligi mumkin[3]. O`tmishda keng tarqalgan aholiga pog`onali xizmat ko`rsatish sistemasida savdo muassasalarini joylashtirish usuli, bugungi kunda qo`llab bo`lmaydi, chunki o`sha davrda savdomajmualari davlat tomonidan qattiq nazorat ostida bo`lgan. Bugungi kunda savdo maishiy xizmat ko`rsatish muassasalarini rivoji xususiy tadbirkorlik asosida rivojlanmoqda. Shahar aholi punktlarini rejalashtirishda respublikada aglomeratsiyalarning markazlari hisoblanadigan shaharlarda aholini joylashtirishni va savdomajmualarini tashkillashtirishning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganish o`ta muhim ahamiyatga ega bo`lib, davlat darajasidagi masalaga aylangan. O`zbekistonda viloyat markazlariaglomeratsiya yadrolari rivojlanishi ustuvor ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, bu masalaga shunchalik katta e`tibor qaratilishini ochiq-oydin e`tirof etish mumkin[4]. Shaharlarni rejalashtirishda mintaqani tabiiy va iqlim sharoitlarini o`rganib, aholining turmush tarzini hisobga olgan holda barcha sharoitlarga ega bo`lgan savdobinolarini kompleks tarzda loyixalash va qurish talab qilinadi. Shaharsozlik omili bu: Shaharsozlik omillari jamoat binolarini shaharning rejali tuzilmasidagi joylashuvini belgilab beradilar. Viloyat va shahar aholi punktlaridagi istiqomat hududlarining rejali tuzulmasini jamoat markazlari, turar-joy imoratlari, ko`cha-yul tarmog`i, umumiy foydalanishdagi ko`kalamzorlashtirilgan hududlarning o`zaro bog`lanishini va, shu bilan birga, umuman, aholi punktining maydoni va hududining tabiiy-iqlimiy sharoitlariga bog`liq bo`lgan rejali tuzilmasini inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim. Shaharlarda o`z tarkibida umumshahar markazi, rejalashtirilgan hududlar (zonalar) markazlari, jamoat, turar-joy zonalari, dam olish zonalari, kundalik ehtiyojlar uchun savdomajmualari, shuningdek shahar yaqinida joylashtirilishi mumkin bo`lgan mavjud bo`lgan jamoat markazlari tizimini shakllantirish lozim[5]. Savdo majmualarini shaharning rejalashtirish strukturasida joylashishini hal qiladi. Shahar hududi asosan, funksional foydalanishni e`tiborga olgan holda seliteb, ishlab chiqarish va landshaft-rekreasion qismlarga ajratiladi. Seliteb hududda turar-joy fondi, jamoat bino va inshootlari joylashtiriladi. Jamoat binolarining soni, tarkibi va joylashtirilishni shahar kattaligiga, hudud funksional-rejaviy tashkillashtirilishiga va uning aholini joylashtirish sistemasidagi roliga qarab qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Savdo majmualari uchun tanlangan maydon, unga kirish va chiqish joylarning qulayligi hamda jamoat va individual transport uchun to`xtash joyi bilan ta`minlashi nuqtai nazaridan tanlanadi[10].
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 498 Savdo majmualarini tashkilashtirilishiga va rejalashtirilishga bog`liq ravishda o`zining o`lchamlari bilan umumshahar markazining yadrosini tashkil etuvchi o`zaro bog`langan jamoat fazoning (shoh ko`chalar, maydonlar, piyoda yurishiga mo`ljallangan zonalar) tarkibiy rivojlashiga bog`liq bo`lib qoladi. Bu esa, qurilish zonasi chegarasida mavjud tarixiy muhitning butunligini ta`minlash sharti bilan umumshahar markazining yadrosini to`liq yoki qisman tashkillashtirishni tartibga keltiradi. Shahar aholi punktlarining loyihaviy strukturasini shakllantirish, shahar hududining kompleks rivojlanishi ta`minlash, aholi yashash sharoitini va unga savdodarajasini yaxshilash, shahardagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, atrof-muxit muhofazasi, tabiiy va inson resurslaridan unumli foydalanish va rekreasion xizmatlarni tashkillashtirish hozirda katta ahamiyatga ega[8]. Aglomeratsiya markazi hisoblanadigan shahar bosh rejasi aholi punktini rivojlantirishni uzoq muddatli istiqbollari, uning rejalashtirish tuzilmasi, turar joy, ishlab chiqarish, kommunal-ombor va boshqa funksional zonalarni joylashtirishni, aholiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish tarmoqlari, transport va muhandislik tizimlari, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish yo`nalishlarini belgilovchi asosiy shaharsozlik hujjati hisoblanadi. Bosh rejada ko`chalar va maydonlar tizimi, shaharning jamoat va savdomajmualarini bosh markazi, mahalla markazlari, turar-joylar, jamoat binolari, ishlab chiqarish, ombor, kommunal obyektlarining joylashuvi, umumiy foydalanishdagi yashil ko`kalamzorlar, atrof muhitni, tabiat va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish bo`yicha chora-tadbirlar, shuningdek, ishlab chiqarish va turar joylarni rivojlantirish uchun zahiradagi hududlar ko`rsatiladi[9]. Bizning ishimizda Qashqadaryo, Xorazm va Jizzax aglomeratsiyasi markazi hisoblangan Qarshi, Urganch va Jizzax shaharlarida mavjud savdo maishiy xizmat ko`rsatish majmualarining joylashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan:- Aglomeratsiya savdomajmualarining shahar strukturasida joylashuvi, funksional tarkibi va tabiiy-iqlim sharoitlariga moslashtirish yo`llari ishlab chiqilgan; Qarshi, Urganch va Jizzax shaharlarida savdo majmualari mikroiqlimini mahalliy tabiyi-iqlimiy sharoitlarga moslashtirish va bog`lash yo`llari tavsiya qilingan; O`zbekistonda qulay iqlim sharoiti (issiq davr davomiyligi) savdo majmuasi maydonlarini tuzishga olib keldi: I. Ochiq turdagi savdo majmuasi qo`yidagicha bo`lib chiqildi: 1. Savdo majmualarining ochiq turda tashkil qilish uchun asosiy savdo ko`chalari ochiq bo`lib uning atrofidan turli savdo korxonalari joylashtiriladi. Qarshi, Urganch va Jizzax shaharlarida savdo majmualarini rivojlantirishda rejaviy xilma-xillik va kompozision birlikka erishish yo`llari tavsiya qilingan. Yuqoridagi fikrlar asosida xulosa qilsak, qurilish uchun tanlangan joy har tomonlama qulay bo`lib, shahrimizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning bir yo`nalishi deb qarash mumkin. Majmua markazlarining muvafaqqiyatli faoliyat ko`rsatishi uchun mavjud odamlar oqimi yunalishiga to`sqinlik qilmaydigan bir necha kirish joylari tashkil kilingan bo`lib, bu odamlar oqimini tartibga keltirishga hamda savdo markazining ta`sir zonasini kengayishiga olib keladi. Bu o`z navbatida, shahar aholisi va shaharga kelayotgan har bir mexmon yoki turist bu markazda savdo qilishi va ko`ngil ochib dam olib ketishiga imkon ochiladi. Tahlil natijasida Qarshi, Urganch va Jizzax shaharlarida hozirda mavjud ko`pchilig savdo korxonalari yagona majmualar sifatida birlashtirilmagan, alohida olingan kichik-kichik savdo muassasalari sifatida ish yuritib kelgan. Oxirgi yillar davomida juda katta hajmdagi Qarshi shahridagi “Yerqurg`on” bozori “Eski shahar savdo majmuasi” Urganch shahar markazida mavjud Urganch markaziy savdo bozori,
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 499 Jizzax shahridagi markaziy dehqon bozorlari kabi savdomajmualari barpo qilingan. Ushbu savdomajmualari aglomeratsiya darajasidagi xizmatlarni tashkil qilishga yo`naltirilgan[11]. Shuningdek o`rganilayotgan viloyatlarda savdo majmuasiga tutash ko`chaning ikki tomonida mavjud savdo korxonalari va muassasalari uchun piyodalar harakatini tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Hozirda piyodalar katta oqimlari ko`chaning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o`tish uchun transport harakatiga to`siqlar yaratmoqda. Tirbandlik masalasini yechish uchun piyodalar va imkoniyati cheklanganlar uchun yer osti yoki yer ustki o`tish yo`lagi tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo`ladi [10]. Savdomajmualari uchun tanlangan maydon unga kirish va chiqish joylari, jamoat transporti bilan bog`lanishlar va individual transport uchun avto turargohlar bilan ta`minlanganligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi va loyiha takliflar asosida tashkil qilindi. O`zbekiston viloyat markazlari - aglomeratsiya yadrolarida savdo maishiy xizmat ko`rsatish majmuarining muvaffaqiyatli ishlashi va bunday binolarni loyihalash uchun arxitektorlar va dizaynerlar, injenerlar va texnologlar, quruvchilar va marketologlar, jihozlar bilan ta`minlovchilar va savdo bo`yicha mutaxassislar to`planishib, ularni birgalikda ishlashini tashkil etish maqsadga muvofiq bo`lib qolmoqda. Bo`lajak loyiha yechimlarida savdomajmualarini zamonaviy rivojlanish tendensiyalari ochib berilishi kerak. Shu sababli aglomeratsiya markazlarida har xil darajadagi savdo va xizmat ko`rsatish turlarini tashkil qilishning yangi tamoyillari o`rganish muxim ahamiyatga ega. Savdomajmualarini loyihalash va qurish nuqtai nazaridan aholi uchun qulay sharoitlar yaratish va hududning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish dolzarb masala sanaladi [11]. Xulosa. Aglomeratsiya savdo-maishiy xizmat majmualari arxitekturaviy yechimlarida piyodalar va transport harakatini rasional tarzda tashkil qilish ham katta ahamiyatga ega bo`ladi. Kelgusida Aglomeratsiya darajasidagi savdomajmualarini zamonaviy shaharsozlik talablar darajasida loyihalash amaliyoti va qurishni yanada takomillashtirish masalasini hal etishda arxitektorlar va qurilish sohasidagi kadrlar zamonaviy ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslangan bo`lishi kerak [7]. Ana shu nuqsonlarni bartaraf etish, fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish, zamonaviy me`morchilikning eng yaxshi qirralarini o`zaro uyg`unlashtirish shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Tadqiqot natijalari. O‘zbekiston shaharlarida aglomeratsiya jarayonlari sanoat binolari, erkin iqtisodiy zonalar va savdo-maishiy xizmat majmualarining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Sanoat korxonalari va EIZlar iqtisodiy faollikni oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratadi, urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtiradi hamda shahar infratuzilmasining kengayishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, sanoat hududlarining ko‘payishi ekologik yuklama, transport tiqilinchlari va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand va Urgut aglomeratsiyalari misolida o‘rganilganidek, sanoat binolari aholi zichligini oshirib, yangi turar joy massivlari, transport tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishiga turtki bermoqda. Shu bilan birga, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, chiqindilarni kamaytirish, yashil zonalarni kengaytirish va sanoat hududlarini shahardan oqilona masofada joylashtirish dolzarb masaladir.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 500 Qashqadaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlaridagi aglomeratsiya markazlarida savdo-maishiy xizmat majmualarining shakllanishi shaharlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynamoqda. Ammo amaldagi me’moriy-rejalashtirish tizimlarida transport va piyodalar harakatini tashkil etish, ekologik va iqlimiy sharoitlarga moslashuv yetarli darajada emas. Shu bois zamonaviy aglomeratsiya darajasidagi savdo majmualarini loyihalashda tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar uyg‘unligini ta’minlash lozim. Shahar aglomeratsiyalari va sanoat binolarining o‘zaro ta’siri O‘zbekiston shaharlarining iqtisodiy, ekologik va urbanistik rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ularni muvozanatli, ekologik xavfsiz va funksional rejalashtirish mamlakatning barqaror urbanizatsiyasi uchun asosiy shartdir. O‘zbekiston shaharlarida sanoat binolari va erkin iqtisodiy zonalarning shakllanish jarayonlari urbanizatsiya, iqtisodiy o‘sish va me’moriy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu jarayon iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik va me’moriy-urbanistik omillar uyg‘unligida kechib, shaharlarning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Sanoat binolari shahar yaqinida joylashtirilishi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, transport va logistika tizimlari bilan qulay bog‘lanishni ta’minlaydi. Erkin iqtisodiy zonalar esa xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport hajmini oshirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyotga katta turtki beradi. Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan va Buxoro kabi yirik shaharlarda sanoat va EIZlarning rivojlanishi urbanistik muhitni modernizatsiya qilmoqda. Shu bilan birga, ekologik xavfsizlik, transport oqimlarini tartibga solish, yashil hududlarni kengaytirish kabi masalalar dolzarbligicha qolmoqda. Sanoat binolarining me’moriy yechimlari energiya tejamkorlik, ekologik barqarorlik va estetik talablarga javob berishi lozim. O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sanoat binolari va erkin iqtisodiy zonalarni oqilona rejalashtirish shahar infratuzilmasining yaxshilanishi, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va xalqaro integratsiyani kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu obyektlarning joylashuvi, me’moriy yechimi va funksional tashkil etilishi uzoq muddatli shaharsozlik strategiyasi bilan uyg‘un holda amalga oshirilishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Уралов А.С. Гражданское зодчество средневоковой центральной Азии (общеественные здания и сооружения), -Т, 2021, 2. Смирнова О.В., Хромов В.Я. Учреждения обслуживания и общественные центры городов. М., Стройиздат, 1973. 3. СНиП, 23-01-99 Строительная климатология. М. 2000. 4. ШНК 2.07.01 - 94 «Шахарсозлик, шахарва қишлоқ аҳоли пунктларини режалаштириш ва куриш» Тошкент, 1994 й. 5. Xidirov M.M., Eshatov I.Q. Chet el davlatlarida savdo binolari yechimlarining holati va arxitekturaviy xususiyatlari. // Me`morchilik va qurilish muammolari ilm.tex. jurnali, SamDAQI № 2, 2021.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 501 6. Xidirov M.M., Eshatov I.Q. O‘zbekiston viloyatlarida aglomeratsion savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarining joylashtirishni prognoz qilish. // Me`morchilik va qurilish muammolari ilm.tex. jurnali, SamDAQI № 1, 2022. 7. Xidirov M.M., Eshatov I.Q. Qashqadaryo viloyati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmualarini takomillashtirish yo‘llari. // “Zamonaviy qishloq aholi punktlarini loyixalashning dolzarb masalalari” mavzusidagi oliy ta`lim muassasalariaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2014 yil, 60-61 betlar. SamDAQI. 8. Анарбаев А. Благоустройство средневекового города Средней Азии (Vначало XIII в.). - Т: 1981. Стр. 26. 9. Бочаров Ю.П., Демин Н.М. Социально-экономическое развитие крупного города как объект имитационного моделирования. Киев, 1982. - 84 с. 10. Ибрагимов Н. Ибн Батрута и его путишествия по Средней Азии. – М., 1988. – Стр. 58. 11. Маклакова Т.Г. Архитектура гражданских промышленных зданий. / М.: Стройиздат, 1987. - 287 с.