LINGVISTIK KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI (Ona tili fani misolida)
Full text
32 LINGVISTIK KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI (Ona tili fani misolida) Kenjayeva Muxayyo Abdumurodovna Yangi asr universiteti Maktab va maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. PhD DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932134 Annotatasiya ushbu maqolada lingvistik kompetentliligini takomillashtirish hamda kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish, nutq madaniyati, til sathlarini o`rganishda ona tili fanining o`qitilishi haqida nazariy ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so`zlar: lingvistik kompetentlik, kommunikativ qobiliyat, ona tili, eshitish, o‘qish, yozish, gapirish ko‘nikmalari. Аннотация. В статье представлены теоретические сведения о преподавании предмета «родной язык» в рамках изучения уровней владения языком, культуры речи, совершенствования языковой компетенции и развития коммуникативных способностей. Ключевые слова: языковая компетенция, коммуникативные способности, родной язык, аудирование, чтение, письмо, говорение. Abstract. This article provides theoretical information on the teaching of the subject of the mother tongue in the study of language levels, speech culture, and the improvement of linguistic competence and the development of communicative abilities. Keywords: linguistic competence, communicative abilities, mother tongue, listening, reading, writing, speaking skills. Bugungi kunda ta’lim va tarbiya maqsadi bilan uning ba’zi natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash zarurligi talab etilmoqda. Ushbu talab o‘qituvchilarida lingvistik kompetentlikni takomillashtirish bugungi kunning zarurati ekanligini ko`rsatmoqda. Har bir shaxsning jamiyatdagi o‘z o‘rnini, o‘zligini anglashi, hayotiy-axloqiy me’yorlarni o‘zida mujassam etishi jamiyatda shu ma’naviyaxloqiy sifatlarni namoyon etib[1;], ijtimoiy hayotimiz, zamonamiz bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy pedagogik zaruriyat muhim ahamiyat kasb etadi. Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zahirasini yaratish kabi vazifalar belgilangan bo‘lib, bugungi kunda o‘qituvchilarida lingvistik kompetensiyani faollashtirish, ijtimoiy lingvistik tayyorgarligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Lingvistik kompetentlikni takomillashtirish muammosi bilan bog‘liqlikda turli soha olimlari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lsada, biroq globallashuv sharoiti talablari asosida xalqaro ta’lim standartlariga mos ravishda lingivistik
33 kompetentliklarini takomillashtirish tizimini takomillashtirish masalasi maxsus tadqiq etilmagan. Lingvistik kompetentlikni takomillashtirish bilan bir qatorda kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish, faoliyat jarayonida namoyon etishda uning nutq madaniyatiga alohida e’tibor beriladi. Jumladan, nutqning sermazmunligi; nutqning sofligi; nutqning aniq va ravonligi; nutqning jiddiyligi; nutqning jozibadorligi, jarangdorligi; nutqning o‘zbek tili grammatik qoidalariga mosligi; nutqning tushunarliligi; nutqning sodda va ommabop xarakterda bo‘lishi kommunikativ qobiliyatni namoyon etishda muhim lingvistik omil hisoblanadi[]. Ijtimoiy lingvistik qobiliyatni takomillashtirishda zarur bo‘lgan indikatorlarni ham aniqladik. Bizning nazarimizda ular mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish; pedagogika, psixologiya, fiziologiya, mamlakatshunoslik xususiy metodika fanlaridan yetarli ma’lumotlilik; ijtimoiy-siyosiy savodxonlik; tolerantlik tafakkurning shakllanganligi va keng dunyoqarashga ega bo‘lish; innovatsion va axborot kommunikatsiya texnologiyasini mukammal bilish; ijodkorlik, o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z ustida doimiy mustakil ishlash va izlanuvchanlik; yangiliklarga intiluvchanlik, o‘z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lish; kommunikativlik, kreativlik; mas’uliyatlilik; ilmiy-nazariy izlanuvchanlik; shaxslararo muloqot madaniyatiga ega bo‘lish; ta’lim sohasidagi respublika va xalqaro tajribadan, sotsiolingvistik yangiliklardan, zamonaviy ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, metod va vositalaridan xabardorlik; ma’naviy komillik; adolatparvarlik; demokratik qadriyatlarning mazmun va mohiyatini egallash; ta’lim va tarbiya jarayonini innovatsion boshqarish; o‘z shaxsiy fikriga, qarashlariga, mustaqil va erkin fikrlay olish; layoqatlilik, to‘g‘ri gapira olish, erkin fikrlay bilish, bilimdonlik, mehnatsevarlik, tashkilotchilik, irodalilik, maqsad sari qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik, nutq madaniyatiga rioya etish, faoliyat natijasini oldindan ko‘ra bilish, qat’iyatlilik, zehnlilik, qiziquvchanlik, mas’uliyatlilikni his qilish, til muhitini yarata olish qobiliyatiga ega bo‘lish va boshqalardan iborat. Lingvistik kompetentlikni takomillashtirishda quyidagi tamoyillarga amal qilish taqozo etiladi[4;186]: - ilmiylik; - nazariy ma’lumotlarning amaliyot bilan aloqadorligi; - til muhitining mavjudligi; - o‘quv ma’lumotlarining hayotiyligi, ishonchliligi, davriyligi; - lingvistik qoidalarga amal qilish; - ta’lim-tarbiya jarayonida bag‘rikenglik tamoyillariga tayanish; - axborot almashish jarayonining erkinligi;
34 - tushunarlilik, ishonchlilik, soddalik va boshqalardan iborat. Lingvistik qobiliyatini takomillashtirishning asosiy poydevori ularning metodologik, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-nazariy, ijtimoiy faollik, kasbiy-pedagogik, metodik, texnik-texnologik, kreativlik, kommunikativlik, intellektual-ijodiy jihatdan tayyorgarligiga bog‘liq. Lingvistik kompetentlilikni takomillashtirishda maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, ta’limtarbiya jarayonini samarali tashkil etishni aniq loyihalashtirish, aytiladigan fikrlarni eshitish va tushunish, suhbatdosh tilida to‘g‘ri, aniq va ravon muloqot olib borish; fikrlar almashinuvida muloqot madaniyatiga ega bo‘lish; natijani doimiy monitoring qilib borish, tashxislash, til o‘rganish va o‘rgatish texnikasini chuqur bilish, pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish malakasiga egalik, o‘quvchilar uchun lisoniy muhit yarata olish texnikasini bilish bu borada muhim indikatorlar hisoblanadi. Lingvistik kompetentlikni takomillashtirishda darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, internet manbalari, OAV materiallari, multimediya mahsulotlari, teleanjuman, video anjuman hamda ko‘rgazmali materiallarning samaradorligi kattadir. Lingvistik kompetentlilikni takomillashtirish bilan bir qatorda eshitish, o‘qish, yozish, gapirish kabi ko‘nikmalarni ham muakammal egallashlari zarur. Bu o‘rinda fonetik, leksik, grammatik, lingvistik, progmatik nazariy bilimlarga ega bo‘lish va ularni amaliyotda namoyon etish malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhim pedagogik talablar hisoblanadi[5;78]. Fonetik bilimda tovushlarni farqlash, intonatsiya va tovush ritmidan, ohangidan to‘g‘ri foydalanish, harflarning talaffuzini fonetik qoidalar asosida amalga oshirish, so‘zlarni ifodalashda nutq texnikasiga rioya etish talab etiladi. Shuningdek, gap turlari (darak, so‘roq, buyruq gap)ning fonetik talablariga mos ritm, ohang va intonatsiyadan oqilona foydalanish, eshitish texnikasini bilish, so‘zlashuv jarayonida so‘zlardagi harflar va tovushlar mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha og‘zaki mashq qilish malaka va ko‘nikmalari shakllantirilishi lozim. Leksik bilim negizida - so‘zlarning tuzilish qoidalari, mazmunan so‘zlarning og‘zaki va yozma matnda to‘g‘ri yozish, gapirish va o‘z o‘rnida ishlatish, internatsional so‘zlarning ahamiyati kabi tushunchalarning mohiyatini bilishdan iboratdir. Shuningdek, o‘rganiladigan mavzuga oid so‘zlar, iboralarni matnda o‘z o‘rnida ishlata olish hamda to‘g‘ri talaffuz etish, o‘zak asosida turli qo‘shimchalar bilan (affiksatsiya yoki so‘zlarning bir-biriga qo‘shilishi) yangi so‘zning yasalishiga oid tushunchalarga ega bo‘lish nazarda tutiladi[3;87]. Grammatik bilim zamirida so‘z turkumlari, ega va kesim, fe’lning o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon shakllari, ularning grammatik xususiyatlari, aniq hamda
35 majhul nisbatlari va sintaksisning asosiy qoidalari haqida malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish yotadi[4;65]. Lingivistik bilimda esa sinf jamoasi muhitida, talabaning darsdan tashqari bo‘sh vaqtida hayotiy, sodda muloqot shakllarini o‘rganishi, tili madaniyati, madaniyatlararo aloqa shakllari, milliy va umuminsoniy qadriyatlari haqida bilim, malaka va ko‘nikmaga, tolerantlik tafakkuriga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Gapirish monologik hamda dialogik xarakterda bo‘lib, gapirish-monologik kompetensiyasi shakl va mazmunan bir tomonlama xarakterga ega bo‘lib, uning talablari talabalardan qiziqishi, kundalik hayoti, do‘stlari, yil fasllari hamda o‘zini qiziqtirgan boshqa sodda mavzularda qisqa, aniq va savodli gapira olishi, badiiy hamda media matnlarni ifodali o‘qishini muntazam so`rash kerak bo‘ladi. Gapirish kompetensiyasi subyekt-subyekt tarzida namoyon bo‘ladigan talablardan iborat bo‘lib, ular ikkala subyektning bir-biri bilan savol-javobi, ma’lumot berilishi, munozara, fikr almashinuvidan iboratdir. Gapirish kompetensiyada subyekt bilan o‘zaro muloqot madaniyati, tinglash, xulosa chiqarish, o‘zgalar fikrini hurmat qilish va o‘zaro hurmat, o‘z fikri va qarashlarini asosli bayon etish, ma’qullash yoki inkor etish qoidalariga bo‘ysunish, dialog uchun mikro va makro muhit yaratish, lingivistik qoidalarga og‘ishmay amal qilish, ziddiyatli vaziyat yaratmaslik zarur. Bu o‘rinda adolat, ilmiylik, haqqoniylik, ketma-ketlik, hayotiylik, o‘zaro hurmat, lisoniy madaniyat, erkin fikrlash kabi tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiqdir. Gapirish ko‘nikmasida mavzuning aniqligi, ravon til, to‘g‘ri ohang va talaffuz, lisoniy qoidalarga rioya etish. Faktlarning ishonchliligi, haqqoniyligi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Nutqiy ko‘nikmani o‘stirishda salomlashish, o‘zaro tanishish, kundalik hayotdagi yangiliklar haqida ma’lumot berish va olish, tabriklash, voqea-hodisalar haqida o‘zaro fikr almashish uchun mavzularga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir[4;92]. Yozishga oid kompetensiyada husnixat va orfografiya, punktuatsiya va orfografiya, grammatik qoidalarga rioya qilish, matn tuzilishi, yozishda talablarga tayanish taqozo etiladi. Pragmatik kompetensiya og‘zaki va yozma nutq matnida noaniq, yangi, tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘z, gap va iboralarni qayta so‘rash vaziyatini hosil qilishdan iboratdir. Metodist olima Y.V.Kiselevaning fikriga ko‘ra, o‘qituvchining birlamchi vazifasi o‘quvchiga motivatsiya berish emas - o‘quvchida to‘g‘ri o‘qishi va rivojlanishida nimalar zarur bo‘lsa shularni bera olishdan iboratdir-, deya ta’kidlaydi[2;6]. Lingvistik kompetentlilikni takomillashtirishda motivatsiyadan unumli foydalanishning ilmiy-metodik tizimi mavjud bo‘lib, uni tarkibiy qirralarini
36 quyidagicha ifodalash mumkin[5;167]. Ushbu tizim zamirida o‘qituvchilarda lingvistik kompetentlikni takomillashtirish jarayonida: - o‘z ustida ijodiy ishlash qobiliyati rivojlanadi; - lingvistik bilim saviyasini oshirishga maqsadli yondoshadi; - xalqaro va mamlakatimizdagi ijtimoiy hayot tajribasini qiyosiy o‘rganishga ehtiyoji rivojlanadi; - tanlagan kasbini chuqur egallash uchun bor qobiliyatini safarbar etadi; - axborot kommunikatsiya texnologiyasidan unumli foydalanishga ishtiyoqi shakllanadi; - o‘z-o‘zini refleksiya qilish, o‘z-o‘ziga motivatsiya berish borasida bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantib boradi; - bilimlarni o‘zlashtirish bosqichlari: idrok, tushunish, fikrlash, umumlashtirish, mustahkamlash, xulosa qilish, tatbiq etish kabi jarayonlarni amalga oshiradi; - psixologik mashqlar vositasida lingvistik qobiliyatni rivojlantirib borish imkoniyatiga ega boladilar; - tanlagan kasbiga, mutaxassislik fanlariga nisbatan qiziqishi va ehtiyoji oshadi; - darsda voqea-hodisalarga haqqoniy baho berishga o‘rganadilar; - milliy an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, qadriyatlariga nisbatan yuqori tafakkuri shakllanadi. Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mavjud lingvistik kompetentlilikni takomillashtirish ularni yetuk va o‘z kasbining malakali namoyondalari bo‘lib yetishishlari uchun zamindir. Buning uchun esa ulardan umumkasbiy bilim, lingvistik qobiliyat, kasbiga bo‘lgan ishtiyoq, qiziqish, o‘z ustida tinimsiz izlanish, mehnat, ijtimoiy lingvistik malaka va ko‘nikmalar talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bbilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 2. Киселева Ю.В. Совершенствование профессиональной компетенции педагоговхудожников в области экспертной оценки детского изобразительного творчества и поддержки детской одаренности // Корпоративный университет. Отдел по подготовке педагогических кадров художественно-эстетического цикла. Ж. M.: 2018. 3. To‘xliyev B., M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2006. 4. Qosimova К., Matchonov S. va b. Ona tili o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun darslik. –T.: Noshir, 2009. –352 b.(92, 352 б) 5. Hаmroyev А.R. Onа tili tа’limidа o‘quvchilаrning ijodiy fаoliyаtini loyihаlаshtirish: ped. fаn. dok. (DSc) ... diss. – Toshkent, 2020. – 249 b.