scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TURLI TIZIMLI TILLARDA FONETIK SATH TADQIQI

Xolmurodova Madina Alisher qizi

Full text

40 TURLI TIZIMLI TILLARDA FONETIK SATH TADQIQI Xolmurodova Madina Alisher qizi O‘zDJTU, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.f.d, dotsent [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932158 Inson qiziquvchanligi tamaddun taraqqiyotining asosiy sharti. Samo sarhadlarini zabt etayotgan kosmik kemalar ham, tana tuzilishi asosida yotgan DNKni tahlil qiluvchi uskunalar ham bilish istagi, mavhumiyat zulmatini oydinlatish ilinjida yaratilgan. Qiziqishlarimiz trayektoriyasi esa ikki qarama-qarshi yo’nalishni o’z ichiga oladi – o’tmish va kelajak haqida imkon qadar ko’proq ma’lumotga ega bo’lish har bir olimning azaliy maqsadi. Bu maqsad tilshunoslik fanida ham o’z muhrini qoldirganligi muqarrar. Zotan tilshunoslik sohasidagi aksar tadqiqotlar tilning rivojlanish yo’lini proyeksiya qilish hamda uning paydo bo’lishini o’rganishga qaratilgan. Hozirga qadar til paydo bo’lishining ikki nazariyasi shakllandi. Birinchi nazariya tilning ilohiy tajallisiga ishora qilib, til insonni boshqa mavjudotlardan farqlovchi ilohiy unsur ekanini ta’kidlaydi. Ikkinchi nazariya esa til insonning tovushga taqlidi asosida paydo bo’lib, sekin-sekin taraqqiy etgani haqidagi g’oyani ilgari suradi – tovushga taqlid misolida insonning artikulyatsion imkoniyatlari o’rganiladi. Tilning tovush tarkibi, tovushning hosil bo’lish usullari, tovush apparati, tovushlar birikuvini tizimli o’rganuvchi fan tarmog’i esa fonetikadir. 1 Fonetika turli tillar tovush tizimini, talaffuz asoslari va xususiyatlarini o’rganish kabi dolzarb vazifalarni qamraydi. Shu jihatdan fonetik tadqiqotlar til tajallisi va taraqqiyot yo’lini belgilash uchun illyustrativ baza sifatida xizmat qiladi. Fonetikaga taaluqli xulosalar ilk bor Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari tomonidan tizimlashtirildi. Tilning grammatik va fonetik qurilishi Arastu va Aflotun kabi faylasuf olimlarni qiziqtirgan masalalardan edi. Yunon tilidagi tovushlarning yozma shaklini ishlab chiqish va ularni alifbo tartibida tizimlashtirish ham antikdavr fonetiklarining mehnati samarasidir. Bugungi kunda barchaga ma’lum bo’lgan qadimgi yunon alifbosi asli shimoliy semit yozuvidan andoza oladi. Ayni damda yunon alifbosi slavyan tillari uchun umumiy bo’lgan kirill alifbosi asosini tashkil qiladi. 1 Abduazizov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi – Toshkent: Universitet, 2010. – 106 b. 41 1-rasm. Yunon tili alifbosi Alifbo asosida tizimli fonetik tadqiqotlar olib borilgani ahamiyatga molik. Zotan yunon mutafakkirlari nutq a’zolari, tovush tarkibi va hosil bo’lish mexanizmlarini ishlab chiqdi, yuzaga kelgan fonetik konseptlar umum tilshunoslik fonetikasi asosida turadi. Undosh, unli va yarim unli tovushlar muayyan yozma belgilar ostida belgilandi. Natijada miloddan avvalgi 5 asrga kelib barcha yozma manbalar yaxlit yunon alifbosida bitiladigan bo’ldi. 2 Yunon tovush tizimida unlilar monoftonglar va diftonglarga ajratildi. Tasnifning quyi pog’onalarida esa diftong va monoftonglar qisqa va cho’ziq unlilarga bo’lindi: 1.1.-jadval. Yunon unlilari tasnifi Diftonglar Monoftonglar Qisqa diftong Cho’ziq diftong Qisqa monoftong Cho’ziq monoftong /yi / υι /ei / ει /eu / ευ /oi / οι /ou / ου /ai / αι /au / ᾰυ /ɛːi / ῃ /ɛːu / ηυ /ɔːi / ῳ /ɔːu / ωυ /aːi / ᾳ /aːu / ᾱυ /i/ ῐ /y/ ῠ /u/ υ /e/ ε /a/ ᾰ /iː/ ῑ /yː/ ῡ /υι/ uː /ου/ eː /ει/ ɛː /η/ ɔː /ω/ aː /a:/ ᾱ Demak, qadimgi yunon fonetikasida 26 unli tovush sanoqli harf birliklari ostida umumlashtirilgan. Unli tovushlar tarkibi tahlil qilininb diftong va monoftonglarga ajratilgani ham davrning dolzarb ilmiy yangiligi edi. Ushbu fonetik maktab andozasiga asosan miloddan avvalgi V asrga kelib lotin fonetikasi shakllana boshlagani ma’lum. Rim qudrati susayib tarkibidagi turli elatlar alohida hududlari bilan ajralib chiqa boshladi. Ilk o’rta asrlarga kelib hozirgi g’arb milliy davlatlarining asosi shakllanib ulgurgan edi. Ularning muloqot vositasi lotin tilining turli lahjalaridan kelib chiqib farqli tillar sifatida taraqqiy etdi. Tilshunoslik fani ham o’zining antik bosqichini yashab o’tib ilk o’rta asrlarga yuzlandi. G’arb tilshunoslari 2 MacMahon M. Orthography and the early history of phonetics – Oxford, 2013 – 122 p. 42 Donatus va Pristian kabi mutafakkirlar ishlari alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidlaydilar. Milodiy 10 asrga kelib Lotin va run alifbosi sintezidan ingliz alifbosi shakllandi – demak, tilning tovush tizimi ham yaxlit bir ko’rinish kasb etdi. Yevropa tillarining grammatik va fonetik qiyofasi shakllanishida diniy missionerlik harakatining hissasi katta ekanini tarixchilar ta’kidlaydi. Eski ingliz alifbosida til tovushlari quydagi harfiy qolipga solingani ma’lum: 1.2.-jadval. Eski ingliz tili alifbosi A, a /ɑ(ː)/ B, b /b/ C, c /si/ D, d /d/ E, e /e(ː)/ F, f /f/ , [v] G, g /g/, [ɣ], /j/ H, h /h/, [x], [ç] I, i /i(ː)/ K, k /k/ L, l /l/ M, m /m/ N, n /n/ O, o /o(ː)/ P, p /p/ R, r /r/ S, s /s/ T, t /t/ U, u /u(ː)/ , /w/ X, x /ks/ Y, y /y(ː)/ Ƿ, ƿ /w/ Þ, þ /θ/, [ð] Æ, æ /æ(ː)/ Ð, ð /ð/, [θ] Keyinchalik ingliz tovushlari yangi alifbo ko’rinishida qayd etildi. Fonologik tarkibga ko’ra eski ingliz tilida o’n ikkita unli tovushlar tasnifi quyidagicha belgilanadi: 1.3.-jadval. Eski ingliz fonetikasida unlilar tasnifi Monoftong Diftong Ligatura a, e, i, o, u, y ea [æa], eo, io, ie æ, œ Ma’rifatparvarlik davriga kelib Yevropada fonetik nazariya shakllana boshladi. Fan tarmog’i qarshisidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilandi: 1. Tovush xususiyatlarini o’rganish; 2. Tovush o’zgarishlarni tavsiflash; 3. Talaffuz me’yorlarini belgilash; 4. Tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini belgilash. Sharq tilshunosligi tarixan ancha uzoq muddat davomida muayyan til atrofida markazlashmadi. Butun g’arb tilshunosligi dastlab yunon, keyin Rim maktabi andozasiga asoslangani holda sharq lingvistikasi nisbatan tarqoq yo’nalishlarda taraqqiy etdi. Sharqda hind, xitoy va arab tamaddunlari ketma-ket cho’qqiga chiqqani ma’lum. G’arbdan farqli o’laroq qadimgi hind fonetikasi muayyan alifboga asoslanmagan holda rivojlandi. Sanskrit tilida unlilar quyidagicha klassifikatsiya 43 qilinadi: oddiy qisqa unlilar – a, i, u; oddiy uzun unlilar – ā, ī, ū, е, о; diftonglar - ai, au. Grafikasiga ko’ra qadimgi Sanskrit tili yevropa tillaridan farqlansa-da, fonetik qurilishidagi paralellar unlilar misolida yaqqol ko’zga tashlanadi. 3 Xitoy tilida tarixan oltita asosiy unli tovush ajratiladi: i; e; ı; a; u; o. Tarkibi sodda, cho’ziq yoki qisqalik xususiyatlari haqida alohida ma’lumotlar keltirilmaydi. Masalani xitoy tilining ohanglari murakkablashtiradi. Zero ohang o’ziga xosliklari, turli hudud shevalaridagi ohang farqlari sabab unlilar tahlili qiyinlashadi. 4 Fonetik sath tadqiqiga arab tilshunoslari ham salmoqli hissa qo’shishdi. Xususan, Islom tamadduning ilk davrida Muhammad al-Juvayniy “Kitob al-Jumal” asarida arab fonetikasi tavsifiga tizimli yondashib 14 undosh, 28 unlini ajratadi. Bu tovushlar sirasida unlilar yozuvda harf emas belgi ko’rinishida aks etishi bilan farqlanadi. Turkiy til oilasida o’zbek tilining fonetik qurilishi g’arb maktabi andozasiga ko’ra XX asrda o’rganildi. Asosiy unlilar a, o, u, i, e, o’ ajratildi. An’anaviy tilshunoslikda tavsifiy yo’ldan borib o’zbek tilining tovush tarkibi, xususiyatlari va artikulyatsion imkoniyatlar ochib berildi. Tilning tovush tizimi undagi tarixiy taraqqiyot trayektoriyasini belgilab berish bilan birga so’zlashuvchilar talaffuz imkoniyatlarini namoyon qiladi. Eng kichik nutq birligi so’z bo’lgani holda eng kichik til birligi tovushdir. Shu bois fonetik sath tadqiqi lingvistikaning pirovard vazifasi, birlamchi tadqiq obyekti bo’lib qolaveradi. Fonetik tadqiqotlar asosan to’rt masala tahliliga qaratiladi: 1. Artikulyatsiya uslubi; 2. Tovush talaffuzida ovoz ishtiroki; 3. Tovush hosil bo’lish o’rni; 4. Tovush chiqaruvchi a’zolarning ishlash mexanizmi. Bundan tashqari fonetiklar urg’u va ohang fenomenlarini ham tadqiq etadi. Fonetik tadqiqotlar talaffuz me’yorlarini belgilash, imlo qoidalarini ishlab chiqishda nazariy asos bo’lishi bilan dolzarblik kasb etadi. 5 Lisoniy hodisalarni maydon tamoyili asosida o’rganish G’arbda o’n to’qqizinchi asr so’ngida ommalasha boshladi. F.Sossyur bu yondashuv morfologik sath elementlarini tizimlashtirishda samarali ekanini asoslagan bo’lsa, o’tgan asr o’rtasida leksik sathni ham paradigmatik tizimlashtirish mumkinligi isbotlandi. Bu tendensiya 3 Катенина Т., Рудой В. Лингвистические знания в древней Индии // История лингвистических учений. Древний мир : сб / Десницкая А.В.,Кацпельсон, С. Д.. — Л.: Наука, 1980. — С. 66—91. 4 William H.B. Old Chinese: A new reconstruction. — OUP USA, 2014. — 449 с. 5 Реформатский A. Введение в языковедение. — Москва: Аспект Пресс, 1996. — 536 с; Abduazizov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi – Toshkent: Universitet, 2010, 106 b; Бондарко Л., Вербицкая Л., Гордина М. Основы общей фонетики. 44 funksional-semantik yondashuv sifatida taraqqiy etib strukturizm maktabi poydevoriga aylandi. 6 Sanab o’tilgan barcha fonetik hodisalar tovushning lisoniy ko’rsatkichi yoki talaffuzda voqelanish xususiyati bo’la oladi. Ularni alohida fonetik hodisa o’laroq ingliz adabiy tili doirasi yoki fonetik tizim taraqqiyoti nuqtai nazaridan tadqiq etish odat tusiga kirgan. O’zbek fonetik maktabida ham tovush cho’zilishi, qisqarishi, almashishi, jarangsizlashuvi kabi talaffuz xususiyatlari tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlar mazkur fonetik o’zgarishlarni alohida fenomen o’laroq ko’zdan kechiradi. Biroq maydon tamoyiliga asoslanib fonetik xodisalarni ham paradigmatik tasniflash lozim. Undoshlar tadqiqida palotogramma asos qilinadi, unlilarni o’rganishda kimografik metodga murojaat qilish mumkin. Fonetik paradigmalar bir qator umumiy yoki farqli belgilar atrofida markazlashadi. Masalan, unli tovushning so’z bo’g’inidagi o’rniga ko’ra cho’ziq yoki qisqaligi, turli shevalarda unli xosil bo’lish o’rni farqlanishi kabi alomatlar shular jumlasidandir. Turli tizimli tillarda fonetik sath tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, tovush tizimi nafaqat alohida tilning, balki butun lingvistik taraqqiyotning asosiy mezoni hisoblanadi. Qadimgi yunon, lotin, eski ingliz, sanskrit, xitoy, arab va turkiy tillar misolida fonetik tizimlarning rivojlanishi, ularning o‘zaro umumiy va farqli jihatlari aniqlandi. Tadqiqot davomida maydon tamoyili asosida fonetik paradigmalarni tahlil qilish tovushlarning tizimli bog‘lanishini ochib berdi. Shuningdek, urg‘u, ohang va talaffuz jarayonlari fonetik sathning muhim komponentlari sifatida yoritildi. O‘zbek tili misolida tovush tizimining tarixiy taraqqiyoti, sheva va lahjalardagi o‘ziga xos xususiyatlar, imlo va talaffuz me’yorlari bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rsatildi. Bu esa fonetikaning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini ham yanada oshiradi. Shunday qilib, fonetik sath tadqiqi lisoniy hodisalarning tub mohiyatini anglash, talaffuz me’yorlarini shakllantirish, til tizimining umumiy va xususiy qonuniyatlarini belgilashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abduazizov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi – Toshkent: Universitet, 2010. – 106 b. 2. MacMahon M. Orthography and the early history of phonetics – Oxford, 2013 – 122 p. 3. Катенина Т., Рудой В. Лингвистические знания в древней Индии // История лингвистических учений. Древний мир : сб / Десницкая А.В.,Кацпельсон, С. Д.. — Л.: Наука, 1980. — С. 66—91. 4. William H.B. Old Chinese: A new reconstruction. — OUP USA, 2014. — 449 с. 6 Кубрякова Е. Парадигма // Лингвистический энциклопедический словарь / Главный редактор В. Н. Ярцева. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — 685 с; Кубрякова Е.С. Из истории английского структурализма: (Лондонская лингвистическая школа) // Основные направления структурализма. — М., 1964. С. 307—353. 45 5. Реформатский A. Введение в языковедение. — Москва: Аспект Пресс, 1996. — 536 с; Abduazizov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi – Toshkent: Universitet, 2010, 106 b; Бондарко Л., Вербицкая Л., Гордина М. Основы общей фонетики. 6. Кубрякова Е. Парадигма // Лингвистический энциклопедический словарь / Главный редактор В. Н. Ярцева. — М.: Советская энциклопедия, 1990. — 685 с; Кубрякова Е.С. Из истории английского структурализма: (Лондонская лингвистическая школа) // Основные направления структурализма. — М., 1964. С. 307—353