TIL O'RGANISHDA LEKSIK KO'NIQMANI RIVOJLANTIRISHDA FAOL VA NOFAOL SO'ZLARNING AHAMIYATI
Full text
133 TIL O’RGANISHDA LEKSIK KO’NIQMANI RIVOJLANTIRISHDA FAOL VA NOFAOL SO’ZLARNING AHAMIYATI Muxtarova Bernur Arslanbek qizi Renessans ta’lim universiteti Fiolologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili fakulteti 2-bosqich talabasi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932304 Annotatsiya:Mazkur maqolada til o’rganishdagi leksikaning ahamiyati , faol va nofaol so’zlarning mohiyatini anglash ,ulaning o’ziga xos xususiyatlarini chuqurroq o’rganish, ularni kontekstlarda faol qo’llash , faol va nofaol so’zlarning farqilarini tushunish , nofaol so’zlarni faol so’zlarga aylantirish haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: leksika , leksik ko’nikma , faol so’zlar , nofaol so’zlar . Annotation:This article explores the importance of lexicon in language learning, the essence of active and passive words, their specific characteristics, the active use of these words in context, understanding the differences between active and passive vocabulary, and the process of transforming passive words into active ones. Key words: lexicon , lexicon competence , active words , passive words . Ma’lumki til o’rganishda leksik ko’nikma markaziy o’rinni egallaydi . Leksik ko’nikma - bu shaxsning so’z boyligini egallashi , hamda uni muloqotda mazmunli, to’g’ri va kontekstga mos ravishda qo’llay olish bilan bog’liq til kompetensiyasidir . Ayniqsa bu ikkinchi til o’rganuvchilar uchun nutq faoliyatining barcha turlariga – tinglab tushunish , o’qish , yozish va gapirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi . Til o'rganish jarayonida leksik ko'nikmani, ya'ni so'z boyligini samarali o'zlashtirish va undan unumli foydalanish qobiliyatini rivojlantirishda faol va nofaol so'zlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ikki tushuncha o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, tilni o'rganuvchining so'z boyligini shakllantirish va nutqiy malakalarini takomillashtirishda o'ziga xos o'rin tutadi. Faol so'zlar — bu til o'rganuvchi nafaqat tushunadigan, balki o'zining og'zaki va yozma nutqida erkin ishlata oladigan so'zlardir. Bular kundalik muloqotda, fikrni ifodalashda va yozishmalarda keng qo'llaniladigan so'zlar hisoblanadi. Nofaol so'zlar — bu til o'rganuvchi eshitganda yoki o'qiganda tushunadigan, lekin o'z nutqida kamdan-kam qo'llaydigan yoki umuman ishlatmaydigan so'zlar qatlamidir. Odatda, nofaol so'zlar zaxirasi faol so'zlarga nisbatan ancha keng bo'ladi.Ammo ularni foydalashdi qiyinchiliklarga duch kelishadi. Faol so’zlarni biz kundalik muloqotda va yuzish ko’nikmaklarida muntazam ravishda qo’llaymiz chunki ularni tushunish , yodlashga va qo’llashga osson va biz
134 til o’rganish davrining boshidayaq ushbu so’zlarga juda ko’p marotaba duch kelamiz va bu so’zlarning faol bo’lishiga sabab bo’ladi . Bunday so’zlar odatda nofaol so’zlardan darajasi kichik boladi va o’qilishi sodda va ravshan bo’ladi. Bunday so’zlarni odatda yangi til o’rganuvchilar juda ko’p ko’rishadi va shu sababli bu so’zlarning yuqori darajadagi sinonimlarini va antonimlarini ham yodlash oson kechadi. Bir faol so’z orqali juda ko’p nofaol , darajasi yuqori so’zlarni o’rganish mumkin. Misol uchun ingliz tilidagi good so’zining sinonimlarini va antonimlarini ko’rib chiqsak sinonimlar: great, fine, excellent, wonderful, superb, outstanding, splendid, first-rate, top-notch. Antonimlari: bad, poor, terrible, awful, inferion, lowquality, lousy. Ko’rib turganingizdek bitta so’z orqali ko’plab yuqori darajali so’zlarni o’rganish mumkin shuningdek biz namunada ko’rsatgan good sozining ham sinonimi bo’lgan outstanding so’zi ham shu so’zlar sirasidan . Chet tili o’rganishda ko’p o’quvchilarning asosiy muammosi murakab tuzilgan , akademik ilmiy matnlarni tushinmaslik va biz bu muammoning yechimini faol so’zlar va qo’shimchalar orqali topa olamiz, misol uchun: ingliz tilidagi reva faol so’zlardan biri write so’zini qo’shsak rewrite so’zi hosil bo’ladi va bu so’zning ma’nosi qayta yozish bo’ladi va biz bir so’z orqali ikkita so’z organa olamiz . Faol so’zlarning ahamiyati qanday muhim bo’lsa, nofaol so’zlarning ahamyati undan ham muhimroq va murakkabroq chunki biz faol so’zlarni har kuni musiqa audiolarda eshtishimiz, matn va kontekstlarda ko’rishimiz, esselarda keng foydalanishimiz va muloqotlarda foydalanishimiz mumkin va bizda bu mavzuda muammo yuzaga kelishi mushkul ammo nofaol so’zlarni foydalanish uchun avval ularni tushunishimiz, qanday foydalanishni va uning asil ma’nosini anglashimz zarur. Nofaol so’zlar odatda ilmiy maqolalarda , kitoblarda va siyosiy qo’lyozmalarda ko’p uchraydi va ko’p til o’rganuvchilar ushbu so’zlarga diqqat qaratmaganliklari sababli matnlarni tushinmaslik, suhbatda kelishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Nofaol so’zlar odatda leksik darajasi yuqori, tarixiy, eskirgan, shevaga oid, faqat badiiy asarlarda uchraydigan yoki o’rnini zamonaviy so’zlar egallagan so’zlar hisoblanadi . Bularga misol qilin o’zbek tilidagi “qozi” , “ena”, “sovut” so’zlari misol bo’la oladi va ushbu so’zlar amaliy muloqatda deyarli foydalanilmaydi. Ushbu turdagi so’zlar qanchalik nutqimizni kengaytirishga hizmat qilmasin, ularni to’g’ridan – to’g’ri nutqga kiritish ko’p hollarda zarur bo’lmaydi. Shunindek biz nofaol so’zlar orqali tilning taraqqiyot bosqichini , tarixini , madanyatini kengroq o’rganishga sazovor bo’lamiz va bu tilga tezroq va samarali moslashishimizga hissa qo’shadi.Shunindek u tarixiy va ijtimoiy-kulturaviy matnlarni chuqur tushunishga va fikr almashishga yordam beradi .
135 Har bir nofaol so’z kelajakda faol bo’lishi mumkin , hozirgi ba’zi faol so’zlar kabi yoki aksincha muloqotdan chiqib ketishi ham mumkun . Muloqotda hamma so’z ham har doim ishlatilmaydi yoki uning o’rnini boshqa yangisi egallaydi agar bir silda so’zlovchilar shu tildagi ba’zi so’zlarni ishlatishdan to’xtashsa yoki uning o’rnini boshqa so’z egallasi ushbu so’zlar nutqimizda o’z o’rnini yo’qotadi . Nutqimizda biz tushunadigan ammo foydalanishqa qiynaladigan , foydalanish tartibini bilmaydigan va ma’nosini to’g’ri va Ravshan yoritib bera olmaydigan so’zlarimiz ham yo’q emas va shu turdagi so’zlar ham nofaol so’zlar sirasiga kiradi . Bunday so’zlar odatda qadimiy asarlarda yoki yuqori darajadagi ilmiy asarlarda ko’p uchraydi . Nofaol so’zlarni yozlashning eng samarali usullaridan biri bu, uni faol so’zlar bilan bog’lab o’rganish. Ko’p hollarda nofaol so’zlar faol so’zlarning sinonimi boladi va bu bizga nofaol so’zlarni yodlashga zamin yaratadi . Yana bir nofaol so’zlarni yodlash uslubi faol so’zlar bilan uzviy bog’liq chunki biz matnda yoki audiolarda ma’lum bir jumlani tushnmasak biz o’zimiz tushunadigan va ma’nosini yaxshi biladigan so’zga qaraymiz va shu so’z orqali mazmun chiqarishga harakat qilamiz . So’zlarni shunchaki yodlash emas ularni to’g’ri qo’llashni ham bilish zarur buning uchun biz notanish so’zlarni gaplarda qo’llashimiz kifoya va natijada nofaol so’zlarni faol so’zlaega aylantiramiz. Ko’plan chet tili o’rganuvchi o’quvchilar mashqlar , audiolar va matnlarni tahlil qilishdan keng foydalanar va tez-tez takrorlash usullaridan foydalanishar ekan va bu ham juda samarali usul .Bizning nutqimizda qanchaliq nofaol va yuqori darjali so’zlar bor ekan u shunchalik go’zallashadi . Nofaol so’zlarni o’rganishdagi eng katta muammolardan biri bu so’zni to’ri foydalana bilmaslik chunki bir so’z ko’p ma’nolarda kelishi mumkin uni tushinish uchun avval o’qish qobiliyati yaxshi bo’lishi , faol so’zlarni va grammatik qoidalarni yaxshi bilishi zarur. Statistikaga nazar tashlaydigan bo’lsak kommunikativ yo’l bilan nofoal so’zlarni o’rganish foizi 47% , takrorlas orqali o’rganish 46% , matn orqali o’rganish esa 45% larni tashkil etadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, nofaol so‘zlarni faollashtirishda kommunikativ metodlar eng samarali bo‘lishi mumkin. Kontekstli qo‘llash ham yaxshi effekt berdi, ammo faqat takrorlashga tayanish yetarli emas edi. Bundan ko’rinib turibdiki so’zni o’rganishda kommunikatsiyaning o’rni katta chunki biz kim bilandir nofaol so’zlarni ishlatib suhbat qursak miyyamiz ushbu so’zlarga moslashadi va bu so’zlar bizning faol so’zimizga aylanadi . Ularni suhbatda emas kitob, maqola o’qib kino va video ko’rib, musiqa va audio eshtib ham oshirish
136 mumkin. Keling endi faol va nofaol ma’nosi bir hil ammo yozilishi va darjasi har xil so’zlarni ko’rib chiqamiz: No Faol Nofaol Ma’nolari 1 beautiful attractive chiroyli 2 clever shrewd aqlli 3 strong brawny kuchli 4 difficult challenging qiyin 5 rich wealthy boy Xulosa qilib aytganda, til o'rganishda leksik ko'nikmani samarali rivojlantirish uchun faol va nofaol so'zlar zaxirasini birgalikda kengaytirib borish lozim. Nofaol leksika tushunish ufqini kengaytirsa, faol leksika o'z fikrini erkin va aniq ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun, til o'rganuvchisining asosiy vazifalaridan biri — nofaol so'zlar qatlamini doimiy ravishda boyitib borish va ularni turli nutqiy mashqlar orqali faol leksikaga o'tkazishdan iboratdir. Bu jarayon leksik ko'nikmaning har tomonlama va mukammal rivojlanishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abbosova . N , Maxmudova .F (2023)O’ZBEK TILIDA FAOL VA NOFAOL SO’ZLARNING QO’LLANILISH METODOLOGIYASI . 2. Jo’raboyeva .Sh (2022)Talabalarda og’zaki nutqni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish texnologiyalari 3. Xasanboyeva .O(2022) Til o’rgatish metodikasida leksik birliklarning o’rni . 4. Sirojiddinova .SH ,Boboqulova .Sh (2022) Chet tilida leksik malakani shakllantirishning maqsadi va mazmuni.