ZULFIYA SHE'RIYATIDA SINONIMLARNING BADIIY IFODASI ARTISTIC EXPRESSION OF SYNONYMS IN ZULFIYA'S POETRY
Full text
157 ZULFIYA SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING BADIIY IFODASI ARTISTIC EXPRESSION OF SYNONYMS IN ZULFIYA'S POETRY Zuhra O'rolova Renessans ta’lim universiteti talabasi Ilmiy rahbar: f.f.d., prof. R.N.Yusubova DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932571 Annotatsiya. Mazkur maqolada Zulfiya she’riyatida sinonim so‘zlarning qo‘llanishi va ular orqali hosil bo‘ladigan badiiy-estetik vazifa tahlil qilingan. Shoiraning sinonimlardan foydalanishdagi uslubi, ularning mazmuniy yuklamasi va poetik ohangni boyitishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: sinonim, she’riyat, badiiy til, dominanta, emotsional-ekspressivlik, poetik ohang. Abstract. This article analyzes the use of synonymous words in Zulfian poetry and the artistic and aesthetic task that is generated through them. The poet's style in the use of synonyms, their content load and role in the enrichment of poetic tone are shown. Keywords: synonym, poetry, artistic language, dominant, emotional-expressiveness, poetic intonation. So‘zlarning semantik imkoniyatlari badiiy matnda yaqqol yuzaga chiqadi, sinonimlar badiiy matnlarda mazmun aniqligini ta`minlovchi maxsus vositalar bo`lib, she’riy matnda sinonimlardan foydalanish poetik obrazlarni yanada ta’sirchan qiladi. Sinonimik qatordagi so‘zlarda ma’noning emotsional-ekspressivligi ritmik uyg‘unlik va obrazli tasvir bag‘ishlaydi, ma`nodosh so`zlar bir umumiy ma`noni ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so`z so‘z sifatida bir ma`noni xilma-xil so`zlar orqali turli nozik ma`no qirralari bilan ifodalashda, so`zdagi ma’no kuchining salmog‘ini namoyish etishda, nutqni bezashda, ta`sirchanlikni oshirishda katta ahamiyatga ega: Qayga ketding, yuragim Bitdi bardosh va toqat. Suhbatingdir tilagim, Dilda hasratim qatqat. Zulfiya she’ridan keltirilgan ushbu parchada ruhiy kechinma, qalb iztiroblari, ushalmas istaklari bayon qilingan bo‘lib, holatni kuchli ifodalash maqsadida sinonimlar (bardosh, toqat) keltirilgan, bardosh, toqat sinonimlari “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”da chidam, bardosh, toqat, tob, to‘zim, tahammul, matonat sinonimik qatori “chidamlilik qobiliyati, dosh berish qurb-quvvati” deb izohlangan. Ushbu sinonimik qator so‘zlar miqdorini yanada davom ettirish mumkinligini kuzatdik. Zulfiya she’rlari misolida tahlil qilish orqali Shuningdek, ushbu sinonimik qatorda sabr so‘zi ham bo‘lib, ushbu so‘zni dominanta deyishimiz
158 mumkin. Zulfiya she’rlarida sabr so‘zi sinonimik qatordagi emotsional-ekspressiv bo‘yog‘i yuqori matonat so‘zi bilan ham birga qo‘llanib kelgan: Ko‘p ulushin boy bermish umr: Yillar aldab, nimlab olib ketibdi. Isyonkor Dumbul ruh o‘rniga Sabr, Matonat, Ishq, Mehnat so‘zin bitibdi... Zulfiyaning “Yillar” she’ridan olingan ushbu misralarda sabr, matonat sinonimlari umrning murakkab kechmishlarida inson sabr va matonat bilan yashashini badiiy tasvirlagan. Shoira yana bir o‘rinda sabr, iroda so‘zlari juft so‘z tuzilishida kelib Bir mushtdek yurakka bo‘laverdi jo Ham sevgi, ham hijron, sabr-u iroda. “Xotiram siniqlari” dostonida sabr, qanoat variantlari uyushgan holda keltiriladi: Sabr, qanoatdan yaralgan elim, So‘qir ham o‘ziga so‘qmoq izlar-ku! Yana bir o‘rinda ushbu ma’noni chidamoq, bardosh bermoq kabi fe’l turkumli so‘zlar sinonimiyasi orqali ifodalaydi, natijada holat ma’nosi bo‘rttirilgan: Yodim siniqlari, qalq, ovoz beray, Qalqdi, yuragim, chida, ber bardosh. Keltirilgan misollarda sabr dominantasi emotsional-ekspressiv ma’noni ustuvor bo‘lgan variantlar bilan birga qo‘llanganda, sinonimik birliklar ma’nosining baholash, emotsional, ekspressiv, uslubiy komponentini tashkil qiladi va asosan, poetiklikni ifodalanadi. emotsional-ekspressivlikka ega variantlar so‘zlovchining ifodalanayotgan narsa-hodisalarga bo‘lgan munosabatini yorqin ko‘rsatadi, tanlangan variant o‘z navbatida tinglovchiga ham emotsional ta’sir ko‘rsatadi. Kuzatganimizdek, Zulfiya o‘z she’rlarida sinonimlardan mahorat bilan foydalangan., ular yordamida ayol, inson ruhiyatidagi nozik kechinmalarni, murakkab hayot kechmishlarini, inson matonatini, ayol qalbining go‘zalligini va hayot falsafasini chuqur ifodalagan. Demak, shoira poetikasida sinonimlarni tashbehlar singari asosiy badiiy vositalardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin.
159 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. www.ziyouz.com kutubxonasi. Saylanma. Zulfiya. She’rlar. – Toshkent: Sharq, 2006. 2. Hojieyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 1974. 3. Qosimov B. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 4. Jo‘rayev N. O‘zbek tilida sinonimlar va ularning badiiy nutqda qo‘llanilishi. –Toshkent: Fan, 2010.