ALLYUZIYA HODISASINING YUZAGA KELISHIDA ASSOTSIATIV MA'NONING AHAMIYATI
Full text
167 ALLYUZIYA HODISASINING YUZAGA KELISHIDA ASSOTSIATIV MA’NONING AHAMIYATI Karimova Mastura Ablaxat qizi O‘zbekiston Milliy Universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Email: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932592 Annotatsiya. Ushbu maqolada allyuziya hodisasining obrazli atamalar qurilishida assotsiativ ma’nolarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif assotsiatsiyani obrazlararo bog‘lanish natijasida bir tasavvurning boshqasini uyg‘otuvchi psixik jarayon sifatida sharhlaydi. Maqolada assotsiatsiyaning ikki turi — psixik (individual) va empirik (umumxalq, madaniy) ko‘rinishlari farqlanadi. Ularning har ikkisi allyuziya yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: allyuziya, assotsiatsiya, assotsiativ obraz, psixik assotsiatsiya, empirik assotsiatsiya, kognitiv lingvistika, metaforik tasavvur, badiiy matn, obrazli kompozitsiya, milliy tafakkur. Annotation. This article analyzes the role of associative meanings in the construction of figurative terms of the phenomenon of allusion. The author interprets association as a mental process that evokes one image as a result of interim connections. In the article, two types of association are distinguished - mental (individual) and empirical (general, cultural). It is emphasized that both of them play an important role in creating allusions. Keywords: allusion, association, associative image, psychological association, empirical association, cognitive linguistics, metaphorical imagination, literary text, figurative composition, national thinking. Allyuziyada obrazli atama o‘rnini bosuvchi ifodaning asosida assotsiativ ma’nolar yotadi. Assotsiatsiyalar deb shunday obrazlararo bog‘lanishga aytiladiki, ularning natijasida kommunikatsiya ishtirokchisining ongida paydo bo‘lgan bir tasavvur boshqasini o‘xshashlik, yaqinlik yoki qarama-qarshilik asosida uyg‘otadi. Assotsiativ deb, o‘zining mustaqil tovushiy shakliga ega bo‘lmagan, boshqa bevosita tushunilgan mazmun shaklidan foydalanuvchi ma’nolar aytiladi. Kognitiv lingvistika terminlarida assotsiativ tasavvur insonning mantiqiy imkoniyatlaridan biri bo‘lib, u bir mental konseptni boshqasiga proyeksiya qilish salohiyatini anglatadi. Natijada umumiy belgilarga asoslangan holda yangi atamalar paydo bo‘ladi. Assotsiativ obraz — bu uzoq tushunchalarning kutilmagan uyg‘unligi natijasida yuzaga keladigan, kuchli metaforik va subyektiv tusga ega obrazdir. Har qanday obrazning asosi assotsiativlikka borib taqaladi, ammo assotsiativ obraz qo‘shimcha, go‘yoki zarur bo‘lmagan, bexosiy bog‘lanishlarni aniqlash asosida quriladi, bu kinoya bo‘lib, u o‘quvchi tomonidan ilg‘anishi lozim va ko‘pincha kuchli diqqatni talab etadi. Aynan mana shunday qo‘shimcha bog‘lanishlar (ba’zida butun
168 bir zanjir tarzida) assotsiativ obrazi muallifga xos, noyoblikni beradi. Assotsiatsiyalar mavzu jihatidan umumiylikka ega bo‘lib, badiiy matnning obrazli kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan yaxlit bir bo‘lakni tashkil etadi; ular mavzuni kengaytiradi. Allyuziya qurilishida assotsiatsiyalar uchun turtki bu qiyoslashdir. Assotsiatsiyalar real dunyoni, uning hodisalari va narsalarini, ular o‘rtasidagi munosabat va aloqalarni aks ettirishda muhim rol o‘ynaydi. D.S. Lixachyov ta’kidlaganidek, “she’riyat va yaxshi nasr tabiatan assotsiativdir. Filologiya esa nafaqat so‘zlarning ma’nolarini, balki butun matnning badiiy ahamiyatini ham sharhlaydi”. V.V. Vinogradov ta’kidlaganidek: “Assotsiativ, ya’ni qo‘shib ko‘rsatiluvchi sanash orqali bir qatorga sanab o‘tilgan narsa va obrazlar, ularning ichki bog‘liqligi faqat butun kompozitsiyadan kelib chiqib ayon bo‘ladi. Bunday “yig‘ilganlik”, ya’ni ellipsga o‘xshash obrazlar zanjiri, nutqda hissiy jo‘shqinlik uyg‘otadi. Tasavvur esa sanab o‘tilgan zanjirdagi nazarda tutilgan bo‘g‘inlarni o‘zi to‘ldiradi… Uzoq ko‘rinadigan obrazlar orasidagi assotsiativ yaqinlik natijasida ular o‘rtasida chuqur ichki bog‘liqlik ochiladi”. Shunday so‘zlar ya’ni ma’nolarni zich mujassamlashtirgan birliklar — badiiy matnning tematik maydonida muhim element bo‘lib xizmat qiladi. Psixik hodisa sifatida assotsiatsiya — bu ilgari o‘zlashtirilgan tajriba natijasida yuzaga keladigan tasavvurlar bog‘lanishi bo‘lib, bir tasavvurning paydo bo‘lishi o‘xshashlik, yaqinlik yoki qarama-qarshilik asosida boshqasini chaqiradi. Assotsiatsiyalar ikki turga bo‘linadi: 1. Psixik (individal, tasodifiy) — shaxsiy tajriba, hodisalar, individuallik bilan bog‘liq. Bunda odamning o‘z dunyoqarashi, individual idrokidan kelib chiqqan holatlar asos bo‘ladi. 2. Empirik — bu til egalarining umumiy (subyektiv-obyektiv) tajribasiga asoslanadi. Bunday assotsiatsiyalar xalqning madaniy-tarixiy tajribasi bilan belgilanadi va ularga matn yaratuvchisi (bilgan holda yoki bilmasdan) suyanadi. Empirik assotsiatsiyalar ichida alohida ajralib turadigani bu xalqning ijtimoiy-tarixiy ongida shakllangan, xalq og‘zaki ijodi, udumlari, adabiy an’analarga tayanadigan “an’anaviy assotsiatsiyalar”dir. Allyuziya qurilishida har ikkala assotsiatsiya turi ishtirok etadi. Empirik assotsiatsiyalar jurnal maqolasi muallifi tomonidan xalq madaniyati va milliy tafakkur shakllariga tayanib yuzaga keladi. Psixologik assotsiatsiyalar esa muallifga o‘z individualligini namoyon etish, ya’ni o‘ziga xos allyuziya yaratish imkonini beradi. Ma’lumki, til birligi sifatida so‘z u yoki bu assotsiativ ma’lumotlar bilan bog‘lanish signali hisoblanadi. Har bir so‘zda u boshqa til birliklari bilan assotsiativ yaqinlik hosil qilish imkoniyati avvaldan mavjud bo‘ladi, ya’ni u shunday yaqinlikka moyildir. Assotsiativ ma’no turli so‘z toifalarida turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan,
169 o‘zlik otlari (ism-shariflar) holatida u entsiklopedik ma’noning bir qismidir ya’ni bu so‘zlar tilda sohib til egasining ijtimoiy va shaxsiy tajribasi asosida ongida saqlanib turgan, passiv bilish darajasida yotgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bunday so‘zlar ishlatilganda yoki eshitilganda shu ma’lumotlar ongda jonlanadi, aktual holatga keladi. Bunday assotsiativ qatorlarda o‘zlik ot (ism) so‘z-stimul bo‘lib xizmat qiladi, unga bog‘langan assotsiativ obrazlar esa til egasining umumiy rivojlanish darajasi, madaniyati va tajribasini aks ettiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Kurbanova, M. M., & Xomidova, M. F. (2024). The Influence Of Allusive Names On The Perception Of Artistic Text. SPAST Reports, 1(1). 2. Xujamkulova Maxbuba Bobonazarovna. Question Classification of Speech Act in Speech//Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 24 May 2022. ISSN 2694-9970. 8. Kurbanova M.M., Xujamkulova M.B. COMMUNICATIVE3. Karimova, M. (2023). The history of the development of allusion and its importance in literature. Golden Brain, 1(10), 275-279. 4. qizi Karimova, M. A. (2023). MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA NAVOIY ANTROPINIMINING TARIXIY ALLUZIYA SIFATIDA QO ‘LLANILISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(16 SPECIAL), 287-289. 5. Surayyo, S. (2023). BADIIY MATNDA PERSONAJ LISONIY SHAXSINING NAMOYON BO’LISHI. Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 1071-1076. 6. Ben-Porat Z. The Poetics of literary of Allusion. PTL: A Journal for Descriptive Poetics and Theory of Literature 1. – 1976. – P. 105-128. 7. Мамаева А.Г. Лингвистическая природа и стилистические функции аллюзии (на материале английского языка): Автореф. дне. ...канд. филол. наук. – М., 1977. – С. 24.