SUG'URTA TERMINLARINING SOHA LUG'ATLARIDA TAVSIFLANISHI
Full text
183 SUG‘URTA TERMINLARINING SOHA LUG‘ATLARIDA TAVSIFLANISHI Raxmonqulov O‘ktam Samatovich Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti(Phd) [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932628 Annotatsiya: Sohaviy lug‘atlardagi terminlar tahlil qilinib, ularning aksariyati professional foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa ham, ba’zi hollarda tushunarlilik darajasi, aniqlik va uslubiy uyg‘unlik yetarli emasligi, soha lug‘atlarining mavjudligi va ularning boyib borayotgani ijobiy tendensiya sifatida baholanishi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: leksik ta’rif, huquqiy aspekt, franshiza, subrogatsiya, aktuariy, rixter shkalasi, vaucher. Abstract: This study analyzes terms found in specialized dictionaries, noting that while most are designed for professional users, the level of comprehensibility, precision, and stylistic consistency is sometimes insufficient. The existence and ongoing enrichment of subject-specific dictionaries is assessed as a positive trend. Keywords: Lexical definition, legal aspect, franchise, subrogation, actuary, Richter scale, voucher. Sug‘urta terminologiyasi sohasida lug‘atlarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyosdir. Sug‘urta terminlari nafaqat tilning leksik zaxirasini boyitadi, balki sug‘urta faoliyatining nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini ham aks ettiradi. Shu sababli, sug‘urta sohasiga oid soha lug‘atlari atamalarni faqat leksik birlik sifatida emas, balki ular bilan bog‘liq huquqiy, iqtisodiy, matematik va texnik jihatlarni kompleks ravishda yoritadi. Bu esa sug‘urta terminlarini ilmiy-amaliy jihatdan kengroq, tizimli va puxta yoritishga xizmat qiladi. Terminlarning integrativ tavsifi sifatida soha lug‘atlarida sug‘urta terminlari ko‘p qirrali tavsifga ega bo‘ladi. Masalan, “sug‘urta polisi” termini: - Leksik ta’rif: Sug‘urta shartnomasini rasmiylashtiruvchi hujjat. − Huquqiy aspekt: Sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasining yuridik jihatdan kuchga ega dalolatnomasi sifatida qaraladi, bunda huquqiy normalar, shartnomaviy majburiyatlar va tomonlar huquqlari aniq belgilanadi. − Iqtisodiy ma’no: Bu hujjat sug‘urtalanuvchi va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi risklarni taqsimlash, sug‘urta mukofotlari va to‘lovlar miqdorini belgilash vositasi sifatida xizmat qiladi. − Amaliy kontekst: Sug‘urta polisi yuridik nizolar yuzaga kelganda dalil sifatida ishlatiladi, sug‘urtalanuvchi uchun moliyaviy xavfsizlik kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
184 Bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lug’ati (2009) 1 , bulug‘atda keltirilgan terminlardan na’munalarni ko‘rib chiqamiz. Aksept (lat. acceptus – rozilik berilgan) – 1) pul, hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar haqini to’lashga rozilik berish yoki to’lashga kafillik; 2) taklif etilgan shartlarda shartnoma tuzishga rozilik. Aksept yetkazib berilgan tovarlar ichki va xalqaro tovar-pul muomalasida ko’rsatiladigan xizmat uchun haq to’lash shakllaridan biri sifatida keng qo’llaniladi; 3) Veksel, chek va boshqa qimmatbaho qog’ozlar, shuningdek tovar hujjatlari bo’yicha hisob-kitob qilish shakli. Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati (2020) 2 , Absentizm (lot. absentia - rus. отсутствие; o‘zb. yo‘qlik) 1. Mulkdorning ishtirokisiz yerdan foydalanish shakli. Mazkur holatda yer renta ko‘rinishida daromad oluvchi, biroq yerdan foydalanish va daromad olishda ishtirok etmaydigan mulkdordan ajratilgan bo‘ladi. 2. Xodimning uzrli sabablarsiz ishda bo‘lmasligi. Bu lug‘atda terminlarga ta’rif, huquqiy asos, iqtisodiy kontekst va amaliy misollarga asoslangan holda yondashilgan. Iqtisodiy terminlar izohli lug‘ati (2019) 3 . Agrobank aksiyadorlik tijorat banki - iqtisodiyotning agrar sektorini yanada barqaror rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami izchillik bilan chuqurlashtirib borish, fermerlik harakatini qo‘llab-quwatlash, uning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarni jadal barpo etish, yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni tatbiq qilish hamda ichki bozorni mahalliy oziqovqat tovarlari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2009-yil 30martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijoratbankini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori asosida “Paxtabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan. Iqtisodiy terminlar izohli lug‘atida berilgan terminlarning izohida, terminga berilgan ta’riflarning ma’nolari keng tartiblanishi, kontekstdagi tushunarli amaliy misollarini ko‘rib chiqdik va yuqoridagi keltirilgan terminlarning izohli lug‘atlaridan yanada mukammalashib borishini soha mutaxassislarinng o‘z ustida ishlab boyitib borishi yangi lug‘atlar paydo bo‘lishida o‘z hissasini qo‘shadi. 1 Z.Niyozov, A.Karimova Bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lug’ati Samarqand-2009 92-bet 2 S. Muhamedova, Y. Shirinova, G.Narimova. Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati /Iug‘at/. - Toshkent: «Innovatsiya-Ziyo”, 2020, 158 b. 3 Mustafakulov, SH. I. O.A. Raximberdiyev, M.SH. Egamberdiyeva “Iqtisodiy atamalarning izohli lug'ati” [Matn] : lug‘at / Innovatsion rivoj lanish nashriyot-matbaa uyi, Toshkent: 2019 489 b. UO'K 338(038) KBK 65я2
185 Asosiy sug‘urta terminlar lug‘atida ta’riflar shu tartibda bo‘ladi. Demak termin va uning ta‘rifi odatda misollar berilmaydi. Termin Ta’rifi Franshiza Sug‘urta to‘lovi bo‘yicha kompaniya zimmasiga olinmaydigan qismini bildiradi Subrogatsiya Zararni qoplagan sug‘urta kompaniyasining uchinchi tomondan undirish huquqi Aktuariy Sug‘urta xavflarini statistik tahlil asosida baholovchi mutaxassis Ruscha sug‘urta lug‘atlarida berilgan ta’rifda esa termin haqida huddi shunday ta’riflari berilgan: Termin + qisqacha izoh + misollar. Rixter shkalasi (richter scale) – zararni boshqarishda: zilzilalardan kelib chiqadigan seysmik to‘lqinlarning energiyasini baholashga asoslangan zilzilalarni magnituda bo‘yicha tasniflash. + (misollar) Maktab logaritmik shkaladan foydalanadi, shuning uchun shkaladagi har bir butun qiymat zilzilani avvalgisiga qaraganda o‘n baravar katta ekanligini ko‘rsatadi. Zilzila kuchi Mercalli shkalasi bo‘yicha o‘lchangan intensivligidan farq qiladi, bu juda sub‘ektiv va bir xil zilzilada joydan joyga farq qiladi. Rixter shkalasi bo‘yicha zilzila magnitudasi va uning epitsentrdagi kuchi o‘rtasidagi nisbat 12 balli shkala bo‘yicha fokus chuqurligiga bog‘liq. Shkala amerikalik seysmolog Charlz Rixter (1890-1985) nomi bilan atalgan. 4 Yuqorida keltirilgan terminlardan shuni ko‘rishimiz mumkinki, o‘zlashgan terminlarning agar misol bilan bergan bo‘lsa, misol keltirilgan yoki uning aksi. “Sug‘urta mukofoti” termini ham nafaqat sug‘urta to‘lovi sifatida, balki uning iqtisodiy tarkibi, hisoblash usullari va bozor mexanizmidagi roli bilan ham bog‘lanadi. Soha lug‘atlarining zamonaviy talablari va rivojlanishi sohaning terminologiyasi doimiy ravishda o‘zgarib boradi, yangi texnologiyalar, bozor sharoitlari va qonunchilik talablari yangicha atamalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Soha lug‘atlari esa bu o‘zgarishlarga moslashib, terminlarni aniq va izchil talqin etishga majburdir. Masalan“kiber sug‘urta” kabi yangi atamalar lug‘atlarga kiritilib, ularning ta’rifi, amaliyoti va qonunchilik bazasi yoritilishi kerak. Soha lug‘atlarining afzallik va kamchiliklari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak afzalliklarini ko‘rib chiqamiz: Terminlarning aniqligiga sohaning lug‘atlari umumiy lug‘atlardan farqli, terminlarning aniq va qisqa ta‘riflarini beradi. Bu esa sug‘urta kabi murakkab sohalarda muhim ahamiyatga ega, chunki terminlar umum leksikada turli xil ma‘nolarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan sof stavka – sug‘urta tarifining 4 Страхование и управление риском: Терминологический словарь / Сост.: В.В.Тулинов, В.С.Горин. – М.: Наука, 2000. – 565 с. – ISBN 5-02008-388-7.
186 asosiy qismi sug‘urta zaxiralari va to‘lovlarini shakllantirish uchun ishlatiladi. Terminga aniq va tushunarli ta’rif berilgan. Ilmiy asoslanganligiga ko‘ra sohaning lug‘atlari ilmiy tadqiqotlarga va sohadagi ilg‘or tajribalarga asoslanadi. Bu bilan lug‘atlarning ishonchliligini va to‘g‘riligini ta‘minlaydi. Masalan telematika sug‘urtasi (telematics insurance) bu termin avtomobil haydovchilarining harakatini kuzatish uchun telematik qurilmalardan foydalanib, sug‘urta xizmatlarini shaxsiylashtirish va xavfsiz haydashni rag‘batlantirish. 5 Bu kabi terminlarning kirib kelishi bilan bizning jamiyatimizda ham avtohalokatlarning oldi olinadi va haydovchilarga yengilliklar bo‘ladi. Standartlashtirishga yordam berishiga sohaning lug‘atlari terminologiya sohasini ham standartlashtirishda yordam beradi va turli xil manbalardan olingan ma‘lumotlarni taqqoslash imkonini osonlashtiradi. Terminlar standartlashgadan keyin aholining moddiy tomonidan kelib chiqib sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqiladi. Masalan mikrosug‘urta (microinsurance)termini kam daromadli aholiga mo‘ljallangan, arzon narxlardagi sug‘urta mahsulotlari. 6 Soha lug‘atlarining kamchiliklariga ham bir qator sabablarni ko‘rsatishimiz mumkin quyida shu haqida fikr yuritamiz: Ayrim yangi terminlarning yo‘qligi: sug‘urta sohasi tez rivojlanib borar ekan, lug‘atlar har doim ham sohadagi so‘nggi o‘zgarishlarni aks ettira olmaydi. Yangi terminlar va tushunchalar lug‘atlarga kiritilishidan oldin vaqt talab etiladi. Masalan IOT sug‘urta (IoT Insurance): Internet of Things (IoT) ushbu termin qurilmalar orqali yig‘ilgan ma’lumotlardan foydalanib, sug‘urta xizmatlarini shaxsiylashtirish va risklarni baholash. 7 Bu kabi yangi terminlar hali sug‘urta kompaniyasi lug‘atlarida hali aks etmagan. Umumiy foydalanuvchilar uchun tushunarsizligi: Soha lug‘atlari, odatda, sohaning mutaxassislari uchun mo‘ljallangan holda bo‘ladi va ularning tili umumiy foydalanuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin. chunki, terminlarni transliteratsiya yo‘li bilan ko‘chirish orqali tushunmovchiliklar kelib chiqadi. Masalan subrogatsiya akti – sug‘urta qildiruvchi uchinchi shaxslardan zararni undirish huquqini sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta qildiruvchiga oxirgi sug‘urta tovonini to‘laganidan keyin sug‘urtalovchiga topshirganligi to‘g‘risidagi hujjat. Bu 5 Litman, T. “Distance-Based Vehicle Insurance Implications for Transportation Policy”. Article. Victoria Transport Policy Institute. (2017). 6 Churchill, C. F. (Ed.). Protecting the Poor: A Microinsurance Compendium. Book, International Labour Organization. (2006). 7 Mattern, F., & Floerkemeier, C. (2010). From the Internet of Computers to the Internet of Things. InformatikSpektrum, 33(2), 107-121.
187 termin umumiy foydalanuvchilar uchun umuman tushunarsiz bo‘lib qolgan sug‘urta xodimi nutqida shu termini ishlatishi umumiy foydalanuvchi uchun yangilik hisoblanadi. Lug‘atlarning cheklangan qamrovi ham lug‘atshunoslikdagi kamchiliklardan biridir. Chunki soha lug‘atlari faqat ma‘lum bir sohaga oid terminlarni qamrab oladi. Bu foydalanuvchilarning boshqa sohalarga oid ma‘lumotlarni olishini cheklaydi. Masalan vaucher termini – sug‘urtalovchining chet elga sayohat qilish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatda davolanish xarajatlarini qoplash majburiyatini (kafilligi) bildirsa. Bu termin deyarli barcha sohada ishlatiladi va bu terminning asosan “imtiyoz” ma’nosini anglatadi. Soha lug‘atlarining afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olgan holda, ulardan to‘g‘ri, unumli foydalanish va ularning kamchiliklarini bartaraf etishga harakat qilish kerak. Xususan, lug‘atlarni doimiy ravishda yangilab turish, umumiy foydalanuvchilar uchun esa tushunarli tilni ishlatish va lug‘atlarning qamrovini kengaytirish lozim. Shunday qilib, sug‘urta terminlarining soha lug‘atlarida tavsiflanishi ularning ilmiy, amaliy va normativ jihatlarini integratsiyalashga qaratilgan murakkab va keng qamrovli jarayondir. Lug‘at maqolalarining aniq, tizimli va interdisipliner asosda tayyorlanishi sug‘urta sohasidagi terminlarning yagona va mustahkam tushunilishini ta’minlaydi hamda amaliyotda ularni to‘g‘ri qo‘llash imkonini beradi. Sug‘urta terminologiyasi tabiatan murakkab va ko‘p sohalararo o‘zaro bog‘liqlikka ega bo‘lgan ilmiy va amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois, sug‘urta lug‘at maqolalarini yaratishda faqat bitta fan doirasida, masalan, faqat lingvistik yoki faqat iqtisodiy nuqtayi nazardan cheklanish yetarli emas. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. https://agros.uz/uz/insurance_glossary/ 2. Z.Niyozov, A.Karimova Bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lug’ati Samarqand-2009 92-bet 3. S. Muhamedova, Y. Shirinova, G.Narimova. Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati /Iug‘at/. -Toshkent: «Innovatsiya-Ziyo”, 2020, 158 b. 4. Mustafakulov, SH. I. O.A. Raximberdiyev, M.SH. Egamberdiyeva “Iqtisodiy atamalarning izohli lug'ati” [Matn] : lug‘at / Innovatsion rivoj lanish nashriyot-matbaa uyi, Toshkent: 2019 489 b. UO'K 338(038) KBK 65я2 5. Страхование и управление риском: Терминологический словарь / Сост.: В.В.Тулинов, В.С.Горин. – М.: Наука, 2000. – 565 с. – ISBN 5-02008-388-7. 6. Litman, T. “Distance-Based Vehicle Insurance Implications for Transportation Policy”. Article. Victoria Transport Policy Institute. (2017). 7. Churchill, C. F. (Ed.). Protecting the Poor: A Microinsurance Compendium. Book, International Labour Organization. (2006). 8. Mattern, F., & Floerkemeier, C. (2010). From the Internet of Computers to the Internet of Things. Informatik-Spektrum, 33(2), 107-121.