scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

NIZOMIDDIN MUHAMMAD NOMIY TERMIZIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI TADQIQI

Jamahmatov Karomiddin Aynillo oʻgʻli

Full text

218 NIZOMIDDIN MUHAMMAD NOMIY TERMIZIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI TADQIQI Jamahmatov Karomiddin Aynillo oʻgʻli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti (DSc) Email. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932705 Annotatsiya. Ushbu maqolada koʻpchilikka hayoti va ijodiy faoliyati tanish boʻlmagan – Sayyid Nizomiddin Muhammad Maʼsum Nomiy ibn Safoiy al-Husayniy at-Termiziy hayoti, adabiytarixiy va maʼnaviy merosi tavsifi borasida soʻz boradi. Kalit soʻzlar. Termiz, Hindiston, adabiy maktab, tasavvuf, tarixchi, shoir, tarixi asar, badiiy asar, adabiy manba, boburiylar. Abstract. This article describes the life, literary, historical and spiritual heritage of Sayyid Nizamiddin Muhammad Ma'sum Nami ibn Safai al-Husaini al-Tirmizi, whose life and creative activity are not known to many. Keywords. Termiz, India, literary school, Sufism, historian, poet, historical work, artistic work, literary source, Baburis. Termiziy namoyandalar va ularning bebaho merosi haqida M. Kenjabekning «Termiz tazkirasi» kitobi [Kenjabek M, 2001. 192.] diqqatga sazovor. Yosh olimlardan J.Choʻtmatov “Termizning bezavol qalʼalari yoxud Termiz tarixi[Kenjabek M, 2001. 352.] monografiyasida ilk bor arab va fors tilidagi asosiy manbalarga tayanib, Termiziy namoyandalar haqida muhim maʼlumotlarni yaxlit tarzda umumlashtirib muhim tahlil va xuloslar bilan xalqqa taqdim etdi. Shuningdek, Termiz tarixi va allomalari merosning tarqalish jugʻrofiyasiga oid birlamchi maʼlumotlar “Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qoʻlyozmalari katologi” nomli fundamental tadqiqotda oʻz aksini topib, dunyo qoʻlyozmalar fondida bugungi kunga qadar 1419 ortiq Termiziy mutafakkirlarning ilmiy merosi saqlanishi koʻrsatib oʻtilgan [Choʻtmatov J, 2017. 352]. Biroq, yuqoridagi amalga oshirilgan ishlar orasida Termiziy va Chagʻoniy mutasavvif zotlarning asarlari adabiy tahlil, orifona sheʼrlar poetikasi va matniy tarkibi ilmiylik mezoniida mukammal oʻrganilmagan. Shuning natijasida ushbu maqolada asli kelib chiqishi Termizlik boʻlgan – Sayyid Nizomiddin Muhammad Mir Maʼsum Nomiy ibn Sayyid Safoiy al-Husayniy at-Termiziyning muxtasar tarjimai holi va boy maʼnaviy merosining tavsifi oʻrganiladi. Ismi va taxallusi. Ayrim manbalarda bu zotning asl ismi Nizomidin Muhammad deb yozilgan boʻlsa, baʼzi manbalarda esa Mir Muhammad Sayyid Nizomiddin shakli ham uchraydi. Fors olimi Umar ibn Muhammad “Torixi Sind” asarining muqadamasida uning ismi “Sayyid Nizomiddin Muhammad Maʼsum” 219 ekanligini yozgan. Taxallusini esa “Nomiy”, “Husayniy”, “Termziy”, “Bhakriy” deya koʻrsatadi. [Nomiy, 1383 h.sh.15]. Nizomiddin Muhammad “Nomiy” taxallusi borasida shunday deydi: تفگ نخس تسوا مهف هک اج نآ زا یمان اج نآ دسر یک مهف تلاامک هنرو[Umar Muhammad, 1938. 17] Mazmuni: Insonning eng oliy tafakkuri ham ushbu maqomning yuksakligini qaydan biladi? “Nomiy” esa anglab yetgan maqomidan (oʻrganilgan ilmlari va tarbisi asosida) soʻzladi. Mutafakkirnnig toʻliq ismi, taxallusi va nasabini Sayyid Nizomiddin Muhammad Mir Maʼsum Nomiy ibn Sayyid Safoiy al-Husayniy at-Termiziy ekanligiga ishonch hosil qildik.“Sayyid”, “Mir Maʼsum”, “Husayniy” kabi unvon va nisbalar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam avlodidan boʻlganligi uchun berilgan. “Nomiy” sheʼriyatdagi taxallusi, “at-Termiziy” nisbasi esa allomaning ajdodlari asli Termizlik boʻlib, makonga xos nisba sifatida qullangan. Sayyid Nizomiddin Muhammad Maʼsum Nomiy Termiziy ramazon oyining yettinchi sanasi 944/1537 yili Pokiston mamlakatining Bahakr (qadimiy Sakhar) qasabasida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Nomiy Termiziy tarbiyasi masalasida otaonasi alohida eʼtibor qaratgan. Bu zot barakali umri davomida ilmiy-ijodiy ishlaridan tashqari boburiylar saroyida harbiy qoʻmondon boʻlib faoliyat yuritgan. Shu bilan birga mohir xattot, binokor, kotib va oʻymakorlik kasblari bilan ham shugʻullangan. Alloma 1610 yili Pokiston jumhuriyatinnig Bahakr nomli shaharchasida kasallikdan vafot etadi. Uning maqbarasi otasi va akasi yonida joylashgan. Asarlari. Mir Maʼsum turli fanlar sohasida yirik mutafakkir olim boʻlgan. Garchi u kishi aslida davlat siyosiy arbobi, mohir ovchi, binokor va tabib boʻlsa-da sheʼʼriyat, tibbiyot, tarix, falsafa, axloq, tasavvuf, mantiq va kalom ilmlarida oʻz zamonasining bilimdoni edi. Mutafakkir barakali umri davomida davlat ishidan forigʻ boʻlgan vaqtlari koʻproq mutolaa va ijod qilish bilan band boʻlgan. Ayniqsa umrining oʻrta qismi va oxirlarida ilmiy-ijodiy ishlarga alohida eʼtibor qaratgan. Bu zot hayoti va faoliyati borasida koʻproq “Torixi Sind” asari hamda oʻgʻli Mir Buzurg tomonidan avtobiografik maʼlumot berib oʻtilgan. Bugungi kunga qadar allomadan bizgacha quyidagi asarlar meros qolganini koʻrish mumkin. “Tibbiy Nomiy” asari. Tibbiyot mavzusida ikki kitob yozgan. 1. “Tibbiy Nomiy” (“Nomiyning tibbiyoti”) asari. Mazkur asar bugungi kunda Pokistonlik olim, allomaning avlodidan boʻlmish Munavvar Ali Sayyid Maʼsumiy shaxsiy kutubxonasida bor. “Tibbi Nomiy” asari tibbiyot ilmiga bagʻishlangan muhim ilmiy asarlaridan biridir. Asar fors tilida yozilgan boʻlib, inson jismi va ruhi bilan bogʻliq boʻlgan tibbiy muolajalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Jumladan, oʻsimliklar olamining 220 oʻziga xususiyatlari, inson jismiga foydali oʻsimliklar dunyosi, tabiatning noyob oʻsimliklari tasnifi, tanaga ozuqa boʻladigan oʻsimliklar nomi, jismni sogʻlomlashtiruvchi oʻsimliklar roʻyxati, isteʼmoli foydali oʻsimliklar, isteʼmoli zararli oʻsimliklar va dorivorlarni tayyorlash kabi mavzular yoritilgan. “Mufradoti Maʼsumiy” (“Maʼsumiyning mufradoti”) asari ham tib ilmiga bagʻishlangan noyob asarlardan sanaladi. Ushbu asarda muallif tibbiy muolajarning eng afzali toʻgʻri ovqatlanish, oʻz vaqtidagi badantarbiya va meʼyori bilan oʻxlashlik ekanligni aytib oʻtgan. “Devon”i. Abduqodir Badavoniy: “Mir Maʼsum sheʼriyatda mohir boʻlib, “Nomiy” taxallusi bilan sheʼr yozardi. Muammo va sheʼriyatda mahoratli, nafosatli va oliyfitrat edi” [Badavoniy, 1865. 17]. “Torixi Sind” muqaddimasida “tibbiyotga bagʻishlangan asarlaridan tashqari sheʼriy devoni ham bor”ligi aytib oʻtilgan. Shoir devonining bir nusxasi Pokistonlik Nur Alishoh Maʼsumiyning shaxsiy kutubxonasida saqlanib keladi. Demak, bundan kelib chiqadiki, shoirning ikkinchi yoʻnalishdagi asari sheʼriyatga bagʻishlangan “Devon” ekan. Mir Maʼsumning ushbu devonida gʻazal, qasida, masnaviy kabi janrlardagi sheʼrlari oʻrin olgan. Insoniy axloq, pok muhabbat, ijtimomiy munosabatlar, orifona talqinlar, borliq haqida falsafiy tafakkur, tarixiy voqealar bayoni, sharqona pand-nasihat, hamd, munojot, naʼt kabi mavzular shoir sheʼriyatining asosiy qismini tashkil etadi. Mir Maʼsum Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”siga tayanib masnaviy vaznida “Xamsa” yozadi. Bu asar 1604 yili yozilgani haqida “Torixi Sind” asarining muqaddimasida aytib oʻtilgan. Biroq, ushbu asardan faqatgina toʻrtta daftari nomi bizgacha yetib kelgan. 1. “Maʼdan ul-afkor” (“Maxzanul asror” taʼsirida); 2. “Husn va Noz” (“Xusrav va Shirin” taʼsirida); 3. “Akbarnoma” (“Sikandarnoma” taʼsirida); 4. “Pariy Surat” (“Layli va Majnun” taʼsirida). Nomiyshunos olim Umar ibni Muhamad “bu masnaviylarni “mafqud” (yoʻqolgan) asarlar” – deydi. “Torixi Sind”. Mir Maʼsum sheʼr yozishdan tashqari tarixiy mavzuda ham qalam tebratgan. Akbarshoh hukmronligi ostida boʻlgan Hindiston va Pokiston tarixiga oid muʼtabar tarixiy manbalardan biri – Mir Maʼsumning “Torixi Sind” asaridir. “Muoisirul umaro” va “Tabaqoti Akbariy” asarlarida Mir Maʼsumning tarixnavislik borasidagi isteʼdodi tavsifga loyiqligi alohida qayd etilgan. “Torixi Sind” asarini baʼzi manbalarda “Torixi Maʼsumiy” nomi bilan tilga olinadi. 221 Mutafakkir adabiy merosidan namunalar. Mir Maʼsum “Nomiy”, “Bakriy”, “Maʼsumiy” kabi taxalluslar bilan tanilgan boʻlsa-da lekin sheʼriyatdagi faol taxallusi Nomiydir. ربخ تفای ین ی هلان نم شزوس ز رگم رگیج خاروس ز هلعوش شدنزیم سفن هک دهاز یا سرتب قاّشع تریغ شتاز رحس هآ قربرزگم اجنآ دهجیم ی شومخ تفک مرگم شوخ ینم رمع شمتفگ رت نیریش درزگ رتشوخ دنچره رمع[Sayyid Muhammad Bakriy, 1938. 20] Mazmuni: Mening nolamdan nay nolasi xabar topdimikan, ichimdan bir tuynuk olov jonimni yondirmoqda. Oshiqlarning juda qattiq yonishidan ey zohid qurq, bu yerdan oʻtmaginki, tong ohining chaqmogʻi senga tegib kul etishi mumkini. “Sen qanday yaxshi borligʻimsan” deb unga aytdim, u esa “sir saqla, umr qancha chiroyli oʻtsa, lahzalar shuncha shirin boʻladi”, - deb javob berdi. Mutafakkir barakali umri davomida boʻsh paytlarida sheʼr yozishni mashq qilib, mana shunday boy maʼnoli gʻazallar yozishga erishadi. Albatta, shoir bunga yillar davomda qalam mashqi qilgani tabiiy. Biroq, bu yerda isteʼdod va badiy mahorat bilan obrazlar yaratish, falsafiy tafakkur orqali boy istilohlarni qullash har kimning qulidan kelmasligi ayon. Zero har bir ijodkor oʻz dardi, jamiyat dardi, insoniyat dardi, olam dardi va oxirat dardi bilan yashaydi. Nomiy bu dunyo dardi bilan uqbo dardining masʼuliyatini sezgan holda koʻplab gʻazallarida gʻayb olamining sir-sinoatlaridan soʻz ochadi. Bu albatta yangilik boʻlmasligi aniq, lekin har bir ijodkorning oʻziga yarasha alohida ruhiyati, ilmu maʼrifati va tafakkur etish qobiliyati bor. Shu nuqtai nazarda Nomiy Termiziy munojot mazmunli gʻazallari bevosita oʻlimdan keyingi olamning manzarasini tasvirlagan. Binobarin, Nomiyning gʻazallari maʼno-mazmuni pok muhabbatga, maʼrifatparvarlikka, ilmsevarlikka, poklikka chaqiradi. Shoir sheʼrlarida ikki gʻoya va ikki ruhiy holat yashirin. Yaxshilik va yomonlikka boʻlgan munosbat shoir sheʼriyatining asl tarozisini ogʻir bosadigan ulchovdir. Ruhiy holatning birinchisi tushkunlik kayfiyati va ikkinchisi – xursandlik kayfiyatidir. Shoirla mana shu ikki ruhiyat sheʼrlarida bir xil takrorlangan. Quyida shoirning gʻazal va masnaviy janridan tashqari ruboiy janrida ham qalam tebratganini koʻrish mumkin: دوب دیاب نمجنا رد دوخ اب اهنت دوب دیاب نخس رد هشیمه شیوخ اب دوب دیاب نمچ لگ مه و لبلب مه دوب دیاب نتشیوخ راک ی هناوید 222 Mazmuni: Anjuman ichra yolgʻiz oʻzing boʻlishing kerak, oʻzing bilan hamisha muroqabada boʻlishing zarur. Shuningdek bulbul va chamanning gulidek boʻlish lozim, oʻz ishingga oshiq kabi mehr berishing shart. منک شوماخ هلان ز هگ و ملان هگ ینک هنیک زا رپ نآ و نیا زا لد یک ات یس رز هب دنچ ات ینک هنیجنگ وچ هن ارلد یزاس هریت هک دوبن نیا راک ینک هنیآ وچ هک دوب راک نآ Mazmuni: Qachongacha u kishidan bu kishidan gina-kudurat qilib yurasan, qachongacha zaru boylik bilan qalbni toʻldirasan. Qalbni xira qilish yaxshi ish emas, balki qalbni oinadek tozalasang ana shu ishdir. Xulosa. Termiz adabiy maktabi uzoq oʻtmish tarixga ega. Adib Sobir Termiziy, Munjik Termiziy, Vazir Abu Bakr Termiziy, Sayyid Burhoniddin Termiziy kabi namoyandalarning boy ilmiy-adabiy merosining shu zaminda yozilishi bevositi Termizda adabiy maktab X-XI asrlarda oʻz faoliyatini boshlaganidan dalolat beradi. Ayniqsa, Adib Sobir Termiziy davrida Termiz zaminida adabiyot va sanʼat rivojlangan davr boʻlgan. Sababiki, Adib Sobir Termiziyning mukammal va boy mazmunli sheʼriy devon yozishiga davr ijtimoiy muhitning taʼsiri katta boʻlgan. Temuriylar podshohi Shohrux Mirzo davrida Termiziy sayyidlarning maʼlum bir qismi Balx shahri Eron va Hindiston mamlakatlariga koʻchib ketishgan. Bunga misol sifatida Fathiy Termiziy, Sayyid Ali Termiziy (Pirbobo), Sayyid Muzaffar Termiziy, Mir Musavvir Judoiy Termiziy, Nomiy Termiziy kabi zotlarning ota-bobolari Termizdan koʻchib, Eron va Hindiston diyorlarini maskan tutishgani yorqin dalildir. Maʼlumki, Boburiylar hukmronligi davrida Hindistonda diyori ilm-fan sanʼat va madaniyat keng rivoj topgandi. Bunga asosan Boburiylar hukmdorlarining olimu ulamo, fozilu fuzalo va shoiru shuarolarga boʻlgan gʻamxoʻrligi hamda homiyligi sababdir. Diyorimizdan yetishib chiqqan koʻplab ilmu fan va adabiyot dargʻalari maʼlum sabablar orqali Hind diyoriga koʻchib borishgan. Amir Xusrav Dehlaviy va Mirzo Abdulqodir Bedillar asli Shahri Sabzlik boʻlgan. Buyuk mutasavvif olim va mutafakkir Ziyouddin Naxshabiy ham asli Nasaf shahridan boʻlib, ilmiy faoliyatni esa Hindistonda davom ettirgan. Bu kabi misollar tarixda juda koʻp. Shunday ulugʻ zotlardan biri – Nomiy Termiziyning ota-bobosi siyosiy-ijtimoiy omillar sababli oʻz vatanidan Hindiston diyoriga koʻchib borishgan. Natijada Hindiston zaminida ilmmaʼrifat va sanʼatni rivojlantirishda benazir hissa qoʻshishga erishgan. 223 Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Kenjabek M. Termiz tazkirasi. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2001.; Shu muallif. Buyuk Termiziylar. Termiz tazkirasi. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2017. 2. Nomiy Termiziy. Torixi Sind. (Tasʼhihi Umar ibni Muhammad). – Tehron: Astobir. 1382 h.. 3. Sayyid Muhammad Maʼsum Bakriy. Torixi Sind/tasʼhih Umar Muhammad Dovud Poʻta. – Tehron: Asotir, 1938. 4. Sayyid Muhammad Maʼsum Bakriy. Torixi Sind/tasʼhih Umar Muhammad Dovud Poʻta. – Tehron: Asotir, 1938. 5. Sayyid Muhammad Maʼsum Bakriy/tasʼhih Umar Muhammad Dovud Poʻta. – Tehron: Asotir, 1938. Abdulqodir Badavoniy. Muntaxabut tavorix/jildi 3. – Kalkutta. Fors koleji, 1865. 6. Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qoʻlyozmalari katologi. – Toshkent: Fan, 2018. 7. Choʻtmatov J. Termizning bezavol qalʼalari yoxud Termiz tarixi. –Toshkent: Yangi nashr, 2017. b.