scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

JANGNOMAYI ZUFUNUN" ASARINING TILSHUNOSLIK TAHLILI GRAMMATICAL ANALYSIS OF THE WORK DJANGNOMAYI ZUFUNUN

Xudoyqulov Rahmon

Full text

237 JANGNOMAYI ZUFUNUN” ASARINING TILSHUNOSLIK TAHLILI GRAMMATICAL ANALYSIS OF THE WORK DJANGNOMAYI ZUFUNUN Xudoyqulov Rahmon Renessans ta’lim universiteti assistant-o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932755 Annotatsiya. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston hududidagi asarlar bir tomondan eski o‘zbek tilining xususiyatlarini namoyon qilsa, boshqa tomondan esa, zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davri til xususiyatlarini koʻrsatadi. Tezis ishimizning mavzusi boʻlgan “Jangnomayi Zufunun” nomli asar ham aynan shu davr ijod namunalaridan boʻlib, u 1911-yilda yozilgani qayd etilgan (95/16) va Mulla Sayyid Xoʻja Eshon tashabbusi bilan Kogon (Buxoro) bosmaxonasida Arab alifbosida nashr qilingan. Asarning nomi 2-sahifada “Qissayi Zufunun” deb berilgan. 95va soʻnggi sahifada jangnomadan tashqari ikki latifa va ikki bayt mavjud. Asar matnida voqealar Abdulloh ibn Abbos tomonidan zikr etilgani qayd etilgan. Matn tili XIX asr oxiri – XX asr boshidagi eski oʻzbek tilining soʻnggi davridan zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davriga mansubdir. Matnda, shuningdek, tarixiy shaxslar, jugʻrofiy nomlar va islom madaniyatiga oid unsurlar ham oʻrin olgan. Maqolada, “Jangnomayi Zufunun” nomli ushbu asarni jamoatchilikka tanishtirish hamda asarning til xususiyatlarini ochib berish maqsad qilingan. Kalit Soʻzlar: Zufunun, Muhammad Hanafiyya; Eski o‘zbek tili; Oʻzbek tili; Yangi uygʻur tili. Abstract. This study presents a linguistic analysis of the work “Cengnāme-i Ẕūfünūn,” a literary piece composed in 1911 and printed in Arabic script at the Kogon (Bukhara) press under the initiative of Molla Sayyid Khoja Ishon. The text reflects features of late Chaghatay language while also exhibiting transitional characteristics toward modern Turkic dialects. The work contains historical figures, geographical names, and elements of Islamic culture. This article aims to introduce “Cengnāme-i Ẕūfünūn” to Turkology scholarship and to reveal its linguistic features from the perspectives of orthography, phonetics, and morphology. Keywords: Zufunun, Muhammad Hanafiyya; Historical Uzbek Language; Uzbek Language; New Uyghur Language. Kirish Tadqiqotning maqsadi – 1911-yilda yozilgani qayd etilgan (95/16) va Mulla Sayyid Xoʻja Eshon tashabbusi bilan Kogon (Buxoro) bosmaxonasida nashr qilingan “Jangnomayi Zufunun” nomli jangnoma hamda uning 95-sahifasida ikki hikoya va ikki bayt joylashgan Arab alifbosidagi matnini imlo, fonetika va morfologiya nuqtai nazaridan til tahlilini amalga oshirishdir. Asar, nusxa va variantlarining keng geografiya boʻylab tarqalganiga va mashhur asar boʻlishiga qaramay, til jihatidan oʻrganilmagan. Matnning tili XIX asr oxiri – XX asr boshidagi eski o‘zbek tilining soʻnggi davridan zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davriga mansubdir. Matn tilida uchraydigan zamonaviy Qarluq, kam boʻlsa-da Oʻgʻuz va Qipchoq adabiy tili soʻz 238 boyligi unsurlari, fonetika va morfologiya til xususiyatlari aniqlanmoqda. Shu bilan birga, Arab va Fors tillarining grammatik xususiyatlari va soʻzlariga ham duch kelinadi. Tadqiqot mavzusi boʻlgan matn, muayyan bir davrning til xususiyatlarini yoritish nuqtai nazaridan qimmatli materiallar taqdim etadi. Matn, shuningdek, tarixiy shaxslarni, geografik nomlarni va islom madaniyatiga oid unsurlarni ham oʻz ichiga oladi. Tadqiqotning maqsadi – matn yozilgan davrning til xususiyatlari va soʻz boyligini aniqlashdir. “Jangnomayi Zufunun” yuzasidan oʻtkazgan matn tahlilimiz nafaqat tilshunoslik, balki xalq adabiyoti tadqiqotlarida ham izlanuvchilar uchun muhim manba boʻladi. Gʻazot mavzusidagi adabiy asarlarda, islom da’vatchisi sifatida Hazrat Ali va shunga bogʻliq ravishda uning oʻgʻli Muhammad Hanafiyyaning nomi tez-tez tilga olinadi [Koyuncu, 2020. 156]. Tezis ishi mavzusi boʻlgan “Jangnomayi Zufunun” asarining ayol qahramoni ham asarda Muhammad Hanafiyya bilan jang qiladi. Shunday qilib, “Jangnomayi Zufunun” nomli asar bir ma’noda Muhammad Hanafiyya jangnomalarining bir variantini tashkil etgan boʻlishi kerak. Bu yerda, folklor tadqiqotchisi Ilhom Sayitqulov oʻzbek tilida yozilgan qissalarni oʻrgangan adabiyotshunos Q. Tohirovning “Zufunun” qissasini janr jihatidan diniy-axloqiy janr deb ta’riflaganligini alohida ta’kidlab oʻtamiz [Sayitqulov, 2020, 20]. “Jangnomayi Zufunun” Asarning nomi muqova sahifasida “Jangnomayi Zufunun”, 2-sahifada esa “Qissayi Zufunun” deb berilgan. Azimova, Oʻzbekiston Respublikasi Qoʻlyozmalar kutubxonalarida diniy mavzudagi asarlar orasida islom tarixining badiiy tasvirlangan, mashhur tarixiy shaxslar va sarkardalar faoliyati qalamga olingan qissalar koʻp ekanligini ta’kidlaydi. U bunday asarlarga “Hikoyati Hajjoj va Imom Muhammad Boqir”, “Hikoyati Amir Hamza”, “Hikoyati Imom Muhammad Hanifa” (yoki “Zaynalarab”), “Jangnomayi Haft Gʻazot hazrat Ali”, “Jangnomayi Sayyid Battol Gʻoziy”, “Jangnomayi Zufunun”, “Musibatnomayi Turkiy”, “Qissayi Imom Husayn” kabi asarlarni misol keltiradi. Uning fikricha, tezis mavzusi boʻlgan “Jangnomayi Zufunun” nomli asar hamda bu kabi asarlarning koʻpchiligi Arab va Fors-Tojik tillaridagi asarlar ta’sirida yuzaga kelgan boʻlsa-da, mavzu va voqealar turkiy tilli mualliflar tomonidan badiiy yondashuv asosida tasvirlangan va oʻzbek adabiyotining abadiy mulki sifatida shakllangan [Azimova, 2022. 227]. Doston matnining raqamli nusxasi Uygʻurlar tomonidan tayyorlangan bir internet sahifasidan olindi (https://www.uyghurkitap.com/book/5795, 04.02.2023). Muqova sahifasida asarning Mulla Sayyid Xoʻja Eshon tashabbusi bilan Kogon 239 bosmaxonasida nashr etilgani Fors tilida yozilgan, ammo nashr sanasi berilmagan. Afsuski, ushbu shaxs haqida hozirgacha biror ma’lumotga erishilmadi. Asar matnida voqealar Abdulloh ibn Abbos tomonidan zikr etilgani aytilgan. Asarda tilga olingan Abdulloh ibn Abbos, Hazrat Paygʻambarning amakisining oʻgʻli, tafsir va fiqh ilmlarida obroʻli deb qabul qilingan va koʻp hadis rivoyat qilgan sahobalardan biri boʻlishi kerak (https://islamansiklopedisi.org.tr/ibn-abbas, 09.11.2023). Jangnomadan tashqari ikki hikoya va ikki bayt joylashgan 95va soʻnggi sahifada asarning yozilgan sanasi qaydi mavjud. Unga koʻra, asar hijriy 1329 (milodiy 1911) yilda yozilgan. Nashr qilingan yil va geografik hudud ham inobatga olinib, asarning Yangi Buxoroda (Kogonda) 1894-yilda ochilgan Levin Nashriyoti [Yelova, 2023. 8] tomonidan nashr qilinganini taxmin qilmoqdamiz. “Jangnomayi Zufunun”, Turkistonda 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab nusxa va variantlari mavjud boʻlgan, qisman folklor xarakteriga ega boʻlgan va ayollarning islom dinini yoyishdagi ahamiyatini badiiy tarzda hikoya qiluvchi asar boʻlib, oʻzbek olimi Dilmurod Quronov “Zufunun qissasi”ning xalq orasida tanilgan, mashhur asar ekanligini yozgan [Quronov, 2020, 247]. Asarning, Turkiston musulmonlarining avval Chor Rossiyasining bosqinlariga, soʻngra Sovet Ittifoqiga qarshi turishida va urushga tayyorlanishida muhim oʻrin tutgani tushuniladi. Sovet Ittifoqi tashkil topgandan soʻng Turkiston turklarini Islom dinidan uzoqlashtirish va kommunizm mafkurasini faollashtirish siyosatlari bilan boshqa koʻplab asarlar singari, xalq orasida juda keng tarqalgan va mashhur boʻlgan bu asar ham unuttirilishga harakat qilingan. Ayni paytda muqova sahifasi ham boʻlgan 1-sahifada nomi “Jangnomayi Zufunun”, 2-sahifada esa Qissayi Zufunun deb koʻrsatilgan asar, Turkiston hududi Qarluq, Qipchoq va Oʻgʻuz shevalari bilan eski o‘zbek tilidan tashkil topgan aralash sheva xususiyatlariga ega asardir. Zufunun Arab tilidagi soʻz boʻlib, “fanlar egasi, bilimdon” ma’nolarini anglatadi. Asar matnida keltirilgan jami 429 satrdan iborat manzum qismlar quyidagi nomlar bilan atalgan: nazm (19), g‘azal (3), munocot (5), vidonoma (1), savolnoma (1), ruboiy (1), murattaba (1), bayt (5). “Jangnomayi Zufunun” nomli asar ishimizga mavzu boʻlgan jangnomalardan biridir. Bu asar, “Hikoyati Amir Hamza”, “Hikoyati Imom Muhammad Hanifa” (yoki Zaynalarab), “Jangnomayi Haft Gʻazot hazrat Ali” nomli asarlarda boʻlgani kabi, Hazrati Ali, uning nabirasi Muhammad Hanafiyya va Muhammad Hanafiyya bilan Zufununning janglarini mavzu oladi. Asarda, islom dini uchun qilingan janglar yetakchi mavzudir. Jangnomada, bir tomondan Muhammad Hanafiyya bilan 240 Zufununning janglari, boshqa tomondan esa ularning bir-biriga oshiq boʻlishlari mavzu qilinadi. Til va imlo xususiyatlari “Jangnomayi Zufunun” ustida oʻtkazilgan tahlil, asarning eski oʻzbek tilining soʻnggi davrida yozilganini, soʻz boyligi nuqtai nazaridan asosan turkiy, arabiy, forsiy va ancha kam boʻlsa-da, boshqa tillardan oʻtgan soʻzlardan tashkil topganini, eski oʻzbek yozma tilining davomi boʻlgan Oʻzbek va Yangi uygʻur tillariga oʻxshash va farqli til va imlo xususiyatlari mavjudligini koʻrsatadi. 1. Yasalish va tuslanish qoʻshimchalari Turkiy-Uygʻur yozma an’anasiga muvofiq ba’zan alohida, ba’zan esa qoʻshib yozilgan: aylıq (55/11), sėnsiz (36/7), atasını (4/17), aldıġa (4/17); atlıġ (85/1), ötkürüp (88/6), qulını (31/20). 2. Bir necha joyda ikki soʻzning bir-biriga qoʻshib yozilgani koʻrinadi: körey_dėp (20/13), özi_meydānge (91/4), ey_ferzend (56/19). 3. Ba’zi soʻzlar va qoʻshimchalarning ikki xil yozilishiga duch kelingan: at (6/7) ~ aṭ (6/10), manga (38/14) ~ manga (57/9). 4. Turkiy soʻz yoki qoʻshimchalarning toʻgʻri oʻqilishini ta’minlash uchun ba’zan qıradur (89/19), qulaç (26/7), künide (37/7) kabi misollarda harakatlardan, ġuçça (30/11) soʻzida esa shadda ishorasidan foydalanilgan. 5. Turkiy soʻz oʻzaklarida lablanmagan unlilar uygʻunligi qoidasi katta hajmda saqlangan, ba’zi yasalish va tuslanish qoʻshimchalari esa qaraqçı+lik (26/3), bende+lıq (40/12) kabi misollarda ushbu qoidaga boʻysunmagan. Shuningdek, lablangan unlilar uygʻunligining toʻliq rivojlanmagani kabi eski oʻzbek tili xususiyati ham tamur (83/7), yapuș- (29/6) kabi misollar bilan matnga aks etgan. 6. Undoshlar uygʻunligida esa ba’zi hollarda hatto bir xil soʻz va qoʻshimchalarda nomuvofiqliklarning hukmron ekanligi koʻrinadi: ayt-kil (50/2) ~ ayt-ġıl (28/18), ayt-dı (49/18) ~ ayt-tı (6/2), tart-tı (30/9) ~ tart-dı (75/16) va h.k. 7. Matnda, bir turkiy va bir necha oʻzlashma soʻzda /c-/ ~ /ç-/ tovushlarining ikki xil qoʻllanilishi eʼtiborga loyiqdir: çöne- (40/4) ~ cöne- (93/9), çabduq (62/20) ~ cabduġ (81/18) ~ cabduq (48/4), çān (15/1) ~ cān (7/4), çehān (12/21) ~ cehān (12/8), çeng (67/4) ~ ceng (9/9), mu’āleçe (34/11) ~ mu’ālece (44/10) va h.k. Bu xususiyat Toshkent viloyati shevalari [Shoabdurahmonov, 1976. 18], Andijon shevasi [Ibrohimov, 1967. 69], Surxondaryo shevasi bilan Qozogʻ va Qoraqalpoq lahjalari [Rahimov, 1985. 53] kabi ham Oʻzbek tili shevalarida, ham ba’zi Qipchoq guruhi turkiy lahjalarida uchraydi. 8. Eski oʻzbek tilining xarakterli xususiyati boʻlgan /p/ > /f/ tovush oʻzgarishi hodisasi matnimizda ham oʻrin olgan: faxta (10/8), tofraġ (50/21), qalfaq (57/1), if (10/8). 241 9. Matnimizda er- ~ ėto‘liqsiz feʼlining ikki xil qoʻllanilishiga duch kelinadi: ėr-: bilip ėr-di-m (69/20), musulmān qılġan ėr-di (77/10), barıp ėr-dü-k (44/5), qabūl qılmas ėr-miş (65/12); ė-: bolsa ė-di (33/13), ol ė-di (65/20), sözler ė-dü-k (67/17), qazġan ė-ken (44/7), körgen ė-miş (65/4). 10. Ba’zi misollarda qaratqich kelishigi qoʻshimchasi tushum kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: bu üç kişi+niŋ özleriġa hemrāh qılıp (2/10), a+nıŋ éltip şehzāde-i īmānsızge bėrdi (19/7), ol ãayd meni sözüm+niŋ qabūl qılmaydur (17/8), kārīstān oyunlar+nıŋ başımızġa salur (5/11), oşal yerde Õūfünūnnıŋ āhı+nıŋ Ḫudāy Te’ālā qabūl qıldı (17/2) va h.k. 11. Ba’zi misollarda tushum kelishigi qoʻshimchasi qaratqich kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: üy+ni burçıġa (3/18), ölük+ni qanıġa (4/13), yay+nı kirişiġa (14/12), toŋuz+nı başını (58/7) va h.k. 12. Ba’zi misollarda aniqlovchili otli birikmalarning qaratuvchi unsurlari qaratqich kelishigi vazifasidagi tushum kelishigi qoʻshimchasini va qaralmish unsurlari egalik vazifasidagi qaratqich kelishigi qoʻshimchasini olgani koʻrinadi: analarını cılavınıng alıp (11/1), ėmdi barıp Zūfünūn birle atasını şehrining alıp musulmān qılmasam (9/8), bizni xaberimizning ‘Alīġa aytadur (87/8), el-qıṣṣa on tuġdārını hemmesiniŋ qolġa tüşürdi (81/1) va h.k. 13. Bir misolda joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi tushum kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: sizni ayaqlarıŋız+ġa mu’āleçe qılalı (34/11). 14. Ba’zi misollarda joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi oʻrin-payt kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: ḥażret-i Murteẓā ‘Alī emīrzāde birlə ġar+ġa bāmdādnı edā qıldılar (84/2), bügün taŋ+ġa üstimizge kėlip (5/10). 15. Ba’zi misollarda joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi chiqish kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: Imām Muḥammed Ḥanefiyyeniŋ körmaq+ke ėşitmaqları ziyāde boldı (7/14). 16. Ba’zi misollarda joʻnalish kelishigi qoʻshimchasi oʻrin-payt kelishigi vazifasida ishlatilgan: Medīne baramen (40/8), ol qız dem urmay Imām qılıç saldı (26/4), tā Medīne kėldi (66/5). 17. Ba’zi misollarda oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi joʻnalish kelishigi vazifasida qoʻllanilgan: mun+da kėltürgil (47/5), emīrzāde anda qondılar (77/8, 77/9), bu başım sėnsizin tofraq içi+de kirgeni bihraq (37/2), qay+da barursizler (64/21) va h.k. 18. Chiqish kelishigi qoʻshimchasining eski oʻzbek tilida qoʻllanilgan -dın / - din (ot+dın (17/17), ėger+din (35/5)) shakllaridan tashqari, Mamluk-Qipchoq tiliga 242 xos boʻlgan -dan / -den shaklining ham tez-tez uchrab turishi, Qipchoq ta’sirining (Eckmann, 2021, 76-b.) koʻrsatkichi boʻlishi kerak. 19. Matnda, tur-ur > dur-ur tuzilishidan qoʻshimchaga aylangan va eski oʻzbek tiliga ham xos boʻlgan -dur/-tur qoʻshimchasidan tashqari, -dü va zamonaviy Oʻzbek tilida ham mavjud boʻlgan -dı qoʻshimchalariga ham duch kelinadi: -dur, -dür: ayt-a-dur-sen (9/3), izlen-e-dür-men (16/5), bol-ma-y-dur-sėn (88/7); -dü: körme-y-dü-gen (36/16); -dı: oqu-y-dı (40/6). 20. Matnning soʻz boyligida, bir tomondan Yangi uygʻur tilidagi emdi soʻzining bir varianti sifatida ėmdi (7/11) soʻziga, boshqa tomondan esa bu soʻzning zamonaviy Oʻzbek tilidagi varianti boʻlgan ėndi (10/3) soʻziga, shuningdek, Yangi uygʻur tilidagidek unlilari yumaloqlashgan ögür- (89/8) (Oʻzbek tilida: ögir-), töştük (<tesh-ik+lik; solishtiring: YUyg. töşüklük “teshik ochilgan, teshik qoʻyilgan” [UTIL-I. 361] (15/10), yoki tört (3/9) soʻzi bilan birga Yangi uygʻur tilidagidek tovush tushishiga uchragan töt (on töt lek (88/15)) soʻziga duch kelinishi kabi jihatlar asar tiliga ilk davr zamonaviy turkiy lahjalarning ta’siri sifatida qaralishi mumkin. 21. Yana, matnda Yangi uygʻur tilida sifatlar va ravishlarni kuchaytirish hamda otlarni ravishga aylantirish vazifasida qoʻllaniladigan +lik+i qoʻshimcha birikmasiga (batafsil ma’lumot uchun qarang: Chelikbay, 2021) oid bir misolning uchratilishi diqqatga sazovor xususiyatdir: kündüz+lüki “kunduz kuni” (72/20). 22. yür- (87/8) soʻzi bilan birga yürü-miş (80/7), sev-er yār (83/15), bil-mem ki (79/18), bolsoʻzi bilan birga ol- (75/16, 7/21) misollarida Oʻgʻuz ta’siri koʻrinadi. Xulosa “Jangnomayi Zufunun” nomli asar, eski oʻzbek tilining soʻnggi davriga oid boʻlgan va Muhammad Hanafiyya bilan Zufununning janglari hamda bir-biriga oshiq boʻlishlarini mavzu qilgan bir jangnomadir. Eski oʻzbek va Turk-Uygʻur yozma an’anasini aks ettirgan bu asar Oʻzbek tili va Yangi uygʻur tilidan koʻrsatgan farqlari bilan birga, oʻtish davri xususiyatlarini ham namoyish etadi. Shuning uchun asar, eski oʻzbek tilidan zamonaviy turkiy lahjalarga oʻtish davrining til xususiyatlarini aniqlash uchun muhim manba hisoblanadi. Asarda umuman eski oʻzbek tilining til xususiyatlari bilan birga, zamonaviy Oʻzbek va Yangi uygʻur tili xususiyatlariga duch kelinishi ham Turkiy til tarixining muayyan bir davrining til xususiyatlarini kuzatish nuqtai nazaridan ahamiyatga egadir. 243 Asar, til xususiyatlaridan tashqari, xalq adabiyoti tadqiqotchilari, diniy mavzularga va geografik nomlarning qoʻllanilishi nuqtai nazaridan ham tarixiy geografiya uchun muhim material hisoblanadi. Asarda qoʻllanilgan tovush oʻzgarishlari va qoʻshimchalarning qoʻllanish shakli sheva tadqiqotchilari uchun manba qiymatiga egadir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Atalan, M. (I/2 (Güz 2008). Türk Kültüründe Hz. Ali Cenknameleri. e-makâlât Mezhep Araştırmaları, 7-27. 2. Atalan, M. (Güz 2012). Cenknâmelerde Hz. Ali’nin Yeri (Cilt V). e-makâlât Mezhep Araştırmaları. 3. Azimova, L. (2022). O‘zbek Adabiyotida Islom Tarixiga Oid Qissalar (XIX Asr Misolida). Analytical Journal of Education and Development, 227-232. 4. Bodrogligeti, A. J. (2001). A Gramer of Chagatay. Muenchen: Lincom Europa. 5. Caferoğlu, A. (1968). Eski Uygur Türkçesi Sözlüğü. İstanbul: Edebiyat Fakültesi Matbaası. 6. Clauson, S. G. (1972). An Etymological Dictionary of Pre-Thirteenth-Century Turkish. Oxford: At the Clarendon Press. 7. Çelikbay, A. (2021). Yeni Uygur Türkçesinde Bir Kök-Ek Birleşmesi: +liú+i, +lik+i, +luú+i, +lüki. Modern Türk Araştırmaları Dergisi (18), 433-455. 8. Demir, R. (2019). Manzum Hz. Ali Cenklerinden Yemame Cengi Üzerine bir İnceleme. Kastamonu: magistrlik dissertatsiyasi. 9. Doerfer, G. (1976, Ocak 1). Proto-Türkic: Reconstruction Problems. Türk Dili Araştırmaları Yıllığı, 1975-1976 (23-24), 1-59. 10. Eckmann, J. (2021). Çağatayca El Kitabı. (G. Karaağaç, Çev.) Ankara: Türk Dil Kurumu Yayınları. 11. Khudoyqulov, R. (2025). Cenknāme-i Ẕūfünūn (inceleme, metin, dizin). Anqara: magistrlik dissertatsiyasi.