scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIL VA ADABIYOT TA'LIMIDA INNOVATSION YONDASHUV ZAMONAVIY OʻQUV MASHGʻULOTINI TASHKIL QILISHNING AYRIM JIHATLARI

Tajiyev M.

Full text

261 TIL VA ADABIYOT TA’LIMIDA INNOVATSION YONDASHUV ZAMONAVIY OʻQUV MASHGʻULOTINI TASHKIL QILISHNING AYRIM JIHATLARI Tajiyev M., Renessans taʼlim universiteti professori, pedagogika fanlari doktori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932798 Kirish: Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya sohasining boshlangʻich asosi oʻquv mashgʻuloti hisoblanadi. Hozirgi paytda pedagogikada zamonaviy dars yoki oʻquv mashgʻuloti tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda. Zamonaviy oʻquv mashgʻuloti, oʻzi qanday dars? degan savol tugʻilishi tabiiy. Oʻquv mashgʻuloti – oliy taʼlimda taʼlimning asosiy tashkiliy shakli hisoblanadi, u doimiy talabalar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbir boʻlib, maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar, laboratoriya, mustaqil ish va mustaqil taʼlim kabilardan iborat boʻladi. Zamonaviy oʻquv mashgʻuloti − taʼlim beruvchi talabaning mavjud imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalanib, uning aqliy potensialini ishga solib, rivojlanishini taʼminlaydi, talaba esa oʻz navbatida bilimlarni chuqur oʻzlashtiradi va raqobatbardosh kadr boʻlib yetishish va komillikga intiladi. Asosiy qism. Taʼlim–tarbiya jarayonini sifati va samaradorligini oshirish koʻp jihatdan taʼlim vositalari bilan qay darajada taʼminlanganligiga bogʻliq. Bu oʻqitilishi va oʻrganilishi lozim boʻlgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir. Baʼzi hollarda talaba uchun moʻljallangan taʼlim vositasi oʻqituvchi uchun ham talab etiladi. Tanlab olingan usul, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi lozim. Taʼlim vositalari xususiyatlariga koʻra bosma, texnik va real turlariga ajratiladi, bular oʻz navbatida olti turga boʻlinadi. Maʼlumot olish va ularni qayta ishlash uchun – matnli (oʻquv dastur, maxsus darslik, maʼruza matn, tarqatma material hamda nazorat varaqalari); umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun – tasvirli (fotosurat, chizma sxema, jadval, plakat hamda tasvirlar); jarayonlar toʻgʻrisida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun – audiovizual (videofilm, kompakt-disk, audio kasseta, Power Point materiallari, elektron darsliklar); tasvir va matnni yozish, saqlash uchun – yordamchi (doska, pinbord doskasi, videoproyektor ekrani bilan, kompyuter, flipchart, videomagnitofon, televizorlar); oʻrganilayotgan obyektning modeli orqali u haqida tasavvur hosil qilish uchun – modeli (model, maket, trenajer, mulyajlar); oʻrganilayotgan obyektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun asbob uskuna, stanok, yarim tayyor va 262 tayyor mahsulotlar hamda xom ashyolardan foydalanish mumkin. Nazariy darslarda taʼlim beruvchilar asosan matnli va yordamchi vositalardan, amaliy mashgʻulotlarda esa koʻproq tasvirli va real vositalardan foydalaniladi. Zamonaviy oʻquv mashgʻulotini tashil etishning asosiy mezonlari: oʻquv mashgʻuloti-talaba shaxsiga yoʻnaltirilgan, pedagog va talabaning oʻzaro faol munosabatlariga asoslangan boʻladi; oʻquv mashgʻuloti jarayoni tabaqalashtirish va shaxsiy qobiliyatlariga yondashuv asosida amalga oshiriladi; oʻquv mashgʻuloti talabaning yuqori darajadagi qiziqishi, xohishlari, aqliy faolligi, muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi; oʻquv mashgʻuloti oʻquv materiali mazmuniga koʻra turli uslublar, vositalarga suyanadi; oʻquv mashgʻulotida talabaning aqliy faoliyatini faollashtirishga eʼtibor qaratiladi; oʻquv mashgʻulotida talaba shaxsiyatini rivojlantirishga, birinchi navbatda, talabaning oʻzini-oʻzi boshqara olishiga qaratilgan mexanizm toʻliq ishga solinib, shu orqali uning bilimga boʻlgan qiziqish va xohishi ortadi; oʻquv mashgʻuloti sifati va samaradorligini taʼmin etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi; oʻquv mashgʻuloti vaqtidan unumli va maqsadli foydalaniladi; oʻquv materialini osonlik bilan yenga olishga eʼtibor qaratiladi; oʻquv mashgʻulotida nazariya va amaliyot oʻzaro bogʻlanishda talqin etiladi. Zamonaviy oʻquv mashgʻulotini belgilari: oʻquv mashgʻulotiga tizimli yondashuv-talabaning pogʻonama-pogʻona rivojlanishi hamda toʻliq oʻzlashtirib olishini taʼminlaydi; oʻquv mashgʻuloti jamiyatning sotsial buyurtmasini bajarishga yoʻnaltirilgan boʻladi; pedagog va talabaning pedagogik faoliyati pedagogika hamda psixologiyaning eng soʻnggi yutuqlari asosida tashkil etilishi taʼminlanadi; oʻquv mashgʻuloti jarayonida talabaning qiziqishi asosida taʼlimning rivojlanish vazifalari hal etib boriladi; talabaning bilim olish, tashabbuskorlik, ijodkorliklari tarkib topshiriladi; taʼlim mazmuni optimallashtiriladi; oʻquv mashgʻuloti tuzilmasi takomillashtirilgan boʻladi; oʻquv maqsadlari aniq, oʻquv jarayoni rang-barang boʻladi; oʻquv mashgʻuloti yuqori saviyada kuchli emotsional holatda oʻtadi; oʻquv mashgʻulotida oʻzaro aloqalar jadval bilan oʻrnatiladi. Zamonaviy oʻquv mashgʻuloti tashkil qilishda foydalaniladigan oʻquv vositalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: pedagogik texnologiyani joriy etish boʻyicha tashkiliy vositalar; oʻquv texnologiyalari, oʻquv-metodik materiallar; didaktik materiallar; axborot, axborot-kommunikatsiya oʻquv texnologiyalari; texnik oʻquv vositalari. Zamonaviy oʻquv mashgʻuloti tashkil qilishda tashkiliy vositalarga quyidagi hujjatlarni kiritish mumkin: birinchi kurs talabasi uchun esdalik qoʻllanma; reyting tizimi toʻgʻrisida Nizom; talabalar safidan chiqarish va koʻchirish toʻgʻrisida Nizom; OOʻMTVning pedagogik texnologiyani taʼlim joriy etish toʻgʻrisidagi buyruqlari. 263 Oʻqitish texnologiyalariga quyidagilarni kiritamiz: fanlarini oʻqitish nazariyasi va metodikasi boʻyicha materiallar; taʼlim yoʻnalishining Davlat taʼlim standarti; oʻquv reja va fan dasturlari; ishchi oʻquv reja va ishchi fan dasturlari; matematika fanlarini oʻqitishning metodik sistemalari; fanlarning oʻquv-uslubiy majmualari; talaba mustaqil ishi va mustaqil taʼlim dasturi hamda mazmuni; oʻqituvchi rahbarligida talaba mustaqil ishini tashkillashtirish rejasi va koʻrsatmalar; reyting nazorati vazifalari yoki masalalari hamda testlari; amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv mashgʻulotlari loyihalari, maʼruza konspektlari, tavsiyanomalar va mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha metodik koʻrsatmalar; elektron darsliklar. Didaktik materiallar: yetakchi faylasuflar, pedagoglar va psixologlar tomonidan ifodalangan, taʼriflangan va shakllantirilgan klassik didaktik tamoyillar; oʻqitish texnologiyasida dolzarb boʻlgan maxsus metodologik tamoyillar; talabani oʻqitishga yoki oʻrganishiga yoʻnaltirilgan ilmiy tamoyillar. Axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga quyidagilarni kiritamiz: axborot olish bilan bogʻliq boʻlgan barcha narsalar; koʻrgazmali qoʻllanma, namoyish etiluvchi oʻquv materiallari; kompyuter va boshqa texnik vositalardan foydalanish; internet. Texnik oʻquv vositalari bu: kompyuterlar; boshqa texnik vositalar (interfaol yozuv taxtalari; koʻpaytiruvchi texnika va b.). Axborot va texnik oʻquv vositalaridan foydalanishdagi jadal ilgari siljishlar quyidagi rivojlanib borayotgan muammolarni namoyon qildi: − oʻquv jarayonining axborotlashuvi va kompyuterlashtirilishining tobora kengayib borayotganligi, uning sifatini nazorat qilish shakllarining rivojlanib borishi; − oʻquv va oʻqitish texnologiyasidagi oʻzgarishlar; − kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarining oʻquv jarayonidagi axborot taʼminotiga taʼsiri. Shunga koʻra, qayd etamizki, axborot texnologiyalari barcha zaruriy komponentlarni oʻz ichiga oluvchi axborot vositalarisiz rivojlana olmaydi. Bu komponentlar – bilimlar bazasi, axborot resurslari, rivojlangan axborot kommunikatsiyalari va axborot servisi tizimi, kompyuterlar va dasturiy taʼminot, eng asosiysi informatika, axborot texnologiyalari va muhandisligi bilimlari va sohalari mutaxassislarining mavjudligidir. Shuning uchun tegishli oʻquv axborot-taʼlim muhitining shakllanishi muhim rol oʻynaydi, bu esa butun taʼlim tizimining eng zaruriy elementi boʻlib hisoblanadi. Oʻquvni individuallashtirmasdan, har bir talaba uchun individual taʼlim dasturini yaratmasdan turib uzluksiz taʼlimni amalga oshirish mumkin emas. Bu nafaqat oʻquv rejalarini, dasturlarni, taʼlim jarayonini tashkillashtirish tamoyillarini ishlab chiqishda yangicha yondashuvlarni, yangicha 264 oʻquv va oʻqitish usullaridan foydalanishni va balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini taʼlimga keng joriy etilishini ham talab etadi. Oʻquv faoliyatining yangicha turlariga yoʻnaltirilgan koʻpgina yangicha oʻquv usullari va tashkillashtirish shakllari, erishilgan yangi taʼlim natijalari (roli oʻyinlar, oʻquv va oʻrganishga oid loyihalashtirishlar, moduli oʻquv tizimi va b.lar) mavjud boʻlib, ularning samaradorligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanilganda sezilarli darajada oshishi mumkinligiga guvoh boʻlamiz. Demak, ular fanlari oʻqituvchilarining kasbiy faoliyat qurollari majmuiga kiritilishi zarur. Quyidagi vositalarni qoʻllamasdan turib taʼlim faoliyatini oʻquv jarayonining intensifikatsiyalanishi va optimallashuvini taʼminlovchi, sifat jihatidan yangi, innovatsion darajalarga olib chiqish mumkin emas: − oʻquv faoliyatini individual va jamoaviy tashkillashtirilishini birlashtirilishiga tayanuvchi (asoslanuvchi) masofaviy oʻquv texnologiyalari (keys, Web-oʻquv uslubi, elektron pochta, videokonferensiya va b.lar); − kompyuterli, apparati (raqamli foto va video – kameralar, skanerlar, mediaproyektorlar, axborotlarni qabul qilish va vizuallashtirish uchun moʻljallangan barcha uskunalarni tezkor kommunikatsiyalar vositalari va h.k.) va dasturiy vositalar; − axborot texnologiyalarining sintezlanishiga asoslanuvchi oʻquv elektron nashrlar va resurslar (multimediyali namoyishlari (prezentatsiyalar), elektron darsliklar, taʼlim muassasasining Web-resurslari va h.k.); − zamonaviy kompyuterli va interfaol proyeksiyalovchi texnikalar (interfaol yozuv taxtasi, pol-ekran pedagogik texnologiya, videokonferensiyalar uchun moʻljallangan texnikalar va h.k.). Xulosa: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oʻquv usullari, tashkillashtirish shakllari va vositalarini integratsiyalashda yetakchi rol oʻynashi mumkin, ularning taʼlimga joriy etilishi esa – taʼlimni modernizatsiyalashning muhim yoʻnalishlaridan biridir. Elektron darsliklar, yangicha axborot, informatsion oʻquv muhiti, oʻquv telekonferensiyalar va boshqa resurslar, Internet – bularning barchasi yangi turdagi mustaqil oʻquv faoliyatini tashkillashtirish va amalga oshirish vositalaridir. Aslida esa talabalarning mustaqil oʻquv faoliyatiga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yangicha oʻquv va oʻqitish muhitini yaratish zarur. Taʼlim–tarbiya jarayonini sifati va samaradorligini oshirish koʻp jihatdan oʻqitishning shakli va taʼlim vositalari bilan qay darajada taʼminlanganligiga bogʻliq. 265 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ3775-son Qarori. 2. Tojiyev M. Oʻqituvchi faoliyatini loyihalash: Uzluksiz taʼlimda modulli texnologiya // Monografiya / M.Tojiyev, B.Ziyomuxamedov, B.Sh.Usmonov, A.J.Xurramov. Masʼul muharrir: fizika-matematika fanlari doktori Qodirov M.Q.; pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Barakayevning umumiy tahriri ostida; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish markazi. − T.: “TURON-IQBOL”, 2017. − 246 b. 3. Oʻrinov V.K., Umarov A. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Taʼlim Muassasalarida ECTS KreditModul Tizimi: Asosiy Tushunchalar va Qoidalar. //El-yurt umidi jamgʻarmasi va Respublika Oliy Taʼlim Kengashi. − T.: 2020. − 64 b.