scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ADABIYOT FANINI O'QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV

Otajаnova Manzura Omanboyevna; Jo'rayev Oybek Sherali o'g'li

Full text

333 ADABIYOT FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV Otajаnova Manzura Omanboyevna filologiya fanlari doktori, professor. Renessans ta’lim universiteti. [email protected] Jo‘rayev Oybek Sherali o‘g‘li Malayzianing University College Sedaya International universitetining Ta’lim magistranti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932881 Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyot o‘qitish jarayonida innovatsion yondashuvning o‘rni va bu usulning an’anaviy uslubdan farqli hamda ijobiy jihatlariga to‘xtalib o‘tilgan. Bundan tashqari adabiyot o‘qitish jarayonida o‘quvchining markaziy ro‘l o‘ynashi va buning afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim, metodika. Adabiyot, innovatsion o‘qitish jarayoni, adabiyot, o‘quvchi va yaratuvchanlik, an’anaviy uslub, xorijiy tajriba. Аннотация: В данной статье рассматривается роль инновационного подхода в процессе преподавания литературы, а также его отличия и преимущества по сравнению с традиционными методами. Кроме того, уделено внимание центральной роли учащегося в образовательном процессе и преимуществам такого подхода. Ключевые слова: Образование, методика, литература, инновационный процесс преподавания, литература, ученик и креативность, традиционный метод, зарубежный опыт. Abstract: In this article, the role of the innovative approach in the process of teaching literature and its differences and advantages compared to the traditional method are discussed. In addition, attention is given to the central role of the student in literature teaching and the benefits of this emphasis. Key words: Education, methodology, literature, innovative teaching process, literature, student and creativity, traditional method, foreign experience. “Adabiyot yashasa – millat yashar” 1 . Darhaqiqat, Cho‘lpon aytgan ushbu so‘zlar tagida olam-olam ma’no mujassamdir. Bugun ta’lim tizimimizda adabiyot o‘qitlishi kechagidan muhimroq, keragidan ko‘ra zarurroqdir. Ma’naviy jang ketayotgan bir jabhada adabiyotdek ulkan kuch, Qahhor tabiri bilan aytganda “Atomdan kuchli qurol hisoblangan adabiyot” 2 bilan bola qalbiga kirib borish, uni sofligini, asliy tuyg‘ularini saqlash lozimdir. Shu sababli ham adabiyot atamasi millat bilan chambarchas bog‘liq tushuncha sifatida baholanadi. 1 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/adabiyot-yashasa-millat-yashar 2 https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abdulla-qahhor-adabiyot-va-hayot-haqida 334 Ta’lim tizimida, aynan adabiyot o‘qitilishi har bir millatda o‘ziga xos tarzda farqlanadi. Maktab ta’lim tizimida faqat milliy adabiyot emas, balki jahon adabiyoti ham o‘qitilishiga qaramay, har bir davlatda maxsus yondashuv va metodlar qo‘llaniladi va bu usullar mintalitet, fikrlash jarayonidan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Biroq umumiyliklar ham mavjud bo‘lib, o‘qitish jarayonida boshqa rivojlangan xalqlar metodikasidan ham andoza olinishi mumkin. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham adabiyot asosiy fan sifatida maktab darsliklariga kiritilgan va ular boshlang‘ich, o‘rta va yuqori sinflarida o‘tiladi va o‘ziga xos vazifa bajaradi. Masalan, boshlang‘ich maktablarda maqsad – bolalarga ravon o‘qishni o‘rgatish, mazmun esa shunga mos ravishda shakllanadi va bolani yoshiga mos manbalar tanlab olinadi. Bugun adabiyot darsliklari yangilanyapti va metodikada o‘zgarishlar sezilyapti. Adabiyot o‘qitish metodikasi, umuman adabiyot darslarini o‘tish yuzasidan tadqiqotlar olib borgan Chex olimasi Ludmila Lederbuchova (Západočeská universiteti, Plzeň) ta’kidlashicha, adabiyot o‘qitish jarayonida badiiy matnning ikki asosiy funksiyasi bor ekanligini ko‘rsatib o‘tadi va bular: mazmuniy va estetik 3 . Olimaning fikricha, adabiyot o‘qitish jarayonida ko‘zlangan maqsad faqatgina o‘qituvchining didaktik fikrlashini oshirishgina bo‘lib qolmay, mustaqil badiiy asar o‘qish o‘quvchiga estetik tajriba taqdim etish va badiiy asarni hayotiy reallik bilan ham bog‘lay olish hamdir. Bizga ma’lumki, adabiyot so‘z san’ati sifatida qadrlanadi, lekin uni tarkibi bevosita tarix bilan, din bilan, xalqlar tafakkuri bilan yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shularni hisobga olib qaraydigan bo‘lsak, o‘qitish faqatgina tarixiy-biografik kontekstlarni o‘rgatish emas, balki so‘z san’ati ta’limi sifatida qabul qilishimiz to‘g‘ri bo‘ladi, o‘qituvchilardan talab qilinadigan narsa esa badiiy matnning mazmunini talabalarga tayyor holda berish emas, balki ularni matnni o‘qish va tushunishga jalb qilishdan iboratdir. Professor Mok Soon Sang o‘z ilmiy ishlaridan birida ta’kidlaganidek, adabiyot o‘qitishda qo‘llaniladigan yondashuvlar o‘quvchilarning darsdagi faol ishtirokini ta’minlaydi hamda ularning o‘rganish jarayoniga yordam beradi. Shu boisdan, adabiyotni o‘qitishda bir nechta yondashuvlar bor: ma’lumotga asoslangan, axloqiyfalsafiy, shaxsiy munosabatga asoslangan va tilga asoslangan yondashuvlar 4 . Ushbu yondashuvlarga asoslangan holatda darsni o‘tish va darsliklarni yaxshi yaratilganligi, o‘qituvchi ijodkorligi talab etilishi bilan belgilanadi. 3 Lederbuchova, Ladislava. Fraus slovník literárních pojmů, aneb, Co se skrývá za slovy. Plzeň: Fraus, 2006. ISBN isbn80-7238-620-4. 4 Mok S. S. Educational psychology & pedagogy: Learner and learning environment. – Kuala Lumpur: Pelanduk Publications, 2008. – 268 p. 335 Abdurauf Fitrat “San’at lug‘atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab chiqarishdan iboratdir” – deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat “san’at” so‘zining ma’nosini, san’atning mohiyatini jo‘nlashtirayotgandek ko‘rinishi mumkin. Biroq olim “yaxshi” so‘ziga ayricha urg‘u berayotgani, unga katta ma’no yuklayotgani seziladi. Tilimizda ishlatiluvchi “san’at” so‘zining ma’no qirralari ancha keng. Masalan, “rassomlik san’ati”, “kulollik san’atini egallamoq”, “yuksak san’at bilan ishlangan” kabi birikmalarining har birida san'at turli ma’no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda “san’at” so’zi ifodalayotgan ma’no qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqta mavjudki, bu mazkur so‘zning har uchala holda ham “go‘zallik”, “mahorat”, “did” tushunchalari bilan bog‘liqligidir. Demak, go‘zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san’atga aloqador. Shu nuqtai nazardan adabiyotni so‘z san’ati sifatida bilamiz. San’at bu shaxsga bog‘langan ifodadir. Adabiyot esa so‘z orqali ifodalangan san’at bo‘lib, tasvirlar va voqealar matnlar orqali yetkaziladi. Shu bois, adabiyot maktab fani sifatida ifodaviy fan hisoblanadi, ifodaviylik esa ijodkorlik va yaratuvchanlikni anglatadi. Biroq o‘zbek ta’lim tizimida amaldagi adabiyot darslari hanuz bilimga, ya’ni faktlar va ularning yod olinishi, ma’lum bir qolipga asoslangan fan sifatida qolmoqda, unda ijodga ajratiladigan joydan ko‘ra adabiyotshunoslik ustunlik qilmoqda. Bilimga yo‘naltirilganlik bilan ifodaviylik o‘rtasidagi asosiy farq esa kitobxon-o‘qirmanning mazmuniy bilimlarni qanday egallashida namoyon bo‘ladi. Adabiyot o‘qitish metodikasining innovatsion asosi tajriba orqali o‘quvchi bilan matnni talqin qilish o‘rtasida vositachilik qilishni bildiradi. Bu jarayon matnni o‘qish (o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil o‘qishi) va matn bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy va ijodiy faoliyat ustuvor o‘rin tutishi kerak. Innovatsion konsepsiya o‘quvchi va o‘qituvchi ijdokorligidan ilhomlansada, adabiyot tarixidan va nazariyasidan ma’lum darajada bilim o‘zlashtirishni istisno qilmaydi. Real o‘quv dasturida bu komponentlarning muvozanati adabiyotni estetik ta’lim sifatida taqdim etishga yordam beradi. An’anaviy adabiyot o‘qitish konsepsiyasi asosan adabiyot haqidagi bilimlarga, faktlar va ma’lumotlarni yod olishga qaratilgan bo‘lsa, innovatsion konsepsiya bunga qo‘shimcha ravishda san’atni shaxsiy tajribada boshdan kechirishga, ya’ni o‘qish va ijod qilishga yo‘naltiriladi. An’anaviy adabiyot o‘qitish yondashuvi aniq bir qolip shaklida xarakterlanadi. Unda o‘quvchilar passiv bo‘lib, matnning syujeti, muallifning hayoti va asarlardan biri yoki bir nechtasining oddiy talqini bilan tanishtiriladi. Adabiyot darslaridagi ijodiy ifoda o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashga hissa qo‘shishi mumkin. Ijodiy mahsulot ko‘plab shakllarda amalga oshirilishi 336 mumkin: matnlar bilan ijodiy ishlash, ularni talqin qilish, hattoki didaktik o‘yinlar orqali. Ijodiy ifodaviylik adabiyot darslarining maqsadlari sifatida o‘qish, bilim olish va ijodni maqsadli va tizimli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi deya qaraladi. Adabiyot o‘qitish jarayoni 2 xil yondashuv asosida shakllantiriladi va buni an’anaviy va innovatsion adabiyot o’qitish metodikasi deya atash mumkin: Adabiyot o‘qitishda an’anaviy usul Adabiyot o‘qitishda innovatsion usul Matn – yordamchi vosita Matn – estetik va ta’limiy vosita Rasmiy tafakkur Funksional tafakkur O‘quvchilar passiv O‘quvchilar faol Mazmuniy xususiyatga e’tibor Mohiyatga e’tibor Tarixiy bilimlar ustun Nazariy yoki teng ulushdagi bilimlar Aniq faktlarga urg‘u Bilim va tasavvurga urg‘u Maqolaga xulosa qiladigan bo‘lsak, adabiyot o‘qitishning innovatsion konsepsiyasi yaratish va asosiy markazda o‘quvchi bo‘lgan ta’lim yondashuvlariga suyanadi. Shu sababli ham asosiy e’tibor mazkur fanni o‘quvchilar, ya’ni o‘quvchilarning o‘zi, kitobxonlarga qaratilgan. Farzandlarini har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashni maqsad qilgan har bitta xalq uchun adabiyot buning samarali vositasi hisoblanadi. Shu sababli ham adabiyot o‘qish va o‘qita bilish juda muhim jarayon hamda ta’limning tojidir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mok S. S. Educational psychology & pedagogy: Learner and learning environment. – Kuala Lumpur: Pelanduk Publications, 2008. – 268 p. 2. Lederbuchová L. Literatura ve škole. Četba žáka a didaktická interpretace uměleckého textu v literární výchově na 2. stupni základní školy a v odpovídajících ročnících víceletého gymnázia. – Plzeň: Západočeská univerzita, 2010. – 188 s. 3. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/maqolalar/adabiyot-yashasa-millat-yashar 4. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/hikmatlar/abdulla-qahhor-adabiyot-va-hayot-haqida