ONOMASTIK BIRLIKLARNI O'QITISHDA LISONIY XUSUSIYATLARI LINGUISTIC FEATURES IN THE TEACHING OF ONOMASTIC UNITS
Full text
353 ONOMASTIK BIRLIKLARNI O‘QITISHDA LISONIY XUSUSIYATLARI LINGUISTIC FEATURES IN THE TEACHING OF ONOMASTIC UNITS Xusanova Maksuda Nishonovna Renessans ta’lim universiteti v.b.dotsent, f.f.f.d DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932903 Annotatsiya: Mazkur tezisda onomastik birliklarning (antroponim, toponim, etnonim, teonim, zoonim, kosmonim va boshqalar) darsliklarida qo‘llanilishining tilshunoslik hamda ta’limiy ahamiyati tahlil qilinadi. Onomastik birliklarning o‘quvchilarning til madaniyati, tarixiy tafakkuri va milliy o‘zlikni anglash jarayoniga ta’siri yoritiladi. Kalit so‘zlar: onomastika, antroponim, toponim, darslik, ona tili ta’limi, milliy identifikatsiya. Abstract: This thesis analyzes the linguistic and educational significance of the use of onomastic units (anthroponym, toponym, ethnonym, theonym, zoonym, cosmos, etc.) in school textbooks. The influence of onomastic units on the process of students' language culture, historical reflection and national self-perception is highlighted. Keywords: onomastics, anthroponym, toponym, textbook, mother tongue education, national identity. Kirish. Onomastika fani atoqli nomlarni olgan obyektlarning toifalariga ko‘ra quyidagi guruh (bo‘lim)larga ajratadi: antroponimiya-kishilarning atoqli nomlari (ismlari, familiyalari, ota ismlari, laqablari, taxalluslari), toponimiya-geografik obyektlarning atoqli nomlari, teonimiya-turli diniy tasavvurlar bo‘yicha xudolar, ma’budlar, diniyafsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlari, zoonimiya-hayvonlarga qo‘yiladigan (shartli) atoqli nomlar, laqablar, kosmonimiya-fazoviy bo‘shliq hududlari, gallaktikalar, burjlar va boshqalarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlari, astronimiya-ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar) nomlarining kelib chiqishi va ma’nosi o‘zida ifodalaydi[3,43]. Shuningdek, tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qo‘llagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, derivatsion (yasalish, shakllanish), semantik, etimologik kabi jihatlarini ham o‘rganadi. Ma’lumki, oʻzbek tilida onomastik birliklarning deyarli barcha asosiy tiplari mavjud bo‘lib, bu oʻzbek tili onomastik tizimining boy va juda serqirra ekanidan darak beradi[3,6]. Oʻzbek tilining atoqli otlari tizimi va unga kiruvchi onomastik birliklar maktab darsliklarining xalq og‘zaki ijodi, badiiy adabiyot matnlarida, shoir va yozuvchilar avtobiografiyasida, ona tili darsliklarining mashqlarida qo‘llangan. Maktab darsliklarida onomastik birliklardan foydalanish o‘quvchilarga til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, tarixiy-madaniy ma’lumotlarni egallash, matnni chuqur idrok etish imkonini beradi. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq
354 yozuvchisi– bu oliy unvonlar Said Ahmadning el-yurt oldidagi buyuk xizmatlarining xalq tomonidan, davlat tomonidan e’tirof etishidir[1,23]. Insonning aqliy, gʻoyaviy, badiiy, madaniy, maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida shakllangan hamda taʼsis etilgan unvon, orden, medal va mukofotlarning nomlari atoqli otlar dignitonimlardir. Radioda konsert bo‘lyapti.“Endi “Cho‘li Iroq”ni tinglang”[1, 19]. Musiqa sanʼat asarlarining (kuy, ashula, qoʻshiq va b.) atoqli oti[2,33]. Onomastik birliklar o‘quvchilarga o‘zbek tili, tarix, geografiya va madaniyat haqida ham tushuncha beradi. Toponimika haqida eshitganmisiz? Bu fan geografik nomlarning kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Albaniya –“Tog‘lilar yeri”, Argentina- “Kumush” [1, 57]. Toponim haqida qisqa ma’lumot berilgan. Matnlarda O‘zbekiston, Toshkent, Qashqadaryo, Olmaota, Andijon, Marhamat, Samara–Chemkent, Tojikiston, Qozog‘iston, Mirzacho‘l, Oqtepa kabi joy nomlar uchraydi. Antroponimlar– shaxs (inson)ning atoqli otidir. Antroponimlar makrokoʻlamiga kiradigan ismlar, laqablar, taxallus va familiyalar tashkil topgan atoqli otlardir. Shuningdek, matnlarda antroponimlar ko‘p qo‘llangan. Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Muso al Xorazmiy kabu taxalluslar, Ziyo shohichi, Dilmurod po‘shta kabi laqablar, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf kabi ism familiyalar uchraydi. Xulosa qilib aytganda, onomastik birliklar o‘quv o’quvchilarga axborot berib, tarixiy, geografik va madaniy bilimlarni boyitadi; estetik – matnning badiiy ta’sirchanligini oshiradi, tarbiyaviy – o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantiradi; kognitiv – o‘quvchilar tafakkurini, tahlil qilish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Darsliklarda onomastik birliklarning to‘g‘ri va izchil qo‘llanishi til madaniyatini rivojlantirish, mantiqiy fikrlashni kuchaytirish va so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qiladi. Shu sababli, darslik mualliflari onomastik materiallarni tanlashda ularning yoshga mosligi, ma’naviy-tarbiyaviy yuklamasi hamda madaniy qadriyatini hisobga olishlari zarur. Onomastik birliklar maktab darsliklarining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular o‘quvchilarning til bilimini chuqurlashtirish, tarixiy ongini kengaytirish va milliy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shu bois kelgusida darsliklarda onomastik birliklarning o‘rni va mazmunini tizimli o‘rganish hamda ularni metodik jihatdan asoslab berish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mengliyev B, Sh.Toshmirzayeva, S. Atoyeva, S. Majidova.Ona tili. 11-sinf. Darslik, 2020. 2. Begmatov E.A. Oʻzbek tili antroponimikasi. – Toshkent: Fan, 2013. – 33 b 3. Enazarov T., Xusanova M.Oʻzbek nomshunosligi.-Toshkent, 2015. – 43b. 4. Avloqulov Ya.I. Oʻzbek tili onomastik birliklarining lingvistik tadqiqi: Filol. fan. nom. ... diss. avtoref. – Toshkent, 2012.