TILNI O'RGATISHDA DINAMIK-KOMPLEKS TIZIM NAZARYASI VA TOLERANT YONDASHUV
Full text
370 TILNI O‘RGATISHDA DINAMIK-KOMPLEKS TIZIM NAZARYASI VA TOLERANT YONDASHUV Nazaraliyeva Marxabo Xayitboyevna RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi v/b dotsenti ps.f.f.d. (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932930 Annotatsiya: Ushbu maqola tilni o‘rgatishda psixologik va tolerant yondashuvlarning integratsiyasi masalasini ko‘rib chiqadi. Dinamik-kompleks tizim nazariyasi (CDST) asosida til o‘rganishning murakkab, o‘zgaruvchan va individual tusga ega jarayon ekani tushuntiriladi. Tolerant yondashuv orqali madaniy va shaxsiy farqlarga hurmat, psixologik xavfsizlik va emotsional qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: til o‘rgatish, psixologik yondashuv, tolerantlik, CDST, motivatsiya. Аннотация: В данной статье рассматривается интеграция психологического и толерантного подходов в обучении языкам. На основе теории сложных динамических систем (CDST) изучение языка представляется как сложный, изменчивый и индивидуализированный процесс. Подчеркивается важность уважения культурных и личных различий, психологической безопасности и эмоциональной поддержки в рамках толерантного подхода. Ключевые слова: oбучение языку, психологический подход, толерантность, CDST, мотивация. Annotation: This article explores the integration of psychological and tolerant approaches in language teaching. Based on the Complex Dynamic Systems Theory (CDST), language learning is described as a complex, dynamic, and individualized process. The importance of cultural and personal respect, psychological safety, and emotional support is emphasized within the tolerant approach. Keywords: language teaching, psychological approach, tolerance, CDST, motivation. Til o‘rgatish — bu nafaqat grammatik bilimlarni uzatish, balki o‘rganuvchining shaxsiy xususiyatlari, psixologik holati va ijtimoiy madaniy muhitini hisobga olgan holda murakkab o‘quv jarayonidir. Zamonaviy til o‘qitish metodikalari psixologiya, pedagogika va madaniyatlararo kompetensiyani o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, globallashuv va ko‘p tillilik sharoitida tolerant (bag‘rikeng) yondashuv til o‘rganishda muhim psixologik va ijtimoiy omil sifatida ajralib turadi. A.G.Asmolov nuqtai nazaridan qaraganda tolerantliklik mustahkam qoida yoki iste’mol uchun tayyor retsept sifatida,ayniqsa jazolash uchun majburiy talab emas, aksincha shaxsning ma’suliyatli tanlovi – hayotga qadriyatli tolerantlik asosidagi yondashuvi bo‘lib hizmat qilishi lozim. Olim “Tolerantlik” tushuncha mazmunida uchta asosiy jixatni ajratadi: -chidamlilik, bardoshlilik bilan bog’liqligi
371 -sabr-toqatliylik bilan bog’langanligi -ijozat, ijozat berish, rad etishga ruhsat berish bilan Aynan shu jihatlar til o’rganishda muhim omil bo’lib hizmat qilishini aytrib o’tishimiz zarur. Bugungi ta’lim muhitida, ayniqsa, xorijiy til o‘rgatishda o‘quvchilarning milliy, madaniy, diniy va shaxsiy farqlari yuksak darajada ahamiyat kasb etmoqda. Bu farqlarga hurmat bilan yondashish, diskriminatsiyasiz va psixologik xavfsiz muhit yaratish tolerant yondashuvning asosiy maqsadidir.Tolerant yondashuv ushbu psixologik tamoyillar asosida namoyon bo’ladi. • Empatiya – o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini tushunish va hurmat qilish; • Aloqadorlik tuyg‘usi – har bir o‘quvchi jamoaning muhim a’zosi ekanligini his qilish; • Madaniyatlararo sezuvchanlik – til bilan birga turli madaniyatlarni tan olish va qadrlash; • Identifikatsiyaga hurmat – o‘quvchining o‘z tilini, diniy yoki milliy o‘ziga xosligini himoya qilish imkonini berish. Bundan tashqari psixologik yondashuvlar til o‘rganish jarayonini inson tafakkuri, hissiyotlari va motivatsiyasi orqali tushuntirib berishga hizmat qiladi. Ular orasida quyidagi asosiy yondashuvlar mavjud: • Motivatsion nazariya – o‘rganishga bo‘lgan ichki va tashqi rag‘batlar, shaxsiy maqsadlar o‘rganish muvaffaqiyatiga ta’sir qiladi. • Affective Filter gipotezasi– yuqori stress, xavotir va qo‘rquv til o‘zlashtirishni sekinlashtiradi. • Kognitiv yondashuvlar – til o‘zlashtirishni inson miyasining axborotni qabul qilish va saqlash qobiliyati bilan bog‘laydi. • Processibility nazariyasi–til birliklari qaysi tartibda o‘zlashtirilishi mumkinligini tushuntiradi. Bu yondashuvlar ko‘plab muammolarni izohlasa-da, ular ko‘pincha statik va umumlashtiruvchi bo‘lib, har bir o‘quvchining individual o‘zgaruvchanligini, kontekstni va vaqt bo‘yicha dinamikani yetarlicha inobatga olmaydi.Tolerant yondashuv psixologik barqarorlikni ta’minlab, til o‘rganishda xavotir darajasini pasaytiradi, o‘quvchining o‘z fikrini erkin bildirishiga imkon yaratadi va ijtimoiy muloqot qobiliyatini rivojlantiradi.Bu yondashuvlar ko‘plab muammolarni izohlasada, ular ko‘pincha statik va umumlashtiruvchi bo‘lib, har bir o‘quvchining individual o‘zgaruvchanligini, kontekstni va vaqt bo‘yicha dinamikani yetarlicha inobatga olmaydi.Shu o’rinda Dinamik-kompleks tizim nazariyasi (CDST) — til o‘rganishni bir vaqtning o‘zida ko‘plab omillar: psixologik, ijtimoiy, emotsional va madaniy
372 omillar o‘zaro bog‘langan va vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan tizim sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. CDSTquyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: • O‘zaro bog‘liqlik – o‘quvchi, o‘qituvchi, o‘quv muhit va vaqt omili bir-biriga ta’sir qiladi; • Moslashuvchanlik – til o‘rganuvchilarning ehtiyojlari, his-tuyg‘ulari va rivojlanish tezligi turlicha bo‘ladi; • Noaniqlik va stoxastiklik – til o‘zlashtirish chiziqli emas, orqaga qaytishlar (regressiya), to‘xtashlar (plateau) bo‘lishi mumkin; • Samarali psixologik muhit – xatolardan qo‘rqmaslik, fikr bildirish erkinligi, psixologik xavfsizlik o‘rganish samaradorligini oshiradi. CDST asosida o‘qituvchi har bir o‘quvchining til o‘rganish yo‘lini shaxsiylashtiradi, emotsional va motivatsion o‘zgarishlarni kuzatib boradi, darslarni turli uslubda olib boradi (ko‘rinishli, muloqotga asoslangan, tajriba asosida) Tilni o‘rganishda psixologik va tolerant yondashuvlarni birlashtirish orqali quyidagi metodikalar joriy etilishi mumkinligi ham diqqatimizni tortadi.Bularga: 1.Shaxsga yo‘naltirilgan darslar-O‘quvchi individual qobiliyatlari, o‘rganish uslubi va qiziqishlariga qarab o‘rgatiladi. Har bir o‘quvchi o‘ziga mos strategiyalar bilan til o‘rganadi. 2.Psixologik qulaylikka urg‘u berish-Xatolarga ijobiy munosabat, motivatsion qayta aloqa, sinfdagi do‘stona muhit va muloqotga ochiqlik o‘quvchini ruhlantiradi. 3.Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish-Til darslariga boshqa madaniyatlar, an’analar, qadriyatlar haqida bilimlar kiritish o‘quvchining ko‘z qarashini kengaytiradi va tolerantlikni shakllantiradi. 4. Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash-O‘quvchi o‘z o‘rganish jarayonini baholashga o‘rganadi: nima o‘rgandi, qaysi qiyinchiliklar bor, qanday his qilmoqda. 5. Emotsional va motivatsion monitoring-O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchilarning emotsional holatini kuzatadi, rag‘batlantiruvchi metodlardan foydalanadi, zarurat bo‘lsa, psixologik yordam choralarini ko‘radi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki til o‘rgatishda samaradorlikka erishish uchun nafaqat lingvistik bilimlar, balki o‘quvchilarning psixologik holati, madaniyati va shaxsiyati ham inobatga olinishi zarur. Dinamik-kompleks tizim nazariyasi orqali bu jarayonni murakkab, o‘zgaruvchan va shaxsiylashtirilgan shaklda tushunish imkoniyati yaratiladi. Tolerant yondashuv esa o‘quvchilar o‘rtasida tenglik, hurmat va madaniyatlararo hamjihatlikni ta’minlaydi.Psixologik va tolerant yondashuvlarni integratsiya qilish orqali til o‘rganish nafaqat samarali, balki insoniylik va qadriyatlarga asoslangan chuqur jarayonga aylanadi.
373 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ibrohimova, M. (2021). Til o‘rgatishda individual yondashuvlar va tolerant muhitning o‘rni. Ta’lim va innovatsiya jurnali. 2. Council of Europe. (2001). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment. 3. Nazaraliyeva Marxabo Xayitboyevna (2024).Tolerantlik namoyon bo‘lish muammosining nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilganligi.Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari 5-son 4. Yang, J. (2021). Revisiting Research Methods in Language Learning Psychology From a Complexity Dynamic System Theory Perspective. Frontiers in Psychology. 5. Banaruee, H., Khatin-Zadeh, O., & Farsani, D. (2022). The challenge of psychological processes in language acquisition: A systematic review. Cogent Arts & Humanities. 6. Юсупова, Д. Ш. (2022). Толерантность в образовании и ее влияние на мотивацию обучения. Journal of Education and Development.