scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA'LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI – PISA, PIRLS, TIMSS

G'afur Eshmonov

Full text

374 TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI – PISA, PIRLS, TIMSS G‘afur Eshmonov Renessans ta’lim universiteti dotsenti, f.f.n.. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932942 Annotatsiya: Xalqaro baholashning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni. Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish natijasida ta’limga innovatsion yondashuvlarning bugungi kun ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalar o‘rganib chiqildi. Xususan, o‘qish va tushunish dunyoda ta’lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta’limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarordan maqsad respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchiyoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodi va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishdir. Dunyo ta’lim tizimida tan olingan va juda ko‘plab mamlakatlarda joriy etilgan xalqaro baholash dasturlari quyidagilar: - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini 375 baholash; - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash; - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun. PISA - o‘quvchilarni ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o‘quvchilar ta’lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta’lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Birgina 2015-yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta’lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta’lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tatbiq etilmoqda. TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiasiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida 376 to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015-yil TIMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999-yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan. Umuman olganda mamlakatimizda aynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta’lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi” yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o‘zlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab qo‘ymoqda. Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori mana shunday muammolarni bartaraf etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. O‘qish savodxonligini baholash. Bugungi kunning dolzarb vazifasi o‘quvchilarimizni yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, savodxon va ijodkor, eng asosiysi, xalqaro baholash dasturlari talablariga to‘la javob beradigan qilib tarbiyalash, o‘quvchilarimizda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi. Insonning yozma matnni tushunish va undan foydalana olish qobiliyati, u haqida fikr yuritish va oʻz maqsadiga erishish uchun oʻqish bilan shugʻullanishi, oʻz bilim va imkoniyatlarini kengaytirishi ijtimoiy hayotda ishtirok etishidir. Oʻqish savodxonligida oʻquvchilar axborotni topish va ajratib olish, integratsiyalash va sharhlash, matndan tashqari bilimlarga tayanish, tushunish va baholash, matnning mazmunini anglash kabi konikmalarni hosil qiladi. 377 O‘qish savodxonligi - insonning yozma matnlarni tushunib, ular haqida fikr yuritish qobiliyati, bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamiyatda faol ishtirok etishida, mustaqil hayotda o‘z maqsadlariga erishishida matn mazmunidan, undan olingan ma’lumotlardan foydalana olishidir. Shunday qilib, o‘qish savodxonligi atamasi keng mazmunga ega. Ushbu sinov o‘qish texnikasini aniq tekshirish uchun mo‘ljallanmagan. Tadqiqotning maqsadi “o‘qish savodxonligi” qobiliyatiga zamonaviy tasavvurni, yondashuvni namoyon etadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, o‘rta umumta’lim maktabi bitiruvchisi matnlarni tushunishi, ularning mazmunini aks ettirishi, ularning mazmuni va qiymatini baholashi, o‘qiganlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini ifodalay olishi kerak. Bu turli vaziyatlar aks etgan matnlar asosida “o‘qish savodxonligi”ni sinovdan o‘tkazishdir. O‘quvchilarga turli жанрлардаги taqdim etiladi: san’at asarlari, tarjimayi hollar, ko‘ngilochar matnlar, shaxsiy xatlar, hujjatlar, gazeta va jurnallardan maqolalar, ko‘rsatmalar, reklamalar, xaritalar va boshqalar. Ular axborot berishning turli shakllaridan foydalanadilar: diagrammalar, chizmalar, xaritalar, jadvallar va grafikalar. Demak, “o‘qish savodxonligi” tushunchasi o‘z maqsadiga ko‘ra, insonning yozma matnlarni tushunish qobiliyatini va ular haqida fikr yuritishni, o‘z maqsadlariga erishish uchun uning mazmunidan foydalanish bilan bilim va qobiliyatlarini rivojlantirishni va jamiyatda faol ishtirok etishni taklif qiladi. Ushu ta’rifdagi har bir tushuncha muhim ahamiyatga ega. “Savodxonlik” so‘zi o‘quvchilarni o‘qishga o‘zlarining kelajakdagi rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish vositasi sifatida qarashga yo‘naltiradi. Bu ta’limni davom ettirish, mehnat faoliyatiga tayyorgarlik, jamiyat faoliyatida ishtirok etishdir. Konsepsiyaning tarkibi quyidagi belgilardan tashkil topadi: tushunish, qayta bog‘lanish va foydalanish. Ular o‘zaro bog‘liq hamda bir-birini to‘ldiradi, boyitadi. Matn mazmuni yoki tuzilishi haqida o‘ylash ushbu mazmunning o‘quvchining shaxsiy idrok borlig‘iga aylanishi, o‘tishidir. Faqat bunda biz matnni tushunish bilan turli xil kommunikativ muloqoti jarayonida shaxsning uning mazmunidan, tarkibidan foydalana olishi, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ishtirok etish imkoniyatlarini tekshirishni nazarda tutamiz. “Yozma matn” tushunchasi tabiiy tildan foydalangan holda yoziladigan qo‘lyozma yoki displeyda ifodalangan matnlarni anglatadi. Bunday matnlar diagrammalar, rasmlar, xaritalar, jadvallar, grafikalar ko‘rinishidagi tasvirlarni o‘z ichiga olishi mumkin ( filmlar, televizor tasvirlari, animatsiyalar, so‘zsiz tasvirlar axborotni qabul qilishning boshqa strategiyasini talab qiladi). Vizual tasvirlarni o‘z ichiga olishiga qarab matnlar yaxlit (suratlarsiz) va suratlar vositasida bo‘lish 378 mumkin. Shu bilan birga, tasvirlar alohida-alohida, mustaqil ravishda taqdim etilishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mejdunarodnaya programma PISA. Primerы zadaniy po chteniyu, matematike i yestestvoznaniY. Sostaviteli: Kovaleva G.S., k.p.n., Krasnovskiy E.A., k.p.n., Krasnokutskaya L.P., k.f.-m.n., Krasnyanskaya K.A., k.p.n. © Sentr osenki kachestva obrazovaniya IOSO RAO, 2003 g., © Nasionalnыy Fond pod gotovki kadrov, 2003 General_Read 2019. 2. Vebinar: “Osenka chitatelskoy gramotnosti v ramkax mejdunarodnogo issledovaniya . PISA-2018” Moskva, 16 marta 2018 g. 3. http://www.allbest.ru – Internet resurslari elektron kutubxonasi 4. http://khanakademy.org – Xon akademiyasi masofaviy ta’lim portal 5. http://centeroko.ru.