scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BELBOG'LI KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK USULLARNI RIVOJLANTIRISHDA JISMONIY SIFATLARNING O'RNI

O.M.Artiqova

Full text

392 BELBOG‘LI KURASHCHILARNING TEXNIK-TAKTIK USULLARNI RIVOJLANTIRISHDA JISMONIY SIFATLARNING O‘RNI O.M.Artiqova Alfraganus universiteti о‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17932969 Annotatsiya. Mazkur maqolada kurash turlari bo‘yicha texnik-taktik usullarni qо‘llashda kо‘proq qaysi jismoniy sifatlardan foydalanish samaradorligi va uning natijaviylikka ta’siri tahlili yoritilgan. Kalit sо‘zlar: belbog‘, kurash, musobaqa, kiftlash, texnik usullar, malakali kurashchilar. Аннотатсий. В данной стате проведен анализ эффективности исползования скоростних технических приемов в соревнованиях по борбе на поясах и ее влияние на резултати. Ключевие слова: борба на поясах, соревнование, технические приеми, висококвалифитсированние борси. Dunyo maydonlarida kurash sport turlari boʻyicha oʻtkazilayotgan musobaqalarda raqobatning keskinlashib borishi tufayli mazkur sport turlaridan xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritish uchun koʻp yillik tayyorgarlik jarayonida samarali usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kurash sport turlari (belbog‘li kurash, dzyudo, kurash va yunon-rum kurashi) insonni nafaqat jismoniy, balki ahloqiy kamolotga erishishida ham muhim omillardan biriga aylanmoqda. Biroq sportchilarni har tomonlama tayyorlash, jumladan, oʻquv-mashgʻulot guruhlarida shugʻullanuvchi kurashchilarning harakat ko‘nikmalarini shakllantirishni ilmiy-metodik jihatdan chuqur tadqiq qilish muammolarni hal etishga qaratilgan ilgʻor uslublarni ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Jahonda kurashchilarni tayyorlash nazariyasi va amaliyotida kamol topgan sportchilarining mashgʻulotlarini rejalashtirish, texnik-taktik usullarni oqilona oʻzlashtirishga yordam beruvchi eng maqbul vosita va usullarni ishlab chiqish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shugʻullanuvchilarning yoshga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning jismoniy, texnik-taktik va funksional tayyorgarligini rivojlantirish va hozirgi kunda raqobatning keskin oshib borishi natijasida kurashchilarga zamonaviy texnologiyalar asosida mashgʻulotlarni o‘tkazish yuzasidan ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish taqozo etilmoqda. Shu bilan birga, kurashchilarning har bir texnik usulni bajarishdagi xato va kamchiliklarini sportchiga koʻrsatgan holda toʻgʻirlab bajarish yuzasidan koʻrsatmalar berib borilsa, kurashchilarning musobaqalardagi samaradorligi ortadi. Biroq bugungi kunda 393 kurashchilarida harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish ilgʻor davlatlar tajribasini tadqiq etish zaruratini tugʻdirmoqda. Respublikamizda kurashchilarning tayyorgarlik turlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan professional sportga iqtidorli sportchilarni saralash borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois vatanimizda kurash sport turlarini ommalashtirish va yoshligidan kurash turlari bilan shugʻullantirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Kurash texnikasi kurashchi mahoratining asosi hisoblanadi va koʻp jihatdan uning imkoniyatlarini belgilab bermoqda. “Kurashni ommalashtiri, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosida sport turiga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish” kabi vazifalarni belgilab bermoqda. Bugungi kunda yoshlarimizning erishgan yutuqlari kurash sport turlarida sezilarli darajada ortmoqda. Jumladan, belbog‘li kurash, dzyudo, kurash va yunon-rum kurashi sport turlarida ham Oʻzbekiston bayrogʻini jahon sport maydonlarida baland koʻtarib kelayotgan yosh sportchilarimizni soni kun sayin ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarda kurashchilar tomonidan musobaqa mashqlarini texniktaktik mahorat bilan amalga oshirishni takomillashtirishda majmuaviy yondashuv uslublaridan foydalanish tavsiya etilgan. Biroq kurashchilarning texnik-taktik xususiyatlarini o‘rganish bugungi kunda sportchilar tayyorlash tizimining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 20-iyundagi PQ286 “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, 2022-yil 29-iyuldagi PQ-336-sonli “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2024-yil 20-dekabrdagi PQ-450-son “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, qarorlari hamda shu sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Kurashda sportchining texnik harakatlari ko’p va turli-tumanligi sababli u boshqa sport turlaridan farq qiladi. Kurashchining texnik harakatlarini tartibga solish va ushbu sohada mutaxassislar o’rtasida muloqot qilish imkonini yaratish uchun kurash texnikasining tasniflash, tizimlashtirish hamda ularning atamalari ishlab chiqilgan. Belbog’li kurash tasnifi va tizimlashtirish vazifasi kurash mohiyatini aks ettirish hisoblanadi. Tasniflash va tizimlashtirishning tushunchalarni (o’tkazish, yiqitish, tashlash va h.k.) aniqlash boyicha oldindan ish bajarilmasdan turib, amalga 394 oshirilmaydi.Yaxshi tuzilgan tasniflash ilmiy asoslangan terminlarni yaratish uchun asos bo’lib hisoblanadi. 2-rasm. Belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni rivojlantirishda qaysi sifatlarga ko‘proq e’tibor berish kerak degan savoliga olingan javoblar natijalari. (n=35) Belbog‘li kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni rivojlantirishda qaysi sifatlarga ko‘proq e’tibor berish kerak degan savoliga olingan javoblar natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan anketa-so‘rovnomada n=35 nafar murabbiylardan ishtirok etib ularning 30% barcha jismoniy sifatlarni rivojlantirish, 37% tezkor-kuch sifatini rivojlantirish, 15% tezkor-kuch chidamliligini sifatini rivojlantirish hamda 18% respondentlarimiz egiluvchanlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish kerak degan javob bilan kifoyalangan. 395 3-rasm. Kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni rivojlantirishda qaysi sifatlarga ko‘proq e’tibor berish kerak degan savoliga olingan javoblar natijalari. (n=34) Kurashshi murabbiylarida mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik usullarni rivojlantirishda qaysi sifatlarga ko‘proq e’tibor berish kerak degan savoliga olingan javoblar natijalari bo‘yicha anketa-so‘rovnomada n=34 nafar murabbiylar ishtirok etishdi va 24% barcha jismoniy sifatlarni rivojlantirish kerak, 28% tezkor-kuch sifatini rivojlantirish kerak, 31% tezkor-kuch chidamlilik sifatini rivojlantirish kerak degan bo‘lsa hamda 17% respondentlar egiluvchanlik va chaqqonlik sifatini rivojlantirish kerak degan javob bilan yakunlashgan. Xulosa. Bu borada bir qator ilmiy tatqiqotlar o‘tqazib kelinmoqda. Tatqiqot natijalari asosida kurashchiga xos ustuvor jismoniy sifatlarni praporsional tartibda rivojlantirish va ularni qarshi xujumda qo‘llaniladigan texnik usullarni barbod qilishga mos taktik elementlar shakllantirib borilmoqda. Ayni kunda belbog‘li kurashchilar mashg‘ulotlarini, unda qo‘llaniladigan jismoniy va texnik mashqlarni inovatsion texnalogiyalar asosida shaklantirish sirlarini ochib beruvchi maxsus o‘quv qo‘llanmalarni tayorlash kerakligini bildiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Artikov Z.S. Belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlar yordamidan foydalanish uslubiyati. /diss. .p.f.b.f.d.,CH., 2023. – 30 b. 2. Mirzaqulov SH.A. Yosh belbog‘li kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi. / Xalqaro ilmiyamaliy anjuman “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy muammolari”, II qism. Toshkent, 2015, - B. 83-84. 3. Mirzaqulov Sh.A. Belbog`li kurash nazariyasi va uslubiyati., T., 2014. Barcha jismoniy sifatlarni rivojlantirish 24 % Tezkor-kuch sifatini rivojlantirish 28 % [ИМЯ КАТЕГОРИИ][И МЯ [ИМЯ КАТЕГОРИИ][И МЯ KURASHCHILARNING MASHG‘ULOT JARAYONIDA TEXNIKTAKTIK USULLARNI RIVOJLANTIRISHDA QAYSI SIFATLARGA KО‘PROQ E’TIBOR BERISH KERAK?