scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISHNING RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI

Saidaxmedova, Dilafruz; Mamadiyorova, Ruxshona

Abstract

Maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarishning rivojlanish bosqichlari va uning mohiyati o’rganilgan. Shuningdek, innovatsion boshqaruv nuqtai nazaridan ―Innovatsiya‖ iqtisodiy kategoriyasining mohiyati, sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruvni tashkil etish, korxona innovatsion boshqaruvining tashqi strategik maqsadlari korxonalarda innovatsion boshqaruvning darajalari ochib berilgan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 99 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISHNING RIVOJLANTIRISHNING MOHIYATI Saidaxmedova Dilafruz Jizzax politеxnika instituti “Iqtisodiyot va mеnеjmеnt” kafеdrasi dotsenti [email protected] Mamadiyorova Ruxshona Jizzax politexnika institute Kibersport fakulteti 511-22 M guruh talabasi [email protected] Annotatsiya: Maqolada sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarishning rivojlanish bosqichlari va uning mohiyati o’rganilgan. Shuningdek, innovatsion boshqaruv nuqtai nazaridan ―Innovatsiya‖ iqtisodiy kategoriyasining mohiyati, sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruvni tashkil etish, korxona innovatsion boshqaruvining tashqi strategik maqsadlari korxonalarda innovatsion boshqaruvning darajalari ochib berilgan. Kalit so„zlar: innovatsiya, postindustrial, samaradorlik, texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish, ―fraskati qo‗llanmasi‖ va ―oslo qo‗llanmasi‖. Innovatsion boshqaruvning tub mohiyatini ochib berishda avvalo innovatsiya atamasining lug‗aviy ma‘nosi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi ta‘riflarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Innovatsiya atamasi inglizcha «innovations» so‗zidan olingan bo‗lib, lug‗aviy jihatdan kiritilgan yangilik, ixtiro degan ma‘noni anglatadi. Jumladan, innovatsiyalar fan-texnika yutuqlari va ilg‗or tajribaga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, ularni turli soha va faoliyat doiralarida qo‗llanilishini anglatadi [1]. Iqtisodiy munosabatlar tizimida innovatsiyalar deb, yangi ko‗rinishdagi mahsulot (tovar, ish, xizmat) yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonlarining yangi ko‗rinishini joriy qilinishini yoki ushbu jarayonlarning takomillashtirilishini, biznes yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish o‗rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalar o‗rnatilishini o‗zida mujassamlashtirgan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi hisoblanadi [7]. Iqtisodiy adabiyotda ―innovatsiya‖ iqtisodiy kategoriyasi ilmiy-texnik taraqqiyotning potensial yangi mahsulot va texnologiyalarda real namoyon bo‗lishi sifatida tavsiflanadi [13]. Jumladan, innovatsiya – jamiyat rivojlanishi bilan o‗zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonlarini o‗zidamujassamlashtiradi [1]. Shu bilan bir qatorda, innovatsiya bu ma‘lum bir bozor ijtimoiy ehtiyojini qondirish asosida ma‘lum bir iqtisodiy samara (tadbirkorlik foydasi, korxona qiymatining oshishi) olish maqsadida sanoat korxonasi faoliyatiga yoki ularning kombinatsiyasiga kiritilgan yangilik (mahsulot, xizmat, texnologiya) [16] hisoblanadi. Xalqaro standartlarga ko‗ra, innovatsiya bozorda joriy etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo‗llaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yohud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashuv ko‗rinishidagi innovatsion faoliyatning pirovard natijasi hisoblanadi [1]. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 100 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Innovatsion boshqaruvni tashkil etish amaliyotida innovatsiya atamasi aksariyat holatlarda ―innovatsiyalarni investitsiyalash‖ bilan bog‗liq bo‗ladi. Bunda innovatsiya (novatsiya, yangilik) tushunchasi ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi yangiliklarni joriy etish bo‗yicha intellektual faoliyat natijasi hisoblanib, uning quyidagi belgilarini ajratib o‗tish mumkin bo‗ladi: [7] yanglik, ya‘ni yangi sifat ko‗rsatkichlari; yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish orqali iste‘molchilar nuqtai nazaridan naflilik va xavsizlik darajasining ortishiga erishish; yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish; korxona yoki mahsulotning raqobatbardoshligi ko‗rsatkichining takomillashuvi. Iqtisodiy adabiyotda innovatsiya iqtisodiy kategoriyasiga bag‗ishlangan ko‗plab nazariy qarashlar shakllangan bo‗lib, 1-jadvalda keltirib o‗tilgan ilmiy qarashlar tadqiqot ishimiz obyektiga mos deb hisoblaymiz. Sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruvni tashkil etishda aksariyat hozirgi zamon iqtisodchi olimlari va amaliyotchilari innovatsiya tushunchasiga bo‗lgan o‗z yondashuvlarini shakllantirishda meyoriy xujjat sifatida ―Fraskati qo‗llanmasi‖ va ―Oslo qo‗llanmasi‖dan keng foydalanadilar [15]. Tadqiqotlarimiz natijalariga ko‗ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona boshqaruvi samaradorligini oshirish, uning raqobatbardoshligi darajasini takomillashtirish va bozordagi o‗rnini mustahkamlashda innovatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion boshqaruv – yangiliklarni ilmiy asoslangan holda boshqarish tamoyillari, shakllari, usullari, metodlari va vositalari, ularning yaratish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va bozorda yuqori natijaga erishish maqsadida yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga, resursdan samaraliroq foydalanish, bozorda salohiyat, raqobat ustunliklari va foyda olishdan oborat [11]. Fikrimizcha, innovatsion boshqaruvda sanoat korxonalarini o‗rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasini tashkil etishi zarur. Yuqorida sanab o‗tilgan to‗rt davriy rivojlanish bosqichlari tegishli vazifalarni hal etishi lozim bo‗ladi. Bunda: [11] birinchi bosqich innovatsiyalarni rejalashtirish bo‗lib, ushbu bosqichda korxonaning innovatsion rivojlanish strategiyasiga muvofiq innovatsiyalarni to‗ri rejalashtirish vazifasi hal etilishi lozim; ikkinchi bosqich innovatsioyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‗yicha tashkiliy shart-sharoitlarni aniqlashgaqaratilgan bo‗lib, Shu o‗rinda, iqtisodchi olim P.N. Zavlin tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalariga e‘tiborni qaratish maqsadga muvofiq. Olim o‗z tadqiqotlarida koxonalar innovatsion boshqaruvining quyidagi uch jihatlarini ajratib o‗tadi: [19] innovatsiyalarni boshqarish san‘ati va u bilan bog‗liq bo‗lgan fan; korxonadagi innovatsiyalar jarayonida boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyat turi; korxonaning innovatsiyalarni boshqaruvi apparati. Korxonalarning innovatsion boshqaruvining nazariy asoslarini tahlili ko‗rsatishicha, korxona boshqaruvchisi bu turdagi boshqaruvni amalgaoshirishda quyidagi talablarga javob berishi lozim bo‗ladi: [19] innovatsiyalarning mohiyatini anglab еtish va uning turlarini ajrata olish; innovatsion jarayonlarning xususiyatlarini tushunishi; korxonaning innovatsion salohiyatini to‗g‗ri baholay olishi; korxonadagi ichki va tashqi innovatsion muhitni tahlil qilish va uning tarkibiy elementlaridan samarali foydalana olishi; korxonaning innovatsion faoliyatining risklilik darajasini to’g’ri baholay olishi va uni kamaytirish bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilish. Tahlillar ko’rsatishicha, 2-rasmda tashqi muhit ta‘siridan kelib chiqqan holda korxona innovatsion boshqaruvining strategik maqsadlari tizimi ko‗rsatib o‗tilgan. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 12, 2025 101 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us Korxonaning rivojlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda innovatsion boshqaruv maqsadlari quyidagilarda o‗z aksini topadi: [12] ishlab chiqarish bosqichlari tizimini to‗liq yangilash hisobiga uning samaradorligini oshirish; korxonaning ilmiy, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatlaridan o‗zaro mutanosiblikda samarali foydalanish asosida uning raqobatbardoshligi ko‗rsatkichini oshirish. Korxonalarda innovatsion boshqaruvni tashkil etish amaliyotida ―maqsadlar daraxti‖ amal qilishini kuzatish mumkin bo‗ladi. Bunda quyi darajadagi maqsadlar o‗zidan yuqori turuvchi maqsadlarning tarkibiy qismi sifatida ularga bo‗y sunadi. Korxonaning ―innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxti‖ni shakllantirishda innovatsion boshqaruv darajalarini tahlil etish talab etiladi va maqsadlar darahti darajalari innovatsion boshqaruv darajalariga mos holda tashkil topadi. Innovatsion boshqaruv aksariyat hollarda ikki darajaga ajratiladi: [10] strategik innovatsion boshqaruv–bu korxonaning uzoq muddatli davrda iqtisodiy o‗sish va rivojlanishining strategik yo‗nalishlarini anglatadi. Innovatsion boshqaruv funksiyalari, uning darajalari o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlikdan kelib chiqqan holda, korxonaning innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini uch bosqichga ajratib o‗tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz (2-jadvalga qarang). Bu orqali innovatsion boshqaruvni amalga oshirishning komplekslilik va samaradorligi darajasining yanada ortishiga erishiladi. Jumladan, ishlab chiqarish samaradorligini, o‗z biznesining moliyaviy natijasini barqarorligini ta‘minlashga imkoniyat yaratilishi, buning natijasida sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni yanada jadallashtirish uchun yangi vositalar va resurslarni shakllanishiga hamda ilmiy tadqiqot va amaliy tadqiqotlarni olib borish imkoniyatlari ortishiga olib keladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati 1. Абулқосимов Ҳ.П. Иқтисодиѐтга оид атама ва тушунчаларнинг изоҳли луғати.– Т.: «ABU MATBUOT-KONSALT», 2017. 204 б. 2. Афонин И.В. Инновatsiонный менеджмент: Учеб. пособие. – М.: Гардарики, 2005. – 224 с. 3. Базилевич А.И. Инновatsiонный менеджмент предприятия: Учеб. пособие. – М.: ЮНИТИДАНА, 2009. – 231 с.; 4. Балабанов И.Т. Инновatsiонный менеджмент. – СПб.: Изд-во «Питер», 2001. – 304 с.; 5. Баутин В.М. Инновatsiонная экономика: содержание, место и роль инновatsiй // Известия ТСХА, выпуск 2, 2014 год/ c. 103-117.