ADABIY TA'LIMDA TESKARI TA'LIM TEXNOLOGIYASI
Full text
501 ADABIY TA’LIMDA TESKARI TA’LIM TEXNOLOGIYASI Elboyeva Mahliyo Polvonquli qizi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi; Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933121 Annotatsiya. Ushbu maqola ta’limda tizimida bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan raqamli ta’lim texnologiyalari, aralash ta’lim hamda teskari ta’lim texnologiyalarining ahamiyati va afzalliklari haqida so‘z boradi. O‘qitish tizimimizga bunday ta’lim texnologiyalarining kirib kelishi avvalo, o‘qituvchiga vaqtni tejash va ko‘proq o‘quvchi bilan ishlash imkonini beradi. Globallashuv davrida o‘quvchining qiziqishlari doirasida uni fanga qiziqtirish, qobilyatlarini ochiq ko‘rsatib berish bugungi kun pedagoglarining oldida turgan dolzarb masalalardan biriligi misollar orqali yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: texnologiya, raqamli texnologiya, virtual muhit, aralash o‘qitish, metod. Abstract. This article discusses the importance and advantages of digital educational technologies, blended learning, and flipped learning technologies, which are widely used in the education system today. The introduction of such educational technologies into our education system allows teachers, first of all, to save time and work with more students. In the era of globalization, it is highlighted through examples that one of the urgent issues facing today's educators is to interest students in science within the framework of their interests and openly demonstrate their abilities. Keywords: technology, digital technology, virtual environment, blended learning, method. Ta’limda raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ayniqsa, o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyojlariga moslashtirilgan ta'lim imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir o‘quvchi o‘ziga qulay vaqt va joyda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi, o‘qitish jarayonini masofadan turib tashkil qilish imkoniyatini yaratadi [Fozilova,2024.101]. Raqamli texnologiyalar orqali dars jarayonlari tashkillashtirilsa, ta’lim oluvchilarga ham ta’lim beruvchi o‘qituvchilarga ham bir qator imkoniyatlarga yo‘l ochgan bo‘ladi. Bugungi kunda adabiyot darslarida o‘qitishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yaxshi natija berishi bugungi kun tajribalarida yaqqol ko‘rinmoqda. Raqamli texnologiya ta’limda quyidagi qulayliklarni yaratadi: − xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi; − internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi; − ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi; − vaqt va mablag‘ sarfini keskin kamaytiradi; − “raqamli dunyo”da yo‘qolib qolmaslik va kelajakda kasb tanlashda ham ustunliklarga ega bo‘lish [ Mirzahmedova,2022.540].
502 Adabiyot darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilarning badiiy asarlarni chuqur tushunishiga, dars jarayonining yanada interaktiv va qiziqarli bo‘lishiga yordam beradi. Quyida maktab adabiyot darslarida raqamli texnologiyalarni qo‘llash usullari keltirilgan. 1. Elektron darsliklar va audiokitoblar: O‘quvchilar raqamli formatdagi darsliklar va audiokitoblardan foydalanib, darsga tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. 2. Interaktiv taqdimotlar va videodarslar: PowerPoint, Canva kabi dasturlar yordamida adabiy asarlarni vizual tarzda taqdim etish mumkin. 3. Virtual muhit va kengaytirilgan reallik (AR/VR): VR texnologiyalari orqali o‘quvchilar tarixiy davr muhitiga sayohat qilishlari mumkin. 4. Test va viktorinalar: Quizizz, Kahoot, Mentimeter kabi ilovalar orqali dars oxirida test yoki viktorinalar o‘tkazish mumkin. Bu usullar adabiyot darslarini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam beradi. Blended learning (aralash o‘qitish) – onlayn o‘quv materiallari hamda o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o‘qitish shakli. Ushbu shakldagi o‘qitish jarayonida o‘quvchi mustaqil ta’lim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va o‘qituvchi tomonidan yordam ko‘rsatiladi. Blended learning (aralash o‘qitish) ko‘p holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qo‘shimcha materiallar esa o‘quvchiga onlayn platforma orqali uzatib beriladi [ Sharopova,2019.217]. Nega aynan aralash ta’lim? Negaki, ushbu ta’limda an’anaviy, masofaviy va interaktiv ta’limning birgalikda olib borilishidir. Tadqiqotchi A. S. Fominaning qayd etishicha: “Aralash ta’lim onlayn ta’limning an’anaviy ta’lim bilan uyg‘unlashuvi, an’anaviy shakllarni elektron texnologiyalar bilan integratsiyalashuvidir” [ Allamova,2022.895]. Aralash ta’lim (blended learning) texnologiyasining ko‘plab samarali modellari mavjud bo‘lib, teskari sinf (flipped classroom) texnologiyasi joy almashinuvi modeli (Station Rotation Model)ning sub-modeli hisoblanadi. An’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limni o‘z ichiga olgan teskari sinf (flipped classroom) texnologiyasi TOR-1000 reytingidan samarali foydalanib, yuqori natijalarga erishilmoqda [ Xolmirov, 2024.3]. Flipped classroom – “teskari sinf”, “aylantirilgan sinf” atamalarida ham qo‘llaniladi. Ushbu metodni 2007-yilda Amerika maktabining kimyo o‘qituvchilari Jonatan Bergman va Aaron Sams ixtiro qilgan. Keyinchalik boshqa fan o‘qituvchilari ham undan foydalana boshladilar. Nega aynan teskari ta’lim, chunki bunda an’anaviy ta’limdan farq qilgan holda o‘quvchilar yangi mavzuni uyda internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan o‘zlarining elektron qurilmalari yordamida onlayn o‘quv
503 muhitida o‘rganadilar, yangi material bilan tanishadilar yoki o‘rganilayotgan materialni mustahkamlaydilar. Teskari sinfda videolar darsdan oldin yozib olinadi va internet orqali talabalarga yuboriladi. Shunchaki yozib olingan ma’ruzalar o‘rniga, bu videolarda animatsiyalar, viktorinalar yoki o‘quvchilarni qiziqtiradigan boshqa elementlar bo‘lishi kerak. Flipped classroom texnologiyasidan foydalangan o‘qituvchilar darslarni mazmunli va foydali tashkil eta oladilar chunki yangi mavzuni tushuntirish uchun ketadigan vaqtlarini sinfda turli mashqlar, munozaralar va turli amaliy topshiriqlarni o‘tkazishga sarflaydilar. Yana ham aniqroq tushinish uchun an’anaviy hamda teskari sinf metodining farqli jihatlarini ko‘rib chiqamiz: An’anaviy ta’lim metodi Teskari sinf metodi Darsdan oldin: O‘quvchilar materiallarni qayta o‘qiydilar Darsdan oldin: O‘quvchilar video darslik orqali yangi mavzuga tayyorlanadilar. Dars davomida: O‘quvchilar ma’ruza ya’ni yangi mavzuni tinglashadi. Dars davomida: O‘quvchilar fikr-mulohazalar bilan asosiy tushunchalarni amaliyotda qo‘llashni mashq qiladi. Darsdan so‘ng: O‘quvchilar uy vazifasini bajarishga harakat qilishadi. Darsdan so‘ng: O‘quvchilar bilimlarini tekshiradi va bilimlarini murakkabroq vazifalar bilan kengaytiradilar. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, flipped classroomning imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir: − Dars vaqtidan unumli foydalanish imkoniyati; − Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyati; − O‘quvchiga yondoshgan ta’lim imkoniyati; − O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi uzluksiz aloqa: − O‘quvchilarni rag‘batlantirishning ortishi [Amanbayeva, 2023.287]. Ushbu texnologiya O‘zbekistonda tashkil etilganmi? Bunday savol tug‘ilishi tabiiy hol. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan vazirlik huzuridagi 63 ta OTMlarida “Aralash taʼlim” (Blended Learning), “Teskari sinf” (Flipped Classroom), sunʼiy intellekt, virtual haqiqat (Virtual Reality) va shu kabi taʼlim texnologiyalarning joriy etilganlik holati, mavjud muammo va kamchiliklar oʻrganildi. Oʻzbekistonda “Teskari sinf” (Flipped Classroom) texnologiyasi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Toshkent moliya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan davlat chet tillari instituti, Andijon davlat chet tillari instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer va Shahrisabz filiallari, Samarqand davlat
504 universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali, Termiz muhandislik-texnologiya instituti va Guliston davlat pedagogika institutlarida va maktablarida joriy qilingan [ Xolmirov,2024.27]. Teskari sinf texnologiyasini nafaqat oliy ta’lim muassasalariga, balki umumta’lim maktablarida ham joriy qilish juda yaxshi samara beradi. To‘g‘ri, buni to‘la-to‘kis joriy qilish uchun kamchiliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Lekin bularni ham sekinlik bilan bartaraf etsa bo‘ladi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar an’anaviy ta’lim muhitiga o‘rganib qolganligi sababli yangi jarayonga moslashishi qiyin kechishi mumkin. Lekin dars jarayoni ijobiy natijaga ko‘tariladi. O‘qituvchi o‘quvchi bilan ko‘proq fikr almashishi, darsda turli xil interaktiv metodlarni qo‘llay olishi hamda vaqt taqsimotini ijobiy yo‘lga qo‘yishi mumkin. Ushbu texnologiyani nafaqat bolalar adabiyotini o‘qitishda balki barcha fanlar doirasida ham qo‘llasa bo‘ladi. Biz bitiruv malakaviy ishimizda bolalar adabiyoti namunalarini o‘qitish misolida yoritib berdik. Masalan, amaldagi 6-sinf adabiyot darsligida berilgan O‘tkir Hoshimovning “Eng og‘ir gunoh” asari misolida ko‘ramiz: Avvalo, 2-3 kun oldin yangi mavzuning videoroligi o‘quvchilarga yetkaziladi ya’ni ularning telegram guruhlariga tashlab beriladi. Quyida biz mavzu bo‘yicha tayyorlagan videoroligimizning havolasini berib o‘tamiz: https://youtu.be/4QUtJQSbwFM?si=ihESqwoiB9_WHTBP Video darslik zerikarli bo‘lib qolmasligi uchun ichiga turli xil topshiriqlar kiritishingiz mumkin. O‘quvchilar yangi mavzuga mana shu usulda tayyorlanib keladilar. Dars jarayonida esa siz yangi mavzu o‘tmaysiz, o‘quvchilar tayyorlanib kelgan asar yuzasidan turli xil bahsli savol-javoblar, qiziqarli topshiriqlar bajartirib, yanada mustahkamlashingiz mumkin: 1. Bolaligingizda qanday o‘yinlar o‘ynagansiz? 2. Gunoh deganda nimani tushunasiz? 3. Onangizni ranjitib qo‘ygan onlaringizni yodga oling, ulardan kechirim so‘raganmisiz? 4. Hikoyani o‘qib qanday xulosa chiqardingiz?
505 Mana shunday savol-javoblar orqali o‘quvchilarning diqqatini jamlagan holda darsning keying bosqichlariga o‘tiladi. Misol uchun, sinfda o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadi va har bir guruhga ushbu asarga oid reklama tayyorlashlari lozimligi tushuntirib beriladi. Reklama shunday tayyorlanishi kerakki, bevosita o‘quvchini o‘qishga da’vat eta olishi va qiziqishini orttira olishi kerak. Namuna: Shu kabi topshiriqlar orqali darsni juda qiziqarli olib borish mumkin. Asar ularning tasavvurida yana ham jonli gavdalanishi uchun unga ishlangan kinofilmdan parcha qo‘yib berish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari teskari sinfning yana ham mohiyatini ochib beruvchi asosiy qismlaridan biri bo‘lmish Quiz testlar, viktorina savol-javoblar orqali o‘quvchilarning bilimlarini yana ham rivojlantirishingiz, mustahkamlab borishingiz mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchining ham ijodkorlik mahorati juda katta o‘rin egallaydi. Umuman olganda, teskari sinf texnologiyasi adabiyot fanida samarali bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil tahliliy fikrlashini rivojlantirish va dars jarayonini jonlantirishga xizmat qiladi. Kelgusida ushbu metodni yanada takomillashtirib, boshqa dars uslublari bilan uyg‘unlashtirish, texnologik imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish mumkin bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Allamova Sh. Umumta’lim maktablarida aralash ta’lim metodikasini ishlab chiqish. Academic research in educational sciences volume 3 | issue 4 | 2022. – 895-b. 2. Amanbayeva O., Istamova D.. Chet tillarni o‘qitishda flipped classroom metodidan foydalanish va uning implementatsion texnologiyasi, INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS Volume:2, Issue:2,2023 – 287-b. 3. Fozilova L. Raqamli texnologiyalarining ta’lim sohasida qo‘llanilishi // Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. 04(10) 2024. – 101-b.
506 4. Mirzahmedova N., Raqamli texnologiyalarining ta’lim sohasida qo‘llanilishi. – Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 5/2 | ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor – 1.7-540-b. 5. Sharopova Z. F., “ТA’LIM TEXNOLOGIYALARI” darslik. – Toshkent: Navro‘z, 2019. – 217b. 6. Xolmirov B. O‘quv jarayonini teskari sinf (flipped classroom) texnologiyasi asosida takomillashtirish. Metodik qo‘llanma – Toshkent: Yetakchi nashriyoti, 2024. – 3-b.