BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI
Full text
511 BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI Hojiyeva Minovvarxon Akramovna Qo‘qon davlat universiteti, o‘qituvchisi (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933135 Annotatsiya. Maqolada hozirgi oliy ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri – kasbiy hamda terminologik kompetentlikka ega mutaxassisni shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: mustaqil ta’lim, mustaqil ish, terminologik kompetentlik, kasbiy kompetentsiya, individual bilim, didaktik topshiriq, ijodiy faollik, termin, malakali mutaxassis. Аннотация. В статье рассматривается одна из актуальных задач современной системы высшего образования - формирование специалиста, обладающего профессионально-терминологической компетенцией. Ключевые слова: самостоятельное обучение, самостоятельная работа, терминологическая компетентность, профессиональная компетентность, индивидуальные знания, дидактическое задание, творческая деятельность, срок, квалифицированный специалист. Abstract. The article discusses one of the urgent tasks of the current higher education system - the formation of a specialist with professional and terminological competence. Key words: independent education, independent work, terminological competence, professional competence, individual knowledge, didactic task, creative activity, term, qualified specialist. Barcha zamonlarda butun jamiyatda ta’lim va tarbiya masalasi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Har qanday mamlakatning rivoji ta’lim, ilm-fan bilan bevosita aloqador. Har bir xalqning, millatning kelajagi uning til va adabiyotda o‘z aksini topadi. Til insoniyatga tuhfa etilgan eng buyuk ne’mat. Til – har bir millatning mavjudligini ta’minlovchi, xalqni xalq sifatida rivojlanishiga asos bo‘luvchi vosita. Inson kamolotida til va adabiyotning ahamiyati katta. O‘qituvchi va talabalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda, ularning o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri hamda ravon bayon qilishda, boshqalar fikrini anglab, unga munosabat bildirishida, umuman olganda, barkamol shaxsni tarbiyalashda mazkur fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning bosh vazifasi har tomonlama yetuk, ijodiy fikrlovchi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topuvchi, erkin muloqotga kirisha oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Kompetentsiya termini tilshunoslikda ilk bor XX asrning 50-60 yillarida qo‘llangan. Kompetentsiya tushunchasi lotincha “competentia” so‘zidan kelib
512 chiqqan bo‘lib, “qonunan ega”, “haqdor” degan ma’noni anglatadi, lug‘aviy jihatdan “qobiliyat”, “ko‘nikma”, “iqtidor” tushunchalarini ifodalaydi[1]. O.I.Okulovskiy “Kompetentsiya – bilim, malaka va shaxsiy fazilatlarga asoslangan holda muayyan yo‘nalishda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish ko‘nikmasi”, – deb ta’riflaydi[2]. S.I.Ojegov va N.Yu.Syhvedovalar “Rus tilining izohli lug‘ati”da mazkur so‘zni quyidagicha ta’riflaydi: “Kompetentsiya – bu ma’lum shaxsning yetarlicha darajada xabardor bo‘lgan savollari doirasi”[3]. U. Inoyatov va B. Xodjayevlar o‘z qarashlarida “Kompetentsiya – sub’ektning maqsadni qo‘yish hamda unga erishishi uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu sub’ektning muayyan faoliyat ob’ekti bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir”[4] deya baholaydi. I.A.Zimnyaya kompetentsiya tushunchasini “qo‘llanilmagan”, “yashirin”, “potentsial” zaxira, kompetentlikni esa “insonni ijtimoiy-kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar hamda insonning aqliy va shaxsiy xususiyatlariga asoslangan tajriba”, - deb ta’kidlaydi. Kompetentsiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetentsiya egasi bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi[5]. Pedagog olimlar N.Sh.Turdiyev, Yu.M.Asadov, S.N.Akbarova, D.Sh.Temirovlar “kompetentlik”, “kompetentsiya” tushunchalar mohiyatini “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “muvaffaqiyatlilik”, “tushunuvchanlik”, “natijalilik”, “uquvlilik”, “xossa”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar asosida tavsiflaydilar hamda quyidagi holatlarga alohida etibor qaratadilar: 1) bilimlar majmuining amalda qo‘llanilishi; 2) shaxsnining uquvi, xislatlari, fazilatlari; 3) amaliy faoliyatga tayyorgarlik o‘lchovi; 4) muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qo‘lga kiritish layoqati; 5) shaxsning professional faoliyatini ta’minlovchi bilim, ko‘nikma, malakalar yaxlitligi;
513 6) faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) o‘quv, bilim, tajribalar majmui; 7) shaxsning maqsadli yo‘naltirilgan emotsional iroda kuchi”[6]. Tadqiqotchilar kompetentsiyaning bir necha turlarini aytib o‘tganlar. Mamlakatimizda barcha fanlar uchun tayanch kompetentsiyalar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar: 1. Kommunikativ kompetentsiya. 2. Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi. 3. Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi. 4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi. 5. Umummadaniy kompetentsiyalar. 6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish va foydalanish kompetentsiyasi[7]. Demak, kompetentsiya – talaba egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal qilishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishi hisoblanadi. Kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni izlab topish va ularni o‘rganish, qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni taqozo etadi. Xullas, kasbiy kompetentsiyaga ega mutaxassis o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yangi axborotlarni o‘zlashtiradi, davr talabini chuqur anglaydi, yangi bilimlarni izlab topadi va bu ma’lumotlarni qayta ishlab, o‘z faoliyatida samarali qo‘llaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Словарь иностранных слов. – Москва: Русский язык, 1988. – С.91. 2. Окуловский О.И. Компетенции и компетентностный подход в обучении // Молодой ученный. – Москва, 2012. – №12. – С. 499-500. 3. Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. Толковый словарь русского языка. 80000 слови фразеологическах выражений. – 4-е изд., дополненное, – Москва: Азбуковник, 1999. – С.549. 4. Иноятов У., Ходжаев Б. Умумтаълимий компетенцияларни лойиҳалаштиришнинг концептуал асослари // Халқ таълими илмий-методик журнали, 2016. – №2. – Б.8. 5. Муслимов Н.А. Касб таълими ўқитувчиларининг касбий компетентлигини шакллантириш технологияси. —Тошкент: «Fan va texnologiya», 2013, – Б 17-18.(128 бет) 6. Турдиев Н.Ш., Асадов Ю.М., Акбарова С.Н., Темиров Д.Ж. Умумий ўрта таълим тизимида ўқувчиларнинг компетенцияларини шакллантиришга йўналтирилган таълим технологиялари. – Тошкент: Т.Н. Қори Ниёзий номидаги Ўзбекистон Республикаси педагогика фанлари илмий-тадқиқот институти. 2015. – Б 160. 7. Турдиев Н. Ўқувчиларда таянч компетенциялар // Умумтаълим фанлари методикаси, 2015. – №9. – Б.2. 8. Hojiyeva M.A. Filolog talabalar lingvistik kompetentligini rivojlantirish va takomillashtirish– malakali mutaxassislar tayyorlash omili sifatida // Yangi O‘zbekistondа pedаgogik tа’lim innovаtsion klаsterini rivojlаntirish istiqbollаri. Xаlqаro ilmiy-аmаliy аnjumаn mаteriаllаri. 1qism. – Chirchiq, 2022. – B. 405-407.