FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA O'QITUVCHILARNING MULOQOT MADANIYATINI OSHIRISH
Full text
518 FANLARARO ALOQADORLIK ASOSIDA O‘QITUVCHILARNING MULOQOT MADANIYATINI OSHIRISH Abdujabborova Dilafruz Abdujaborovna Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi [email protected]. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933152 Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarining muloqot madaniyatini rivojlantirishning nazariy asoslari, muloqoqt madaniyati mazmuni, nutqiy kompetensiyaning rivojlanishida muloqot madaniyatining roli va ahamiyati yoritilgan. Kalit so`z: o`qituvchilar, muloqot madaniyati, nutq, pedagogic-psixologik xususiyatlar, dialog, suhbat, o`zaro muloqot, tahlil, o`zaro munosabat. Аннотация. В статье рассматриваются теоретические основы формирования культуры общения будущих педагогов, содержание культуры общения, роль и значение культуры общения в формировании речевой компетентности. Ключевые слова: педагоги, культура общения, речь, педагогико-психологическая характеристика, диалог, беседа, взаимодействие, анализ, взаимодействие. Abstract. This article discusses the theoretical foundations of the development of a culture of communication among future teachers, the content of a culture of communication, the role and significance of a culture of communication in the development of speech competence. Keywords: teachers, culture of communication, speech, pedagogical and psychological characteristics, dialogue, conversation, interaction, analysis, interaction. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’limto‘g‘risida»gi Qonuni, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslik, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish muhim jihat ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbi vakillarining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda turli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy mazmundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot ta’lim-tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijtimoiy-psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchining kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. Fanlararo aloqadorlik, muloqot qilish, tafakkur va fikrlashning nazariy asoslanishi, og'zaki va yozma nutq malakalari, bilim, ko‘nikma, malaka, nutqiy faoliyat, zamonaviy yondashuvlar bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
519 hisoblanandi. Bơlajak oqituvchilarning bilimini, o‘quv-kognitiv, kommunikati kompetensiyalarini rivojlantirish bilan birga, ularda muloqot qilish madaniayatini ham takomillashtirib borish asosiy vazifa sanaladi. Shuningdek, o`qituvchining o`z maqsadlariga erishishiga yordam beradi. Muloqot qilish madaniyati kommunikativlikda o`z asosini topadi, og'zaki va yozma nutq ko`rinishida rivojlanganik darajasi aniqlanadi. Bu kabi nutqiy faoliyatda muloqot mahorati rivojlantiriladi, samarali aloqalar o‘rnatiladi, erishilgan bilimlar amaliyotga tatbiq etiladi. "Muloqot-faqatgina gapirish emas, muloqot ayni zamonda tinglash, tushunish, odob bilan suxbat boshlash, o‘z fikr mulohazalarini adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda yozma bayon qilish, suhbatlashayotganda odob saqlay olish konikmalariga ham ega bo‘lishdan iborat". Nutq faoliyati sifatida taqdimot ta'lim muloqotining maqsadli asosi qonuniga bo‘ysunadi. Shu bilan birga, nutq barcha yoki ko‘pchilik talabalar tomonidan tushunilishi kerakligi ko`rsatilgan. Fanlararo alogadorlik asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni muloqot madaniyatini rivojlantirish metodikasi tahlil etilgan bo‘lib, muloqot madaniyati oshirish uchun zamonaviy texnologiyalar ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, o‘qituvchilarning muloqot madaniyati barcha fanlar bilan aloqadorligi va ta'lim jarayoni bilan o‘zaro uyg'unlashib o‘quvchi shaxsiyati boyishiga xizmat qilishi ham tahlil etilgan. O‘quvchilarni nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli katta. Bu o‘rinda ham o‘qituvchining erkin hamda aniq-ravshan nutqi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Yuksak nutq madaniyati - oqituvchi tomonidan vaqtdan oqilona foydalanishning muhim shartidir. Muloqot madaniyatini egallash bo‘lajak o‘qituvchilar uchun, ayniqsa, ahamiyatlidir. Chunki o‘qituvchi faoliyati hamisha o‘quvchilar bilan muloqotda kirishishni, o‘zaro munosabatda bo‘lishni-taqozo etadi. Muloqot jarayoni tufayli o‘quvchilarga ta’lim beradi, pedagogik ta’sir korsatadi, ularda ilmiy dunyoqarash, yuksak e’tiqodnì shakllantiradi, ijobiy axloqiy sifatlami tarkib topdiradi. Lekin oliy ta’lim muassasani tamomlab pedagogik faoliyatga yo‘llanma olayotgan barcha talabalarni ham muloqot madaniyatini puxta egallagan, o‘z fikrini boshqalarga erkin bayon qila oladigan, sof adabiy tilda so‘zlaydigan mutaxasislar bo‘lib yetishyapti, deb ayta olmayamiz. Shunday ekan, talabalarda muloqot madaniyatini, ayniqsa, pedagogik muloqotni tarbiyalash pedagogika institutlaridagi ta’lim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, bu
520 o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy muhitini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi: - bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish; - o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik va erkin munosabatning turli darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash; - darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirishdan iborat. Demak, nutq faoliyati turli davrlarda o‘ziga xos tazrda shakllanib, takomillashib boradi Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyat ehtiyojlarini aks ettiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Resupblikasining “Ta’limto‘g‘risida”gi Qonuni // Xalq so‘zi. – T.:, 2020. – 24 sentyabr. – B.1-2. 2. О‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “О‘zbekiston – 2030” strategiyasi tо‘g‘risida”gi farmoni. 3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limjarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. // Ped. fanlari dokt. ilmiy dar. uchun diss. – T., 2007. 4. Grexnev V.S. Kultura pedagogicheskogo obщeniya: Kniga dlya uchitelya. – M.: «Prosveщenie», 1990. 5. Xo`janazarova S. v.b. O‘qituvchilarda muloqot madaniyatini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning pedagogik asoslari.// Kasbiy ta’lim/ professionalnoe obrazovanie zamonaviy ta’lim/ Sovremennoe obrazovanie 2015, 4-son. 42-46 b. 6. Bыkov A.K. Teoriya i praktika razvitiya pedagogicheskogo masterstva prepodavateley vыsshey voennoy shkolы. // Diss. dokt. ped. nauk. – M., 2000.