ILG'OR PEDAGOGIK INNOVATSIYA VA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR DAVR TALABI
Full text
544 ILG‘OR PEDAGOGIK INNOVATSIYA VA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALAR DAVR TALABI Bonuxon Raimboyeva Urganch davlat universiteti, koreys tili fakulteti 2bosqich talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933174 Annotatsiya: Maqola ilg`or pedagogik innovatsiya va pedagogik texnalogiyalarni yoshlar ta`lim-tarbiyasiga yo`naltirish, ularni barkamol shaxs sifatida shakllantirishdagi o`rni va ta`lim tizimida innovatsiyalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish haqidagi ma`lumotlar bilan yoritilgan. Kalit so`zlar: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, innovatsiya, fan-texnika, texnalogiya, pedagogik texnalogiya, metodlar. Annotation: article advanced pedagogical innovation and pedagogical directing technologists to youth education, making them a competent person the role in the formation of as and the creation of innovations in the educational system and it is illuminated by information about the introduction into practice. Key words: National Training Program, Innovation, Science and technology, technalogy, pedagogical technalogy, methods. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ta`lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishi ekanligi e`tirof etilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ―Ta`lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o`quv-tarbiya jarayonini yangi o`quv uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik texnalogiyalar bilan to`liq ta`minlash vazifalari belgilab qo`yilgan. Respublikamizda uzluksiz ta`limni isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy salohiyat, ijtimoiy-ijodiy faollik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalarda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yurita oladigan qilib shakillantirishga yo`naltirilgan. Bu vazifalarning barchasi talabalarning ilmiy bilm darajasini va faoliyatini kengaytirishni talab etadi. Mamlakatimizni dunyodagi rivojlangan mamlakatlar sirasidan o`rin olishi biz talaba yoshlarning qo`limizda, bizning ilmiy salohiyatimizda, bilim darajamizda. Talaba yoshlarni yetuk kadrlar qilib tarbiyalash ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish, ilg`or pedagogik texnalogiyalar va innivotsiyalarni ishlab chiqish ulardan samarali foydalanishga bog`liq. Ilim, fan, texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va texnalogiyalarning jamiyatga kirib kelishi, axborot texnalogiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarda qo`llanishi o`qituvchi pedagoglarning ham uzluksiz bilim olishini talab etmoqda. Pedagoglarning dars berish jarayoni ko`p qirrali bo`lib, o`qituvchining faoliyatida tarixiy va zamonaviy jihatlar uyg`unlashmasi lozim. Bugun hozirgi zamon o`qituvchisining nafaqat ilmiy, shu bilan bir qatorda madaniy-ma`naviy, siyosiy,
545 zamonaviy amaliy bilimlarni berish ham talab qilinadi. Bugungi kunda axborot ko`lami juda kengayib ketti, ta`lim yangi bosqichga ko`tarilmoqda, o`quvchilarning fikrlash darajasi kengaymoqda. Ana shunday jarayonda ta`lim berishda innovatsion texnalogiyalardan foydalanmaslik darsning samaradorligini pasaytirib yuboradi. Agar o`qituvchi pedagog o`z ustida ishlamasa innovatsion texnalogiya va pedagogik texnalogiyalardan foydalanmasa, avvalgi bilmlari yetrli bo`lmay qoladi. O`qituvch innovatsion usullardan foydalangan holda mavzularni kundalik hayotdagi amaliy sohalar bilan bog`lab o`quvchilarga dars o`tsa, dars sifati oshadi talabalarning fanga qiziqishi ortadi, olingan bilimlari xotirada mustahkam qoladi. Har bir o`qituvchi ta`limga individual tarzda yangilik kiritishi lozim, o`z ustida ishlashi, har sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishi kerak. O`qituvchi faoliyatida innovatsiyalar qanchalik kopayib borsa, mazmun-mohiyati shunchalik oshib boradi. Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnalogiya – ilmiy izlanish bo`lib, ishlanmalar yaratish, tajribalar olib boorish, fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o`quvchilarga zamonaviy bilim berishdan iboratdir. Ta`limdagi innovatsiyalar va innavotsion pedagogik faoliyat haqida mukammal, barchaga mos bo`lgan barqaror ilmiy texnalogiyalar hozirgi kungacha yagona yondashuv mavjud emas. Sababi, innavotsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo`lib, bu faoliyat uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Rivojlanayotgan O`zbekistonda o`qituvchi pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi jamiyatimizda innovatsion jarayonlar dinamikasining o`sib borayotganligi sabab bo`ldi. Shuni tushinib yetishimiz kerakki, innovatsion faoliyat bu o`qituvchining faqatgina fan, ta`lim va texnikada erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishning o`z ichiga olmasdan, balki yangilik yaratish, izlash uni jamiyatimizga moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish, samarasini baholashni ham nazarda tutadi. O`qituvchi pedagoglardan innovatsion texnalogiyalardan foydalanishni talab qilishdan maqsad o`qituvchilarning yangilikka intiluvchilarning, mustaqil o`z ustida ishlash ko`nikma va malakasini shakllantirish, yangi interfaol metodlar, pedagogik texnalogiyalardan foydalangan holda dars va darsdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazish malakasini rivojlantirishdan iborat. Pedagogik innovatsiya ta`lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo`naltirilganligi sababli o`qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. Lekin, tan olishimiz kerakki, ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o`qituvchi pedagoglarimizning hammasi ham yuqoridagi zamon talablarga javob bermaydi, dars va mashg`ulotlar jarayonida ilg`or pedagogik texnalogiya va innovatsiyadan foydalanishmaydi, pedagogik texnalogiya, yangi metod va usullardan foydalanishni dars rejasiga kiritishadi-yu, uni dars faoliyatida amaliy qo`llashmaydi. Natijada pedagogik
546 texnalogiyalar qog`ozdaligicha qolib ketadi. Bu ta`lim tizimimizdagi juda achinarli holat. Axir yoshlarning ilmiy salohiyati ilg`or o`qituvch pedagoglarimizning o`z kasbiga muhabbati, faoliyatlaridagi jonkuyarlik va o`z ishlariga yangicha yondashishlariga bog`liq emasmi? Biz ta`lim tizimida ilg`or pedagogik innovatsiya va pedagogik texnalogiyalardan samarali foydalanishni yo`lga qo`ymas ekanmiz va bu texnalogiyalarning barcha ta`lim muassasalarini qamrab olishiga erishmasak, qanday qilib ta`lim tizimini isloh qilamiz, davr talablariga mos yetuk kadrlarni yetishtiramiz? Shuning uchun ham o`qituvchi pedagoglar bilan bir qatorda o`quvchi talabalarning o`zlari ham o`z zimmasiga qo`yilgan burch, majburiyat va vazifalarga ma`suliyat bilan yondashishlari lozim. Mamlakatimizni taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o`rin egallashi, kuchli davlatdan kuchli fuqorolik jamiyati sari izchillik bilan o`tishimiz, yurtboshimiz belgilab bergan strategik taraqqiyot maqsadlariga faqatgina zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg`or texnalogiyalarni egallagan, shu bilan birgalikda milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg`unligi zaruriyatini teran anglaydigan insonlar bilangina erishishimiz mumkinligi o`z isbotini topgan. Shu xulosalarga tayangan holda ilg`or ta`limiy yangiliklarni aniqlash, sinab ko`rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va tatbiq etish tizimini yaratish lozim va bu borada metodik ta`limot yaratilishi davr talabidir. Ushbu tizim orqali birinchidan, talabalar mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta`minlansa, ikkinchi tomondab talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o`sib borishiga erishamiz. Bu tizimda innovatsiyani o`ylab topilgani masalaning yechimi emas, balki chuqur, mazmunli talab tizimini anglab yetgan holda qayta tuzish va uni amaliyotga tatbiq etish bu masalaning yechimidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. O`zbekiston Respublikasining, Ta`lim to`g`risidagi qonuni 2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T. ,,Sharq, 1997.