TARJIMA JARAYONIDA MADANIYATLARARO EKVIVALENTLIK MASALASI
Abstract
This article analyzes the translation process, its role in intercultural communication, theories of formal and dynamic equivalence, and the importance of translator competence. It examines fundamental translation studies concepts, challenges in the translation process, and methods for preserving meaning and context. The article also highlights the impact of translators’ linguistic and cultural knowledge on translation quality.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 94 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us TARJIMA JARAYONIDA MADANIYATLARARO EKVIVALENTLIK MASALASI Qambarova Muqaddas Akbarali qizi – ToshDO‘TAU talabasi Annotatsiya: Ushbu maqola tarjima jarayoni, uning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi roli, rasmiy va dinamik ekvivalentlik nazariyalari hamda tarjimon kompetensiyasining ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada tarjima nazariyasi asoslari, tarjima jarayonida yuzaga keladigan murakkabliklar, mazmun va kontekstni saqlab yetkazishning usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tarjimonning lingvistik va madaniy bilimlari tarjima sifatiga ta’siri ham alohida yoritiladi. Kalit so‘zlar: tarjima nazariyasi, madaniyatlararo muloqot, ekvivalentlik, rasmiy (formal) ekvivalentlik, dinamik ekvivalentlik, tarjimon kompetensiyasi, tarjima jarayoni, lingvomadaniy omillar. Аннотация: Данная статья анализирует процесс перевода, его роль в межкультурной коммуникации, теории формального и динамического эквивалента, а также важность компетенции переводчика. В статье рассматриваются основные концепции переводоведения, проблемы перевода и методы сохранения смысла и контекста. Особое внимание уделяется влиянию лингвистических и культурных знаний переводчика на качество перевода. Ключевые слова: теория перевода, межкультурная коммуникация, эквивалентность, формальная эквивалентность, динамическая эквивалентность, компетенция переводчика, процесс перевода, лингвокультурные факторы. Abstract: This article analyzes the translation process, its role in intercultural communication, theories of formal and dynamic equivalence, and the importance of translator competence. It examines fundamental translation studies concepts, challenges in the translation process, and methods for preserving meaning and context. The article also highlights the impact of translators’ linguistic and cultural knowledge on translation quality. Keywords: translation theory, intercultural communication, equivalence, formal equivalence, dynamic equivalence, translator competence, translation process, linguocultural factors. Ingliz tili xalqaro tillardan biri bo‘lib, bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda ikkinchi til sifatida qo‘llaniladi. Ushbu tilni o‘rganish dunyo xalqlari bilan samarali muloqot o‘rnatishning muhim vositalaridan biridir. Ingliz va o‘zbek tillari turli
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 95 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us madaniy muhitlarga mansub bo‘lib, madaniyatlararo farqlar tillarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir, asosan, tarjima jarayoni orqali namoyon bo‘ladi. Tarjima — fikr va g‘oyalarni bir tildan boshqa tilda ifodalashni anglatadigan umumiy tushuncha bo‘lib, tarjima qilingan matn mazmun jihatidan asl matnga mos bo‘lishi lozim. Bir tilni boshqa tilga tarjima qilish hozirgi jamiyatda zarur bo‘lgan madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, rasmiy (formal) ekvivalentlik va dinamik ekvivalentlik tushunchalariga alohida e’tibor qaratish muhimdir. Dinamik ekvivalentlikka asoslangan tarjima asl matndagi xabarni qabul qiluvchiga ta’sir jihatidan teng darajada yetkazishni maqsad qiladi. Ya’ni, tarjima qilingan matnni o‘qigan yoki eshitgan shaxsning munosabati va javobi asl matnni qabul qilgan shaxsnikiga mos bo‘lishi kerak. Shu sababli tarjima jarayonida nafaqat til, balki retseptor til madaniyati ham hisobga olinadi. Tarjima faqat ikki til o‘rtasidagi jarayon emas, balki bir vaqtning o‘zida ikki madaniyat o‘rtasida amalga oshiriladigan murakkab faoliyatdir. Tarjimon o‘z tarjimasi orqali madaniyatlararo aloqa vositachisi vazifasini bajaradi. Shuning uchun tarjimondan nafaqat ikki tilni mukammal bilish, balki har ikki xalqning madaniy qadriyatlari, an’analari va dunyoqarashini chuqur anglash talab etiladi. Tarjima turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro tushunishni mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy, madaniy va adabiy aloqalarning kengayishiga xizmat qiluvchi muhim vositadir. G‘. Salomovning fikriga ko‘ra, “tarjima” atamasi forscha “tarzabon” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u “chiroyli so‘zlovchi, notiq, tili ravon kishi” degan ma’noni anglatadi. Ushbu so‘z arab tilida “tarjumon” shaklini olgan va undan “tarjima” hamda “tarjuma” terminlari hosil bo‘lgan. Tarjimon manba tili va retseptor tili o‘rtasidagi farqlarni chuqur anglashi lozim. Shu bois manba tilidagi birliklarga mazmun va funksional jihatdan mos keluvchi retseptor tilidagi ekvivalentlarni topish tarjima jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aks holda, tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar oxiroqibatda noto‘g‘ri, noaniq va tushunarsiz tarjimaning yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin. Tarjima jarayonida tarjimon ikki til doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar, iboralar va jumlalar bilan ishlaydi hamda til birliklarining mos ekvivalentlarini izlaydi. Shu sababli tarjimaning har bir bosqichida muayyan qiyinchiliklarga duch kelinadi. Ushbu qiyinchiliklarni quyidagicha guruhlash mumkin: ⎯ manba tilidagi matnni tahlil qilish va mazmunini to‘liq anglashdagi murakkabliklar;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 96 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us ⎯ tarjima jarayonida hamda retseptor tilida mos ekvivalentlarni topish bilan bog‘liq muammolar; ⎯ tarjimaning yakuniy sifatini ta’minlash maqsadida tarjima qilingan matnni qayta ko‘rib chiqish va tahrirlashdagi qiyinchiliklar. Tarjima adekvatligi, asosan, matnning pragmatik muqobillashuvi asosida shakllanadi. Tarjimashunoslikda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar she’riy va nasriy tarjimaning o‘ziga xos jihatlari, tarjimada assonans va dissonans holatlari, lingvomadaniy hamda pragmatik muammolar, pragmatik assotsiatsiya, realiyalar tarjimasi, qabul qiluvchiga adekvat tarjimani yetkazish masalalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘qitishga alohida e’tibor qaratilishi, shuningdek, zarur mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish va kadrlar malakasini oshirish tizimini keng ko‘lamda rivojlantirish vazifalari belgilab berildi. Bu jarayonda tarjima orqali tillararo va madaniyatlararo muloqot shakllanib, tarjima jarayonida adekvatlik va interferensiya holatlari, so‘zma-so‘z va erkin tarjima uslublari, tarjima tarkibi, qabul qilinish shakllari, grammatik nomuvofiqliklar, qo‘llaniladigan transformatsiyalar, chet tillardagi maxsus adabiyotlarga sharh va izohlar berish, shuningdek, tarjima tahriridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Reference 1. Asadov, M.T. 2021. “Fransuz-o‘zbek tarjimachiligi istiqbollari”. O‘zbekiston: til va madaniyat 1 (3): 125-134. 2. Mamarasulova, Gulnoz."THE INFLUENCE OF ORIENTAL LITERATURE ON ENGLISH POETRY AND PROSE." Nordic_Press 8.0008 (2025). 3. Алимов Т. Гендерные исследования и лингвистические направления в художественном переводе //Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 2/S. – С. 566-573. 4. АЛИМОВ Т. А. ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ В УЗБЕКИСТАНЕ //ИНОСТРАННЫЕ ЯЗЫКИ В УЗБЕКИСТАНЕ Учредители: Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан. – 2021. – №. 3. – С. 180-191. 5. G‘afurov I. Tarjimashunoslik mutaxassisligiga kirish. – Toshkent, 2008. – 232 b.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 08 2025 97 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us 6. Amirqulov D. The TAQLID SO ‘ZLARNING O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA O ‘RNI VA GRAMMATIK XUSUSIYATLARI //Conferences. – 2025. – Т. 1. – №. 01. 7. Salomov G‘. Tarjima nazariyasi asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 1983.