RASHOD NURI GUNTEKIN "CHOLIQUSHI" ASARI ADABIY VA MA'RIFIY XUSUSIYATLARI
Full text
637 RASHOD NURI GUNTEKIN “CHOLIQUSHI” ASARI ADABIY VA MA’RIFIY XUSUSIYATLARI To‘xtashev Shahzod Suvon o‘g‘li Renessans ta’lim universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili) 501-guruh talabasi Ilmiy rahbar: Musayeva Shahlo Kudratovna Renessans ta’lim universiteti “Filologiya va tarix” kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933339 Annotatsiya:Ushbu maqolada Rashod Nuri Guntekin “Choluqushi” romani haqida bo‘lib ilk bor 1922-yil chop etilgan. Asarda yosh oʻqituvchi Feride va uning Kamronga boʻlgan muhabbati va har qanday qiyinchilikka dosh beraoladigan qiz, o‘qituvchi haqida soʻz yuritiladi. U umri davomida bormagan joylariga borib bolalarga saboq beradi va o‘quvchilarning ko‘nglidan joy oladi. Romanni oʻzbek tiliga Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan. Asar oʻzbek tilida bir necha marta nashr qilingan. Kalit so‘zlar: Turk, Rashod Nuri Guntekin, Feride, Kamron, o‘qituvchi, Choliqushi, Gul ba Shakar. Аннотация: В этой статье рассказывается о романе Рашода Нури Гюнтекина "Чолукуши," впервые опубликованном в 1922 году. В произведении рассказывается о молодой учительнице Феридэ и ее любви к Камрану, а также об учительнице, девушке, способной выдержать любые трудности. Он учит детей в местах, которые никогда в жизни не посещал, и завоевывает сердца учеников. Роман перевел на узбекский язык Мирзакалон Исмоилий. Произведение несколько раз издавалось на узбекском языке. Ключевые слова: Турк, Рашад Нури Гюнтекин, Феридэ, Камрон, учитель, Чалыкуши, Гуль ба Шакар. Annotation: This article tells about the novel "Cholukushi" by Rashod Nuri Gyuntekin, first published in 1922. The work tells about the young teacher Feride and her love for Kamran, as well as about the teacher, a girl capable of enduring any difficulties. He teaches children in places he has never been to and wins the hearts of students. Mirzakalon Ismoiliy translated the novel into Uzbek. The work has been published several times in Uzbek. Keywords: Turk, Rashad Nuri Guntekin, Feride, Kamron, teacher, Chalikushi, Gul ba Shakar. Kirish. Turk milliy adabiyotning shakllanishi va rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan Rashod Nuri Guntekin turk adabiyotining yangi davr sarqadamlaridan biri hisoblanadi. Rashod Nuri Guntekin yaratgan asarlar bilan ijtimoiy muammolar xalqona til bilan davrga yaqinlashtirilgan va zamonaviylashuvning og‘riqli ta’sirlarini asarlarida ko‘rsatib bera olgan. Rashod Nuri Guntekin olgan ta'lim, uning ish hayotining turli sohalaridagi tajribasi, ijtimoiy va madaniy masalalarga munosabati kabi unsurlar uning adabiy shaxsiga muhim hissa qo‘shganidek, bu hissalar
638 asarlarining xayoliy muvaffaqiyatlarida ham o‘z aksini topdi. Asarlarda u yaratgan personajlar rivojlanayotgan turk jamiyatining ehtiyojlariga javob beribgina qolmay, milliy adabiy o‘ziga xoslikning shakllanishiga ham xizmat qildi.(1) Adabiyot tahlili. “Istanbul qizi” nomi bilan yozilgan to‘rt pardali pyesa turli sabablarga ko‘ra sahnalashtirilishi mumkin emasligi tufayli romanlashtirilgan, natijada “Choliqushi” roman paydo bo‘ldi. “Choliqushi” romani matbuot orqali 1922-yilda “Vaqt” gazetasida bo‘lim-bo‘lim e’lon qilina boshlangan. Asar birinchi marta 1923-yilda kitob holida chop etilgan. Yozuvchining o‘zgartirishlaridan keyin 1937-yilda “Choliqushi” romani mukammal holga keltirilgan. Ushbu asar muallifni va mamlakatini butun dunyoda tan olinishini ta’minladi. Asar voqealari Istanbulda ta’lim olib Anadolining turli qishloqlari va shaharlarida dars bergan Feridening o‘qituvchi sifatidagi kurashi bilan bog‘liq. Shuningdek, samimiy his-tuyg‘ular va shaxslararo munosabatlariga o‘zining asosiy o‘rnini beradigan romanning asosiy maqsad muddaosi yashiringan orqa fondi sababli Rashod Nuri Guntekinning eng ko‘p o‘qilgan asari bo‘ldi. Asosiy qism. “Choliqushi” ishqiy mavzuda yozilgan asar bo‘lishi bilan birgalikda o‘sha davrning ijtimoiy muammolariga mohirona tanqidiy yondasha olgan roman sifatida ham muhimdir. “Choliqushi” Turkiyada yangi va modern davrning boshlanishini ifodalagan asar hisoblanadi. Romanning oxirgi bo‘limidan tashqari to‘rt qismi bosh qahramon Feridening xotira daftari sifatida uning tilidan hikoya qilinadi va ikki yarim yoshidan boshlab yigirma besh yoshiga yetguncha, muhabbati Kamronga erishguncha bo‘lgan voqelarni o‘z ichiga oladi. Beshinchi qismda esa Feride va Kamronning topishishi hikoya qilinadi. Asar shunday jumlalar bilan boshlanadi: To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Аleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylikchi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi”, — degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi: sho‘xligimdan, sergapligimdan bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi. Mudira aytgandek, men “dars paytida qo‘shnilarimni gapga tutmaslikni, o‘qituvchimizning so‘zlarini odob bilan tinglashni o‘rgangunimga qadar” u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim.(2) Feride romanning bosh qahramoni, bundan tashqari, asarning dastlabki to‘rt bobi ham uning tilidan hikoya qilinadi. Olti yoshida Mo‘sulda kasal onasidan ayrilib qolgan Feride Istanbulda buvisi bilan yashashni boshlaydi. To‘qqiz yoshida buvisi
639 ham vafot yetadi. Otasi uni qolib o‘qishi mumkin bo‘lgan Dam do‘Sion nomli fransuz qizlar maktabiga beradi. Ta’til kunlarida esa Feride xolalarining uyida qoladi. Feride maktabda ham qarindoshlarinikida ham bir yerda turmaydigan, juda shaddod, yaramas, ko‘zi tushgan daraxtga chiqvoladigan, xullas, har qanday bezorilikdan tab tortmaydigan qiz edi. Maktabda tanaffus paytlari Faridening shoxdan-shoxga tirmashaverganini ko‘rgan o‘qituvchisi unga “Choliqushi” deb laqab qo‘yadi. O‘zi sezmagan holda xolavachchasi Kamronni sevadi va doimo uni Narimon ismli yosh, go‘zal beva bir ayoldan qizg‘onib yuradi. Feride go‘zal, yosh va maftunkor qiz edi. Ammo bu go‘zallik borgan joylarida unga faqat muammo keltiradi. Erkaklar Feridening ismini bilmasalarda uni “Ipak qurti”, “Gul ba shakar” kabi nomlar bilan ataydi. Juda ko‘pchilik unga turmushga chiqish taklifi bilan yuzlanadi.(3) Feride uzoq vaqt mobaynida sevgisini tan olmasdan, Kamrondan nafratlanishini aytsa-da, maktabda o‘qib yurgan paytlarida ham, Onado‘luda ish izlab sargardon kezgan paytlarida ham Kamronni qattiq sevishda davom etadi. Feridening uzoq vaqt muhabbatidan ayro qolishiga sabab sevish va sevdirishni yetarlicha bilmasligidir. Yanada aniqroq qilib aytsam, g‘ururi va sevgisi orasida muntazam kurashni to‘xtatolmagan Feride uzoq yil g‘ururining sevgisi ustidan qozongan g‘alabasidan azoblanib yashaydi. Onado‘luda kechgan yillari uni batamom o‘zgartiradi. Xotira daftarining oxirgi sahifalarida Feride yillar davomida hatto o‘zidan ham yashirishga urinib kelgan sevgisini nihoyat tan oladi. “Ha, nega endi aldashim kerak? Butun nafratimdan, isyonlarimdan, butun o‘sha bo‘lib o‘tgan noxushliklardan qat’i nazar, men sening bir parchang edim”. Asarda mehr-muruvvat mavzusiga ham keng o‘rin berilgan. Feride xolalarini juda yaxshi ko‘rgan. Xolalari ham Feride bezori va juda shaddod qiz bo‘lishiga qaramay, unga hamisha mehr bilan yondashgan. Feridening Zaynilar qishlog‘ida og‘ir sharoitda qolgan Munisani asrab olib, uni o‘z qiziday suyib ardoqlashi yoki harbiy doktor Xayrullohbey ilk ko‘rishishdayoq Feridega otalarcha mehr ko‘zi bilan boqib, chorasiz qolganda uni o‘z panohiga olishi asardagi mehr-muruvvat mavzusining kulminatsion nuqtalaridir. Yozuvchi Feride tilidan shunday yozadi: “Naqadar orsiz ko‘nglim bor mening, atrofimdagi insonlarni bunchalar tez yoqtirib qolaveraman”[5.187 B]. Xulosa. Badiiy sarlar ko‘plab uchrasada timsollar, qahramonlar nafaqat asar uchun balki bu orqali butun boshli millatning yuzi, uni ifoda etgan g‘oyalar ham ilgari suriladi. Yuqorida keltirilgan turk millatini dunyoga tanitgan R.N. Guntekinning Feridesi bo‘ladigan bo‘lsa O‘zbek xalqing qiyofasini badiiy obrazlar orqali Abdulla
640 Qodiriyning Kumush, Ra’no, Cho‘lponning Zebisi yokida qardosh qirg‘iz xalqing Chingiz Aytmatov tomindan yozilgan Jamila kabi obrazlar tom ma’noda turkiy ayollarning qadim va zamonaviy qiyofasini ochib berishda katta rol o‘ynagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu asralar allaqachonlar dunyo adabiyotida turkiy yog‘du sifatida nur taratib turibdi desak bemalol bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Sh. A. Sa’dullayeva feride - turk milliy adabiyotidagi ilk ideal o‘qituvchi obrazi: research focus: issn: 2181-3833 researchbip (7.8) | google scholar | sjif (5.708) | uif (8.3) 2. Https://pdfbox.uz/books/uzbek/12924-rashod-nuri-guntekin-choliqushi 3. https://english-life.uz/choliqushi-asari-haqida-insho/ 4. B. Y. Hakimov Rashid Nuri Guntekin“Choliqushi” asari badiiy-falsafiy xususiyatlari: central asian academic journal of scientific research: issn: 2181-2489 volume 2 ǀ issue 3 ǀ 2022. 5. Rashid Nuri Guntekin“Choliqushi” Turkchadan Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi .T.2008.“Sharq“.187-b