HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE'RIYATIDA SHAKL-MA'NO-VAZIFA YAXLITLIGINI TA'MINLOVCHI OMILLAR
Full text
647 HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIYATIDA SHAKL-MA’NO-VAZIFA YAXLITLIGINI TA’MINLOVCHI OMILLAR Eshniyozova Gulhayo Hamroqul qizi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933372 Annotatsiya. Bu maqolada iste’dodli, mahoratli shoira, go‘zal dunyoqarash va o‘tkir anglash qobiliyatiga ega bo‘lgan ijodkor Halima Xudoyberdiyyeva she’riyatida qo‘llangan birliklarning badiiy-estetik vazifalariga kichik tajribalar yordamida to‘xtatilgan va ilmiy asosdagi xulosalar keltirilgan. Halima Xudoyberdiyeva she’riyatini lisoniy tahlil qilish jarayonida she’riy misralardagi emotsional-ekspressiv ifoda semalari qabariq holda reallashgan leksik birliklar aniqlandi va ular ijodkorning badiiy-estetik maqsadiga qay darajada xizmat qilganligi haqida mulohaza yuritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Quyida Halima Xudoyberdiyyeva she’riyatining leksikpoetik xususiyatlarini shu asosda tahlil etishga harakat qilamiz. Kalit so‘zlar: omil, she’r, ijodiyot, linvopoetika, badiiy tasvir, zid ma’noli so‘zlar antiteza birliklar, grammatik vositalar maqol va iboralar, she’riy san’at, lafziy san’at, ma’naviy san’at, harfiy san’at, husni taxallus, raddi matla’ sifatlash, tajnis, tashbeh, tazod. Annotaция.В этой статье представлены духовные искусства, используемые в поэзии Халимы Худойбердиевой, талантливой, искусной поэтессы, творца с прекрасным мировоззрением и острым восприятием, и их анализ, а также художественноэстетические функции этих единиц, которые подвешены с помощью небольших экспериментов и научно обоснованных выводов. В процессе лингвистического анализа поэзии Халимы Худойбердиевой были выявлены лексические единицы, воплощающие эмоциональноэкспрессивную семантику поэтических строк, и стало возможным размышлять о том, в какой степени они служили художественно-эстетическому замыслу творца. Ниже мы попытаемся проанализировать лексические и поэтические особенности поэзии Халимы Худойбердиевой на этой основе. Ключевые слова: поэзия, творчество, лингвистическая поэтика, художественный образ, слова с противоположным значением, антитеза, грамматические приемы, пословицы и поговорки, поэтическое искусство, словесное искусство, духовное искусство, буквальное искусство, красивое прозвище, опровержение объекта, метафора, аллегория, аналогия, сравнение, восклицание, таджахиль-уль-ариф. Annotation. Below is an analysis of the artistic arts used in the work of the poet Halima Khudoyberdiyeva, who expressed elegant feelings through beautiful words in verses. But poetic art has not been deeply studied in the work of the poetess and her poems. The main goal of the article is to analyze and reveal the documents of poetic art in the poet's poems, to show the unique place of these poetic arts in the poet's work, and to analyze their content. the analysis is checked. Key words: poetic art, lafziy art, ma’naviy art, harfiy art, antonym, sifatlash, omonym, tashbeh, tazod. XX asr dunyo tilshunosligi tarixida ijodiy asar lingvistikasi shakllangan va o‘ziga xos yo‘nalishlardan biriga aylangan muayyan davrni tashkil etadi. Lisoniy hodisalarni yirik ko‘rinishlarda tadqiq etuvchi mazkur soha XXI asrda yanada jadal
648 sur’atlar bilan rivojlanib, sohaning muammo va masalalariga yangicha yondashuvlarni taklif qilmoqda. Xususan, poetik nutq yoki matndagi badiiy san’atlarning lisoniy omillarini shakl-ma’no-vazifa yaxlitligida tadqiq qilinishi masalasi ham shular jumlasidan. O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva ijodi ham XX asr ikkinchi yarmi va XXI asr boshlari davri o‘zbek adabiyotining yuksak, betakror namunalari qatoridan munosib o‘rin egallaydi. Bu esa o‘zbek tilining lisoniy, badiiy-estetik imkoniyatlarini shoira ijodi misolida ham ochib berish, lisoniy birliklarning badiiyestetik vazifasini munosib baholash mumkinligidan dalolat beradi. Shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida shakl-ma’no-vazifa yaxlitligini ta’minlovchi omillar quyidagilardan iborat ekanligini kuzatdik: fonetik omil, leksik omil, morfologik omil va sintaktik omil. Omil va vosita tushunchalari lisoniy birlik sifatida izohli lug‘atda quyidagicha izohlanadi: “OMIL I [a. – sabab; ta’sirchan kuch] Ish-harakat, voqea-hodisa va sh.k.ning yuzaga chiqishi, sodir bo‘lishi uchun sabab bo‘lgan narsa; sabab” [1,122]; “VOSITA [a. – chora, tadbir, usul; o‘rta, o‘rtadagi] umuman, biror narsani amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, foydalaniladigan narsa, omil” 1 . Bundan anglashiladiki, poetik nutq tarkibidagi shaklma’no-vazifa yaxlitligini ta’minlashning o‘ziga xos lisoniy, badiiy sabab va vositalari mavjud, ularning tahlili orqali badiiy voqelik tasviri bilan bog‘liq shakl, mazmun, vazifa oydinlashadi. Badiiy asar tilining lingvistik aspektdagi tadqiqi markazida ham lisoniy birlik – so‘z turadi. Bu borada tilshunos B.Umurqulovning quyidagicha munosabatini keltirib o‘tish joiz: “She’riy nutqning mazmunan va shaklan go‘zalligini, uning badiiy ta’sirchan va o‘tkirligini ta’minlovchi omillardan biri so‘zdir. Ammo tildagi barcha so‘zlarning ta’sirchanlik va jozibadorlik kuchi bir xil emas. Darhaqiqat, fonetik, leksik, morfologik vositalar poetik nutqning o‘ziga xosligini ta’minlash bilan birga so‘zlardagi jozibalilik va musiqiylikning omili sanaladi. S.Karimov [2,77], M.Yo‘ldoshev [3,169]badiiy matnning poetik aktuallashuvida har bir til sathiga oid birliklarni badiiy matnning birlamchi, asosiy vositalari sifatida qayd qiladi. Shu ma’noda omil, vosita atamalarini tilshunoslikda teng qiymatga egaligini ko‘rishimiz mumkin. Fonografik uslubiy vositalarning tasnifi, konnotativ vazifalarini tadqiq etgan olima G.Yaxshiyeva “talaffuzda undosh tovushlarni ikkilantirish, takror qo‘llash, tushirib qoldirish, so‘zda ularning o‘zaro o‘rnini almashtirish, yozma nutqda esa ushbu talaffuziy hodisalarni aynan aks ettirish fonografik jihatdan muhim uslubiy ahamiyatga egaligi” [4,25]ni ta’kidlasa, A.Haydarov “tovushlar bilan bog‘liq fonostilistik vositalarda uslubiy imkoniyatlar ko‘pligi, ayrim so‘zlarning ohang va 1 Ўзбeк тилининг изoҳли луғaти. 5 жилдлик. 1-жилд. – Тoшкeнт: ЎзМЭ, 2006. – Б. 468.
649 fonetik qiyofasini o‘zgartirish orqali hissiy ta’sirchanlik paydo bo‘lishi” [5,156]ni qayd etadi. She’riyatda, asosan, assonans (unlilar takrori), alliteratsiya (undoshlar takrori), geminatsiya (undoshlarning qavatlanishi) kabi fonetik usullardan keng foydalaniladi.[3,51] Tadqiqotchi D.Yusupova nutq tovushlarining uslubiy imkoniyatlarini, jumladan, “nasriy asarlarda ham, poetik nutqda ham fonopoetik usullar, jumladan, unli va undoshlarni cho‘zish, takrorlash, qavatlash orqali ekspressivlikni ta’minlashga erishish” 2 fonografik vositalar ko‘magida bo‘lishni ta’kidlaydi. Shu o‘rinda Halima Xudoyberdiyevaning “Bizlar ojiz…” she’ri misolida fonetik omil masalasiga e’tibor qaratamiz. Biz qayda-yu haqiqat, Haqqa Bag‘ir ochgan osmon qayerda! Sharpa sezsak, to‘xtaymiz taqqa, Yuragida arslon qayerda, Hali uz-o-o-q bizlar cho‘kib tiz Yashagaymiz. Hoqon qayerda? To‘nib-muzlab qolgan qonimiz, Almashtirmoqqa qon qayerda? Yo‘- o‘q, garchand ketmadi sho‘rimiz, Ochimiz och, to‘qimiz to‘ygan. Shoiraning adolatsizlik, erksizlik, g‘aflatga qarshi qalb tug‘yonlari ifodasiga boy “Bizlar ojiz…” she’rida unlilarning takrorlari fonetik omil sifatida muallif, lirik qahramonning voqelikka munosabatini ifodalash, ifodalanayotgan leksik mazmunga qo‘shimcha badiiy ma’no yuklash, maxsus shakl, ohang orqali mazmunni kuchaytirishga xizmat qilganligini kuzatishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, Halima Xudoyberdiyeva she’riyatini “shakl-ma’novazifa” tamoyili asosida o‘rganish she’rlaridagi badiiy san’atlarning badiiy-estetik imkoniyatlarini ochish, har bir lisoniy vosita va birliklarning badiiy ma’no va vazifalarini baholash kabilarni ham nazarda tutadi. Shoira she’riyatida badiiy san’atlar she’rning hayotiyligi, g‘oyasi, mazmuni, badiiyati, fikrlar izchilligi, muallif, lirik qahramonning tuyg‘ularidagi xalqchillik ifodasi, erkin bayon etish xususiyatlarini ochib berish uchun xizmat qilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Ўзбeк тилининг изoҳли луғaти. 5 жилдлик. 3-жилд. – Тoшкeнт: ЎзМЭ, 2007. – Б. 122. 2 Юсупoвa Д.Ю. Ҳaлимa Худoйбeрдиeвa шeърияти лингвoпoэтикaси: Филoл. фaн. б.фaлс. дoкт. … дисс. – Сaмaрқaнд, 2022. – Б. 24.
650 2. Кaримoв С.A. Ўзбeк тилининг фoнeтик стилистикaси. Мoнoгрaфия. – Сaмaрқaнд: СaмДУ, 2016. – Б. 77. 3. Йўлдoшeв М. Бaдиий мaтн лингвoпoэтикaси. Мoнoгрaфия. – Тoшкeнт: Ўзбeкистoн НМИУ, 2019. – Б. 169 4. Яхшиeвa Г. Ўзбeк тилидa фoнoгрaфик услубий вoситaлaр: Филoл. фaн. нoмз. … дисс. aвтoрeф. – Тoшкeнт, 1997. – Б. 25. 5. Ҳaйдaрoв A. Бaдиий тaсвирнинг фoнoстилистик вoситaлaри: Филoл. фaн. нoмз. ... дисс. – Тoшкeнт, 2008. – Б. 158.