ERKIN VOHIDOV SHE'RLARINING ASSOTSIATIV STRUKTURASI
Full text
651 ERKIN VOHIDOV SHE’RLARINING ASSOTSIATIV STRUKTURASI Shoymardanova Dilfuza Baxtiyorovna Renessans ta’lim universiteti Filologiya fakulteti katta o‘qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933387 Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga lingvistik yondashuv asosida baho berilgan. Xususan, uning she’riy matnlarida qo‘llangan assotsiativ birliklar tahlil qilinib, ularning shakllanish manbalari, turlari va badiiy nutqdagi vazifalari yoritilgan. Maqolada stimul so‘z asosida yuzaga kelgan sinonimik, antonimik, partonimik, uyadoshlik, derivatsion va sintaktik munosabatdagi assotsiatsiyalar turlari ko‘rib chiqilgan hamda ular matn shakllanishidagi roli aniqlangan. Kalit so‘zlar: assotsiativ birlik, stimul so‘z, sinonimik aloqa, antonimik aloqa, partonimik aloqa, uyadoshlik, she’riy matn, lingvistik tahlil, Erkin Vohidov, badiiy nutq. Аннотация: В данной статье проводится лингвистический анализ поэтического наследия народного поэта Узбекистана Эркина Вохидова. Особое внимание уделено ассоциативным единицам, использованным в его поэтических текстах. Рассматриваются источники и типы ассоциаций, возникающих на основе стимульных слов, таких как синонимические, антонимические, партонимические, деривационные и синтаксические связи, а также их роль в формировании текста. Ключевые слова: ассоциативная единица, стимульное слово, синонимическая связь, антонимическая связь, партонимическая связь, однокоренные слова, поэтический текст, лингвистический анализ, Эркин Вохидов, художественная речь. Annotation: This article offers a linguistic analysis of the poetic works of the Uzbek People's Poet Erkin Vohidov. The focus is on the associative units used in his poetry, examining their origins, types, and roles in artistic speech. Different types of associations based on stimulus words are analyzed, including synonymic, antonymic, partonymic, derivational, and syntactic relationships, highlighting their function in the formation of poetic texts. Keywords: associative unit, stimulus word, synonymic relation, antonymic relation, partonymic relation, cognate words, poetic text, linguistic analysis, Erkin Vohidov, artistic speech. Y.N.Karaulovning ta’kidlashicha, tilni uch xil yo‘nalishda o‘rganish mumkin: birinchidan, til tizimli qurilma sifatida tadqiq etiladi va uning natijasi lug‘at va grammatika kabi tizimli tavsiflarda aks etadi; ikkinchidan, til moddiy jihatdan turli xil matnlar to‘plami sifatida qaraladi, bu “til” yoki “til-matn” deb ataladi; uchinchidan, til o‘ziga xos ideal mohiyat sifatida, ya’ni uning egalarining lisoniy qobiliyati sifatida tasavvur qilinadi 1 . Tilni insonning lisoniy qobiliyati sifatida o‘rganishda nutq egalari tomonidan yaratilgan matnlarni tahlil qilish katta o‘rin tutadi. Xususan, shoir va yozuvchilar kabi 1 Караулов Ю.Н. Ассоциативный анализ: новый подход к интерпретации художественного текста // https://cyberleninka.ru/article/n/assotsiativnyy-analiz-novyy-podhod -k-interpretatsii-hudozhestvennogo -teksta
652 so‘z san’atkotlari tomonidan ishlab chiqarilgan badiiy obrazli matnlar ularning lisoniy qobiliyatlarining imkoniyatlarini ochib beradi. S.M.Karpenkoning fikricha, muallifning o‘ziga xos dunyoqarashi she’riy asar tilida lingvistik vositalar, asosiy so‘zlar, matn assotsiatsiyalari, yaratilgan obrazlar tizimi va boshqa elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Olamning konseptual tasviri matnda shaxsiy idrok prizmasidan o‘tgan bilimlar, taassurotlar va g‘oyalar majmuasi sifatida aks etadi. Olamning lisoniy tasvirini konseptual tasvir bilan bog‘lovchi asosiy vositalardan biri so‘zlarning assotsiativ aloqalaridir. Agar olamning konseptual tasvirining dinamik tabiati hisobga olinsa, ijodkorning bir stimul so‘zga nisbatan assotsiatsiyalari uning ijodining turli davrlarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi mantiqan asoslidir 2 . O‘zbek xalq shoiri E.Vohidovning badiiy merosi adabiyotshunoslar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Ushbu ulug‘ adibning asarlari tilshunoslik nuqtai nazaridan ham tahlil qilingan. Masalan, S.Maxsumovaning “E.Vohidov asarlarining konnotativ xususiyatlari” nomli nomzodlik dissertatsiyasida shoir asarlarida konnotatsiyani shakllantiruvchi til vositalari aniqlanib, ularning lisoniy xususiyatlari o‘rganilgan va konnotativ birliklarning badiiy matnning ta’sirchanligini oshirishdagi roli asoslangan 3 . G.Keldiyorovaning “O‘zbek badiiy nutqida antiteza (E.Vohidov she’riyati misolida)” nomli dissertatsiyasida shoir she’rlarida antiteza san’atining badiiylikni yaratishdagi ahamiyati yoritilgan 4 . B.Yo‘ldoshev va Q.Xalilov hamkorligida yozilgan “Shoir Erkin Vohidovning frazeologizm qo‘llash mahorati haqida” risolasida shoir asarlarida ishlatilgan frazeologizmlarning badiiy obraz yaratishdagi o‘rni, she’riy matnda konnotativ ma’no hosil qilishi tahlil qilinib, shoirning frazeologik birliklardan foydalanish mahorati ochib berilgan 5 . Ko‘rinib turibdiki, E.Vohidov asarlari tilshunoslikda turli tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Biroq, bu ijodkorning asarlarida assotsiativ bog‘langan birliklarning she’riy matn hosil qilishdagi roli, ularning shakllanish omillari va xususiyatlari alohida tadqiq qilinmagan. Quyida shoirning she’riy asarlarining assotsiativ tuzilishi tahlil qilinadi. 2 Карпенко С.М. Кўрсатилган тадқиқот // https://www.dissercat.com/content/ assotsiativnye-svyazi-slova-v-uzuse-ipoeticheskom-tekste-na-materiale-tvorchestva-n-s-gumil 3 Максумова С. Э.Воҳидов асарларида коннотативликнинг ифодаланиши: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2012. – 150 б. 4 Келдиёрова Г. Ўзбек бадиий нутқида антитеза (Э.Воҳидов шеърияти мисолида): Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – 26 б. 5 Йўлдошев Б., Халилов Қ. Шоир Эркин Воҳидовнинг фразеологизм қўллаш маҳорати ҳақида. – Самарқанд, 2007. – 96 б.
653 E.Vohidov she’rlarida qo‘llanilgan assotsiativ birliklar stimul so‘z bilan sinonimik, antonimik, partonimik, uyadoshlik munosabatlariga, shuningdek, umumiy derivatsion va pragmatik xususiyatlarga asoslanib hosil bo‘lgan. D.Lutfullaeva ta’kidlaganidek, “shoir tomonidan yaratilgan verbal assotsiatsiyalar uning xotirasida tiklangan o‘zbek tili leksikasining sinonimik, antonimik paradigmalari, uyadoshlari va bo‘yoqdor qatlamini o‘ziga xos tarzda namoyon qiladi. 6 ” Bu holat shoirning quyidagi she’rlarida yaqqol ko‘rinadi: Kamtarlik haqida Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibru havo nimaga kerak? Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan. Ushbu she’rda manmanlik va kibru havo assotsiatsiyalari kamtarlik stimul so‘ziga nisbatan antonim sifatida xotirada tiklanadi. Kamtarin assotsiatsiyasi esa kamtarlik so‘zi bilan bir asosdan yasalganligi sababli assotsiativ munosabatga kirishadi. Shoir quyidagi she’rlarida sinonimik munosabatdagi sevgi – ishq, quyosh – oftob assotsiativ birliklaridan samarali foydalangan: Sevgi Sevgiga she’r bitding, Erkin, Besabab ermaski, ishq – Aylagach ko‘ngulni ishg‘ol, She’r ila mashg‘ul qilur. Quyosh Deydilar, ishq otashidan Oftob ham taft olur; Gar isinmoq istasa Qalbimga jo bo‘lsin quyosh. E.Vohidov she’rlarida stimul so‘z sifatida so‘z birikmasi yoki gap shaklidagi birliklar ko‘p uchraydi. Shoir ko‘pincha “Bu ko‘hna hasrat”, “Qaro qoshing”, “Bizlar arra tortmoqdamiz”, “Barcha shodlik senga bo‘lsin”, “Qalin puli” kabi so‘z 6 Лутфуллаева Д. Ассоциатив тилшунослик назарияси. – Тошкент: Meriyus, 2017. – Б. 69.
654 birikmasi yoki gap shaklidagi sarlavhalarni tanlaydi. Bunday she’rlarda stimul so‘zga nisbatan sintaktik sinonimlar hosil bo‘ladi. Masalan: Demang, shoir tinib ketdi Demang, shoir tinib ketdi, Siyosatga inib ketdi. Va yo aytmangki, mo‘rt toldek, Shamollarda sinib ketdi. Siz, ey lutf bahrida g‘avvos, U sizni sog‘inib ketdi. Demang,shoir jimib ketdi , G‘azal yozmay tinib ketdi. Tinib ketsa, bilingizki, Yog‘och otga minib ketdi. Bu she’rda stimul so‘z sifatida “Demang, shoir tinib ketdi” gapi ishlatilgan va unga sinonim sifatida “Demang, shoir jimib ketdi” gapi qo‘llanilgan. Yaxshilik Marhamatli inson ko‘ngli doim oq, Barchaga barobar dargohi kengdir. Lekin yomonga ham yaxshilik qilmoq, Yaxshiga yomonlik qilmoqqa tengdir. Bu she’rda yaxshilik qilmoq assotsiatsiyasi yaxshilik stimul so‘ziga nisbatan derivatsion asosda hosil bo‘lgan. To‘rtlik She’r ning sozi – to‘rt satr, To‘rt ajoyib – zo‘r satr. Shoir odam o‘zini To‘rt satr da ko‘rsatur. Bu she’rda to‘rtlik, she’r, satr (3) uyadosh so‘zlari she’riy matnning tayanch birliklari bo‘lib, to‘rtlik stimul so‘ziga nisbatan assotsiativ birlik sifatida shoir xotirasida tiklangan. Shoir she’rlarida stimul so‘zga nisbatan partonimik munosabatdagi assotsiatsiyalar ham uchraydi. Partonimik munosabat so‘zlarning inson xotirasida birga tiklanishiga olib keladi. Masalan, qo‘l so‘zi barmoq so‘zini, tana so‘zi bosh so‘zini xotirada tiklaydi. E.Vohidovning “Soch madhi” she’rida soch stimul so‘ziga nisbatan partonimik munosabatdagi bosh so‘zi qo‘llanilgan: Do‘stginam, boshingn i tik tut, Arzigay faxr aylasang, Bu kabi oppoq ochilgan Guli qiyg‘oching bilan. Shoirning “Qo‘llar” qasidasida esa qo‘l – tana assotsiativ juftligi bo‘lak – butun munosabatiga asoslanib yuzaga kelgan: Qo‘llar
655 Taningda kamtarin a’zo Bu qo‘llardir, bu qo‘llardir, Mudom mehnat uchun paydo Bu qo‘llardir, bu qo‘llardir. Ko‘rinib turibdiki, shoir she’rlarining assotsiativ tuzilishida sinonimik, antonimik, uyadoshlik, partonimik, giponimik munosabatlarga ega va umumiy derivatsion xususiyatga asoslangan birliklar stimul so‘z bilan assotsiativ aloqada bo‘lib, matnni shakllantiruvchi tayanch birliklar vazifasini bajaradi. Xulosa qilib aytganda, E.Vohidov she’rlarining assotsiativ tuzilishida quyidagi turdagi assotsiativ birliklar mavjud: 1. Stimul so‘z bilan bevosita bog‘langan assotsiativ birliklar; 2. Stimul so‘z bilan bilvosita bog‘langan assotsiativ birliklar; 3. Stimul so‘zga nisbatan sinonimik, antonimik, uyadoshlik, partonimik munosabatdagi assotsiativ birliklar; 4. Struktur jihatdan so‘z, so‘z birikmasi va gap shaklidagi assotsiativ birliklar. Shoir she’rlaridagi bu rang-barang assotsiatsiyalar uning beqiyos assotsiativ tafakkurga ega ekanligini, tafakkur mahsullarini she’rda obrazli tarzda aks ettirish qobiliyatiga ega betakror iste’dod sohibi ekanligini va tildan o‘z o‘rnida samarali foydalana olishini ko‘rsatadi. A.Oripov ta’kidlaganidek, “Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamoyili, nozik lutf, beozor qochirimlar, goh xazin, goh samimiy tabassum uyg‘otuvchi tashbehlar, o‘tkir xulosalar – bularning bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir. 7 ” FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Болотнова Н.С. Лексическая структура художественного текста в ассоциативном аспекте. – Томск: Томский. гос. пед. ин-т. 1994. – С. 6-7. 2. Караулов Ю.Н. Ассоциативный анализ: новый подход к интерпретации художественного текста // https://cyberleninka.ru/article/n/assotsiativnyy-analiz-novyy-podhod -k-interpretatsiihudozhestvennogo -teksta 3. Карпенко С.М. Кўрсатилган тадқиқот // https://www.dissercat.com/content/ assotsiativnyesvyazi-slova-v-uzuse-i-poeticheskom-tekste-na-materiale-tvorchestva-n-s-gumil 4. Максумова С. Э.Воҳидов асарларида коннотативликнинг ифодаланиши: Филол. фан. номз. ... дисс. – Тошкент, 2012. – 150 б. 5. Келдиёрова Г. Ўзбек бадиий нутқида антитеза (Э.Воҳидов шеърияти мисолида): Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. – Тошкент, 2000. – 26 б. 6. Йўлдошев Б., Халилов Қ. Шоир Эркин Воҳидовнинг фразеологизм қўллаш маҳорати ҳақида. – Самарқанд, 2007. – 96 б. 7. Лутфуллаева Д. Ассоциатив тилшунослик назарияси. – Тошкент: Meriyus, 2017. – Б. 69. 8. Ҳожи А.Ориф. Сўз сеҳри / Э. Воҳидов. Яхшидир аччиқ ҳақиқат. – Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1992. – Б. 3. 7 Ҳожи А.Ориф. Сўз сеҳри / Э. Воҳидов. Яхшидир аччиқ ҳақиқат. – Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1992. – Б. 3.