ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATIDA SINTAKTIK SINONIMLAR
Full text
656 ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA SINTAKTIK SINONIMLAR Ibragimova Umida Yuldashevna University of Business and Science Toshkent filiali Tillar kafedrasi professor v.b. E-mail:[email protected] Yusupova Nigora Muxamedjanovna University of Business and Science Toshkent filiali Tillar kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933391 Annotatsiya.Maqolada sinonimlar tilshunoslik , adabiyotshunoslik va boshqa bir qator fanlarning ham o‘rganish obyekti ekanligi Erkin Vohidov she’riyati misolida ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Tayanch so‘z va iboralar: she’riyat, sintaktik sinonimlar, koʻmakchili va kelishikli konstruksiyalar, leksik, sintaktik belgilar, sintaktik sinonimlar, graduonimiya va boshqalar Аннотация.В статье представлен научно-теоретический анализ того, что синонимы являются объектом изучения в языкознании, литературоведении и ряде других дисциплин на примере поэзии Эркина Вохидова. Ключевые слова и выражения: поэзия, синтаксические синонимы, вспомогательные и союзные конструкции, лексические, синтаксические знаки, синтаксические синонимы, градуонимия и т. д. Abstract.The article presents a scientific and theoretical analysis of the fact that synonyms are an object of study in linguistics, literary studies, and a number of other disciplines, using the example of Erkin Vohidov's poetry. Key words and word expressions: poetry, syntactic synonyms, auxiliary and union constructions, lexical and syntactic signs, syntactic synonyms, graduonymy, etc. Kirish. Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng tahlil qilingan hodisa bo‘lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki adabiyotshunoslik, madaniyat-shunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Sinonimlarni o‘rganish dastlab faqat leksik sathda o‘ragnilgan bo‘lib, “..odatda, bir xil ma’noli so‘zlar, bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar, yaqin, yoki bir ma’noli so‘zlar, uslubiy bo‘yoqlari, qo‘llanish sathlari bilan farqlanuvchi so‘zlar sifatida ta’riflanadi” 1 . Sinonimlarga bo‘lgan qarash turli yillarda turlicha talqin va tavsifiy xarakterga egaligi bilan boshqa tilshunoslik bo‘limlaridan ajralib turadi, masalan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar sinonimlik ma’noning aynan bir xilligi asosida belgilangan bo‘lsa, 80-yillarga kelib, so‘zning semantik strukturasi bir qancha olimlar tomonidan semantik tahlil asosida o‘rganila boshlandi. Bunga doir ilmiy-amaliy ishlar Sh.Rahmatullayev, H.Ne’matov, E.Begmatov, R.Rasulov ishlarida o‘z aksini topdi 2 . Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq 1 Shamshiddinov H. O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari. –T., 1999. 2 Rixsiyeva T. Lingvistik tadqiq asoslari bo‘yicha mulohazalar // O‘zbek tili va adabiyoti. –T., 2003.
657 etilishi sinonimik qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun o‘zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an’anaviy va zamonaviy qarashlar tubdan farq qiladi. Keyingi davrda sinonimlarning leksik ma’nosini semik tahlil qilish keng tus oldi. Sinonimlarga bunday yondashuv ulardagi leksik, sintaktik belgilarini ajratishda muhim ahamiyatga egadir. Til sathi birliklarida kuzatiluvchi aynanlikni ularning ma’nosi, shakli, vazifasi, uslubiy belgisi kabilarning teng kelishida, o‘zaro muvofiqligida ko‘rish mumkin. To‘g‘ri, sinonimlar va uning ma’no turlari haqida nazariyalar yaratilmasdan oldin ham badiiy adabiyotda go‘zal na’munalardan foydalanib g‘azallar yaratilgan. Masalan, quyidagi baytga e’tibor beramiz: Qalbga istarsan shifo gar, bo‘l yomon so‘zdan yiroq, Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak 3 . Ushbu baytda inson qalbini pokiza saqlashi uchun, xastalanmasligi uchun yomon so‘zdan yiroq bo‘lishi zarurligi haqidagi dono fikr ikkinchi misradagi tajnis bilan baytning tugal mazmunini yuzaga keltirmoqda. Xalq donishmandligi insonning mukammallikka erishish yo‘lida jidd-u jahd qilib, atrofdagi yomonliklardan ko‘zni ko‘r, quloqni kar qila olishi, buning uchun esa g‘ayriaxloqiy ishlar va gaplarga nisbatan ko‘rmasligi, ularni eshitmaslik darajasida qalb hamisha Haq yodi bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i haqida ta’lim beradi. Bu baytdagi “Karvalol, kar va lol” so‘zlari orqali go‘zal ma’no nozikliklariga erishilgan. Bu o‘rinda “Karvalol” so‘zining tashuvchi ma’nosi “kar va lol qolmoq” semasining aynan sinonimi hisoblanadi. Tilshunoslikda sintaktik sinonimlar shunisi bilan ahamiyatliki, bir tajnis san’atini hosil qiladigan birliklarga aslida omonimlar hosil qilsada ma’no nuqtai nazaridan ayrimi o‘rnlarda sintaktik sinonimlar ham hosil qilishini yuqoridagi misol isbot bo‘ladi. Shuning uchun ham tilshunoslikning bu sohasi nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham sinonimlar masalasiga qarash turli davrlarda turlishcha bo‘lganligini ko‘rsatadi. Misol uchun Nemis tilshunosi E.N.Miller qarashlariga ko‘ra, “zidlilik aynanlikning dialektik inkori, aynanlikning noo‘xshash ko‘rinishidir. Zidlilik aynanlikdan variantlilik, farqlilik orqali (tadrijiy “sakrash” yo‘li bilan) hosil bo‘lgan boshqa aynanlikni, ya’ni yangi narsa bo‘lib, o‘zidan keyingi “zanjirli” jarayonning (aynanlik-farqlilik-zidlilik) dastlabki xalqasini hosil qiladi”,- deb qaragan 4 . Ko‘rinib turibdiki, aynanlikdan farqlilikka o‘tishda zanjirsimon aloqa shakllanadi va bunda aynanlik birinchi tugunni, farqlilik esa so‘nggi tugunni aks ettiradi. Keyingi davrlarda tilshunoslikda chuqur tahlil qilinayotgan bu zanjir hodisasi lug‘aviy darajalanish-graduonimiya hodisasidir. Bu hodisa aynan sinonmilarning ma’no darajalanishi natijasida hosil bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Bizning 3 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000. 4 Qodirov M. Badiiy asar tilini o‘rganish masalalari // O‘zbek tili va adabiyoti. –T., 1983.
658 mumtoz adabiyotimizda bu tushuncha aynan shu nom bilan aytilmasada bu hodisa ko‘plab uchraydi. Graduonimiya sinonimik qatorda farqlilik omiliga asoslangan darajalanishdir. Sinonimlik hodisasi ham dastlab leksik sathda o‘rganilgan bo‘lsa-da, keyinchalik morfologik va sintaktik sinonimlar ham mavjudligi aniqlandi. Barcha sathlardagi sinonimlarga quyidagi ta’rifni berish mumkin: “Sinonimlar bir umumiy ma’no-mazmunga ega bo‘lgan, lekin emotsional-ekspressiv hamda funksional jihatdan farqlanuvchi til birliklaridir” 5 . Sinonimlik variantlilikdan farqli ravishda fonetik sathda mutlaqo uchramaydi. Leksik sinonimlar semadagi ma’no bo‘yog‘ining darajalanishi, uslubiy xoslanishi, ba’zan salbiy-ijobiy bo‘yoqqa egaligi bilan farqlanadi. Shuning uchun ham sinonimlar morfologik sathda, asosan, ko‘makchi morfemalar shaklida namoyon bo‘lib, ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 1. So‘z yasovchi morfemalar sinonimiyasi. 2. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi. 3. Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar sinonimiyasi. So‘z yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi ham o‘z o‘rnida quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: a) Ot yasovchilar: tilchi - tilshunos, chizgi - chiziq; b) Sifat yasovchilar: benomus - nomussiz, baodob - odobli; c) Ravish yasovchilar: mardona - mardlarcha , tiriklayin - tirigicha; d) Fe’l yasovchilar: senlamoq-sensiramoq, birlashmoq - birikmoq kabi 6 . Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi morfemalar esa faqat grammatik ma’no hosil qilgani sababli ikki xil holatdagi sinonimlikni hosil qiladi. 1.To‘g‘ridan to‘g‘ri sinonimlik: sarg‘ish (sariq+ish) - sarg‘imtir (sariq+imtir), ko‘rildi-solindi. 2.Ma’lum grammatik ma’noni ifodalashdagi sinonimlik: majhul va o‘zlik nisbat fe’llari o‘timli fe’lni o‘timsiz qiladi kabi. Munosabat shakli hosil qiluvchi morfemalar, asosan, ikki xil bo‘lib, ular ismga xos munosabat shakllar hamda fe’lga xos munosabat shakllarga bo‘linadi. Ismga xos munosabat shakllar sintaktik sinonimiyaning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Masalan: Dala (bosh kelishik) aylandim. Dalani aylandim. Dalada aylandim. Fe’lga xos munosabat shakllar esa to‘g‘ridan to‘g‘ri sinonimlik hosil qilishi mumkin. Masalan: keldim - kelyapman (shaxs-son: I shaxs, birlik), bor (0) -borgin (mayl: II shaxs, buyruq mayli). Sinonimlik o‘zbek tilshunosligida sinonimlik deb ham yuritiladi 7 . Bu atama ko‘proq leksik sinonimlarga nisbatan qo‘llangan. Sintaktik sinonimlar uchun mazmundoshlik atamasini taklif etamiz. Sintaktik sathda sinonimlik hozirgacha shakliy sintaksis tamoyillari bilan tasniflangan bo‘lib, ularda, asosan, morfologik belgi-ko‘rsatkichlar (ko‘makchi morfemalar va yordamchi so‘zlar) 5 Shamshiddinov H. O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari. –T., 1999. 6 Shamshiddinov H. O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari. –T., 1999. 7 Shamshiddinov H. O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari. –T., 1999.
659 sinonimligi bosh omil hisoblanadi. Sintaktik sinonimlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. So‘z birikmalari sinonimiyasi. 2. Gaplar sinonimiyasi. Sintaktik sinonimlarni tasniflashda turkolog olimlar har xil fikrlarni bildirgan bo‘lsa-da (Y.P.Shendels 3 turga, V.P.Suxotin hamda V.I.Kononenko 4 turga, S.M.Ibragimov esa 9 turga bo‘ladi), lekin asosiy klassifikatsiya yuqorida ko‘rsatilgan ikki turni ifodalaydi xolos. Sinonim gaplar oddiy tushunchadagi leksik sinonimlardan quyidagicha farqlanadi: 1. Leksik sinonimlar til birligi hisoblansa, sinonim gaplar nutq birligi sanaladi. 2. Leksik sinonimiya ko‘pincha, bir necha leksik birliklar o‘rtasida kuzatilsa, gap sinonimiyasi, asosan, ikki sintaktik konstruksiya o‘rtasida yuzaga chiqadi 8 . Sintaktik sinonimlar noverbal vositalar bilan qo‘llanishi mumkin. “Pantamimo va xareografiyada yuz va tana harakatlari bilan noverbal nutq amalga oshiriladi. Bu harakatlar, ko‘pincha, hamma tillarda so‘zlashuvchilar va har xil madaniyat egalariga bir xilda tushunarli va ta’sirli kechadi. Sintaktik sinonimiya (mazmundoshlik)ni sintaktik parallellizm deb yuritish biroz noaniqlik tug‘diradi, chunki parallellizm leksik sathda variantlilikni ifodalasa, sintaksisda, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, parallel sintaktik strukturali gaplarni ham ko‘rsatadi. Misol uchun quyidagi misraga e’tibor qaratamiz: “Jilmayadi o‘zida yo‘qq shod Yangi oy ham ketmay qoshingdan Etak-etak olib koinot Yulduzlarni sochar boshingdan” 9 Ushbu o‘rinda “oy, koinot, yulduz” so‘zlari orqali bir qarashda uyadosh so‘zlar (badiiy adabiyotda parallellizm”ni hosil qilgandek ko‘rinadi, aslida, bizningcha, sintaktik sinonimiya ma’nosida mazmundoshlik atamasi qo‘llansa va sintaktik sinonimiyani hosil bo‘lishiga xizmat qiluvchi birliklar, ya’ni grammatik shakllar - bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi vositalar leksik sinonimiyani hosil qiladimi, sintaktik sinonimiyanimi, qayta tekshirib ko‘rish lozim. Oʻzbek tili sintaksisi uslubiy tomondan hali yetarli oʻrganilmagan. Bu sohaga bagʻishlangan ilmiy yoki ilmiy-metodik ishlar kam. Ammo kundalik turmush, tilning hozirgi taraqqiyoti uning sintaktik qurilishidagi uslubiy tomonlarini har tomonlama oʻrganishini taqozo etmoqda. Chunki soʻzlovchi yoki yozuvchi biror fikrni roʻyobga chiqarishda turli sintaktik birliklardan maqsadga muvofigʻini tanlab ishlatadi. Shu asosda aytilayotgan fikrni ta’sirchan va ma’noli boʻlishini ta’minlaydi. Buning uchun sintaktik uslubiy vositalar: sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya, she’riy sintaksisdagi uslubiy figuralarga murojaat qiladi. Masalan: “Tarixingdir ming asrlar 8 Shamshiddinov H. O‘zbek tilida so‘zlarning funksional-semantik sinonimlari. –T., 1999. 9 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000.
660 Ichra pinhhon o‘zbegim. Senga tengdosh Pomir-u, Oqsoch Tiyonshon o‘zbegim” 10 . Nutq uslublariga xos turli sintaktik vositalar, soʻz birikmalari va gaplardagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya hodisasi, soʻz tartibi, ifoda maqsadiga va tuzilishiga koʻra gap turlarining nutqda ishlatilishi, koʻchirma va oʻzlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari va boshqalar sintaktik uslubiyatning oʻrganish obyektidir. Bunda u istalgan sintaktik birlikni yakka, ajratib olgan holda emas, balki u bilan yonmayon turgan boshqa sintaktik birliklar bilan aloqaga kirgan joyini, ya’ni nutqdagi sintagmatik va tildagi paradigmatik aloqalarni hisobga olgan holda ish tutadi. Masalan: “Jilmayadi o‘zida yo‘q shod Yangi oy ham ketmay qoshingdan. Etak-etak olib koinot Yulduzlarni sochar boshingdan” 11 . Demak, har bir sintaktik birlikdagi qoʻshimcha ma’nolar ochiladi va bu ma’nolarning bayon qilinayotgan nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligini oshirishdagi ahamiyati nazarda tutiladi. Koʻrinadiki, har bir soʻzning oʻz leksik-grammatik tabiatiga asoslangan bogʻlanish xususiyatlari bor: sifat+ot: katta bino (predmet va uning belgisi); ot+fe’l: ishga kirdi (predmet va uning harakati); ravish+fe’l: yayov yurdi (harakat va uning belgisi) kabi. Son bilan sifat birikmaydi. Chunki ikkalasi ham predmet belgisini bildiradi. Shuningdek, oʻtimli fe’l predmetning doimo tushum kelishigida boʻlishini talab qiladi. Masalan: Marjon-mardon yumaloq, Yaproqlari shapaloq, Qizil, sariq, yashil, oq, Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq. Sen ayt-chi, sizim Gulsum, Bumi dadajon uzum… 12 Soʻz birikmasi va sodda gaplardagi valentlik (birikish)da kamida ikki soʻz aloqaga kirsa, qoʻshma gaplarda ikki predikativ tarzdagi sintaktik birliklar oʻzaro aloqaga kirishadi. Ushbu hodisaga e’tibor qaratamiz: Umrimiz yonmoqda, yonmoqda. Bir yonda biz topib ulgurmay Ming-minglab savolga javoblar 10 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000. 11 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000. 12 Vohidov E. Ishq savdosi. Toshkent, Sharq, 2000
661 Hatto birx varaqlab ham ko‘rmay, Javonda yonmoqda kitoblar 13 . Sintaktik konstruksiyalarning uslubiy boʻyogʻi shu konstruksiyalarda ifodalangan soʻzlar, shaxs-son, kelishik, modallik va soʻz tartibi kabi grammatik ma’nolar bilan bevosita bogʻlangan boʻladi. Bu uslubiy boʻyoq uch a’zoli paradigmada yorqin namoyon boʻladi: betarf, kitobiy, soʻzlashuv. Masalan: U gʻamgin edi (betaraf); u xazin edi, (ta’sirchan boʻyoqli – kitobiy); gʻamgin edi u (ta’sirchan boʻyoqli – soʻzlashuv). Qayd etilgan dalillar sintaktik birliklarning oʻziga xos katta uslubiy imkoniyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Sintaktik omonimiya nutq bosqichiga xos xususiyat boʻlib, soʻz shakllari, birikmalar va gaplar orasida yuz beradi. Sintaktik omonimiyada ifodaning, avvalo, shakl tomoniga, soʻngra mazmun tomoniga e’tibor beriladi. Shakllari bir xil, ammo mazmuni turlicha boʻlgan soʻz birikmalari va gaplardan badiiy tasvirda soʻz oʻyinlari, askiya, ba’zan kulgi yaratish uchun foydalaniladi: Keza-keza oxir toldi, Umid uzdi jonidan. Bir payt nogoh chiqib qoldi Bir chashmaning yonidan. Yiqilgancha suvga behol Lab cho‘zganda tashna tan, To‘lqinlandi birdan zilol, Sado chiqdi chashmadan: “Shoshma, yo‘lchi, Ichursan, bas, Muzdek, tiniq, to‘laman. Ammo bilki, Oddiy suvmas, Obihayot bo‘laman. Azob chekding ko‘p sahroda, Mayli, To‘yib ichib ol. Meni ichgan bu dunyoda Mangu yashar bezavol 14 . Ushbu o‘rinda “zilol, chashma, bezavol, obihayot” so‘zlari shakily jihatdan sinonimk qatorni hosil qilmaydi, lekin badiiy adabiyotda aynan shu badiiy san’atni hosil qiladi. Bu kabi hodisalar nasriy asarlarda ham uchraydi. 13 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000. 14 Vohidov E. Saylanma. 3 jildlik kitob. Toshkent, Sharq, 2000.
662 Erkin soʻz birikmalari oʻzaro hamda turgʻun soʻz birikmalari bilan omonimlik tashkil qila oladi: Ne’matovga qaraydi soʻz birikmasida bir-biridan farq qiluvchi ikki ma’no anglashilgan: 1) boshqa bir shaxs (Ne’matovga qarab, tikilib turibdi; 2) ma’lum bir narsa - predmet unga tegishli ma’nosida. Paltoda oʻtirdi, choponda yotdi birikmalarida ham bu holni koʻrishi mumkin. Erkin soʻz bogʻlamasi bilan turgʻun soʻz bogʻlamasi omonimlik paydo qilsa, ta’sirchanlik bir qadar kuchli ifodalanadi: ogʻzi katta: a) ogʻzining hajmi katta, ya’ni fizologik holat; b) maqtanchoqlik – sintaktik ibora boʻlib, ta’sirchanlik ifodalangan. Turgʻun soʻz bogʻlamalari oʻzaro omonimlik tashkil qilganda, ta’sirchanlik va hishayajon yanada kuchayadi. Buni quyidagi bir gap tarkibida keltirilgan ikki omonimik ibora ma’nolarini qiyoslaganda yaqqol koʻrish mumkin: Bolalar oʻz onalarini ardoqlab boshiga koʻtardi. Onasi uydan chiqishi bilan uyni boshiga koʻtardi. Sintaktik omonimlik sodda gaplar orasida ham, qoʻshma gaplar orasida ham uchraydi: Nodonligidan gapirdi gapidan ikki xil ma’no anglash mumkin: oʻzi nodon boʻlgani uchun gapirish yoki boshqa birovning nodonligini bayon qilish; nima ekilsa, shu oʻriladi gapi ham nutqda ikki xil ma’no ifodalaydi. Bir xil grammatik qurilishga ega boʻlgan gapdan ohang va pauzaning oʻrnini oʻzgartirish bilan turli mazmundagi gaplar hosil qilish mumkin. Masalan, qishloqdagi bari yosh yigitlar urushga ketgan gapi hech qanday toʻxtamsiz oʻqilsa boshqacha, yosh soʻzidan soʻng toʻxtam qilinsa tamoman boshqa ma’noli gaplar hosil boʻladi. Sinonimlik nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham sintaktik uslubiyatning asosini tashkil etadi. Chunki sinonimlikda avvalo, maqbul konstruksiyalarni nutq jarayoni va sharoit, janrga moslab tanlab olish imkoniyati mavjud boʻladi. Denotativ ma’nosi bilan bir-biriga yaqin, ammo konnotativ ma’nosi bilan farqlanuvchi turli konstruksiyalar sintaktik sinonimiyani tashkil qiladi. Sintaktik sinonimiyada mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan fikrni har xil konstruksiyalar, gaplar orqali berish tushuniladi: Kitobni ukasiga oldi – Kitobni ukasi uchun oldi. Buni hamma biladi – Buni kim bilmaydi? kabi. Sintaktik sinonimiya uslubiy vosita sifatida ogʻzaki va yozma nutqda keng qoʻllaniladi Sintaktik sinonimlarni hosil qilishda soʻz va soʻz shakllari muhim rol oʻynaydi. Shaklan turlicha, mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan gaplar biri ikkinchisidan hissiy ta’sirchanligi yoki biror uslubga taalluqligi bilan farq qiladi. Chogʻishtiring: U darsga kechikib kiradi – U darsga kechikmay kirmaydi. Ikkinchi gapda ta’sirchanlik kuchli. Sintaktik sinonimlarni xoh ogʻzaki, xoh yozma nutqda boʻlsin, soʻz qoʻllashning boyligi nuqtai nazaridan baholash lozim. Chunki sintaktik sinonimlar ham, asosan, leksik sinonimlar kabi nutqda turli ma’no nozikliklarini keltirib chiqaradi, uslubiy boʻyoqdorlikni, fikrning aniq ta’sirchan boʻlishini ta’minlaydi. Shuning uchun yozuvchilar bir jumlaning oʻzida ularning turli koʻrinishlaridan foydalanishga harakat qiladilar: Toʻgʻonbek chalasavod boʻlsa ham, ilm-
663 fanning qadr-qimmatini biladi. Talabalarning suhbat va munozaralariga diqqat bilan quloq soladi, lekin bu sohani oʻzi uchun begona hisoblaydi. Sintaktik sinonimiya soʻz birikmasi va gap doirasida boʻlishi mumkin. Mazmunan bir-biriga yaqin, ammo tuzilishi va uslubiy boʻyogʻi turlicha boʻlgan soʻz birikmalari sinonimik soʻz birikmalari hisoblanadi: Ikkinchi uy – ikkinchi sondagi uy – nomer ikkinchi uy. Soʻz birikmalari sinonimiyasida mavjud predmet, belgini emas, balki ana shu predmet, belgini ifodalashda sintaktik aloqa munosabati va shu munosabat asosida kelib chiqadigan konnotativ ma’nolar ifodalanadi: Xoʻjalikka yaraydi – xoʻjalik uchun yaraydi – xoʻjalik uchun yaroqli. Soʻz birikmalaridagi sinonimlik ikkiga: kelishikli konstruksiyalardagi oʻzaro sinonimiya hamda kelishikli va koʻmakchili konstruksiyalar sinonimiyasiga boʻlinadi. Kelishikli konstruksiyalardagi sinonimiya, asosan, kelishik qoʻshimchalarining oʻzaro almashinib ishlatilishi natijasida hosil boʻladi. Bunda, asosan, chiqish kelishikli birikmalar qaratqich va joʻnalish kelishikli konstruksiyalar bilan sinonimlik munosabatga kirishadi. Tinglovchilardan biri soʻzladi – Tinglovchilarning biri soʻzladi. Biz sizning qoʻshningiz boʻlamiz – Biz sizga qoʻshni boʻlamiz kabi. Kelishikli va koʻmakchili konstruksiyalar sinonimiyasi barcha nutq uslublarida uchraydi. Biroq xalq maqollari, shiorlar, gazeta sarlavhalari va rubrikalari uchun koʻproq qisqalik, ya’ni kelishikli konstruksiya muvofiqdir. Chogʻishtiring: Dunyoga tinchlik! Dunyo uchun tinchlik! Kamtarga kamol, manmanga zavol. (Maqol.) Bersang olasan, eksang oʻrasan. (Maqol.) Harakatning bajarilishidagi vosita ma’nosini ifodalashda oʻrin-payt kelishikli konstruksiya “bilan” koʻmakchili konstruksiyalar bilan sinonimlik hosil qiladi: Qalamda yozdi – qalam bilan yozdi, poyezdda ketdi – poyezd bilan ketdi. Koʻmakchili birikmalar ish-xarakatning bajarilish holatini, sababini, paytini, oʻrnini ham ifodalab keladi: Shirin-shirin o‘ylarin o‘ylab O‘ltirardi Chashma qoshida. O‘ltirardi sochin taroqlab, Aks etardi ko‘zguda jamol. Kelajagin, Baxtin so‘roqlab Goh chashmaga berardi savol. Qomatining bandasi sarvlar Boshi uzra tashlardi soya, Mayingina shildirab suvlar
664 So‘ylar edi Qizga hikoya… 15 Bunday qurilmalarni biror-bir kelishikli konstruksiya bilan sinonim qilib ishlatib boʻlmaydi. Atalganlik, tegishlilik ma’nosidagi sinonim konstruksiyalarda hokim qism ifodalagan predmet shaxsga tegishli boʻlsa, koʻproq kelishikli kontrukstiya, oʻsha predmet jonivorlarga taalluqli boʻlsa, asosan, koʻmakchili konstruksiya ishlatiladi: Mohir sportchilarga sovrinlar (Gaz.). Sigir uchun omuxta ozuqa (Gaz.). Soʻz birikmasida sabab ma’nosi ifodalanib kelganda deb, uchun, tufayli konstruksiyalari oʻzaro sinonimlik hosil qila oladi: – Sizni deb keldim, Yoʻlchi aka! – Men uchun keldingizmi? (O.) 16 . Koʻmakchili va kelishikli konstruksiyalar sinonimiyasi janr, uslub xususiyatiga koʻra bir-biridan farqlanib qoʻllanadi. Jumladan, nasrda koʻmakchili konstruksiya nisbatan faol qoʻllanadi. She’riyatda koʻproq kelishikli konstruksiyalar ishlatiladi. Erkin soʻz bogʻlamalari ikki soʻzning ma’lum bir qonun-qoida asosida birikishidan hosil boʻladi. Shu birikmalarning koʻpchiligi uslubiy betaraf boʻlsa, ayrimlari uslubiy boʻyoqdor boʻladi. Uslubiy boʻyoqdor soʻz birikmalari, odatda, bir soʻzning boshqasi bilan birikish imkoniyati va qonuniyati buzilgan holatiga toʻgʻri keladi. Demak, bir soʻz ikkinchi bir soʻz bilan qoʻshila olsa, boshqa birisi bilan birika olmaydi. Soʻzlar oʻzaro birikishi uchun mantiqan bir-biriga toʻgʻri kelishi kerak. Masalan, mazali osh deyish mumkin, ammo mazali tosh deb boʻlmaydi. Chunki toshda ta’m semasi yoʻq. Badiiy adabiyotda koʻchma ma’noli soʻzlar koʻproq qoʻllanadi. Shuning uchun ham badiiy nutqda soʻzlarning qoʻshilishida ayrim cheklanishlar yoʻqoladi. Masalan alangali yillar, shirin soʻz, qon yigʻlamoq, yoqut piyola kabi birikmalardagi soʻzlar aynan oʻz ma’nosida tushunilsa, mantiqsiz boʻladi. Ammo ular badiiy nutqda obrazlilik va jozibadorlik kasb etadi. Nutqimizdagi gaplar emotsional boʻyogʻi yoki ma’lum nutq uslubiga tegishliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ana shu farq sinonim gaplarda koʻzga tashlanadi. Mazmunan bir-biriga yaqin boʻlgan fikrni turli gap shakllarida bayon qilish gaplar sinonimiyasini yuzaga keltiradi: Bolaning egniga biror narsa kiyiting – Bolaga biror narsa kiyitsangiz boʻlmaydimi egniga (M.Haydarova) 17 . Bu gapning birinchisi betaraf boʻlsa, ikkinchisi soʻzlashuv nutqi uslubiga tegishliligi bilan ajralib turadi. Bunda soʻzlovchining oʻz nutqiga biror boʻlakni qoʻshimcha qilish maqsadi yoʻq, balki bu gap soʻzlashuv nutqiga xos boʻlib, uning nutqi tayyor emasligi bilan farqlanadi. Quyidagi bir sinonimik qatorni tashkil qilgan gaplar ham bir-biridan uslubiy boʻyogʻi bilan farqlanib turibdi: Rejani bajardik – Rejani ado etdik; El oldida vafo qildik – Va’daning 15 Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1995 16 Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1995 17 Lapasov J. Badiiy matn va lisoniy tahlil. –T.: O‘qituvchi, 1995