scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

PIRIMQUL QODIROVNING "AVLODLAR DOVONI" ASARIDA HUMOYUN OBRAZI

Sayfuddinova Marjona Fazliddin qizi

Full text

729 PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DOVONI” ASARIDA HUMOYUN OBRAZI Sayfuddinova Marjona Fazliddin qizi Renessans ta‘lim universiteti. Filologiya va tarix fakulteti. Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi Email:[email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933494 Annotatsiya. Ushbu maqolada Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”asaridagi Humoyun obrazini ko‘rib chiqamiz.Bu asar Pirimqul Qodirovning tarixiy asari hisoblanib Boburdan keyingi ikki avlodni ya‘ni Humoyun va uning o‘g‘li Akbar hayoti va ijodini o‘z ichiga olgan asardir. Kalit so‘zlar: Agra, avlod, Bobur, Humoyun, Hamidabonu, hurmat, Kamron mirzo, muhabbat, tarix, Xonzoda begim, yozuvchi. Ushbu asar Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”asarining davomidir. “Yulduzli tunlar” asarida to Boburning tug‘ilib, taxtga o‘tirishidan tortib, olib borgan janglari bayon etilgan. Akbar va Humoyun hayoti haqida hikoya qiluvchi bu asar XX asrning 80yillarda yaratgan. Pirimqul Qodirov hayot bilan hamnafas yashab, jamiyatdagi har bir o‘zgarish yangilanishga o‘z munosabatini bildiradi.Universitet ta‘limiga ega tarixshunos P.Qodirov O‘zbekistonning badiiy tarixiy o‘tmishi qayta yaratilishiga ko‘p kuch va vaqt sarflaydi. P. Qodirov, deyarli, oltmush yillik serqirra ijodiy faoliyati davomida dolzarb ma’naviy-axloqiy mavzularda o‘nlab hikoya va qissalar, “Uch tulpor”, “Qora ko‘zlar”, “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar davoni”, “Ona lochin vidosi” kabi romanlar, “Til va xalq”, “Amir Temur timsoli” kabi tarixiy-ma’naviy kitoblar yozib, o‘zbek adabiyotidan munosib o‘rin egallagan. Yozuvchi mustaqillik yillari, ayniqsa samarali ijod qiladi. Mohir qalamkashning yorqin asarlari xalqimizning boy o‘tmishi, atoqli ajdodlarining hayoti va ijodiga, bebaho merosimizning mohiyati va o‘rniga bag‘ishlangan, uning zamondoshlarimizning jasoratli mehnati, mamlakatimizda sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar haqidagi publitsistik maqolalari keng omma e’tirofiga loyiq topilgan 1 . Muallifdan: “Yulduzli tunlar”ning davomi bo‘lgan “Avlodlar dovoni”asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan merosi-Hindistondagi saltanatni boshqarishi,ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim 1 1 BOBOYOROVA DILNAVOZ “PIRIMQUL QODIROVNING “AVLODLAR DOVONI”ASARLARINING LINGVO-POETIK XUSUSIYATLARI”2024-YIL 730 qattiqo‘lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo‘riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go‘zal tasvirlanadi. Akbarni izlanuvchi, qiynaluvchi, ba‘zan adashuvchi, lekin ota-bobolarga munosib ravishda oqil va donishmand qiyofada ko‘ramiz. Butkul umrini Hindistondagi xalqlar boshini biriktirish yo‘liga, tinchlikni barqaror qilishga sarflaydi. Buning uchun u jamiyatni boshqarish yo‘rig‘iga, urug‘-aymoqlararo munosabatlarga qator islohotlar kiritadi. Turli diniy e‘tiqodlarga mansub kishilarning ixtilofini bartaraf etishga jon kuydiradi. Hatto turli e‘tiqodlarning mushtarakligini ta‘minlovchi umumiy din bo‘lishini orzu qiladi. Hind go‘zali Rani Jodha Bayga uylanishi ana shu niyatlariga tutashib ketadi.” Yozuvchi mohirlik bilan chavgon o‘ynayotgan qizlar orasida Hamidabonuni alohida ajratib, uni Xonzoda begim bilan uchrashtirib, bu go‘zal qizni nozikta'b begim nigohi bilan sinovdan o‘tkazadi. Xonzoda begim o'z davrining ilg'or kishisi, akasi Bobur tuzgan yirik davlatning barcha quvonchu g'amlariga sherik, Humoyun shohga kamarbasta zamonasidagi qirginbarot urushlarning oldini oluvchi, tinch-totuv va baxtu farovon turmushning tarafdori bolgan yetuk bir inson sifatida tasvirlangan. Ushbu asarda meni Humoyunning Hamidabonuga boʻlgan sevgisi lol qoldirgan. Humoyunning Hamidani bir koʻrishdayoq koʼnglida boshqacha hislar oʻtgan. Humoyun bilan Hamidabonu turmush qurishganidan keyin qiyinchilik hayotlari boshlandi. Humoyun qiyin ahvolda qolib ketgan edi. Bir tarafdan shayxulislom Said Xalil boʻlsa ikkinchi tarafdan uning oʻz yaqinlari ukalari qiyin ahvolga solib qoʻygan edi. Humoyunning ukalari , Kamron mirzo, Askariy va Hindol edi. Hindol mirzo ukalarini ichida eng sodigʻi edi, lekin Kamron va Askariy, Humoyunga xiyonat qiladi. Humoyun otasi Boburning hurmati uchun koʼp kechiradi, ukalari boʻlganligi uchun mehr-oqibati kuchayishi uchun bir dasturxon ustida ovqatlanishga taklif qilib ovqatlanishadi. Lekin Kamron baribir oʻzgarmaydi. Humoyunni qamal qilish uchun Kamron mirzo bostirib keladi. Humoyun bilan Hamidabegim chaqalog‘ini tashlab ketishga majbur bo‘lishadi.Humoyun katta qo‘shin bilan qaytib kelib Agrani qamal qilib zambaraklardan oʻq otayotganda Kamron Humoyunning qo‘shini ko‘pligini bilib Humoyunning oʻgʻli Akbarni zambarakdagi oʻqlarga nishon qiladi. Bundan Akbar juda qattiq qoʻrqib, hattoki ulgʻayganida keyin ham bu qoʻrquv yoʻqolmagan. Meni Humoyunning kechirimliligi, har qanday vaziyatda. sinovda ham davlatiga hiyonat qolmagani va Hamidabonuga boʻlgan sevgisi lol qoldirgan. Xulosa: Bu asarni oʻqir ekansiz taʼsirlanmay qolmaysiz. Undagi mehr-muhabbat, xalqiga boʻlgan sadoqat, otasi Boburga boʻlgan soʻnmas hurmatni ylzuvchi Pirimqul 731 Qodirov yaqqol tasvirlab bergan. Humoyun obrazida Hind va musulmonlar oʻrtasidagi ziddiyatni, dinni teng olib borishiga erishgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Qodirov P. “Avlodlar dovoni”.-Toshkent-2023. 2. Boboyorova D. “Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”asarlarining lingvo-poetik xususiyatlari” 2024-yil. 3. Boltaboyev O. “Avlodlar dovoni” romanida diologlarning psixologik funksiyasi. 2022-yil.