scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TARKAN XOTUN VA SIYOSIY KURASHLAR

Jo'rakulova Mukambar Tursunmurod qizi

Full text

948 TARKAN XOTUN VA SIYOSIY KURASHLAR Jo‘rakulova Mukambar Tursunmurod qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933887 Annotatsiya: Ushbu maqolada Buyuk Saljuqiylar davlati tarixida muhim o‘rin tutgan Tarkan Xotunning siyosiy faoliyati va uning davlat boshqaruvida tutgan mavqeiga e’tibor qaratilgan. Tarkan Xotunning Barqiyoruq va Nizomulmulk tarafdorlariga qarshi olib borgan siyosiy-ijtimoiy kurashlari, uning Ganja amiri Ismoil ibn Yoqutiy bilan bo‘lgan ittifoq sa’y-harakatlari hamda davlatdagi ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, u nafaqat o‘g‘li, balki nabirasini ham xalifalik vorisi sifatida ko‘rsatishga intilgani, shu orqali ayollar saltanat siyosatida faol subyekt bo‘lganini yaqqol ko‘rsatadi. Tadqiqot Buyuk Saljuqiylar davrida saroy ayollarining siyosiy hayotdagi mavqei va ularning davlat boshqaruvida hal qiluvchi rol o‘ynaganini yoritishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Buyuk Saljuqiylar, Tarkan Xotun, Barqiyoruq, Ismoil ibn Yoqutiy, siyosiy kurash, valiahdlik, xalifa, ayollar siyosiy roli. Kirish:O‘rta asr turkiy dunyosi siyosiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan boy hamda rang-barang o‘tmishga egadir. Bu davr turkiy xalqlar tarixining muhim qismini tashkil etib, turli turk davlatlarining tashkil topishi va rivojlanishi siyosiy tariximizga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. O‘rta asr turkiy davlatlari odatda erkaklar hukmronligida shakllangan tuzumlar sifatida ko‘rilgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar ayollarning siyosiy hayotdagi mavjudligi va ta’sirini inkor etib bo‘lmasligini ochib bergan. Shu jihatdan, o‘rta asr turkiy davlatlarida ayollarning siyosat va urushlardagi ta’siri hamda rollarini anglash turkiy tarixni yanada chuqurroq anglash nuqtayi nazaridan nihoyatda muhimdir. Tarix davomida turkiy davlatlarda ayollar siyosiy va idoraviy hayotda muhim vazifalarni bajarganlar. Turk jamiyatlarida ayol erkakning deyarli barcha faoliyatlarida uning yonida bo‘lgan, siyosiy, ijtimoiy va jang maydonlarida doimo erining safida ishtirok etgan. Xotunlar siyosiy va idoraviy masalalarda olib borilgan maslahatlarda qatnashib, fikr bildirganlar. Ular urush kengashlarida ham ishtirok etganlar. Xotunlarning siyosiy va idoraviy faoliyatlarda qatnashib, elchilarni qabul qilishi, boshqa davlatlardan kelgan xorijiy vakillar bilan uchrashib, turli masalalarni muhokama qilishi turkiy davlatlarning barcha davrlarida kuzatilgan. Turk Xotunlari olib borgan bu faoliyatlarda shunday vakolatlarga ega edilar-ki, ular valiahd tayin etish, urushga qaror berish kabi masalalarda ham ta’sir o‘tkaza olganlar. Qo‘llarida bo‘lgan vakolatlar tufayli turkiy Xotunlar kirishgan siyosiy kurashlarda ba’zan o‘zlarining achchiq taqdiridan qutula olmaganlar. Xotunlar siyosiy maydonda, xususan, valiahd tayinlash masalasida o‘z farzandlarini merosxo‘r sifatida tanlatish uchun barcha vositalardan foydalanganlar. Bu kurash natijasida ularning hokimiyatga 949 chanqoqligi ayrim hollarda davlatni inqiroz va tanazzulga olib kelgan. Xotunlar faqat valiahd masalasi bilangina emas, balki og‘ir vaziyatda qolgan erlariga ko‘mak berish bilan ham ajralib turganlar. Zarurat tug‘ilganda, hatto o‘z farzandini jazolashdan ham chekinmagan hollar kuzatilgan. Ularning bunday qat’iyati tufayli tarix sahnasida davlatni qutqaruvchi Xotun obrazlari ham namoyon bo‘lgan. Turkiy Xotunlar qo‘lga kiritgan siyosiy kuchlari orqali davlat boshqaruvida, ayrim hollarda, o‘zlarining shaxsiy manfaat va hirslariga berilib, davlatlarning zaiflashuvi va qulashi jarayonida ham muhim rol o‘ynaganlar. Xotunlarning asosiy maqsadlaridan biri erlari va o‘g‘illari vositasida davlat ichida hukmronlik qiluvchi yagona shaxs maqomiga erishish bo‘lgan. Bu maqsadni amalga oshirish yo‘lida ular hech narsadan tap tortmaganlar; zarurat tug‘ilganda, hatto erlari va davlatning eng muhim arboblarini ham qurbon qilishdan qaytmaganlar. Bundan tashqari, turkiy Xotunlar diplomatik faoliyat bilan ham shug‘ullanganlar. Ular olib borgan elchilik missiyalari ba’zan davlatni og‘ir vaziyatdan qutqarib qolgan, urushlarning oldini olishga xizmat qilgan. Asosiy qism:Turk–Islom tarixida nom qozongan Xotunlardan biri ham Tarkan Xotundir. U Qoraxoniylar sulolasidan bo‘lib, Buyuk Saljuqiy sultoni Malikshohning ayollaridan biridir 1 . Tarkan Xotun turk xoqoni Afrosiyob naslidan bo‘lmish Tabg‘ach xoqonning qizi edi 2 . U Qoraxoniy hukmdori bo‘lgan Shamsulmulk Nasrning singlisi hamdir. Sulton Alp Arslonning nihoyatda suygan o‘g‘li Malikshoh bilan turmush qurib, Buyuk Saljuqiylarning Xotuni maqomiga erishadi 3 . Keyinchalik Saljuqiy saroyining eng mashhur va tojsiz malikalaridan biri sifatida tanildi. U Jaloliya Xotun, Turkon Xotun va Jaloliya kabi shonli unvonlar bilan ham tilga olingan. Sulton Alp Arslonning o‘zi ham Qoraxoniylarda hukmronlik qilgan Qodir xoqonning qizi bilan turmush qurgan, qizini esa o‘sha oiladan bo‘lgan Samarqand hukmdori Shamsulmulkka bergan edi. Shu yo‘sinda Qoraxoniylar bilan Saljuqiylar sulolalari o‘rtasida samimiy rishtalar vujudga keldi 4 . Tarkan Xotun Malikshoh ustidan katta ta’sir kuchiga ega edi. Malikshohning sultonlik taxtiga chiqishi bilan uning yulduzi porladi, ta’sirchan shaxsi orqali davlat ishlarida sultonga beqiyos yordamlar ko‘rsatdi. Tarkan Xotunning nomi tilga olingan majlislarda davlat arboblari o‘zlarini tuzatishga majbur bo‘lardi. Uning alohida devoni,idoraviy va shaxsiy ishlarini boshqaruvchi ko‘plab amaldorlari hamda uning 1 Bahriye Üçok, İslam Devletlerinde Türk Naibeler ve Kadın Hükümdarlar, (Ankara: Kültür Bakanlığı, 1981), 177. 2 İbnü‟l-Esir, İslam Tarihi El-Kamil Fit-Tarih Tercümesi, Çev. Abdülkerim Özaydın, (İstanbul: Bahar Yayınları, 1991), Cilt X, 203. 3 Kaçın, Selçuklu Hatunları, 115 4 Kitapçı, Ortadoğu ve Eski Hilafet Ülkelerinde Aristokrat Türk ve Selçuklu Hatunları, 333. 950 ixtiyorida 12 ming kishilik qo‘shin hamda rasmiy ishlarni boshqaruvchi bir vazir mavjud edi 5 . Tarkan Xotun eri Malikshohning hayoti davomida ham, uning vafotidan keyin ham siyosiy va harbiy masalalarga faol aralashgan. Tarkan Xotun 1064-yilda Malikshoh bilan turmush qurgan. Qoraxoniylar sulolasiga mansub bo‘lgan bu Xotun o‘zining qudratli shaxsiyati bilan Saljuqiylar saroyida sulton darajasida ta’sirga ega edi. Tarkan Xotunning shaxsiy fazilatlari bilan bir qatorda, qo‘lida to‘plangan kuch uni davlat boshqaruvida qudratli mavqega olib chiqqan, hatto vaqt o‘tishi bilan davlatning yagona hukmdoriga aylanishiga sabab bo‘lgan 6 . Saljuqiylarda “Tarkan” unvoni bilan tanilgan Xotunlarning o‘zlariga tegishli iqto viloyatlari, devon tashkilotlari, askarlari, xazinalari bo‘lgan, shuningdek, ular farmon va manshur kabi huquqiy hujjatlarni chiqarish vakolatiga ega bo‘lishgan. Ana shunday yuksak maqom va imkoniyatlarga ega bo‘lgan Tarkanlar zarurat tug‘ilganda davlat siyosatida faol rol o‘ynashdan ham chekinmaganlar. Ayniqsa, Tarkan Xotun Sulton Malikshohning vafotidan oldin ham ta’sirchanlikka intilgan, ammo o‘z rejalarini yanada ochiq ravishda Malikshoh vafotidan keyin amalga oshira boshlagan 7 . Tarkan Xotun siyosiy va harbiy aralashuvlardan tashqari sulton huzurida ham qaror qabul qilish vakolatiga ega edi. Masalan, qizi Moh-Malik Xotunning turmush qurishi masalasida Sulton Malikshoh barcha vakolatni o‘z xotiniga topshirgan. Tarkan Xotunning siyosiy faoliyatidagi buyuk maqsadi bor edi: u hokimlarda ham kamdan-kam uchraydigan darajada g‘ayratli va qudratparast ayol bo‘lib, eng asosiy maqsadlaridan biri o‘g‘li Mahmudni valiahd sifatida e’lon ettirish edi.Biroq vazir Nizomulmulk bu fikrga qarshi chiqdi. Aslida, davlat arboblarining katta qismi singari vazirlar ham urfodatga muvofiq, Zubayda Xotundan tug‘ilgan katta o‘g‘il Barqiyoruqning taxtga chiqishini ma’qul ko‘rardilar. Nizomulmulk va Malikshohning qisqa fursat ichida bir-birlarini ortidan vafot etishlari Saljuqiylar davlatining yemirilishiga zamin yaratdi. Sulton Malikshoh bilan vazir Nizomulmulk orasida ziddiyatlar bo‘lishiga qaramay, ular birga Bag‘dod safariga yo‘l oldilar. Nahovand yaqinidagi Sahna qishlog‘iga yetganda Nizomulmulk botiniylardan bir fidoyi tomonidan shahid qilindi. Bu voqeadan o‘ttiz besh kun o‘tgach, Malikshoh ham Bag‘dodda vafot etdi. Tarkan Xotun esa Sulton Malikshohning o‘limini yashirib, uning tirik qolgan o‘g‘illari ichida eng kattasi va valiahd shahzoda Barqiyoruq borligiga qaramay, besh yoshli o‘g‘li Mahmudni sulton qilish uchun ami va askarlarga 5 Ayan, Ortaçağ Türk Devletlerinde Hanedan Evlilikleri, 60-61. 6 Osman Turan, Selçuklular Tarihi ve Türk İslam Medeniyeti, 15.bs (İstanbul: Ötüken Neşriyat, 2012), 215;Can, Selçuklular Döneminde Kadın (1040-1038), 98-99. 7 Osman Turan, Türk Cihan Hâkimiyeti Mefkûresi Tarihi, (İstanbul: Turan Neşriyat Yurdu, 1969, Cilt I, 127. 951 katta miqdorda dinorlar tarqatdi 8 .So‘ngra o‘z ta’siridan foydalanib, unga yaqin bo‘lgan va uni barcha masalalarda qo‘llab-quvvatlagan Tojulmulkni bu lavozimga tayinlanishiga erishdi. Shu tariqa Tarkan Xotun uchun eng katta to‘siqlardan biri yo‘q qilindi 9 . Bag‘dodda bu hodisalar yuz berar ekan, Malikshohning eng katta o‘g‘li va valiahd shahzoda Barqiyoruq Isfahonda edi. O‘sha paytda Barqiyoruq o‘n bir yosh atrofida edi. Tarkan Xotuno‘g‘lining sultonligi uchun xavfli deb bilgan Barqiyoruqni to‘sib qolish maqsadida amir Kurbo‘gani shoshilinch tarzda Isfahonga yubordi. Shundan so‘ng Tarkan Xotun o‘zi ham o‘g‘li va vazir Tojulmulk bilan, qo‘shinlari hamrohligida Isfahonga yo‘l oldi 10 . Malikshohning o‘limini yashirgan Kurbo‘ga, Malikshohning muhrini ko‘rsatib, xuddi sultonning farmoni singari qal’ani topshirib olgan va Barqiyoruqni hibsga olgan edi. O‘z maqsadlarini birin-ketin amalga oshira borgan Tarkan Xotun Abbosiy xalifasidan Mahmud nomidan xutba o‘qitishni talab qildi. Ammo xalifa, Mahmud yosh bo‘lgani uchun sultonlikka loyiq emasligini bildirdi 11 .Dastlab xalifa Muqtadiy Mahmudning yoshligini bahona qilib, uning sulton bo‘lishiga qarshi chiqdi 12 . Tarkan Xotun xalifaning bu so‘zlariga javoban uni o‘z nevarasi Ja’farni xalifa qilib qo‘yish bilan tahdid qildi. Shuningdek, boshqa ulamolardan o‘g‘li foydasiga fatvo olib 13 , Abbosiy xalifasi Mahmudning sultonligini shartli ravishda tan olishga majbur bo‘ldi. Tarkan Xotun 1092-yilning noyabr oyida o‘g‘lini sulton deb e’lon qildirib, nomiga xutba o‘qitishga erishdi 14 . Xalifa esa ba’zi shartlar asosida xutba o‘qilishini qabul qildi 15 . Shu asosda saltanat rasman Mahmud nomidan yuritiladigan, xutba esa xalifa nomidan o‘qiladigan bo‘ldi. Armiya qo‘mondonligi, mamlakat va xalqni boshqarish mas’uliyati esa Amir Unar zimmasiga yuklatildi, bu jarayonda Tojulmulk javobgar edi. Shu tariqa davlatni Tarkan Xotun nomidan Tojulmulk boshqarishi kerak edi. Biroq Tarkan Xotun bu shartlarni qabul etmadi va o‘z maqsadini amalga oshirish uchun hanafiy mazhabi olimlaridan Imom al-Mushattab ibn al-Hanafiydan “onasining nazoratida Mahmudning sultonligi joizdir” mazmunidagi fatvoni oldi. Lekin Nizomiya 8 Abdülkerim Özaydın, Sultan Muhammed Tapar Devri Selçuklu Tarihi (498-511/1105-1118), (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1990), 8. 9 Muhammed b. Ali b. Süleyman er-Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr ve Âyet-Üs-Sürûr, çev. Ahmed Ateş, (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları,1999), I, 130-131;Can, Selçuklular Döneminde Kadın (10401038), 99. 10 İbnü‟l-Esir, İslam Tarihi El-Kamil Fit-Tarih Tercümesi, X, 184. 11 Reşîdü‟d-dîn Fazlullah, Cami’ü’t Tevârih Selçuklu Devleti, Çev. Erkan Göksu, H. Hüseyin Güneş, (İstanbul: Selenge Yayınları, 2010),139-140; Ali Sevim vd., Selçuklu Devletleri Tarihi Siyaset, Teşkilat ve Kültür, (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1995), 137. 12 Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr Ve Âyet-Üs-Sürûr, 136 13 Ali Sevim vd., Selçuklu Devletleri Tarihi Siyaset, Teşkilat ve Kültür, 137. 14 Özaydın, Sultan Muhammed Tapar Devri Selçuklu Tarihi, 8-9. 15 Abdullah Bayındır, Selçuklularda Saltanat Mücadeleleri, (Doktora Tezi, Gaziantep Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2010), 198. 952 madrasasi ulamolari “o‘g‘il hali yosh, shariat uning hukmdorligini joiz ko‘rmaydi” degan fatvo bergach, Tarkan Xotun xalifaning shartlarini qabul qildi va o‘g‘li Mahmudni sulton deb e’lon qilib, uning nomidan xutba o‘qitdi 16 . Mahmud sulton deb e’lon qilingach, Barqiyoruqning tarafdorlari va uni qo‘llabquvvatlagan Nizomulmulkning tarafdorlari Isfahonga kelishdi. Ular vazirga qarashli qurol omborlarini talon-taroj qilib qo‘zg‘olon ko‘tardilar va so‘ng valiahd Barqiyoruqni asirlikdan ozod etib, uning nomiga xutba o‘qitib sulton deb e’lon qildilar. Tarkan Xotun va Mahmudning Isfahonga yaqinlashayotganlarini eshitgan Nizomulmulk tarafdorlari Barqiyoruqni kechasi maxfiy ravishda shahardan olib chiqib ketdilar 17 . Shu tariqa Nizomulmulkning tarafdorlari Barqiyoruqni Sava shahriga olib qochib, uning otabegi G‘umushtegin Jondor huzuriga yetib keldilar. Amir G‘umushtegin esa Barqiyoruqni olib Ray shahriga eltib, taxtga o‘tqazdi 18 . Shu paytda Tarkan Xotunga Barqiyoruqning qamoqdan qochgani va Ray shahrida ulkan lashkar tuzish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar qilindi. Bu holat Tarkan Xotun uchun Saljuqiylar taxtiga eltuvchi yo‘lda yangi, nihoyatda mushkul va qonli kurashning boshlanishi demak edi 19 . Nizomulmulkning tarafdorlari Barqiyoruqning yonida turishlarining sabablaridan biri — ular Nizomulmulkning o‘ldirilishi uchun mas’ul deb bilgan vazir Tojulmulkning Tarkan Xotun safida bo‘lishi edi. Shu bois ular Barqiyoruq bilan birga harakat qildilar. Burujird yaqinida bo‘lib o‘tgan jangda Tarkan Xotunning amirlaridan ba’zilari Barqiyoruq tomoniga o‘tib ketganlari sababli Tarkan Xotun mag‘lubiyatga uchrab, Isfahonga chekinishga majbur bo‘ldi. Barqiyoruq esa ularni ta’qib etib, shaharni qamal qildi 20 . Shunday qilib, Tarkan Xotun qamal ichida qolib, qutulish yo‘llarini izlashga majbur bo‘ldi. Biroq uzoq davom etgan qamal barham topmadi, Barqiyoruq esa chekinishdan qat’iy bosh tortdi. Shundan so‘ng Tarkan Xotun bilan birga bo‘lgan Majdulmulk, Amir Unar va Bilga Bek unga bir taklif bildirdilar. Ushbu taklifga ko‘ra, Tarkan Xotun istamasa-da, Barqiyoruq bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Natijada Tarkan Xotun Malikshohdan qolgan merosdan besh yuz ming oltin bera olishini ma’lum qildi. Moliyaviy qiyinchiliklar ichida bo‘lgan Barqiyoruq bu taklifni qabul qildi va qamalni bekor qildi 21 . 16 Can, Selçuklular Döneminde Kadın (1040-1038),101-102. 17 İbnü‟l-Esir, İslam Tarihi El-Kamil Fit-Tarih Tercümesi, X, 185; Sevim vd., Selçuklu Devletleri Tarihi Siyaset, Teşkilat ve Kültür, 137-138,;Yazar, Büyük Selçuklu Devleti’nde İktidar Mücadeleleri, 78. 18 Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr Ve Âyet-Üs-Sürûr, 137. 19 Kitapçı, Ortadoğu ve Eski Hilafet ülkelerinde aristokrat Türk ve Selçuklu Hatunları, 343. 20 Sevim vd., Selçuklu Devletleri Tarihi Siyaset, Teşkilat ve Kültür, 138; İbnü‟l-Esir, İslam Tarihi ElKamil Fit-Tarih Tercümesi, X, 185;Kaçın, Selçuklu Hatunları, 123. 21 Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr Ve Âyet-Üs-Sürûr, 138;Bayındır, Selçuklularda Saltanat Mücadeleleri, 199-200. 953 Tarkan Xotun, Ganja hukmdori va Barqiyoruqning tog‘asi Ismoil ibn Yoqutiy bilan aloqaga chiqdi. Bu munosabatda Tarkan Xotun, undan Barqiyoruqqa qarshi yordam so‘rab, agar Barqiyoruqni o‘ldirsa, u bilan turmush qurishini va’da qildi 22 . Bu taklif Ismoil Yoqutiy uchun nihoyatda jozibador edi. Chunki u bu yo‘l bilan nasab va aslzodaligi bilan tanilgan bir ayol bilan nikohlanish sharafiga erishish bilan bir qatorda saltanatga sherik bo‘lishi va obro‘sini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lardi. Shu bois Ismoil ibn Yoqutiy bu taklifni ikkilanmay qabul qildi va turkmanlardan tuzgan katta lashkari bilan Barqiyoruqqa qarshi yurishga otlandi. Tarkan Xotun ham Amir Kurbo‘ga va boshqa lashkarboshilar qo‘shinlarini Ismoil ibn Yoqutiy qo‘mondonligiga topshirdi. Shu tariqa qo‘shinlar qo‘shilib, ittifoq lashkari tuzildi. Ikki qo‘shin Karaj atrofida to‘qnashdi. Natijada Ismoil Yoqutiy 486-hijriy yilning boshlarida Karajda bo‘lib o‘tgan jangda Barqiyoruqqa mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatdan keyin u Barqiyoruqning onasi bo‘lmish singlisi Zubayda xonim huzuriga keldi. Ammo Ramazon oyida sulton uni o‘ldirishga farmon berdi 23 . Aslida Ismoilning Barqiyoruqqa panoh so‘rab kelishi samimiy emas edi. Chunki u bir suhbat davomida Barqiyoruqni o‘ldirish va saltanatni egallash niyatini bildirgan edi 24 . Bu mag‘lubiyatlarga qaramay, Tarkan Xotunning jasorati so‘nmagan, u bundan hech qanday ibrat olmagan va xavfli yo‘llardan yurishda davom etgan edi. Uning bu hirsu havaslari, u osonlikcha taslim bo‘ladigan ayol emasligini ko‘rsatadi. Bu safar ham u Suriya maliki Taju’ddavla Tutushga xuddi shunday va’dalar berdi. Tarkan XotunBarqiyoruq va Tutushni o‘zaro to‘qnash keltirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Tutush Ray shahriga yurish qildi. 1093-yilda bu yerda yuz bergan jangda turk qoni dengizdek oqdi. Bu uzoq davom etgan kurash chog‘ida ko‘plab amirlar Barqiyoruq tomoniga o‘tib ketdilar. Shu sababli Barqiyoruq o‘z qarshisidagi lashkarni yengdi va Tutushning halok bo‘lishi bilan barcha raqiblarini yo‘q qilish imkoniyatiga erishdi 25 . Tarkan Xotun esa Tutush va Barqiyoruq o‘rtasidagi bu voqealarning yakunini ko‘rishga ulgurmagan edi. Chunki Tutush Barqiyoruqqa qarshi harakat qilayotgan paytda Tarkan Xotun yo‘lda betob bo‘lib qaytishga majbur bo‘ldi va 1094-yilda vafot etdi 26 . Boshqa tomondan, Buyuk Saljuqiylar davlatida ayollar faqatgina saltanat taxti uchun valiahd tayin etish bilan cheklanmay, balki xalifa taxtida ham valiahd belgilashga intilganlar. Malikshohning Bag‘dodga uchinchi marotaba kelishi chog‘ida xalifaning qizi orqali tug‘ilgan nevarasi Ja’farni valiahd sifatida tayinlashni istagani bunga dalildir. 22 Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr Ve Âyet-Üs-Sürûr,138. 23 Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr Ve Âyet-Üs-Sürûr, 138. 24 İbnü‟l-Esir, İslam Tarihi El-Kamil Fit-Tarih Tercümesi, X, 192. 25 Turan, Selçuklular Tarihi ve Türk İslam Medeniyeti, 226-227. 26 İbnü‟l-Kalânisî‟nin Zeylü Tarih-İ Dımaşk Adlı Eserindeki Selçuklularla İlgili Bilgiler,20;Kaçın, Selçuklu Hatunları, 124. 954 Bunday istak esa sulton bilan xalifa o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishiga sabab bo‘ldi. Shubhasiz, bunday taklifning ilgari surilishida Tarkan Xotun bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Bu esa Tarkan Xotunning faqat o‘z o‘g‘lini valiahd qilishni emas, balki o‘z nevarasini ham taxt vorisi sifatida tayinlashni maqsad qilganini ko‘rsatadi. Xalifa bu valiahdlik taklifini rad etdi va natijada sulton bilan xalifa o‘rtasida jiddiy ixtilof yuzaga keldi 27 . Xulosa va tavsiyalar Yuqorida keltirilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Tarkan Xotun shaxsiyati va faoliyati Buyuk Saljuqiylar davlatida ayollarning siyosiy hayotdagi o‘rnini yoritishda muhim tarixiy manbadir. U o‘z davrida faqatgina sultonning rafiqasi emas, balki mustaqil siyosiy kuch va ta’sirga ega bo‘lgan shaxs sifatida namoyon bo‘lgan. Tarkan Xotunning o‘g‘li Mahmudni taxtga chiqarish yo‘lidagi harakatlari, Nizomulmulkva Barqiyoruq tarafdorlariga qarshi kurashlari, xalifa bilan olib borgan siyosiy muzokaralari — bularning barchasi uning davlat boshqaruvida faol subyekt bo‘lganini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, uning haddan tashqari hokimiyatparastligi va shaxsiy manfaatlari davlatning zaiflashuvi va ichki inqiroziga ham sabab bo‘lgan. Tavsiyalar: 1. O‘rta asr turkiy davlatlarida ayollarning siyosiy va ijtimoiy mavqeini o‘rganishda Tarkan Xotun faoliyati muhim namuna sifatida tadqiq etilishi lozim. 2. Ayollarning davlat boshqaruvidagi roli faqat oilaviy yoki saroy doirasida emas, balki kengroq siyosiy kontekstdan yondashilgan holda baholanishi kerak. 3. Tarkan Xotunning siyosiy kurashlari ayollarning siyosatdagi ijobiy va salbiy ta’sirini ko‘rsatadi; shu bois zamonaviy gender tadqiqotlarida u “ayol hokimiyati” fenomeni sifatida tahlil qilinishi mumkin. 4. Tadqiqotlarda faqatgina tarixiy voqealar emas, balki ularning ijtimoiysiyosiy oqibatlari ham ko‘rib chiqilishi, ayollarning siyosiy faolligi davlat barqarorligiga qanday ta’sir ko‘rsatganini ochib berishi maqsadga muvofiqdir. 5. Ushbu mavzuni boshqa turkiy ayol hukmdorlar faoliyati bilan qiyosiy tahlil qilish tarixiy jarayonlarni yanada kengroq anglash imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdullah Bayındır, Selçuklularda Saltanat Mücadeleleri, (Doktora Tezi, Gaziantep Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2010), 198-200. 2. Ali Sevim vd., Selçuklu Devletleri Tarihi Siyaset, Teşkilat ve Kültür, (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1995), 137-138. 3. Abdülkerim Özaydın, Sultan Muhammed Tapar Devri Selçuklu Tarihi (498-511/1105-1118), (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları, 1990), 8-9 27 Turan, Selçuklular Tarihi ve Türk İslam Medeniyeti, 15. 955 4. Bahriye Üçok, İslam Devletlerinde Türk Naibeler ve Kadın Hükümdarlar, (Ankara: Kültür Bakanlığı, 1981), 177. 5. Can, Selçuklular Döneminde Kadın (1040-1038), 98-103. 6. İbnü’l-Esir, İslam Tarihi El-Kamil Fit-Tarih Tercümesi, Çev. Abdülkerim Özaydın, (İstanbul: Bahar Yayınları, 1991), Cilt X, 184-185, 192, 203. 7. İbnü’l-Kalânisî, Zeylü Tarih-İ Dımaşk Adlı Eserindeki Selçuklularla İlgili Bilgiler, 20. 8. Kaçın, Selçuklu Hatunları, 115, 123-124. 9. Kitapçı, Ortadoğu ve Eski Hilafet Ülkelerinde Aristokrat Türk ve Selçuklu Hatunları, 333, 343. 10. Osman Turan, Selçuklular Tarihi ve Türk İslam Medeniyeti, 15.bs (İstanbul: Ötüken Neşriyat, 2012), 215; 226-227. 11. Osman Turan, Türk Cihan Hâkimiyeti Mefkûresi Tarihi, (İstanbul: Turan Neşriyat Yurdu, 1969), Cilt I, 127. 12. Reşîdü’d-dîn Fazlullah, Cami’ü’t Tevârih Selçuklu Devleti, Çev. Erkan Göksu, H. Hüseyin Güneş, (İstanbul: Selenge Yayınları, 2010), 139-140. 13. Muhammed b. Ali b. Süleyman er-Râvendi, Râhat-Üs-Sudûr ve Âyet-Üs-Sürûr, çev. Ahmed Ateş, (Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları,1999), I, 130-138.