scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

DUNYONING BEQIYOS TABIBI ABU ALI IBN SINONING TILSHUNOSLIKKA QO'SHGAN HISSASI

Ergashova Feruza Yuldashevna

Full text

1015 DUNYONING BEQIYOS TABIBI ABU ALI IBN SINONING TILSHUNOSLIKKA QO‘SHGAN HISSASI Ergashova Feruza Yuldashevna Renessans ta’lim universiteti katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17933981 Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘rta Osiyo tilshunoslari ko‘p tomonlama mutaxassis bo‘lganligi, Yevropada Avisenna nomi bilan mashhur bo‘lgan vatandoshimiz-Buxorolik tibbiyot olim Abu Ali Ibn Sinoni asarlarida nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko‘rsatgani hamda ilmni ko‘p sohalari qatorida tilshunoslikka ham hissa qo‘shganligi haqida ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: Tilshunoslik, tibbiyot, ensiklopedik olim, tovush, nutq, bo‘g‘in, tarix, terminoloya. Аннотация: В этой статье говориться о том, что лингвисты средней Азии были всесторонне развитыми специалистами, как Ибн Сино показал три отношения проявляющие звуки речи, а также о нашем соотечественнике, который бы известен в Европа именем Авиценна и о его внесённом вкладе лингвистике, как и другим отраслям науки. Ключевые слова: лингвистика, медицина, энциклопедический учёный, звук, речь, слог, история, терминология. Annotation: In the given article the authors describes about great ancestors linguists of Central Asia such as Ibn Sino who was our compatriot. The showed the relation of appearing sounds of speech. The was known in Europe as Avicenna and his contribution to linguistics and other spheres of science. Key words: linguistics, medicine, sound, speech, syllable, history, encyclopedic scientist, terminology. Tilshunoslik fani – lingvistika hozirgi darajaga yetgunicha uzoq tarixiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Uning yaratilishida o‘tmishda yashagan va ijod etgan juda ko‘p mutafakkirlarning ishtiroki bor. Ularning faoliyati tufayli fanga qo‘shilgan ilmiy merosni e’tibor bilan o‘rganish lozim. Tilshunoslik fani bosib o‘tgan uzoq yo‘lni ilmiy asosda yoritib berish uchun bu yo‘lni qadimgi asrlarda , O‘rta asrlarda va yangi asrlarda tilshunoslik kabi tarixiy - xronologik davlarga bo‘lish mumkin. Tilshunoslikning tarixiy rivojlanish bosqichlari qanday prinzipda nomlanmasin, ularning vaqt jihatidan oldin yuzaga kelganlari keyingilari uchun zamin tayyorladi, dastlabki manba vazifasini o‘tadi. X-XII asrlarda O‘rta Osiyoda madaniyat juda yuqori bosqichga ko‘tarildi. Jahonning bu davrdagi mashhur matematiklari, astronomlari, faylasuflari, tarixshunoslari, shifokorlargina emas, balki filologlari ham O‘rta Osiyodan chiqqan. O‘rta Osiyoning asosiy aholisi bo‘lgan turkiy va eroniy qabilalarga mansub olimlarlarning ba’zilari, boshqa fanlar bilan ham bir qatorda, tilshunoslik bilan ham shug‘ullanganlar. O‘rta Osiyo tilshunoslari yuqorida ko‘rib o‘tilgan manbalardan, 1016 ayniqsa, arab tilshunosligidan yaxshi xabardor edilar. Antik tilshunoslik g‘oyalari ham, asosan arab tilidagi asarlar orqali tarqalgan. Ammo shu bilan birga, O‘rta Osiyo olimlari o‘z navbatida tilshunoslikka ma’lum darajada yangi fikrlar kiritganlar. O‘rta Osiyolik olimlar o‘z davri traditsiyasiga ko‘ra ko‘p tomonlama mutaxassis bo‘lganlar. Ular tabiiy va aniq fanlar qatorida filologiya bilan ham shug‘ullanganlar. Masalan, tibbiyot, meditsina va til ilimlari o‘zaro uzviy bog‘langaligidan,O‘rta Osiyo va Xurosanda yashab ijod etgan al Beruniy, al Roziy, Abu Mansur Buxoriy, Ibn Sino kabi ulug‘ kishilar ham tabib, ham botanik, ham tilshunos bo‘lganlar. Shuning uchun o‘rta asir Sharq olimlarini ensiklopedik olimlar deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, Abu Nasir Farobiy (IX-X asr) arab tilida birinchi marta “Fanlarning tasnifi” deb ataladigan ensiklopedik asar yaratganligi ma’lum. O‘rta asr Evropasi Aliborona deb atagan xorazimlik ulug‘ olim Abu Rayhon Muxammad bin Axmad Al Beruniy (973-1048) esa “O‘tmish avlodlar yodgorligi” nomli ensiklopedik asar yozgan. Jahon tabobati ilmi rivojiga buxorolik buyuk alloma Abu Ali ibn Sino katta hissa qo‘shgan.Ibn Sino qomusiy bilim egasi. U eng avvalo, dunyoga tengi yo‘q, tabib sifatida tanilgan. Ibn Sononing “Qonun fit-tib” kitobi eng nufuzli universitetlarda asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilib kelingan. Ibn Sinoning “Kitob alqonun fit tib” (“Tib qonunlari”) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib, bir necha marta Evropada rus, o‘zbek tillariga nashr etilgan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi haqida O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday degan edi. Mashhur alloma Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari dunyo miqiyosida “meditsina”, “Sog‘lom turmush tarzi” tushunchalarining fundamental asosi bo‘lib xizmat qilgani, albatta chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraqqiyotini rivojlanishiga o‘lkan ta’sir o‘tkazadi. Yevropada Avisenna nomi bilan mashur bo‘lgan va Sharqda ulug‘lab “Shayxurrais” nomi bilan atalgan vatandoshimiz-Buxorolik Husayin Abu Ali Ibn Sino (Alining otasi, Sinoning o‘g‘li Husayin demakdir) (980-1037) ilmning ko‘p sohalari qatorida tilshunoslik masalalari bilan ham qiziqqan. Tibbiyotga shuhrat qozongan buyuk olim boshqa fan sohalarida ham katta meros qoldirdi. U yozgan asarlarining ro‘yxatini tuzgan kishilar uning tubandagi asarlari ham bo‘lganligini ko‘rsatadilar; 1) Kitobi al mulh finnahv (“O‘tkirlik sintaksisda ekanlik kitobi ) 2) Risola filmusiqiy g‘ayr mofishshifo ( “ Muzika haqida risola, shifodagidan boshqa”), 3) Kitob lisonul arab (“Arab tili kitobi”) 4) Asbob xudud alhuruf (“Tovushlarning chegaralanish sabablari”). Bu asar 1932-yilda Qohirada nashr qilingan . ”Asbobi xudud al xuruf” asari shu kunga qadar tilshunoslar diqqatini o‘ziga rom qilib keladi. Boshqa 1017 filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Bu asarda Ibn Sino quyidagicha ajratganini bayon qiladi: -tovushning paydo bo‘lish sabablari haqida; -nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari haqida; -bo‘g‘iz va tilning anotomiyasi haqida; -ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida; -tovushlarda o‘xshash nutq tovushlari haqida; -tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda eshitishi haqida. Bu masaladagi bayon qilgan fikri bugunga qadar ham deyarli o‘zgarmagan holda takrorlanib kelmoqda. Uning ta’kidlashicha , har qanday tovush havoning to‘lqinsimon tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi jism bilan to‘qnashuvi yoki bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi muhim rol o‘ynaydi. Har ikki holda ham havoning to‘lqinsimon tebranishi ro‘y beradi. Har ikki holda ham uzoqlashayotgan havo shakli va to‘lqinni hosil qilishi lozim bo‘ladi. To‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan to‘lqin uzilish natijasida hosil bo‘lgan to‘lqindan kuchliroq tarqaladi. Ko‘rinadiki, tabiatdagi tovushlarning qanday paydo bo‘lishini birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab beradi. Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko‘rsatib o‘tadi: 1) ko‘krak qafasida paydo bo‘ladigan diagfragma va ko‘krak muskullari orqali harakatga keladigan havo to‘lqini; 2) havo to‘lqinining nutq organlarining turli nuqtasida to‘siqqa uchrashi; 3) tovushga turlicha tebr ottenkasi beradigan va turli akustik belgi. (masalan: akssado) hosil qiladigan resonator. Ibn Sino ko‘rsatgan yuqoridagi uch jihat bugunga qadar fonetikaga bag‘shlangan asarlarda takrorlanib kelmoqda. Nutq tovushlarini tasniflar ekan, unli va undosh tovushlarni birbiridan farqlaydi. Risolada undoshlarning turli xil farqlovchi belgilari asosida tasnifini beradi va atroflicha sharhlaydi. Lekin unlilar haqida qisqacha ma’lumot beradi buning boyisi shuki asarda muallif arab tili materiallariga asoslanadi arab tilida esa har bir ma’noli birlik asosida undoshlar yotadi shuning uchun asosiy etibor undoshlarga beriladi.Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki,arab tilshunosligida Ibn Sinoga qadar unlilar alohida fonologik birlik sifatida qaralmasdan, undoshlarning tarkibiy qismi sifatida o‘rganilgan. Fonemalarni undosh va unlilarga ajratish Ibn Sinoning jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmati, deb baholanmoq lozim. Abu Ali ibn Sino tovushni to‘lqinsimon harakat hosil qiladi, deydi. Artikulyatsiya o‘rnidan havoning siqilib chiqishi natijasida nutq tovushining hosil qilinishini ibn Sino yaxshi tasvirlaydi. 1018 Uning fikricha, nutq tovushlarining bir qismi o‘z mohiyatiga ko‘ra sodda bo‘lib, ular tovush hosil qiluvchi havo oqimining nutq organlarida to‘la va to‘satdan qarshilikka uchrashidan paydo bo‘ladi. Qolgan tovushlar murakkab bo‘lib, ular qisman qarshilikka uchrashidan hosil bo‘ladi. Bu tovushlar artikulyatsiya organlari har xil bo‘lishlari bilan bir – birlaridan farq qiladi. Abu Ali ibn Sino nutq organlarini holati haqida shunday deydi. “Qarshilik qiluvchi organ ba’zan kattaroq, ba’zan kichikroq, artikulyatsiya o‘rni ba’zan kengroq, ba’zan kichikroq, ba’zan yumaloq, ba’zan siqiqroq, ba’zan yoyiq, ammo tor shaklda; qarshilik ba’zan kuchliroq,ba’zan kuchsiz, ba’zan qarishilikni yengish uchun bo‘lgan bosim shiddatliroq, ba’zan yumshoqroqdir. Ko‘rinadiki, Ibn Sino nutq tovushlarida ishtirok etuvchi nutq organlari haqida keng ma’lumot berishida uning odam anatomiyasidan katta tajribaga ega bo‘lganligi qo‘l kelgan. Xulosa qilib aytganda , Ibn Sinoning dunyoning beqiyos tabibi, hassos shoir, ulkan musiqashunos,yirik faylasuf, fiziolog olim bo‘lishi bilan birga, arab, fors turk, lotin sug‘d tillarining bilimdoni, ajoyib tilshunos ekanini ham e’tirof erishimiz mumkin. Abu Ali Ibn Sinoning talay asarlari bizgacha yetib kelgan. Ammo ma’lum bo‘lgan asarlarining o‘ziyoq uning termonologiya sohasida ham katta xizmati borligidan dalolat beradi. Chunonchi, u botanika terminoloyasini yaratishga katta hissa qo‘shgan. Shuni aytish kerakki, o‘z zamonasidagi Sharq tradidsiyasiga muvofiq ibn Sino o‘z asarlarini, asosan, arab tilida yozgan. Buyuk qomusshunos Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda xilma xil va rang barangdir. Alloma o‘z davridagi mavjud bo‘ldan hamma fanlarda ham salmoqli iz qoldirgan. Ibn Sino marifatparvar shoir bo‘lgan . Abu Ali ibn Sino ruboiylar, g‘azallar she’rlar, pandnomalar, dostonlar, baytlar, qitalar ham yozgan. Ruboiylari Uch narsa sening uchingdan olmish timsol: Ruhdangulu, labdanmulu, yuzdan –jamol Uch narsa mening uchimdan olmish hama sol: Dildan – g‘amu, yuzdannamu, ko‘zdan –xayol Do‘stim dushman bilan o‘tirmish bisyor Endi o‘tirmayman u bilan zinhor Parhez qil shakardan zahari bolsa Pashshadan qoch, kunish joyi bo‘lsa mor G‘AZALLAR Mard kishiga o‘n xil ish doim harom oltisidan mard kishi xolis mudom Xasisligu,xasad ham yolg‘onchilik Zaiflik, dardu yo‘qlikka bo‘lish rom 1019 Qita uzoqdan uqrayib, menga qilurlar necha g‘ovg‘alar men ersam ilm derman, tunlarim bedor o‘tar bir-bir. Nasihat Yegan bo‘lsang taoming Hazm bo‘lmasdan oldin Yana ustigaustak Yemoqqa yo‘q zarurat Baytlar Mening sabrim juda qattiq,sening ersa yurak bag‘ring Demak bir tosh ekanmiz ikkimiz Ham bu muhabbatda Foydalanilgan аdаbiyotlаr 1. Kvаtоv K. Nоmi ulug’, so‘zi qutlug‘. Tоshkеnt, 1992 2. Nurmоnоv А., Mаhmudоv N. O‘zbеk tilshunоsligi tаriхi. Tоshkеnt, 2000 3. Rаsulоv R. O‘zbеk tilining o‘rgаnilish tаriхidаn. АndPI № 2 1955. 4. Fоzilоv E. Shаrqning mаshhur filоlоglаri. Tоshkеnt, 1971