O'ZBEK TILINI O'QITISHDA YANGI BOSQICH HAQIDA AYNAN HARBIY SOHA VAKILLARIGA YANGILIKLAR
Full text
1033 O’ZBEK TILINI O’QITISHDA YANGI BOSQICH HAQIDA AYNAN HARBIY SOHA VAKILLARIGA YANGILIKLAR Badalbayeva Ra’no Yo’lchiyevna IIVning 1-sonli akademik litsey Oliy toifali tarix fani o’qituvchisi [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17934002 Anotatsiya: Ushbu maqolada harbiy soha vakillari uchun o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida joriy etilayotgan yangi bosqich va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Yangi metodikalar, raqamli ta’lim vositalari, kommunikativ yondashuv va amaliy mashg‘ulotlar orqali harbiy xizmatchilarning o‘zbek tilida og‘zaki va yozma nutq madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, til o‘qitish jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish hamda til kompetensiyasini kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur yondashuvlar harbiy xizmatchilarning muloqot, rahbarlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, harbiy soha, innovatsion metodlar, raqamli ta’lim, kommunikativ yondashuv, nutq madaniyati, til kompetensiyasi, vatanparvarlik, kasbiy muloqot. Abstract: This article analyzes the new stage and innovative approaches being introduced in the process of teaching the Uzbek language to representatives of the military. The possibilities of developing the culture of oral and written speech in the Uzbek language of military personnel through new methodologies, digital educational tools, a communicative approach and practical exercises are highlighted. Also, special attention is paid to the issues of instilling national values, patriotic ideas and combining language competence with professional activities in the process of language teaching. These approaches serve to strengthen the communication, leadership and teamwork skills of military personnel. Keywords: Uzbek language, military sphere, innovative methods, digital education, communicative approach, speech culture, language competence, patriotism, professional communication. Аннотация: В данной статье анализируется новый этап и инновационные подходы, внедряемые в процесс обучения узбекскому языку представителей военнослужащих. Освещены возможности развития культуры устной и письменной речи на узбекском языке военнослужащих посредством новых методик, цифровых образовательных средств, коммуникативного подхода и практических упражнений. Также особое внимание уделяется вопросам привития национальных ценностей, патриотических идей и сочетания языковой компетенции с профессиональной деятельностью в процессе обучения языку. Эти подходы служат укреплению коммуникативных, лидерских и командных навыков военнослужащих. Ключевые слова: узбекский язык, военная сфера, инновационные методы, цифровое образование, коммуникативный подход, речевая культура, языковая компетенция, патриотизм, профессиональное общение. Fikrlash ― juda murakkab mashg'ulot, shuning uchun ham bu bilan oz odam shug'ullanadi. Genri Ford
1034 Mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta’minlash; egallanayotgan soha bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zbek tilining yozma va og‘zaki nutqi me’yor va qoidalari asosida mukammal o‘zlashtirishga va ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy normalari ga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta’minlashdir. O‘zbekiston Prezidenti “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Hujjatdan maqsad o‘zbek tilining xalq ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash hisoblanadi 1 . O‘quv reja va dastur O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-7-may kunlari Farg’davlat viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 19-sonli majlis bayonining 76bandida 2017yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538-son Farmoni, 2018-yil 5sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3931, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabr Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2019-yil 12-dekabrdagi 30/1-3848-sonli “O’zbek tilining davlat tili sifatida qo’llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash, o’qitish metodikasini takomillashtirish bo’yicha 2019-2020 yillarga mo’ljallangan chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda zamdavlatviy talablar asosida tuzilgan bo’lib, Davlat (o’zbek) tili fani o’qituvchilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini oshirishni nazarda tutadi 2 . Harbiy boshqaruv psixologiyasi, ish jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash, amaliy xorijiy til, Davlat (o’zbek) tili qoidalari asosida zamonviy yondashuvlar va innovasiyalar va ular bo’yicha tegishli yangi malakalar va kompetensiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan. O'zbek tilida yuritiladigan ishlarda (ariza yozish, bayonnoma, protokol, shunga o'xshagan xujjatlarni to'ldirish) harbiy soha vakillarining saviyasi juda past ahvolga tushib qolgan. Bu qarorni esa ushbu vaziyatdan chiqishning 1 Karimov, I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 2 “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent: Adolat, 2019.
1035 bir yo'li sifatida ko'rilmoqda. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo’yiladigan malaka talablari va o’quv rejasi asosida shakllantirilgan bo’lib, Davlat (o’zbek) tili fani o’qituvchilarini fanga oid innovasiya texnologiyalari, ilg’or xorijiy tajribalardan foydalanish, axborotkommunikasiya texnologiyalarini ish jarayoniga keng tatbiq etish darajasini oshirish hisobiga ularning kasb mahorati va o’quv-uslubiy faoliyatini sifatli tashkil etish kompetensiyalari rivojlantiriladi: davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish; davlat organlari va tashkilotlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan, shuningdek, uni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha takliflar tayyorlash 3 ; o‘zbek tilining yozma nutqi me’yor va qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtirish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish; ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash, geografik va boshqa toponimik obyektlarga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va muvofiqlashtirish; davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish 4 . Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 2020—2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritadi 5 : mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining axborot va kommunikatsiya 3 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: “O‘zbek tilini o‘qitishni yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida.” – 2020-yil 10-dekabr, №781. 4 Mirziyoyev, Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 5 Xudoyberdiyeva, D. O‘zbek tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022
1036 texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish; davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish; mamlakat hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini o‘rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish; davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash. Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtiimoiy mavqei kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘grisida g’amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. Asosiy qonunimiz bo‘lgan konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasidayozilganidek «O’zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir», debyozib qo‘yilgan. O’zbek tilida to‘g’ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g’risida tinmay g’amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib berish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir fuqaro ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi.Harbiy sohada bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Til taraqqiyotida muhim omil sanaladigan publitsistika o‘z navbatida tilning imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi. Ommabop uslub imkoniyatlarining kengligini lingvistik va ekstralingvistik (paralingvistik) – tildan tashqaridagi omillarning mustahkam aloqadorligida kuzatamiz. Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ‘ibot-tashviqot xarakterda bo‘lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo‘llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so‘z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko‘maklashadi. Ommabop uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo‘llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar qo‘llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publisistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning
1037 qo‘llanilishi bilan ilmiy uslubga o‘xshaydi. Ayni paytda, ifodadagi qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo‘yadi. Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar bu uslubdagi matnda so‘zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkinligini ko‘rsatadi 6 . Ma’lumki, publitsistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o‘z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlashuvini taqozo etadi. Bu o‘rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so‘z yuritish imkoniyati mavjud 7 .O’zbek tilidan foydalanishda ma’lum yangicha yondashuvlar aks etgan islohotlarning negizida yotgan tajriba va ilmiy izlanishlar muhim o’rin tutadi.Til-har bir millatning qalbi, g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Tilning shakllanishi,vujudga kelishi ming-ming yillik tarixiga borib taqaladi, tilsiz millatni, uning o‘tmishini yoki kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Tilning taqdiri, uning yashashi va rivojlanishi faqat shu tilda gaplashuvchi jamiyatga bog‘liqdir. Ma'rifatparvar shoir Abdulla Avloniy: "Milliy tilni yo‘qotmak-millatning ruhini yo‘qotmak deb bejiz aytmagan. Olimlar til yashab qolishi uchun unda kamida bir million kishi so‘zlashishi kerak, deb hisoblashadi. Bunday tillar dunyoda 250 ta ekan. Quvonchlisi, ular ichida o‘zbek tili ham bor. O‘zbek tili millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan aloqa vositasidir. Mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat tili iqtisodiyot sohasida faol ishlatila boshlandi, jiddiy va salmoqli ishlar amalga oshirildi: avvalo, qonunlar o‘zbek tilida yaratiladigan, idoraviy hujjatlar ona tilimizda yuritiladigan bo‘ldi. Nodir ilmiy, badiiy asarlar tarjima qilindi.Gazeta va jurnallar, iqtisodga tegishli darsliklar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, lug‘atlar o‘zbek tilida chop etildi. Bu yutuqlar davlat tilining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligini ko‘rsatadi. Demak, har bir shaxs savodxon bo‘lishi bilan birga ilmiy atama va terminlarni ishlatishda qonun moddalariga qat'iy rioya qilishi lozim. O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biridir. Uning sofligi, purma'noligi, ta'sirchanligi, go‘zalligi, boyligiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur 8 . Xalqimizning o‘z tiliga, eliga bo‘lgan muhabbati, ijodkorlik qudrati til masalalariga milliylik nuqtai nazari bilan yondashishda namoyon bo‘ladi. Ona tilimizni asrab-avaylash, uni e'zozlash har birimizning burchimiz hisoblanadi. Binobarin, millatimizning bebaho boyligi, hurligimiz timsollaridan biri bo‘lgan tilini buzib qo‘llashga, tilimizdagi iboralar 6 Jo‘rayev, A. Harbiy ta’lim tizimida o‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2021. 7 Xudoyberdiyeva, D. O‘zbek tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. 8 Nurmatova, Z. Kasbiy ta’limda kommunikativ yondashuv asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021
1038 ma'nosini anglamasdan ishlatishga hech kimning haqqi yo‘q. Til-millatimiz faxri, jamiyatimiz ko‘zgusidir. Ayni chog‘da qalbimiz oynasi hamdir. O'tgan asrning 20yillarida yurtimizga kelgan tilshunos va o'qituvchi Ziyo Efendi maktabda dars berish jarayonidagi bir holatni yozib qoldirgan edi: O'zbekistonning turli hududlaridan kelgan 2-sinf o'quvchilaridan muallim "nima qilmoqdasiz?" deya so'raydi. Toshkentlik o'quvchi shunday javob beradi " Yozvotamiz" . Samarqandlik o'quvchi "yazaymiz", qo'qonlik "yozyopmiz" , namanganlik "yozutamiz", qishloqdan kelgan bolalar esa " yozvotdimiz" , boshqa bolalar " yozyotimiz" , " yozib o'turmiz" deya turli xilda javob berishadi. Aslida yagona o'zbek millati va tilini yaratish ishlariga jalb qilingan mashhur muallim Ziyobey bunday turlilikdan hayratda qoladi. Bundan ko'rish va tushunish mumkunki yagona o'zbek millati tarixan qarindosh, ammo turlicha shakklangan etnik jamoalardan tashkil topgan va o'sha davrdagi rahbarlarimiz bir lahjada gaplashadigan umumiy xalqni yaratishni o'z oldilariga maqsad qilib, fors, chig'atoy va qoraxoniylar davri tillari asosida yangicha o'zbek adabiy tilini yaratadilar. Bugungi adabiy tilimiz aslida 100 yoshda ham emas 9 . O‘zbek tilini o‘qitishda yangi bosqichning joriy etilishi harbiy soha vakillarining til kompetensiyasini rivojlantirish, kasbiy muloqot madaniyatini yuksaltirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy metodlar, interaktiv dars shakllari, axborot texnologiyalaridan foydalanish va kommunikativ yondashuv orqali harbiy xizmatchilar o‘z fikrini aniq, lo‘nda va adabiy me’yorlarga rioya qilgan holda ifoda etish ko‘nikmasiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va amaliy qo‘llanilish doirasining kengayishi til o‘qitish jarayonini yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Takliflar: 1. Harbiy o‘quv muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitishda interaktiv dars modellarini (rol o‘yinlari, simulyatsiyalar, kasbiy vaziyatlar tahlili) keng qo‘llash. 2.Raqamli platformalar (mobil ilovalar, onlayn test tizimlari, video-darslar) asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish. 3.Harbiy xizmatchilar uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalar va terminologik lug‘atlar yaratish. 4.O‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar va metodik markazlar faoliyatini kengaytirish. 5.O‘zbek tilini o‘qitish jarayonida vatanparvarlik, intizom va jamoaviylik kabi harbiy qadriyatlarni til materiali bilan uyg‘un holda singdirish. 6.Harbiy sohada o‘zbek tilidan kasbiy muloqot standartini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023. 9 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot markazi materiallari. – Toshkent, 2024.
1039 2. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun. – Toshkent: Adolat, 2019. 3. Karimov, I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 4. Mirziyoyev, Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. 5. Xudoyberdiyeva, D. O‘zbek tilini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. 6. Jo‘rayev, A. Harbiy ta’lim tizimida o‘zbek tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2021. 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: “O‘zbek tilini o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” – 2020-yil 10-dekabr, №781. 8. Nurmatova, Z. Kasbiy ta’limda kommunikativ yondashuv asoslari. – Toshkent: 2021. 9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot markazi materiallari. – Toshkent, 2024.