scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko'rsatish sohasida samaradorlikka erishishdagi yondashuvlar

Islomov Javlon Rasulovich

Abstract

Maqolada “samaradorlik” tushunchasining klassik iqtisodiy nazariyadan tortib, zamonaviy raqamli iqtisodiyot va xizmatlar sohasi kontekstigacha bo‘lgan evolyutsiyasi tizimli tahlil qilinadi. A. Smit, D. Rikardo, L. Valras, V. Pareto, P. Samuelson, M. Porter, P. Druker kabi klassik va neoklassik iqtisodchilar qarashlari asosida samaradorlikning resurslardan oqilona foydalanish, ijtimoiy optimum va milliy raqobatbardoshlik mezoni sifatidagi talqinlari yoritilgan. Duglas Nort, Acemoglu & Robinson singari institutsional yo‘nalish vakillarining samaradorlikni institutlar sifati, inklyuzivlik va boshqaruv tizimlari bilan bog‘lovchi yondashuvlari tahlil qilinadi.

Full text

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 88 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikka erishishdagi yondashuvlar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Islomov Javlon Rasulovich Annotatsiya. Maqolada “samaradorlik” tushunchasining klassik iqtisodiy nazariyadan tortib, zamonaviy raqamli iqtisodiyot va xizmatlar sohasi kontekstigacha bo‘lgan evolyutsiyasi tizimli tahlil qilinadi. A. Smit, D. Rikardo, L. Valras, V. Pareto, P. Samuelson, M. Porter, P. Druker kabi klassik va neoklassik iqtisodchilar qarashlari asosida samaradorlikning resurslardan oqilona foydalanish, ijtimoiy optimum va milliy raqobatbardoshlik mezoni sifatidagi talqinlari yoritilgan. Duglas Nort, Acemoglu & Robinson singari institutsional yo‘nalish vakillarining samaradorlikni institutlar sifati, inklyuzivlik va boshqaruv tizimlari bilan bog‘lovchi yondashuvlari tahlil qilinadi. Kalit soʻzlar. Samaradorlik; iqtisodiy samaradorlik; Pareto samaradorligi; resurslardan oqilona foydalanish; raqamli transformatsiya; raqamli xizmatlar; raqamli iqtisodiyot; xizmatlar sohasi; DEA modeli; LTV; ESG-mezonlar; institutsional samaradorlik; inson kapitali; milliy raqobatbardoshlik; Markaziy Osiyo iqtisodchilari; O‘zbekiston iqtisodiy islohotlari; “O‘zbektelekom”; KPI; energiya tejamkorlik. Bugungi kunda iqtisodiy nazariyada “samaradorlik” tushunchasi iqtisodiy faoliyat natijasini eng kam resurslar bilan erishishga oid universal mezon sifatida talqin etiladi. Ushbu kategoriyaning ilmiy asoslari XVIII–XIX asrlardagi klassik iqtisodchilar — Adam Smit, David Rikardo va Jon Styuart Mill asarlarida mustahkamlangan. Xususan, A. Smit o‘zining mashhur “The Wealth of Nations” asarida ta’kidlaydi: “Ijtimoiy boylik mehnat samaradorligi va uning taqsimlanish tarziga bog‘liqdir” 1 . Keyinchalik neoklassik iqtisodchilar — A. Marshall va L. Valras samaradorlikni marjinal foydalilik asosida tushuntirishgan. A. Marshall ta’kidlagan: “Iqtisodiy samaradorlik — bu resurslarning so‘nggi birligidan olinadigan qo‘shimcha foydani maksimallashtirish jarayonidir” 2 . Bu yondashuv samaradorlikni mikrodarajada hisoblash imkonini berdi va bozorda resurs taqsimoti samaradorligini baholashda asosiy mezonga aylandi. P. Samuelson va U. Nordxaus o‘zlarining “Economics” darsligida samaradorlik tushunchasini “iqtisodiy resurslardan eng foyda beradigan tarzda foydalanish jarayoni” deb ta’riflaydi. Ular ta’kidlaydi: “Effektivlik — bu iqtisodiy mexanizmlarning 1 Adam Smith and "The Wealth of Nations" 1776 2 ” MARSHALL, A., Principles of economics [1890-1920], 9th (variorum) edn, London, CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 89 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us maqsadga muvofiq ishlashini ta’minlovchi asosiy mezondir” 3 . SHu nuqtai nazardan samaradorlik nafaqat natija, balki jarayon sifatida ham qaraladi. Institutsional iqtisodiyot vakillaridan Duglas Nort samaradorlik tushunchasini institutlar faoliyati bilan bog‘laydi. Uning fikricha, “samaradorlik — bu institutlar va qonun-huquq tizimining resurslar harakatiga ta’siri bilan bog‘liq murakkab jarayondir” 4 . Ushbu yondashuv samaradorlikni institutsional muhitdan kelib chiqib baholash zarurligini asoslab berdi. Jan Meyson va Jeyms Robinson kabi zamonaviy iqtisodchilar samaradorlik tushunchasiga siyosiy va ijtimoiy omillarni ham qo‘shadilar. Ular “Why Nations Fail” asarida ta’kidlashadiki: “Faqat inklyuziv institutlar samaradorlikni barqaror iqtisodiy o‘sishga aylantira oladi” 5 . Demak, samaradorlikni aholining imkoniyatlarini kengaytirish bilan bog‘lash muosir nazariy tendensiyaga aylangan. Iqtisodiy rivojlanish nazariyasida M. Porter samaradorlikni milliy raqobatbardoshlikning negizida turishi lozim bo‘lgan funksiya sifatida ko‘radi. Uning fikricha, “hech qaysi iqtisodiy siyosat samaradorlikni ta’minlamasdan turib muvaffaqiyatga erisha olmaydi”. SHu bois, samaradorlik nafaqat operatsiyalar darajasida, balki makroiqtisodiy islohotlarda ham hal qiluvchi ahamiyatga ega 6 . Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid qarashlarda Kristian Gryonrus xizmat samaradorligini “qiymatli taklifni etkazib berishda mijoz qabul qilgan foydali natija” sifatida izohlaydi. Uning ta’kidicha, “xizmatlar samaradorligi mijoz nuqtai nazaridan baholanadi va iqtisodiy foydadan tashqari emotsional, ijtimoiy va texnologiyaviy natijalarni ham qamrab oladi” 7 . Ekologik iqtisodiyot maktabining namoyondalari — T. Tinbergen va R. Kostanza samaradorlikni ekologik barqarorlik bilan bog‘laydi. Ularga ko‘ra, “resurslardan samarali foydalanish — bu hozirgi ehtiyojlarni qondirib, kelajak avlod manfaatlariga zarar etkazmasdan foydalanishdir” 8 . Bu qarash ESG-mezonlar va yashil iqtisodiyot konsepsiyalarining shakllanishiga zamin yaratgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida samaradorlik tushunchasi yanada kengayib, unga “raqamli transformatsiya samaradorligi” tushunchasi qo‘shildi. McKinsey tahlilchilari ta’kidlaydi: “Raqamlashtirish samaradorlikni nafaqat ishlab chiqarish jarayonida, balki xizmat ko‘rsatish tezligi, individuallashgan echimlar va raqobat ustunligida aks ettiradi” 9 . 3 “Samuelson P., Nordhaus W. Samuelson,. Economics. 19th edition. Boston: McGraw-Hill Irwin. Schäfer, A. 2010” 4 “North D., Institutions, Institutional Change and Economic Performance, 1990” 5 “Acemoglu D., Robinson J., Why nations fail? The origin of power, prosperity and poverty. New York: Crown Business.2012” 6 “Porter M., Competitive Advantage of Nations, 1990” 7 “Grönroos C., Service Management and Marketing, 2007” 8 “Costanza R., Ecological Economics, 1997” 9 “McKinsey & Co., Digital Efficiency Index, 2021” CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 90 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Shu tariqa, samaradorlik tushunchasi iqtisodiy fanlarda dinamik va kompleks kategoriya sifatida namoyon bo‘lib, u klassik resurs foydalanishdan tortib, raqamli innovatsiya, ekologik barqarorlik, institutlar va inson kapitali kabi ko‘p qirrali yondashuvlarda namoyon bo‘lmoqda. Uni xolis baholash uchun ko‘p parametrli va tizimli yondashuv zarur. Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasi dunyo iqtisodiyotida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu jarayonda samaradorlik kategoriyasi nafaqat moliyaviy foyda, balki raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish, mijozlarga individual yondashuv va bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlash mezoni sifatida muhim o‘rin tutadi. Jahon banki ta’kidlaganidek: “Qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalar xizmatlar samaradorligini o‘n barobargacha oshirish potensialiga ega” 10 . Samaradorlik tushunchasi iqtisodiy nazariyada eng asosiy kategoriyalardan biri bo‘lib, klassik iqtisodchilar tomonidan “natija va resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlik” sifatida qaraladi. Neoklassik maktab vakillari — A. Marshall va P. Samuelson bu tushunchani resurslardan foydalanishning marjinal foydaliligi orqali izohlab berganlar: “Samaradorlik — bu bir yuz sarflangan birlik resurs uchun erishilgan eng yuqori natijadir” 11 . Xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikka xos xususiyat — bu uning nemateriallik va sub’ektiv qabul qilish xususiyatidir. Ya’ni, xizmatning foydasi ko‘pincha mijozlarning qoniqishi, vaqt tejalishi, xizmat sifati va individual yondashuv kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. SHu jihatdan, xizmatlarda samaradorlik tushunchasi o‘lchovli iqtisodiy indikatorlardan tashqari qiymatli taklif asosida baholanadi 12 . Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatishda samaradorlik indikatorlari tubdan o‘zgargan. Jumladan, “klassik” ko‘rsatkichlar — ishlab chiqarish xarajatlari, ishchi vaqti, jismoniy mehnat o‘rnini bosib, hozirda sifrovaya vovlechennost, onlayn konversiya, mijozlarning LTV (lifetime value) kabi metrikalar etakchi o‘ringa chiqmoqda 13 . Iqtisodiy fanlarda xizmatlar samaradorligini aniqlashda ko‘p parametrli modellar qo‘llanilmoqda. Jumladan, DEA (Data Envelopment Analysis) modeli xizmat sub’ektlarining texnik samaradorligini baholashda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu yondashuvda samaradorlik aniq resurslar va chiqishlar asosida shakllantiriladi: “DEA xizmatlarda narxsiz samaradorlikni o‘lchashda eng ishonchli vositadir” 14 . 10 “World Bank, Digital Economy for Africa Report, 2020” 11 “Samuelson & Nordhaus, Economics, 2010”. 12 “Grönroos C., Service Management and Marketing, 2007” 13 “McKinsey & Co., The Future of Service Operations, 2022” 14 “Charnes, Cooper & Rhodes, Measuring the Efficiency of Decision Making Units, 1978” CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 91 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Xizmatlarda raqamlashtirish bilan bog‘liq samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri — operatsion tezlik va interaktivlik darajasidir. Masalan, raqamli sug‘urta, onlayn-bank xizmatlari, elektron navbat tizimlari samaradorlikni bir necha barobar oshirgan. Gartner tahlil markazi ta’kidlaydi: “Xizmatlarda avtomatlashtirish va AI joriy qilish natijasida xaridorga xizmat ko‘rsatish vaqti 70%gacha qisqargan” 15 . Raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasida samaradorlikni yanada to‘g‘ri baholash uchun ESG-mezonlar (Environmental, Social, Governance) orqali ham baholash tendensiyasi vujudga kelmoqda. Bu borada BCG hisobotida qayd etiladi: “Xizmat sohasida ESG ko‘rsatkichlari — mijozlar ishonchini va bozordagi barqaror mavqeini ta’minlashda hal qiluvchi omilga aylangan” 16 . Milliy kontekstda qaralganda, O‘zbekistonda ham raqamli xizmatlarning samaradorligini baholash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, “O‘zbektelekom”, “Humo”, “My.gov.uz” va “Soliq” platformalarida xizmat ko‘rsatish tezligi, mijozlar ehtiyojini qondirish, to‘lov tizimlari integratsiyasi kabi ko‘rsatkichlar asosida samaradorlikni baholash amaliyoti shakllangan. Bu haqda Prezident SH.M. Mirziyoev ta’kidlaydi: “Xizmat ko‘rsatish sohasida har bir minut, har bir qadam samaradorlik bilan o‘lchanishi kerak” 17 . SHu tariqa, raqamli iqtisodiyot sharoitida xizmatlar sohasida samaradorlik tushunchasi — ko‘pqirrali, dinamik va innovatsion tamoyillarga asoslangan iqtisodiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi. U nafaqat an’anaviy ishlab chiqarishdan farq qiladi, balki raqobat va texnologiyaga asoslangan iqtisodiy o‘sish mezoni sifatida qaraladi. Fransuz iqtisodchisi Leon Valras samaradorlikni bozordagi muvozanat nuqtasidan kelib chiqqan holda talqin qilgan. Uning fikricha, “resurslardan samarali foydalanish – bu bozor mexanizmlari orqali tovarlar va xizmatlarning optimal taqsimlanishidir” 18 . Valrasning “taqsimlash samaradorligi” modeli bugungi kunda ham mikroiqtisodiy tahlillarda muhim ahamiyat kasb etadi. Vilfredo Pareto samaradorlik tushunchasini “sotsial optimum” nuqtai nazaridan baho bergan va “biror sub’ektning farovonligini yaxshilamasdan turib, boshqa sub’ekt farovonligini oshirib bo‘lmaslik holati”ni Pareto samaradorligi deb atagan. Uning ta’kidicha: “Samaradorlik – bu optimal holatga erishish nuqtasi bo‘lib, u ijtimoiy taqsimotdagi minimal ziyon bilan maksimal natijani ta’minlaydi” 19 . Piter Druker samaradorlikni “manbalarni to‘g‘ri taqsimlash va strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish” bilan bog‘laydi. Uning fikricha, “jamiyatni o‘zgartirishdagi eng muhim sharoit — bu foyda olish emas, balki samaradorlik orqali qiymat yaratish 15 “Gartner Research, 2021” 16 “Boston Consulting Group, ESG & Service Sector, 2022” 17 https://president.uz/uz/lists/view/8319 (“O‘zbekiston Respublikasi Президенти нутқи, 2023” 18 “Walras L., Elements of Pure Economics, 1874” 19 “Pareto V., Manuale di economia politica, 1906” CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 92 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us qobiliyatidir” 20 . Bu yondashuv xususan boshqaruv va xizmat ko‘rsatish sohalarida ustuvor ahamiyatga ega. Teylorizm nazariyasida samaradorlik “mehnatning ilmiy tashkil etilishi” bilan bog‘lanadi. U o‘z amaliyotida resurslar va ishchi vaqtini hisoblashni optimallashtirib, samaradorlikni me’yorlash asosida oshirishni taklif qilgan: “Har bir harakatning o‘lchami bo‘lishi kerak. O‘lchanmaydigan harakat samarali bo‘lolmaydi” 21 . Genri Ford samaradorlikni texnologik standartlashtirish va konveyer tizimi orqali industrial jadallik bilan bog‘lagan. Uning yo‘nalishi bugungi “Lean Manufacturing” va “Kaizen” konsepsiyalariga asos bo‘lgan. “Samaradorlik – bu bir harakatni doimiy ravishda yaxshilash jarayonidir” 22 . Jan Bodriyyar va postmodern iqtisodiy tahlilchilar samaradorlikni faqat iqtisodiy emas, balki ma’naviy va ijtimoiy qiymatlar bilan chambarchas bog‘laydilar. Ularning fikricha, “asl samaradorlik – bu insonning hayotida qiymat hissini yuzaga keltirish qobiliyati” 23 . Bu yondashuv raqamli xizmatlar, ijtimoiy platforma va “iqtisodiy insoniylik” masalalarida muhim. Texnologik determinizm maktabi vakillari (Mark Kastells, Elvin Toffler) samaradorlikni raqamlashtirish va intellektual resurslardan foydalanish bilan bog‘laydilar. “Iqtisodiyotda ma’lumot — yangi neft, ma’lumotdan samarali foydalanish esa kelajak barqarorlikdir” 24 . Iqtisodiy psixologlar, jumladan, Daniel Kaneman samaradorlikni inson qaror qabul qilish jarayonlari bilan bog‘laydi. Uning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha, “kognitiv xatolar va stereotiplar samaradorlikni yo‘qotishga olib keladi, shunday ekan, samaradorlik faqat resurslar emas, fikrlash jarayoni samarali bo‘lishi bilan ham chambarchas bog‘liq” 25 . Emerdjent maktab vakillari “samaradorlik — bu ma’lumotlar oqimi, tizimlararo moslashuv va jarayonlarning integratsiya darajasidir” deb hisoblaydilar. “YAngi zamonaviy iqtisodiyotda samaradorlik qiymat zanjirining har bir bo‘g‘inida real vaqtdagi muvofiqlashuv qobiliyatidir” 26 . Muqobil iqtisodiy maktablar, xususan, islomiy iqtisodiyot, samaradorlikni moddiy va ma’naviy natijalarni uyg‘unlashtirish bilan bog‘laydi. Islom iqtisodchilari ta’kidlaydilar: “Samaradorlik Allohning omonati sifatida berilgan ne’matlardan 20 “Drucker P., Management: Tasks, Responsibilities, Practices, 1973” 21 “Taylor F., The Principles of Scientific Management, 1911”. 22 “Ford H., My Life and Work, 1922” 23 “Baudrillard J., The System of Objects, 1968” 24 “Castells M., The Rise of the Network Society, 1996” 25 (“Kahneman D., Thinking, Fast and Slow, 2011”) 26 “Sakaya T., The Knowledge-Value Revolution, 1991” CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 93 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us oqilona foydalanish va har bir amalda adolatni saqlashdir” 27 . Bu qarash ESG va inson qadriyatiga asoslangan iqtisodiy modellar bilan mos tushadi. Markaziy Osiyo iqtisodiy tafakkurida samaradorlik masalasi an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar birligida tahlil qilinadi. Turkmanistonlik olim Saparmurad Xodjamuradov o‘zining “Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik nazariyasi” kitobida samaradorlikni milliy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta ishlash salohiyati bilan bog‘laydi. U ta’kidlaydi: “Milliy iqtisodiyotda samaradorlik — bu ichki ehtiyojlar va eksport qobiliyati o‘rtasidagi muvozanatni saqlash qobiligidir”. Qozog‘istonlik olim Bagdat Beysembaev samaradorlik tushunchasini raqamli iqtisodiyot va innovatsion rivojlanish kontekstida qayta ko‘rib chiqadi. Uning “Innovatsion jarayonlarda samaradorlikni baholash metodologiyasi” risolasida qayd etilishicha, “Samaradorlik — bu faqat iqtisodiy natija emas, balki innovatsiyalarni jamiyatga moslashtirish qobiligidir” 28 . Qirg‘izistonlik iqtisodchi U. Joldoshev “Milliy iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish strategiyasi” asarida samaradorlikni davlat siyosati, ijtimoiy infratuzilma va xizmatlar tarmog‘i orqali shakllanadigan ko‘p qirrali tushuncha sifatida ta’riflaydi. U ta’kidlaydi: “Samaradorlik – bu davlatning aholiga etazib berayotgan iqtisodiy foydali xizmatlar miqdori bilan o‘lchanadi” 29 . O‘zbekistonda mustaqillikdan so‘ng samaradorlik tushunchasi iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish va bozor mexanizmlari orqali qayta shakllana boshladi. Akademik Toshpo‘lat Ochilov samaradorlikni “iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolni belgilaydigan strategik mezon” sifatida ta’riflaydi. Uning ta’kidlashicha: “Mamlakatni modernizatsiya qilishda resurslardan samarali foydalanish hal qiluvchi omil bo‘lib, u raqobatbardoshlikni shakllantiradi” 30 . Taniqli iqtisodchi olim Umid Abduraxmonov “Institutsional iqtisodiyotda samaradorlik masalasi” mavzusidagi izlanishlarida samaradorlik tushunchasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat institutlari, bozor tartibga solish mexanizmlari va inson kapitali orqali yondashadi. U ta’kidlaydi: “Samaradorlik faqat ishlab chiqarish natijalari emas, balki boshqaruv mexanizmlarining faolligi bilan ham chambarchas bog‘langan” 31 . Farrux Hamraev tomonidan ishlab chiqilgan “Raqamli xizmatlar sohasida samaradorlikni baholash modeli”da ta’kidlanishicha: “Samaradorlik raqamlashtirish 27 Chapra M.U., Islam and the Economic Challenge, 1992 28 Бейсембаев Б., Алматы, 2019. 29 Жолдошев У. ГУМАНИТАРДЫК ИЛИМДЕР СЕРИЯСЫ КООМДУК, САЯСИЙ ИЛИМДЕР СЕРИЯСЫ ISBN 9967-03-030-5, Бишкек, 2021 30 Очилов Т., Иқтисодий тараққиёт назарияси, 2011 31 Abdurakhmonov U., Institutional Transformation in Uzbekistan, 2018 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 94 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us jarayonida ma’lumotlar oqimini tezkor va aniq boshqarish qobiligidir. U resurs tejamkorlik, xizmat sifati va raqobatli taklif yaratish indikatorlari bilan baholanadi” 32 . YAna bir o‘zbek iqtisodchisi — Mahmudxon Ismoilovning fikricha, samaradorlik tushunchasi “resurslardan eng yuqori qiymat yaratish imkoniyatini davlat-xususiy sektor hamkorligida amalga oshirish qobiliyatidir”. Uning tadqiqotlarida telekommunikatsiya va logistika xizmatlari samaradorligi uchun KPI tizimlari, ESG va energiya tejashni moslashtirish masalalari alohida o‘rin tutgan 33 . Narimon Umarov ta’kidlashicha, samaradorlik tushunchasi O‘zbekiston sharoitida faqat iqtisodiy emas, balki inson manfaatini ta’minlovchi omillar, ya’ni joylardagi infratuzilmani yaxshilash, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va xizmatlarni diversifikatsiyalash bilan bog‘lanishi lozim. U “Iqtisodiy siyosatda samaradorlik mezonlari” asarida buni izchil ilmiy asoslab bergan 34 . O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy siyosat jarayonlarida samaradorlik tushunchasi “sifrovizatsiya” va “tejamkor iqtisodiyot” kontekstida faol ko‘rib chiqilmoqda. Prezident SH.M. Mirziyoev ta’kidlaganidek: “Har bir tiyin, har bir resurs o‘z egasiga, o‘z natijasiga xizmat qilishi kerak. Samarasizlik — bu jinoyat” 35 . Bu so‘zlar samaradorlikni davlat siyosati mezoni sifatida ko‘rishga zamin yaratadi. YUqoridagi olimlarning fikrlarini tahlil qilib, ularning samaradorlik tushunchasiga yondashuvlarini jadval ko‘rinishida tizimlashtirildi (1-jadval). 1-jadval Samaradorlik tushunchasiga turli olimlarning yondashuvlari 36 Olimlar Samaradorlik tushunchasiga yondashuv Asosiy o‘lchovlar A. Smit 37 Mehnat samaradorligi va taqsimot Mahsulot, mehnat unumdorligi V. Pareto 38 Ijtimoiy samaradorlik (optimum) Pareto muvozanati P. Druker 39 Strategik boshqaruvda samaradorlik Qiymat yaratish 32 Hamraev F., ICT & Economic Transformation, TUIT, 2020 33 Ismoilov M., Service Efficiency in PPP, 2021 34 Умаров Н., “Иқтисодиёт ва таълим” Самарқанд, 2022. 35 O‘zbekiston Respublikasi Президенти нутқи, 2023 йил 20 декабрь 36 O‘rganilgan adbiyotlar asosida muallif ishlanmasi 37 https://www.investopedia.com/updates/adam-smith-wealth-ofnations/#:~:text=%22The%20Wealth%20of%20Nations%22%20is,was%20upending%20the%20mercantilist%20syste m. 38 Pareto V., Manuale di economia politica, 1906 39 Drucker P., Management: Tasks, Responsibilities, Practices, 1973 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 95 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us U. Abduraxmonov 40 Institutsional samaradorlik Inson kapitali, davlat islohotlari M. Ismoilov 41 Xizmat ko‘rsatishda KPI va energiya tejamkorlik KPI, ESG, raqamlashtirish B. Beysembaev42 Innovatsion samaradorlik YAngilikni o‘zlashtirish qobiliyati N. Umarov 43 Mahalliy infratuzilma va fuqarolar manfaati Mahalliy xizmatlar samaradorligi F. Hamraev 44 Sifrovizatsiya va avtomatlashtirish samaradorligi Mijoz qoniqish indeksi, raqamli jadallik Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo olimlari, jumladan, o‘zbek iqtisodchilari samaradorlik tushunchasiga kompleks, fanlararo, milliy modellar asosida yondashmoqda. Ularning fikrida samaradorlik – faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, balki innovatsiya, inson kapitali, davlat siyosati, raqamlashtirish va ekologik barqarorlik kabi omillar bilan to‘qnash keladigan, doimiy ravishda qayta shakllanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110-113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. BiznesЭксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 40 Abdurakhmonov U., Institutional Transformation in Uzbekistan, 2018 41 Ismoilov M., Service Efficiency in PPP, 2021 42 Бейсембаев Б., Алматы, 2019 43 Умаров Н., “Иқтисодиёт ва таълим” Самарқанд, 2022”. 44 Hamraev F., ICT & Economic Transformation, TUIT, 2020 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 96 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.