Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 97 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Aloqa va telekommunikatsiya korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish algoritmini takomillashtirish yo‘llari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi Islomov Javlon Rasulovich Annotatsiya. shbu maqolada aloqa va telekommunikatsiya korxonalarida raqobatbardoshlik darajasini oshirish jarayonida innovatsion faoliyatni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda telekommunikatsiya subyektlarining innovatsion rivojlanish samaradorligini baholovchi besh yo‘nalishdan iborat integral model taklif etilgan. Ushbu model moliyaviy-iqtisodiy natijalar, innovatsion faoliyatning moliyaviy ko‘rsatkichlari, ichki resurs salohiyati, innovatsiyalar natijadorligi va raqamlashtirish darajasini o‘z ichiga oladi. “O‘zbektelekom” AJ misolida 2016–2021-yillar kesimida integral ko‘rsatkich S hisoblab chiqilgan bo‘lib, S < 1 bo‘lgan holatlarda boshqaruv qarorlarini qayta ko‘rib chiqish, xodimlar malakasini oshirish, tashkiliy tuzilmani optimallashtirish va ilmiytadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligi asoslab berilgan. Maqolada, shuningdek, telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion boshqaruv tizimini joriy etish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u innovatsion jarayonning uzluksizligi, teskari aloqa mexanizmlarining mavjudligi va kompleks baholash tamoyillariga tayanadi. Taklif etilgan yondashuv raqamli transformatsiya sharoitida aloqa korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning amaliy yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar. telekommunikatsiya korxonalari; raqobatbardoshlik; innovatsion faoliyat; innovatsiyalarni boshqarish; integral ko‘rsatkich S; moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar; raqamlashtirish darajasi; innovatsion samaradorlik; “O‘zbektelekom” AJ; aloqa xizmatlari bozori; teskari aloqa tizimi; algoritm; KPI; ichki resurslar; inson kapitali; raqamli transformatsiya. Yurtimiz iqtisodiyotida bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida to‘liq innovatsion faoliyatni amalga oshirish iqtisodiyotni yanada samarali qayta qurishni oldindan belgilab beradigan vaziyat yuzaga keldi. So‘nggi o‘n yil mobaynida iqtisodiy muhit va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion faolligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonini o‘zgartirgan voqealar ro‘y berdi, ular xatti-harakatlarning stereotiplarini ko‘p jihatdan o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi. Bozorda ba’zi yangi xizmatlar, tovarlar, texnologiyalarning paydo bo‘lishi va boshqalarning asta-sekin so‘nib ketishining asosiy sababi aynan innovatsiyalar va korxonalarning innovatsion faoliyatidir. Shu sababli innovatsion faoliyat iqtisodiyotni
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 98 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us rivojlanishning innovatsion turiga o‘tkazishning dolzarbligini belgilab beradigan davlat siyosatining eng muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Bu, o‘z navbatida, boshqaruvning qayta tuzilishini, turli sohalardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rejalashtirishni oldindan belgilab qo‘ydi. Rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyat va innovatsiyalar taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiyalar xo‘jalik yuritish subyektlarini modernizatsiyalashga, ularning raqobatbardoshligini oshirib, zamon talablariga javob beradigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishiga imkoniyat yaratadi. Jahon iqtisodiyotida o‘zining munosib o‘rnini egalashga intilayotgan Respublikamizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, xalqaro tajribaga tayangan xolda uning asosiy tamoillarini o‘rganib, korxonalarning kundalik faoliyatida keng va asosli ravishda qo‘llash davr talabidir. Somenkova N.S. Innovatsion rivojlanish samaradorligini baholash uslubi moliyaviy iqtisodiy (daromad, yalpi daromad, rentabellik, mehnat unumdorligi) va faqat innovatsion jarayonni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini o‘z ichiga olishi zarur deb hisoblaydi. Innovatsion rivojlanish samaradorligini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish taklif etiladi: • Korxonaning ilmiy salohiyati; • Mahsulotning yangiligi koeffitsienti; • Ilmiy texnik izlanishlarga harajatlarning natijalari; • Ishlab chiqarishni modernizatsiyasining samaradorlik koeffitsienti; • Ilmiy ishlanmalarni intensivligi koeffitsienti. Bu ko‘rsatkichlar statistik axborot va buxgalterlik hisobotlari asosida hisoblab chiqish taklif etilgan.Yuqorida keltirilgan turli fikr va xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki korxonalarni innovatsion faoliyati samaradorligini baholash uchun bir guruh ko‘rsatkichlar mavjud va ularni asosan 4 qismga bo‘lish mumkin. 1. Ilmiy texnik izlanishlarga ajratilgan harajatlarni korxona budjetidagi salmog‘i, patentlar, litsenziyalar nau-xau larni sotib olishga qilingan harajatlar, xodimlarning ilmiy texnik faolliklarini rag‘batlantirish va xakazo. 2. Yangiliklarni amaliyotgan tadbiq etish dinamikasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar. Yangi ishlanmani yaratilishiga va uni ishlab chiqarishga tadbiq etilgunicha sarflangan vaqt, ishlanmaning “hayot” sikli va boshqalar. 3. Yangilanish ko‘rsatkichlari. Yangi ishlanmalar soni, mahsulotlarni yangilanib borish dinamikasi, yangi mahsulotlar hajmi, ularni eksporti va xakazo. 4. Korxona tizimidagi innovatsiyalar bilan shug‘ullanadigan bo‘linmalarni soni, ulardagi xodimlarning soni va ilmiy texnikaviy salohiyati va xakazo.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 99 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Telekommunikatsion kompaniyalarning raqobatbardoshligi ularning o‘zgarib borayotgan tashqi muxit istiqbollarini ko‘ra bilish saloxiyatiga va bu o‘zgarishlarga, yangi texnologiyalarni tadbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko‘paytirib sifatini oshirish orqali moslashib borish layoqatlariga chambarchas bog‘liqdir. Yangi texnologiyalarni, uslublarni izlash, yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish telekommunikatsion kompaniyalarning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy shartlaridan biridir. Shuning uchun ham korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarishni tizimli yondashuv asosida olib borilishi talab qilinadi. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish soxasida innovatsion faoliyatni boshqarish tizimi asosan uch bo‘limdan iborat bo‘lib, bular boshqaruv sub’ektlari, ya’ni boshqaruvchilar, boshqaruv obyektlari, ya’ni boshqariluvchilar va boshqarish “jarayoni”, ya’ni barcha ishtirokchi bo‘limlarni o‘zaro aloqalari, “kirish” va “chiqishlari”, tegishli normativ xujjatlar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlangan ish jarayonidir. Innovatsion faoliyatni boshqaruv subyektlari innovatsion faoliyatni bevosita ishtirokchilari bo‘lib, ular boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda o‘zaro hamkorlik qilishadi va qarorlarni bajarilishini uzuluksiz nazorat qilib borishadi. Boshqaruv tizimini muvaffaqiyatli faoliyati “Feedback” tizimini, ya’ni oliy boshqaruv subyektiga boshqaruv jarayonining va boshqaruv obyektlarining amaldagi xolati to‘g‘risidagi axborotlarni uzuluksiz qayta yetkazib turilishiga bog‘liq. Qayta aloqa orqali yetkazib beriladigan iinovatsion jarayonnig turli indikator/ ko‘rsatkichlarini taxlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish boshqaruv subyektlarining asosiy va murakkab vazifalari xisoblanadi. Bizning tadqiqot turli indikatorlarni, ularning ahamiyati va ta’sir darajasiga qarab saralab, umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni shakllantirish orqali boshqaruv sub’ektlariga bu vazifani yengillashtirib, asosli, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. 1-jadval Telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini integral ko‘rsatkichi Umumlashtirilgan ko‘rsatkich qiymati Vazn koeffitsienti S - Integral ko‘rsatkich 1. Moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatkich F k F SF = F × kF 2. Innovatsion faoliyat I F k I SI F =I F × k I
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 100 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us moliyaviy ko‘rsatkichi 3. Korxona ichki resurslari R k P SP = P × kP 4. Innovatsion faoliyatning natijaviyligi N I k N SN I = N I × k N 5. Korxonada raqamlashtirish darajasi R k R SR = R × kR 6. Innovatsion faoliyatning samaradorligini integral ko‘rsatkichi S kF+kI+kP+ k N +kR= 1 S= SF+SIF + SP + SNI + SR Telekommunikatsion korxonalarni innovatsion faoliyatini baholashda taklif qilinayotgan besh omildan har biri faoliyat samaradorligini bir tarafini yoritadi va faqat o‘sha tarafdan taxlil qilish imkoniyatini beradi. Innovatsion faoliyatning samaradorligini baxolashda aloxida omillardan tashqari, yakuniy Integral ko‘rsatkichni shakllantirish korxona boshqaruviga Innovatsion faoliyat natijalariga kompleks baxo berib, uning samaradorligini oshirish yo‘nalishda kerakli xarakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Yakuniy integral ko‘rsatkichni shakllantirish avval aniqlangan besh omildan, ularni ta’sir darajasi va ahamiyatiga qarab, vazn koeffitsientlarini hisobga olgan holda bajariladi. 2-jadval “O‘zbektelekom” AKning innovatsion faoliyat samaradorligining integral ko‘rsatkichi Yillar 2016 2017 2018 2019 2020 2021 S 0,96 0,81 0,93 0,74 1,08 1,01 Jadvalda telekommunikatsion korxonalarda raqamli texnologiyalarning samaradorligini yakuniy integral ko‘rsatkichini shakllantirish usuli keltirilgan. Bu usuldan foydalangan xolda, O‘zbektelekom korxonasining innovatsion faoliyati misolida 2016-2021-yillardagi innovatsion faoliyatining samaradorligi integral ko‘rsatkichi xisoblab chiqildi (ilovada keltirilgan). Natija shuni ko‘rsatayaptiki 2016-
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 101 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 2019-yillarda innovatsion faoliyatning samaradorligi belgilangan me’yor, ya’ni 1 dan pastroq bo‘lgan va 2020-2021-yillarda me’yordan bir oz yuqori bo‘lgan. Eng past natija 0,74 integral ko‘rsatkich 2019-yilda bo‘lib, buning sabablaridan biri shu yildagi moliyaviy omilning juda past darajada bo‘lganligi ko‘rinib turibdi. Tahlil davomida integral ko‘rsatkich bilan aloxida omillarni birgalikda o‘rganib chiqish investitsion faoliyatning samaradorligini o‘sishini yoki pasayishi sabablarini aniqlashga va tegishli boshqaruv amaliyotlarini yo‘lga qo‘yishda yaxshi samara beradi. 1-rasm. “O‘zbektelekom” AK innovatsion faoliyat samaradorligining integral ko‘rsatkichi Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o‘ziga xos kompleks vazifa bo‘lib, bir necha shart va bosqichlardan iborat. Dastlabki bosqichda korxonaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish uchun bir nechta bazaviy shartlarni bajarilishi zarur, bularning asosiylari: − korxona rahbariyatini innovatsiyalarga qiziqishi va qo‘llab-quvvatlashi. − korxonaning innovatsion faoliyatdan ko‘zalagan maqsadlari, bu yo‘ldagi strategiyasini aniqlash. − innovatsion faoliyatning tashkiliy tizimlarini yaratish − malakali xodimlarni tayyorlash, ularni innovatsion faoliyatga jalb qilish, qiziqtirish. − innovatsion jarayonning barcha bosqichlari uchun kerakli xujjatlar, yo‘riqnomalar, reglamentlarni ishlab chiqish. Bu shartlarning bajarilishi telekommunikatsion korxonaning innovatsion faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun “zaruriy, lekin yetarli emas” shart bo‘lib, u faqat korxonaning innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini belgilab beradi. Taklif etilayotgan innovatsion faoliyatni tashkil qilish va boshqarish tizimi tashkilotdagi barcha xodimlarni innovatsion faoliyat jarayonlariga jalb qilishdan tashqari, barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlariga e’tiborni qaratish va nafaqat taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini, balki tashkilot faoliyatidagi turli sohalarni ham yaxshilashni nazarda tutadi. 0,96 0,81 0,93 0,74 1,08 1,09 1,1 1,12 1,14 0 0,2 0,4 0,6 0,8 1 1,2 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 102 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Mazkur tizim xizmat ko‘rsatish davrining barcha bosqichlarida turli xil innovatsiyalarni joriy etish, shu jumladan tadqiqot va ishlanmalar, materiallar va uskunalarni sotib olish, xizmatlar ko‘rsatish va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish orqali taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlarining uzluksiz takomillashtirishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobidan boshlab va texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan tashkilot faoliyatining mutlaqo barcha funksional yo‘nalishlari, jumladan texnologiya, marketing, logistika, moliya, kadrlar, mijozlara xizmat ko‘rsatish tizimlari va boshqalar innovatsiyalarni joriy etish asosida takomillashtirilib borilishi kerak, bu esa innovatsion faoliyatni boshqarishda izchillikni taminlab beradi. 2-rasm. Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion tizimni joriy etish
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 103 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us algoritmi Dastlabki bosqich qoniqarli bajarilganidan so‘ng, innovatsion jarayon avval rejalashtirishdan boshlanadi, yangi ishlanmalarni ishlab chiqish, texnologiyalar va uskunalarni sotib olish, yangicha xizmat turlarini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish uzuluksiz jarayonga aylanishi shart. Bu faoliyatni boshqarishda jarayonni doimiy nazorat qilish, natijalarni taxlil qilish muxim rol o‘ynaydi. Innovatsion faoliyat samaradorligiga umumiy baxo berishda integral ko‘rsatkichdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Integral ko‘rsatkich S >1 bo‘lsa, innovatsion faoliyat samaradorligi qoniqarli bo‘lib jarayonga keskin o‘zgartirishlar kiritishni xojati yo‘q. Lekin agar integral ko‘rsatkichimiz S < 1bo‘lsa, u holda muallif tomonidan taklif etilayotgan innovatsion faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari va uning omillarini, ya’ni: moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlar F, raaqamlashtirishning moliyaviy ko‘rsatkichlari 𝐼𝐹, korxonaning ichki resurslari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar P, innovatsion faliyatning natijaviylik ko‘rsatkichi 𝑁𝐼, korxona moliyaviy sohasida raqamlashtirish R jarayonlarini qayta ko‘rib chiqib, tahlil qilish maqsadga muvofiq. Zarur bo‘lgan hollarda innovatsion jarayonlarga korreksiyalar kiritish talab etiladi. Bu xarakatlar, taklif etilayotgan algoritmda, rahbar xodimlarni innovatsion faoliyat bo‘yicha malakasini oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ilmiy tadqiqod institutlarini hamkorlik qilishga jalb qilish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, innovatsion jarayonlarni qayta ko‘rib chiqish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqich amalga oshirilgandan so‘ng korxona innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini qayta aniqlash kerak. Taklif qilinayotgan innovatsion tizimni joriy etish algoritmi (3.2-rasm) telekommunikatsion korxonalarining o‘ziga xos jixatlarini xisobga olgan xolda tuzilgan bo‘lib, innovatsion jarayonni uzuliksiz ravishda davom ettirishni va nazorat qilishni ta’minlab beradi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining shiddat bilan ilgarilab borishi – aloqa xizmatlariga bo‘lgan talabni yuqori pag‘onaga olib chiqdi. Shu sababdan, ko‘pgina fuqarolarimizda bu sohada tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan motivasiyani yanada kuchaytirdi va axborot-kommunikasiya tarmog‘i milliy iqtisodiyotning yetakchi subyektlaridan biriga aylanib bormoqda. Ma’lumki, tadbirkor foyda bermaydigan ishga xarajat qilmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jumladan, aloqa xizmatlari korxonalari faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini amalga oshirishadi. Xarajat − foyda ko‘rishning asosiy shartidir. Korxonalarning xarajatlar qila olish qobiliyati, ularning mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish layoqatini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 104 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Shu sababdan ham tadbirkorlar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari, ular bilan bog‘liq xarajatlar hamda foyda to‘g‘risida to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan turib o‘z faoliyatini tashkil qilishmaydi. Ular bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish − ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini samarali boshqarishda qo‘l keladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55. 2. Shokirovna B. Z., Xurram oʻgʻli X. S. INNOVATIVE FOUNDATIONS OF A UNIFIED ECONOMY IN THE FIELD OF RELIGIOUS EDUCATION //Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 110-113. 3. ЮЛДАШЕВ, Қ., Ўзбекистонда давлат-хусусий, А. Ш., ТОЖИБОЕВА, Ш., ТОШПЎЛАТОВА, Г., ТАРАХТИЕВА, Г., & БОБОЖОНОВА, З. BiznesЭксперт. 4. Shokirovna B. Z., Muxayyo Y. Xurram oʻgʻli XS TOPIC: DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN //Scientific Impulse. – 2023. – Т. 2. – №. 16. – С. 42-45. 5. Худайназарова Д. МEТOДЫ OЦEНКИ РИСКOВ ВНEДРEНИЯ ЦИФРOВЫХ ТEНДEНЦИЙ В ТУРИСТИЧEСКOМ БИЗНEСE //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 682-687. 6. Худайназарова Д. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТУРИСТИЧЕСКИХ ДЕРЕВЕНЬ //Экономическое развитие и анализ. – 2024. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 7. Xudaynazarova D. Theoretical Basis for the Formation of Tourist Villages //Economic Development and Analysis. – Т. 2. – №. 12. – С. 435-448. 8. Bobojonova Z. S. Analysis of economic efficiency of oil recovery from fields in Bukhara-Khivinsky region and ways of its implementation. – 2021. 9. BOBOJONOVA Z. Жамият ва инновациялар–Общество и инновации–. – 2021. 10. Бобожонова З. Ш., Абдуллаева Д. Innovative development of industrial production based on the principle of synergy Bobojonova Z., Abdullayeva D. 2 Инновационное развитие промышленного производства, основанного на синергетическом принципе //PROBLEMS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION. – С. 64.