Darsda jamoaviy ishlash usullarini qo'llashning mexanizmlari (bo'lajak boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari misolida)
Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini uchun dars vaqtida jamoaviy ishlash usullarini samarali qo‘llash mexanizmlari asoslanadi. Ijobiy o‘zaro bog‘liqlik, individual javobgarlik, ijtimoiy ko‘nikmalar va refleksiyaning o‘zaro integratsiyada ko‘riladi. Jigsaw, STAD, “fikr-juft-marafon” kabi strukturalar misolida metodik algoritmlar taklif etiladi. Amaliy vaziyatlar, baholash mezonlari hamda raqamli vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Full text
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 129 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Darsda jamoaviy ishlash usullarini qo‘llashning mexanizmlari (bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida) Nurmаnоvа Dilfuza Jamilovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Bоshlаng‘ich tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi mustaqil izlanuvchisi e-pochta:dilfuzаnurmаnоvа05@gmаil.cоm Tel.raqam: +998-93-665-56-60 Аnnotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini uchun dars vaqtida jamoaviy ishlash usullarini samarali qo‘llash mexanizmlari asoslanadi. Ijobiy o‘zaro bog‘liqlik, individual javobgarlik, ijtimoiy ko‘nikmalar va refleksiyaning o‘zaro integratsiyada ko‘riladi. Jigsaw, STAD, “fikr-juft-marafon” kabi strukturalar misolida metodik algoritmlar taklif etiladi. Amaliy vaziyatlar, baholash mezonlari hamda raqamli vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: jamoaviy o‘qitish, interdependensiya, STAD, jigsaw, refleksiya, baholash mezonlari Аннотация: В данной статье обосновываются механизмы эффективного применения методов коллективной работы на занятиях для студентов направления «Начальное образование». Рассматриваются взаимосвязанность (позитивная интердепенденция), индивидуальная ответственность, развитие социальных навыков и рефлексия в интеграции друг с другом. На примере структур Jigsaw, STAD, «Мысль–Пара–Марафон» предлагаются методические алгоритмы их применения. Также приводятся рекомендации по использованию практических ситуаций, критериев оценивания и цифровых инструментов в учебном процессе. Ключевые слова: групповое обучение, межзависимость, STAD, jigsaw, рефлексия, критерии оценивания Abstract: This article substantiates the mechanisms for effectively applying collaborative learning methods during lessons for pre-service primary education students. Positive interdependence, individual accountability, social skills development, and reflection are examined in an integrated manner. Methodological algorithms are proposed using structures such as Jigsaw, STAD, and “Think–Pair– Marathon.” Recommendations are also provided regarding the use of practical scenarios, assessment criteria, and digital tools in the instructional process. Keywords: cooperative learning, interdependence, STAD, jigsaw, reflection, assessment rubrics
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 130 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darsda jamoaviy ishlash usullari nafaqat fanga oid bilimlarni, balki ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim omildir. Vigotskiy tomonidan asoslangan ijtimoiy o‘zaro ta’sir va “yaqin rivojlanish zonasi” g‘oyasi jamoaviy faoliyatning kognitiv o‘sishga turtki berishini ko‘rsatadi. Talabalar murakkab vazifani hamkorlikda bajarar ekan, guruh ichida ishonch ortishini jarayonda o‘zlashtiradi [3]. Ushbu nazariy poydevor boshlang‘ich ta’lim metodikasi uchun ayniqsa dolzarb, chunki boshlang‘ich ta’lim davrida o‘qitish jarayoni ko‘proq hamkorlik va ko‘mak bilan samarali kechadi. Vigotskiy yondashuvi mexanizm sifatida scaffold (tayanch)ni talab qiladi. Unga ko‘ra vazifa segmentatsiyasi, ro‘l taqsimoti va bosqichma-bosqich mustaqillikka chiqarishdir. Bu mexanizmni talabalar maktab amaliyotida kichik guruhlar bilan o‘tkaziladigan o‘yinli mashg‘ulotlarga, matn ustida ishlashda o‘zaro tushuntirishga tatbiq etishlari mumkin. Jamoaviy o‘qitishning amaliy mexanizmlari D.W.Johnson va R.T.Johnsonlar tomonidan tizimlashtirilgan shakli tavsiya etilib, unga ko‘ra, ular besh tayanch omilga ajratadi. Ya’ni: ijobiy o‘zaro bog‘liqlik, individual javobgarlik, interfaol ijtimoiy o‘zaro ta’sir, ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatish, guruhiy tahlil (processing) [1]. Dars dizaynida bu omillar quyidagicha tizimlashtiriladi: a) vazifa va resurslarni bo‘lish orqali ijobiy o‘zaro bog‘liqlik yaratiladi (masalan, jigsaw bo‘limlarini taqsimlash); b) individual javobgarlik uchun qisqa test, “bir-birini tekshirish” varaqalari yoki tasodifiy chaqiruv mexanizmi joriy etiladi; c) interfaol o‘zaro ta’sir uchun “yuzma-yuz tushuntirish” o‘yinining talabi va vaqti ajratiladi; d) ijtimoiy ko‘nikmalar (faol tinglash, konstruktiv fikr bildirish) alohida instruktsiya va mini-treninglar orqali o‘rgatiladi; e) guruh jarayonini tahlil qilish bo‘yicha yakuniy refleksiya savollari va kuzatuv kartalari qo‘llanadi. Bo‘lajak o‘qituvchi bu omillarni o‘zi uchun qayd qilishda alohida bandlar sifatida belgilab qo‘ysa, darsning texnologik xaritasi va boshqaruv ancha soddalashadi. Natijada darsni samaradorligi va ko‘zlangan maqsadga erishish aniq bo‘ladi. Slavin yondashuvi esa rag‘bat va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmlarni kuchaytirishni ilgari suradi. Uning STAD (Student Teams–Achievement Divisions) modelida hamkorlik natijalarini baholashda individual o‘sish ballari asosida amalga oshiriladi, bu esa kuchli va sust o‘quvchilar o‘rtasida adolatli rag‘bat muhitini yaratadi [2]. Talabalar uchun amaliy algoritmni quyida tavsiya etiladi: 1) o‘qituvchi qisqa tushuntirish beradi; 2) guruhlar mashq qilib, bir-biriga tushuntiradi;
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 131 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us 3) individual qisqa test olinadi; 4) guruh balli a’zolarning ishtirokiga qarab hisoblanadi. Shu tarzda individual javobgarlik va jamoaviy natija mexanizmlari uzviy bog‘lanadi. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari dars ishlanmasida STAD uchun oddiy baholash jadvallari, o‘sish ko‘rsatkichlari va guruh reytinglarini oldindan tayyorlashi lozim. Rus pedagogik maktabi vakili D’yachenko “jamoaviy o‘qitish usuli” orqali mashg‘ulotni mikrotuzilmalar – juftlik, zanjir, “korridor” (yo‘lak), brigadalar (guruh yoki jamoa) shaklida tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqqan [4]. Uning g‘oyasi ko‘ra, guruh ichidagi tashkiliy dinamika va rollarning (rahbar, kotib, spiker, kuzatuvchi) aniq belgilanishiga tayanadi. Bu mexanizm boshlang‘ich ta’lim uchun qulay, chunki kichik yoshda tartib va rolli o‘yin elementlari jarayonni barqarorlashtiradi. Masalan, “Juftlikda navbatli o‘qish va qayta hikoyalash” mashqi: birinchi o‘quvchi ovoz chiqarib o‘qiydi, ikkinchisi asosiy fikrlarni belgilaydi, so‘ng rollar almashadi. Bo‘lajak o‘qituvchilar amaliyotda shu tuzilmalarni foydalanib, belgilangan vaqt me’yorlari orqali dasr jarayonlarida qo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Kagan strukturaviy yondashuvi ham mexanizmlarni mayda, takrorlanuvchi tuzilmalarga ajratadi: Think–Pair–Share, RallyCoach, Numbered Heads Together va b. [5]. Har bir tuzilma qat’iy qadamlar, signal va vaqtni boshqarish elementlariga ega. Bu ko‘rinish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intizomiy yukni kamaytiradi va faol ishtirokni tenglashtiradi. Masalan, Think–Pair–Share: 1) yakka fikrlash (30–60 soniya); 2) juftlikda almashish (2 daqiqa); 3) sinf bo‘yicha umumlashtirish (3–4 daqiqa). Talabalar uchun mexanizmlashtirish yo‘li – darsning texnologik xaritasida har bir qadamni piktogrammalar bilan belgilash, signal so‘zlari va vaqt o‘lchovchilarini qo‘llash bilan izohlanadi. Bu didaktik “skriptlar” bo‘lajak o‘qituvchining darsni izchil va aniq boshqarishiga xizmat qiladi. Jamoaviy o‘qitish ijtimoiy-emotsional natijalari haqida Gillies va Ashman tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tuzilgan guruhlar nafaqat akademik samaradorlikni, balki hamdardlik, konfliktni konstruktiv hal qilish va ijobiy sinf iqlimini kuchaytiradi [5]. Bunday natijalar boshlang‘ich sinfda ayniqsa sezilarli, chunki shu davrda ijtimoiy me’yorlar shakllanadi. Shuning uchun mexanizm sifatida ijtimoiy ko‘nikmalarni maqsadli o‘qitish (rolli o‘yinlar, “Men-xabar” texnikasi, faol tinglash mashqlari) dars rejasiga kiritiladi. Talabalar mikroo‘qitish jarayonida kuzatuv varaqalari bilan birbirining nutq odobi, navbat kutish, fikrga hurmat kabi indikatorlarni baholaydi va refleksiya sessiyasida dalillangan fikr bildiradi.
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 132 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Mahalliy metodik an’ana jamoaviy ishlarni didaktik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Bu yondashuvda Sayidahmedov o‘quv jarayonida texnologik yondashuvni – maqsadlar shajarasi, natija indikatorlari, vositalar va baholashning mosligiga urg‘u beradi [6]. Shu nuqtai nazardan, jamoaviy dars mexanizmi “kirish – faol hamkorlik – mustahkamlash – baholash – refleksiya” zanjiri bo‘yicha algoritmlashtiriladi. Har bo‘g‘inda aniq vosita: kirishda diqqatni faollashtiruvchi “Aqliy hujum”, hamkorlik bosqichida Jigsaw bo‘limlari, mustahkamlashda RallyCoach, baholashda qisqa individual test, refleksiyada “Plus– Delta” jadvalidan foydalanishni tavsiya etadi. Bo‘lajak o‘qituvchi shu algoritmni o‘quv-metodik kompleksga integratsiya qilsa, amaliyotda barqaror natija beradi. Baholash va monitoring mexanizmlarini loyihalash ishning samaradrligini yuqori aniqlikda ochib beradi. Jamoaviy ishda “ko‘rinmas yo‘lovchi” muammosini bartaraf etish uchun ikki pog‘onali baholash qo‘llanadi. Bunda individual (test, mini-esse, chiptalar) va guruhda ishlash (loyiha mahsuloti, taqdimot) yaxshi samara beradi. Slavin taklif etgan o‘sish ballari metodikasi bilan adolat tamoyili ta’minlanadi [2], Johnsonlar ta’kidlagan guruhiy tahlil orqali esa sifatli refleksiya amalga oshadi [1]. Rubrikalarda kognitiv (aniqlik, dalillilik), ijtimoiy (hamkorlik, muloqot), metakognitiv (refleksiya) mezonlar alohida band sifatida beriladi. Kuzatuvchi-talaba uchun “tezkor qayd” varaqalari (2–3 indikator) darsni ortiqcha rasmiy va bosimlarsiz kuzatishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limda jamoaviy ishlashning yana bir samarali usuli, bu raqamli vositalar integratsiyasidir. Boshlang‘ich sinf sharoitida planshet yoki interaktiv doska yordamida “Numbered Heads”ni onlayn randomizator, “exit-ticket”ni qisqa viktorina platformalari orqali qo‘llash mumkin. Bu vositalar individual javobgarlikni kuchaytiradi, guruh ichida ma’lumot almashish tezligini oshiradi va o‘qituvchiga tezkor tahlil uchun ma’lumot beradi. Shuningdek, audio-video yozuvlar mikroo‘qitishda ijtimoiy ko‘nikmalarni tahlil qilishda samarali vositadir. Amaliy misol (bo‘lajak o‘qituvchilar uchun). “Matnni tushunish” mavzusi: Maqsad – asosiy g‘oyani aniqlash. 1) Kirish qismi (3 daqiqa): maqsad va mezonlar. 2) Jigsaw (12 daqiqa): matn 4 bo‘lakka ajratilib, ekspert guruhlari mazmunni tayyorlaydi. 3) Qaytish va o‘qitish (8 daqiqa): a’zolar bo‘lakni guruhiga o‘rgatadi. 4) Individual tekshiruv (5 daqiqa): 5 savolli test. 5) Guruh balli (2 daqiqa): o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha. 6) Refleksiya (5 daqiqa): “Plus–Delta”. Bu ssenariyda ijobiy o‘zaro bog‘liqlik (bo‘laklar), individual javobgarlik (test), ijtimoiy ko‘nikma (tushuntirish), guruhiy tahlil (refleksiya) bir butun mexanizmga ulanadi [1; 2; 4].
CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD Volume 02, Issue 11, 2025 133 CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF SCIENCE IN THE MODERN WORLD universalconference.us Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki, jamoaviy ishlash usullarini dars jarayonida moslashtirish maqsadlar, rollar, vaqt, baholash va refleksiyani oldindan ssenariylashtirishdir. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun bu yondashuv ham metodik ishonchlilikni, ham ijtimoiy-emotsional natijalarni ta’minlaydi. Jigsaw, STAD va strukturaviy mikrotuzilmalar boshqaruvni soddalashtiradi, ikki pog‘onali baholash esa adolat va faollikni ushlab turadi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni maqsadli o‘rgatish, rubrikalar va raqamli vositalar bilan qo‘llab-quvvatlash orqali jamoaviy darslar barqaror va takrorlanadigan sifat sikliga ega bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Johnson D. W., Johnson R. T. Learning Together and Alone: Cooperative, Competitive, and Individualistic Learning. Boston: Allyn and Bacon, 1999. — 398 с. 2. Slavin R. E. Cooperative Learning: Theory, Research, and Practice. 2nd ed. Boston: Allyn and Bacon, 1995. — 312 с. 3. Vgotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978. — 159 с. 4. Дьяченко В. К. Коллективный способ обучения: Общая теория и опыт. Москва: Педагогика, 1991. — 192 с. 5. Gillies R. M., Ashman A. F. Cooperative Learning: The Social and Intellectual Outcomes of Learning in Groups. London: Routledge, 2003. — 246 с. 6. Сайидаҳмедов Н. Педагогик технологиялар: ўқув қўлланма. Тошкент: Фан, 2003. — 180 с.