Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 70 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY MENEJMENTI TASHKIL ETISH ORQALI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI QURBONOV NURIDDIN RO‘ZIQULOVICH Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Hozirgi globallashuv sharoitida moliyaviy menejmentning asosiy funksional bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilayotgan moliyaviy rejalashtirish tizimini takomillashtirish masalalari xalqaro ilmiy-amaliy izlanishlarning markazida turibdi. Xususan, pandemiyadan keyingi davrda tashqi bozorlarda kuzatilayotgan yuqori o‘zgaruvchanlik kompaniyalardan tezkor moslashuvchan moliyaviy rejalashtirish mexanizmlari, shuningdek, ularni korporativ rivojlanishning strategik maqsadlari bilan integratsiyalashgan modellarda shakllantirishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, moliyaviy menejmentning ajralmas tarkibiy elementi bo‘lgan moliyaviy diagnostika tizimini takomillashtirish, ya’ni korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kompleks baholash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ilmiy asosda kengaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni jadallashtirish, tashqi bozorlar talablari asosida milliy sanoat tarmoqlarining eksport salohiyatini oshirish, xalqaro standartlar va brendlarni iqtisodiyotga jalb etish, shuningdek, xususiy sektorning eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan. Energiya bozorlarini bosqichma-bosqich liberallashtirish, xususiy investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish hamda mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish mamlakat iqtisodiyotining uzoq muddatli barqaror o‘sishini ta’minlovchi muhim omillar sifatida e’tirof etilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotda muhim o‘rin tutuvchi aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment tizimini modernizatsiya qilish va u orqali investitsion loyihalarni samarali moliyalashtirish mexanizmlarini shakllantirish zaruratini kuchaytirmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida moliyaviy boshqaruvning nazariy asoslarini xorijiy tadqiqotchilar ham keng yoritgan. Jumladan, amerikalik iqtisodchi E. Banks globallashuv hamda “Axborot iqtisodiyoti” modelining shakllanishi moliya tizimi
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 71 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us bo‘g‘inlari rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etadi. Ingliz iqtisodchisi G. King moliyaviy boshqaruvni aniqlashtirishda foyda, aktuar hisobkitoblar va ssuda kapitali bo‘yicha foiz stavkalari kabi elementlarga urg‘u beradi. K. Plen esa “moliya” atamasining mazmun jihatidan kengayishini iqtisodiyotning ijtimoiy sektoridan xususiy sektoriga o‘tish jarayonlari bilan izohlaydi; uning fikricha, moliya iqtisodiy agentlarning har biri tasarrufida shakllanadigan va foydalaniladigan resurslar fondini boshqarish jarayonini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda aksiyadorlik jamiyatlari uchun eng dolzarb masalalardan biri – bu moliyaviy rejalashtirish va nazorat tizimlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, ularni korporativ boshqaruv, investitsion faoliyat va loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirishdan iborat. Bunday yondashuv investitsion loyihalarning samaradorligini oshirish, kapital strukturasini optimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va korporativ qiymatni oshirishga xizmat qiladi. 1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy kontrolling xizmatining tashkiliy modeli
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 72 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy kontrolling tizimi korxona boshqaruvining ajralmas bo‘g‘ini sifatida yuqori ahamiyat kasb etadi. Kontrolling xizmati nafaqat moliyaviy jarayonlarni nazorat qilish vositasi, balki menejmentni sifat jihatdan takomillashtirishning institutsional mexanizmi sifatida maydonga chiqadi. Uning moliyaviy segmenti moliyaviy kontrolling esa moliyaviy rejalashtirish, axborotlarni shakllantirish, ularni qayta ishlash, tahlil qilish va nazorat qilish kabi funksiyalar majmuasini o‘zida mujassam etgan kompleks boshqaruv tizimidir. Mazkur tizimning ahamiyati shundaki, u aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarining aniqligi, tezkorligi va samaradorligini oshiradi. Shuningdek, kontrolling mexanizmlari resurslardan foydalanish samaradorligini baholash, tavakkalchiliklarni boshqarish va kapital tuzilmasini optimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy menejmentning zamonaviy ko‘rinishi XIX asr oxiri XX asr boshlarida shakllangan neoklassik moliya nazariyasiga borib taqaladi. Bu nazariya moliyani faqat davlat sektoriga xos bo‘lgan pul mablag‘lari harakati sifatida emas, balki xususiy sektor faoliyati natijasida yuzaga keladigan kapital oqimlarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarni ham o‘z ichiga olgan holda kengaytirdi. Global iqtisodiy makonning shakllanishi milliy moliya tizimlarining o‘zaro integratsiyalashuvini kuchaytirdi. Bu jarayon aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ moliyani boshqarishning ilg‘or xalqaro tajribalariga tayangan holda yanada takomillashtirilgan moliyaviy menejment tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Bunday sharoitda moliyaviy menejmentning institutsional va funksional tarkibi loyihalarni moliyalashtirish samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining bosh maqsadlari ularning moliyaviy xizmat tizimi faoliyati bilan uyg‘unlashgan holda shakllanadi. Moliyaviy xizmat tizimi, odatda, quyidagi besh asosiy komponentdan iborat ierarxik tuzilma ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: 1. Moliyaviy rejalashtirish va prognozlashtirish 2. Byudjetlashtirish va nazorat mexanizmlari 3. Moliyaviy tahlil va diagnostika tizimi 4. Tavakkalchiliklarni boshqarish (risk-menejment) 5. Strategik moliyaviy rivojlanish bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 73 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Mazkur komponentlarning uzviy integratsiyasi aksiyadorlik jamiyatlarida investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni aniq, oqilona va ilmiy asoslangan mexanizmlar bilan ta’minlaydi. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy salohiyatini rivojlantirish maqsadida kapitallarning o‘rtacha tortilgan qiymati (WACC), aktivlar rentabelligi (ROA) va xususiy kapital rentabelligi (ROE) asosiy baholash mezonlari sifatida qo‘llaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan model quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: • loyihaning moliyaviy barqarorligini aniqlash; • qarz va xususiy kapital optimal nisbatini belgilash; • investitsion resurslar taqsimotini ratsional darajada boshqarish; • aksiyadorlar manfaatlarini maksimal darajada himoya qilish. Bunday yondashuv aktivlar, passivlar va moliyaviy natijalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash orqali loyihalarning moliyaviy xavfsizligini mustahkamlaydi. Ko‘plab aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy fondlarning jadal eskirgani kuzatilmoqda. Bu esa texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatbardosh mahsulot yaratish uchun yirik investitsiya resurslarini jalb etishni talab qiladi. Strategik moliyaviy menejment tizimi quyidagi yo‘nalishlarda muhim rol o‘ynaydi: • ichki moliyaviy manbalarni safarbar qilish; • tashqi investitsiya oqimlarini jalb qilish; • kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash; • modernizatsiya loyihalari uchun uzoq muddatli moliyalashtirish strategiyasini shakllantirish. Mazkur yondashuv aksiyadorlik jamiyatlarida raqobatbardosh strategiyalarni amalga oshirish va ularning bozor qiymatini oshirishda asosiy drayver sifatida xizmat qiladi. Xulosa. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni samarali tashkil etish loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydigan eng muhim institutsional omillardan biridir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy kontrolling tizimi korporativ boshqaruvning strategik bo‘g‘ini sifatida qaror qabul qilish jarayonini optimallashtiradi, moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi va tavakkalchiliklarni minimallashtirishga xizmat qiladi. Mazkur tizimning asosiy vazifalari bo‘lgan rejalashtirish, tahlil, monitoring, nazorat va axborot ta’minoti investitsion loyihalar samaradorligini baholash hamda moliyalashtirish manbalarini tanlashda muhim ilmiyamaliy asos yaratadi.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 74 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Aksiyadorlik jamiyatlarida mavjud asosiy fondlarning eskirishi, ishlab chiqarish jarayonlarining raqobatbardosh emasligi investitsiya resurslarini keng ko‘lamda safarbar qilish zaruratini kuchaytirmoqda. Shuning uchun strategik moliyaviy menejmentni modernizatsiya va texnologik yangilanish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish tashqi hamda ichki moliyalashtirish manbalaridan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. Natijada loyiha samaradorligi oshadi, korporativ boshqaruvning institutsional asoslari mustahkamlanadi va aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiy salohiyati yangi bosqichga ko‘tariladi. Umuman olganda, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment mexanizmlarini mukammal shakllantirish bu faqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlash vositasi emas, balki investitsion loyihalar hayotiyligini oshiruvchi, innovatsion rivojlanishni tezlashtiruvchi, korporativ tizimning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi kompleks boshqaruv konsepsiyasidir. Mazkur yondashuv asosida shakllangan moliyalashtirish mexanizmlari aksiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60sonli Farmoni. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida//www.lex.uz. 2. Banks E. Finance the basics. — N.Y.: Simultaneously published, 2007. 3. King G. Theory Of Finance: Being a Short Treatise on the Doctrine of Interest and Annuities-certain./ 3-rd ed. – London: Ch.&Edw. Layton, 1898. 4. Plehn Carl.C. Introduction On Public Finance. –London: Macmillan&Co, 1909.