scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON VA JAHONDA DAROMADLAR TENGSIZLIGI, KAMBAG'ALLIK MUAMMOSI

Djurayeva Maxzuna Azamovna; Ergasheva Maftuna

Abstract

Ushbu maqolada daromadlar tengsizligi va kambag’allik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda ularni kamaytirishning samarali yo’llari tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikning asosiy sabablari,aholi daromadlari taqsimotidagi nomutanosiblik hamda ularning iqtisoyiy o’sishga ta’siri yoritilgan.Shuningdek ,xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati tahlil qilinib,O’zbekiston sharoitida ularni qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 541 O’ZBEKISTON VA JAHONDA DAROMADLAR TENGSIZLIGI, KAMBAG’ALLIK MUAMMOSI Djurayeva Maxzuna Azamovna Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti oʻqituvchisi. ORCID: 0009-0007-1967-176Х E-mail: [email protected]/uz Ergasheva Maftuna Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti talabasi. E-mail: Ergashevamaft[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17935396 Annotatsiya. Ushbu maqolada daromadlar tengsizligi va kambag’allik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik hamda ularni kamaytirishning samarali yo’llari tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiyiqtisodiy tengsizlikning asosiy sabablari,aholi daromadlari taqsimotidagi nomutanosiblik hamda ularning iqtisoyiy o’sishga ta’siri yoritilgan.Shuningdek ,xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan davlat siyosati tahlil qilinib,O’zbekiston sharoitida ularni qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar:daromadlar tengsizligi,kambag’allik,iqtisodiy o’sish,ijtimoiy adolat davlat siyosati,gini indeksi,krizis Аннотация. В данной статье анализируется взаимосвязь между неравенством доходов и бедностью, а также эффективные пути их сокращения. В работе освещены основные причины социально-экономического неравенства, дисбаланс в распределении доходов населения и их влияние на экономический рост. Кроме того, на основе опыта зарубежных стран рассматривается государственная политика, направленная на сокращение бедности, и возможности её применения в условиях Узбекистана. Ключевые слова: неравенство доходов, бедность, экономический рост, социальная справедливость, государственная политика, индекс Джини, кризис Abstract. This article analyzes the interrelation between income inequality and poverty, as well as effective ways to reduce them. The paper highlights the main causes of socio-economic inequality, the imbalance in income distribution among the population, and their impact on economic growth. In addition, based on the experience of foreign countries, the study examines state policies aimed at poverty reduction and explores the possibilities of applying them in the context of Uzbekistan. Keywords: income inequality, poverty, economic growth, social justice, state policy, Gini index, crisis. KIRISH Bugungi kunda daromadlar tengsizligi va kambag’allik global va milliy iqtisodiy muammolarning eng muhimlaridan biri bo’lib qolmoqda.Dunyo bo’yicha aholining taxminan 1,5%i aktivlari 1 million dollardan oshgan boy shaxslar hisoblanadi.Shu bilan birga global jihatdan kambag’allar soni ham sezilari,ularning taxminan 700 millioni kuniga 2,15 dollar dan kam mablag’ bilan yashaydi,kengroq hisoblaganda esa 3,5 milliard odam ya’ni dunyo aholisi yarmidan ko’pi,nisbatan past daromad bilan yashaydi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 542 O’zbekiston sharoitida ham daromadlar taqsimoti notekis bo’lib,aholining taxminan 6-7%i kambag’al qatlamga kiradi va bu mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashni dolzarb masalaga aylantiradi. METODOLOGIYA. Ushbu maqolaning maqsadiO’zbekistonda daromadlar tengsizligi va kambag’allikni qisartirish bo’yicha mavjud ijtimoiy-iqtisodiy choralarni tahlil qilish,xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish va O’zbekiston sharoitida ularni samarali qo’llash imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.Tadqiqot vazifalari daromadlar taqsimotining asosiy sabablarini aniqlash,kambag’allik darajasini baholash va ularni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotda asosiy metodlar sifatida statistik ma’lumotlarni tahlil qilish,turli mamlakatlar va vaqtlar bo’yicha solishtirish,daromadlar tengsizligi va kambag’allik sabablari tahlili hamda ularni kamaytirishga qaratilgan yelar ishlab chiqishchunki qo’llaniladi.Bu metodlar maqolaga ilmiy asos beradi va O’zbekiston sharoitida samarali tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi. Asosiy qism. Yangi O’zbekistonda kambag’allikni qisqartirishga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish bilan bog’liq holda jamiyatda daromadlar tengsizligining o’sish sur’atini sekinlashtirish, aholi daromadlarini oshirishning yangicha yo’llariga ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Xususan,”2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasida kambag’allikni qisqartirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi”gi qarorida belgilangan ijtimoiy himoya tizimini oshirish,kam ta’minlaganlar daromadini oshirish,tadbirkorlik,kichik hamda o’rta biznesni rivojlantirish orqali hududlarda yuzaga keladigan ijtimoiy tengsizlikni barqarorlashtirish eng zarur choralardir. Avvalo,daromadlar tengsizligi haqida to’xtalsak,bu tushuncha odamlarning daromadlari va boyliklari o’rtasidagi nomutanosiblikni anglatadi.Ma’lumot o’rnida,Forbes o’zining eng so’nggi reytinggini yakunlagan 2025-yil holatiga ko’ra 3028 milliarderni keltirdi.Ayni paytda Jahon banki hisob-kitoblariga ko’ra 2025-yilda taxminan dunyo bo’ylab 700 milliondan ortiq odam kuniga 1,90 dollardan kam daromad(PPP-ya’ni xarid darajasiga moslastirilgan valyuta)ga ega.Bu bir tomondan yaxshi natija:1990-yilda 1,9 milliarddan ortiq odam qashshoq yashagan va dunyoda atigi 269 milliarder bor edi.Bunga o’xshash nomutanosibliklar chiroyli imoratlarda yashaydigan aholidan bir necha chaqirim narida chodirlarda kun kechiradigan odamlar o’rtasida ayniqsa,ko’zga tashlanadi va qancha dolzarb masala ekanini bildiradi. 2020-yilda yuz bergan COVID-19 pandemiyasi daromadlar tengsizligi yana mavzuga olib chiqdi, sabab shundaki, kambag’al oilalarga viruslar yuqori sur’atda yuqdi va yana tibbiy sug’urtani to’lay olmaydigan, shuningdek,talabchan ammo kam maoshli shaxslar ko’proq xavf ostida qoldi. Tengsizlik va kambag’allik bir-biriga bog’liq bo’lgani holda tengsizlik me’yoriga keltirilsa kambag’allikni qisqartirish osonlashadi. Hindiston misolida daromadlar tengsizligi juda keskin ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. So‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish tezlashgan bo‘lsa-da, bu o‘sish asosan yuqori tabaqaga to‘planmoqda. 2023-yilda eng boy 1 % aholining milliy daromaddagi ulushi qariyb 22,6 %, boylikdagi ulushi esa 40,1 % ni tashkil etgan. Aksincha, pastki 50 % aholining daromaddagi ulushi atigi 13 % atrofida. Bu ko‘rsatkichlar Hindistonda ijtimoiy adolat va imkoniyatlar tengligi yetarli darajada ta’minlanmaganini anglatadi. Taqqoslash uchun, AQShda Gini koeffitsienti 0,47 bo‘lib, eng boy 1 % aholining umumiy boylikdagi ulushi 30,8 % ni tashkil etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 543 Demak, har ikkala davlatda ham iqtisodiy o‘sish teng taqsimlanmayapti, biroq Hindistonda tengsizlik yanada chuqurroq. Bunday holatning sabablari sifatida bozor iqtisodiyotining liberallashuvi, ta’lim va mehnat bozoridagi tafovutlar hamda boylikning avloddan-avlodga o‘tishi kabi omillarni keltirish mumkin. Kambag’allik jiddiy muammo bo’lsa-da,uni butunlay yo’qotishni iloji yo’q,chunki daromadlarning tabaqalashuvi va bundagi tengsizlik bozori tizimi uchun obyektiv narsa. Lekin uni qisqartirish iloji bor, kambag’allik darajasi iqtisodiyot darajasiga teskari mutanosib bo’lgani uchun iqtisodiyotning o’sishi o’z-o’zidan kambag’allikni kamaytiradi. Biroq bu yetarli bo’lmaydi, kambag’allikka qarshi kurash dasturlari jamoatchilik bilan davlat tomonidan ishlab chiqiladi. Asosiy masalalardan biriiqtisodiy tengsizlikni barqarorlashtirishdir. Daromadlar tengsizligini barqarorlashtirish har bir mamlakat uchun muhim iqtisodiy va ijtimoiy zaruratdir. Tadqiqotlarga ko‘ra, Gini koeffitsienti atigi 1 foizga oshsa, keyingi besh yil ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 1,1 foizga pasayadi, bu esa iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tengsizlik yuqori bo‘lgan jamiyatlarda past daromadli qatlamning iste’mol imkoniyati kamayib, umumiy talab qisqaradi, bu esa ishlab chiqarish hajmining o‘sishini sekinlashtiradi. Shu sababli, kambag‘allikni qisqartirishda asosiy e’tibor ta’lim va mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish, hamda progressiv soliq siyosatini joriy etishga qaratilishi zarur. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO) ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy himoya xarajatlari yuqori bo‘lgan davlatlarda daromad tengsizligi sezilarli darajada pastroq bo‘ladi. Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish jarayonida tengsizlikni kamaytirish nafaqat adolat tamoyilini ta’minlaydi, balki mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga ham zamin yaratadi. Endi iqtisodiy tengsizlik va kambag’allik bo’yicha O’zbekistondagi tendensiyalarga e’tibor qaratsak.Faol ijtimoiy siyosatga qaramay,O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lishiga qaramay, daromadlar taqsimotida muayyan tengsizlik mavjud. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2023-yilda eng badavlat 10 % aholining daromadi 30 % dan ortiqga oshgan bo‘lsa, eng past 10 % qatlamniki atigi 6 % ga o‘sgan. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2019-yilda Gini koeffitsienti 0,262 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 0,288 gacha ko‘tarilgan, bu esa daromadlar o‘rtasidagi tafovut ortib borayotganini anglatadi. Hududlar kesimida ham katta farqlar kuzatilmoqda: 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida Toshkent shahrida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad 52 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu raqam atigi 14,8 million so‘m bo‘lgan. Bunday tafovutlar iqtisodiy resurslarning teng taqsimlanmasligi, mehnat unumdorligidagi farqlar hamda hududlar o‘rtasidagi infratuzilma va investitsiya darajasidagi nomutanosiblik bilan izohlanadi.Ma’lum bir hududda daromadlar darajasi bo’yicha boshqa hududlardan jiddiy farq qilgan vaziyatda,bu hududga boshqa joylardan ko’chib keluvchilar soni keskin oshishi va bu,o’z navbatida,daromadlar darajasi bo’yicha mavjud farqni qisqartirishi lozim.Biroq mamlakatimizda uzoq muddat ichki migratsiyaga cheklovlar o’rnatilgan edi.Shu sababli ham,daromadlar darajasi yuqori hududlarga aholining ko’chib o’tishi faol bo’lmagan. O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan bir qatorda, daromadlar tengsizligini kamaytirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va kambag‘allikka qarshi kurashning kompleks choralarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 544 Daromadlar tengsizligi darajasi bir nechta usullar yordamida o’lchanadi va,mos ravishda, turli ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi.Ular orasida eng ko’p foydalaniladigan ko’rsatkich (yoki koeffisiyent)-Jini(Gini) koeffisiyentidir. Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki,jini koeffisiyenti (gini index) aholi orasida iqtisodiy taqsimotni o’lchash uchun qo’llaniladi va 0(mutlaq tenglik)dan 1(mutlaq tengsizlik)gacha oraliqdagi son bilan ifodalanadi. Statistikalarga ko’ra, hozirgi kunda daromadlar tengsizligi eng yuqori bo‘lgan davlatlardan biri bu Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) bo‘lib, uning Jini koeffitsienti 0,63 atrofida, ya’ni aholining eng boy qatlamlari mamlakat daromadining katta qismini egallaganini ko‘rsatadi. Bunday holatning asosiy sabablari — tarixiy apartheid siyosatining oqibatlari, ta’lim va ish imkoniyatlaridagi tafovutlar hamda mehnat bozoridagi notenglikdir. Aksincha, O‘zbekistonda Jini koeffitsienti 0,312 ni tashkil etadi (2022-yil ma’lumotlariga ko‘ra), bu o‘rtacha darajadagi tengsizlikni anglatadi. So‘nggi o‘n yillikda O‘zbekistonda ijtimoiy transferlar, soliq islohotlari va kambag‘allikni qisqartirish dasturlari tufayli bu ko‘rsatkich barqarorlashib bormoqda. Biroq, iqtisodiy o‘sishdan barcha qatlamlar teng foyda ko‘rishi uchun davlat ta’lim, bandlik va ijtimoiy himoya tizimlariga yanada ko‘proq e’tibor qaratishi zarur. Shu yo‘l bilan daromadlar tengsizligini kamaytirish va kambag‘allikni izchil qisqartirish mumkin bo‘ladi. O‘zbekistonda daromadlar tengsizligi ko‘proq soha bo‘yicha ish haqlaridagi farq orqali namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari mamlakatdagi eng past oylik maosh oluvchi toifalardan hisoblanadi. Ularning o‘rtacha oyligi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan 1,5–2 baravar kam. Bu esa malakali mutaxassislarning xususiy sektorga yoki chet elga ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ta’lim sifati pasayganda, jamiyatning bilim darajasi va innovatsion salohiyati ham sustlashadi; tibbiyot tizimidagi past maosh esa aholining sog‘liqni saqlash xizmatlariga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi. Shu bois, davlat uchun muhim yechimlardan biri — ta’lim va tibbiyot sohalarida ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirish, sifatli kadrlarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish hamda mehnat samaradorligiga asoslangan maosh siyosatini shakllantirishdir. Tahlil va Natija Kambag‘allik va daromadlar tengsizligini birgalikda barqarorlashtirish esa kompleks yondashuvni talab etadi. Buning uchun avvalo makroiqtisodiy o‘sishni inklyuziv (ya’ni barcha qatlamlarni qamrab oluvchi) tarzda tashkil etish lozim. Bu degani, yangi ish o‘rinlari yaratishda faqat yuqori texnologik yoki shahar markazlariga emas, balki qishloq hududlariga, ayollar bandligiga va yoshlarga imkoniyat yaratishga e’tibor berish kerak. Shuningdek, progressiv soliqlar tizimi, ijtimoiy yordam dasturlarini raqamlashtirish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash daromadlar taqsimotidagi nomutanosiblikni kamaytiradi. Shu bilan birga, ta’lim, sog‘liqni saqlash va malaka oshirish dasturlariga sarmoya kiritish — uzoq muddatda kambag‘allikni barqaror tarzda qisqartiradigan eng muhim omillardan biridir. Xulosa: Daromadlar tengsizligi va kambag‘allik masalalari mamlakatlar iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Janubiy Afrika kabi mamlakatlarda Gini koeffitsienti 0,63 ga yetib, tengsizlik juda yuqori bo‘lsa, O‘zbekistonda u 0,312 atrofida bo‘lib, o‘rtacha darajadagi notenglikni ko‘rsatadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlarning past daromadlari tengsizlikni kuchaytirayotgan asosiy omillardan biridir. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / SPECIAL ISSUE/ UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 545 Barqaror yechim sifatida kompleks yondashuv — ish haqlarini oshirish, ta’lim va tibbiyot tizimini kuchaytirish, progressiv soliqlar, ijtimoiy yordam dasturlari va inklyuziv iqtisodiy o‘sish siyosatini joriy etish — muhimdir. Shu yo‘l bilan daromadlar tengsizligi kamayadi, kambag‘allik barqarorlashadi va barcha qatlamlar uchun imkoniyatlar tenglashadi, mamlakatning uzoq muddatli barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati: 1. Iqtisodiyot nazariyasiToshkent-2014(A.O’lmasov,A.Vohidov) 2. Aholi daromadlari va turmush sifati(Abdurahmonov) 3. Cyberleninka.ru sayti 4. Spot.uz sayti 5. Muhaz.org sayti