scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILIDA FITONIMLARNING LISONIY TABIATI VA ONOMASTIK MAQOMI

Pazlitdinova, Nargiza Zuriddinovna

Full text

3 218 4 7.2 O‘ZBEK TILIDA FITONIMLARNING LISONIY TABIATI VA ONOMASTIK MAQOMI Pazlitdinova Nargiza Zuriddinovna University of Business and Sciece Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17936285 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi fitonimlarning lisoniy xususiyatlari, ularning onomastik tizimdagi mavqei hamda terminologik qo‘llanishidagi farqlar tahlil qilinadi. Fitonim, fitonimik leksika, floristik leksika kabi terminlar orasidagi chalkashliklar ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘simlik nomlarining onomastik va onomasiologik qo‘llanilishi, oddiy apellyativ o‘simlik nomlari bilan atoqli o‘simlik nomlari o‘rtasidagi semantik farqlar ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston hududida o‘simlik turlarining ko‘pligi, ularning nomlarining shakllanishi va nomlashning motivasion asoslari misollar orqali izohlanadi. Maqola tilshunoslikda yetarlicha o‘rganilmagan fitonimlarning lisoniy maqomini aniqlashga doir nazariy yondashuvlarni umumlashtiradi. Kalit so‘zlar: fitonim, onomastika, o‘simlik nomlari, fitonimik leksika, floristik leksika, apellyativ, atoqli ot. Аннотация. В данной статье анализируются лингвистические особенности фитонимов в узбекском языке, их место в ономастической системе, а также различия в терминологическом употреблении. Освещаются существующие разночтения между терминами «фитоним», «фитонимическая лексика» и «флористическая лексика». Кроме того, рассматривается ономастическое и ономасиологическое употребление названий растений, выявляются семантические различия между апеллятивными и собственными наименованиями растений. Поясняются мотивы номинации и богатство растительных видов на территории Узбекистана. Статья обобщает теоретические подходы к определению лингвистического статуса фитонимов, которые до настоящего времени недостаточно изучены. Ключевые слова: фитоним, ономастика, названия растений, фитонимический лексикон, флористический лексикон, наименование, имя собственное. Abstract. This article analyzes the linguistic features of phytonyms in the Uzbek language, their status within the onomastic system, and differences in their terminological usage. The article highlights the inconsistencies among the terms 'phytonym', 'phytonymic lexicon', and 'floristic lexicon' based on scholarly sources. It also examines the onomastic and onomasiological use of plant names and identifies semantic distinctions between appellative plant names and proper plant names. The richness and diversity of plant species in Uzbekistan are discussed, along with the motivational bases of naming practices. The study summarizes theoretical approaches to determining the linguistic status of phytonyms, which remain insufficiently explored in Uzbek linguistics. Keywords: phytonym, onomastics, plant names, phytonymic lexicon, floristic lexicon, appellative, proper noun. Kirish. Fan-texnikaning rivoji, ilmiy tasavvurlarning kengayishi, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va san’atning taraqqiyoti natijasida o‘zbek tilida atoqli otlarning fitonimlar (o‘simlik va daraxtlarga qo‘yilgan maxsus atoqli otlar), dokumentonimlar (tarixiy hujjatlar, qonunlar, tarixiy aktlarga qo‘yilgan atoqli otlar), xrematonimlar (ba’zi qurol-yarog‘, qimmatbaho buyum va musiqa asbob-uskanalariga berilgan atoqli otlar), xrononimlar 3 219 4 7.2 (ma’lum tarixiy davrlar, alohida tarixiy kunlar, sanalar, tarixiy voqea va anjumanlarga berilgan maxsus nomlar), faleronimlar (mukofotlar, ordenlar, medallar, nishonlar, yorliqlarga berilgan nomlar) singari boshqa turlari ham paydo bo‘ldi [2.19]. Tadqiqot usullari: Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy metodlar qo‘llanildi: Deskriptiv tahlil: fitonimlarning tarkibi, semantik tuzilishi va leksik xususiyatlari aniqlanib, tasvirlandi. Qiyosiy-tipologik usul: rus va o‘zbek tilshunosligi tadqiqotlaridagi fitonim terminologiyasi taqqoslandi. Onomastik tahlil: atoqli o‘simlik nomlarining paydo bo‘lish jarayoni, ularning tizimli tuzilishi va onomastik tizimdagi o‘rni o‘rganildi. Etimologik tahlil: ayrim o‘simlik nomlarining kelib chiqishi, qadimgi shakllari, tarixiy bosqichlari aniqlab borildi. Manbashunoslik va kontent tahlil: A.V.Superanskaya, E.Begmatov, Ya.Avloqulov, G.Ne’matova kabi olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilindi. A.V.Superanskaya, E.Begmatov, Ya.Avloqulov, G.Ne’matova kabi olimlarning ilmiy ishlari tahlil qilindi.A.V.Superanskaya atoqli otlar tizimiga kiruvchi nomlarni ilmiy jihatdan tahlil qilar ekan, bu sathning birliklari deb antroponimlar, zoonimlar, mifonimlar, speleonimlar, dremonimlar, pelagonimlar, limonimlar, gelonimlar, potamonimlar, gidronimlar, dokumentonimlarni, shuningdek, hali tilshunoslikda maxsus nomga ega bo‘lmagan harakat vositalari atoqli oti, firmaviy nomlar, muassasa va tashkilotlar atoqli oti, ommaviy nashrlar mahsuloti atoqli oti, bayram, yubiley, tantanalar va boshqa marosimlar nomi, ba’zi muhim tadbirlar, kompaniyalar, urushlar nomi, adabiyot va san’at asarlari nomi, tabiat stixiyalariga berilgan atoqli otlar qatori fitonimlarni ham tilga olgan [1.5]. O‘zbek onomastikasining asoschisi E.Begmatov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tildagi atoqli otlarning boy materiali, uning barcha ko‘rinishlari yetarli to‘planmagan va tadqiq qilinmagan [2.33]. E.Begmatov, Ya.Avloqulovlar fitonimlarni anoykonim, anemonim, artionim, agionim, venesuonim, glyasionim, gemeronim, geortonim, ginekonim, dignitonim, ideonim, insektonim, kataykonim, litonim, marsionim, merkuronim, nautonim, oykodomonim, ornitonim, polionim, spleonim, xoronimlar bilan birgalikda atoqli ot sifatida mavjud va ma’lum bo‘lsa-da, deyarli izohlanmagan va tahlil qilinmagan onomastik birliklar qatoriga kiritadilar [3.34]. Chindan ham, ayrim maqola va kichik tadqiqotlarni e’tiborga olmaganda, atoqli otlarning ba’zi tiplari, jumladan, fitonimlar o‘zbek tilida hozirgacha maxsus to‘planmagan va o‘rganilmagan. O‘simliklar tadqiqi bo‘yicha botanika, o‘simlikshunoslikda ayrim ayrim tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, tilshunoslik nuqtai nazaridan, ya’ni lingvistik aspektda tadqiq etilmagan. O‘zbek tilshunosligida fitonimlar, xususan, o‘simliklarning atoqli otlari maxsus o‘rganilmaganligi bois lisoniy maqomi belgilanmagan, belgi-xususiyatlari ham tadqiq 3 220 4 7.2 etilmagan. Shu bois etnonim va fitonimlarni ayrim tilshunoslar onomastik tizimdagi mavqei, lisoniy maqomi yetarli aniqlanmagan nomlar sirasiga kiritadilar [5.116]. Jumladan, A.Otajonova etnonimlar qatori fitonimlarni maqomi (statusi) yetarli aniqlash-tirilmagan nomlar qatoriga kiritadi [5.116]. E.Begmatov tadqiqotlarda tilga olingan, ammo alohida tadqiqot obyekti bo‘lmagan onomastik birliklar sirasiga dokumentonim, demononim, faleronim, xrononim, xryematonim va boshqalarni kiritadi [2.37]. Bizningcha, ana shunday nomlarga fitonimlar ham kiradi. Shu o‘rinda fitonim va u bilan bog‘liq bir qator masalalarga oydinlik kiritish lozim. Olamning lisoniy xaritasida o‘simliklar dunyosini ifodalovchi lug‘aviy-ma’noviy mikroguruh ham alohida o‘rin tutadi, o‘z navbatida, bu dunyo o‘zining boyligi va turfaligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston o‘simlik turlariga boy o‘lka. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy tadqiqot institutidagi markaziy gerbariy laboratoriyasining kolleksiyasida 1 milliondan ortiq o‘simliklar namunasi bor. Mutaxassis olimlarning ma’lumotlari bo‘yicha, yer sharida o‘simliklarning 250 000 ga yaqin turlari mavjud bo‘lib, shundan O‘zbekistonda 4337 turi uchraydi. Albatta, ana shu o‘simliklarning hammasi o‘z nomiga ega. O‘zbek tili leksikasida o‘simlik nomlari alohida semantik guruhni tashkil etadi. Masalan, archa, tol, arpa, atirgul kabi. O‘simliklarning yuqoridagi kabi oddiy nomlaridan tashqari ikkilamchi alohida maxsus atoqli nomlari ham bor. Natijalar. O‘simliklar deganda tilda keng ma’noda daraxtlar, butalar, chala butalar va o‘tlar tushuniladi. Botanik tasnifga ko‘ra daraxtlar, butalar, chala butalar va o‘tlarni yoki qizil suvo‘tlar, yashil suvo‘tlar va yuksak o‘simliklar nomi bilan yuritalayotgan organizmlar tushunchalarini ifodalovchi lug‘aviy birliklar o‘simlik nomlari hisoblanadi. O‘simlik nomlarini ifodalovchi lug‘aviy birliklarga nisbatan lingvistik tadqiqotlarda o‘simlik nomlari, o‘simliklarni ifodalovchi leksemalar, o‘simlik otlari, o‘simliklarni atovchi otlar, botanik terminlar, fitonim, fitonimik leksika, floristik leksika kabi terminlar qo‘llanadi. Bu birliklarning har biri o‘zining ma’no-mundarijasi bilan farqlanadi [6.9-11]. O‘zbek onomastikasining asoschisi E.Begmatov va boshqa olimlar ta’kidlashganidek, ayrim o‘zlashma onomastik terminlar hozirga qadar yetarli ravishda defferensiatsiya qilinmagan [9.8]. Bu fitonim, fitonimik leksika terminlariga ham taalluqli. Hozirga qadar rus va o‘zbek tilshunosligida amalga oshirilgan tadqiqotlarda fitonim, fitonimik leksika, floristik leksika terminlarining qo‘llanishida chalkashliklar kuzatiladi. O‘simliklarning nomlariga nisbatan tilshunoslikda ko‘proq o‘simlik nomi, fitonim terminlari qo‘llanadi. G.Ne’matovaning fikricha, «O‘simlik nomi» so‘z birikmasi omonimik tabiatga ega bo‘lib, ikki tizim va ikki xil ma’noga egadir. Birinchidan, bu birikma atoqli otlar haqidagi fan – onomastikaga aloqador bo‘lib, botanika bog‘larida, qo‘riqxonalarda, daraxtzorlarda 3 221 4 7.2 (dendrariylarda), o‘simlikshunoslik ilmiy muassasalarida, xususiy bog‘ va to‘plamlarda ayrim diqqatga sazovor o‘simliklarni atash, nomlash, ajratishga xizmat qiluvchi atoqli otni ifodalaydi. Bu jihatdan u onomastikaning o‘rganish manbaidir. Ikkinchidan, «o‘simlik nomlari» atamasi «o‘simliklarni, ularning tur va xillarini nomlovchi, atovchi so‘z va so‘z birikmalari» ma’nosida qo‘llaniladi va shunday vazifaga ega bo‘lgan turdosh otlar va so‘z birikmalarining umumiy atamasi sifatida chiqadi. Bundan xulosa qila olamizki, «o‘simlik nomlari» tushunchasining hajmi ancha keng bo‘lib, nafaqat alohida so‘zlarni, balki so‘z birikmalarini ham o‘z ichiga oladi» [6.14]. Muhokama. G.Ne’matova to‘g‘ri ta’kidlaganidek, fitonim termini onomastik va onomasiologik ma’no hamda qo‘llanishlarga ega. Fitonim termini onomastikada o‘simliklarga qo‘yilgan maxsus atoqli nomlarni anglatadi. Onomasiologiyada o‘simlik nomlari ma’nosida qo‘llanib, o‘simliklarning turkum, nav, xil ko‘rinishlarini atab keluvchi apellyativlarni, ya’ni oddiy so‘zlar majmuini bildiradi. Rus va o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqotlarda fitonim termini onomastik hamda onomasiologik ma’noga, qo‘llanishlarga ega. Bir qator tadqiqotlarda terminni o‘simliklarning oddiy va atoqli nomlariga nisbatan qo‘llash kuzatiladi. Ta’kidlash joizki, rus tilshunosligi, turko-logiya, jumladan, o‘zbek tilshunosligidagi aksariyat tadqiqotlarda fitonim termini o‘simliklarning oddiy nomlarini ifodalovchi apyellyativlarga nisbatan qo‘llangan [7.153]. Bizningcha, o‘simlik nomi, fitonim so‘z va terminlari anglatadigan tushunchalar – oddiy apellyativlar bilan onimlarni, ya’ni oddiy so‘zlar bilan atoqli otlarni farqlash lozim. Archa, terak, majnuntol, qovun, tarvuz, tok, gul, yalpiz, maysa, beda kabilar turli o‘simliklar tushunchasini ifodalovchi apellyativlar, ya’ni oddiy so‘zlardir. Xulosa. O‘zbek tilida fitonimlarning lisoniy tabiatini o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Fitonim termini ikki ma’noga ega bo‘lib, onomastik va onomasiologik qo‘llanilishi aniq farqlanishi kerak. Fitonim, fitonimik leksika va floristik leksika terminlari chegarasi aniq belgilanmagan, ularni tartibga solish zarur. O‘simliklarning apellyativ nomlari bilan atoqli nomlari semantik jihatdan keskin farqlanadi. Fitonimlarning motivasion asoslari xilma-xil bo‘lib, ularning shakllanishi xalqning dunyoqarashi, ekologik sharoit va tarixiy omillar bilan bog‘liq. O‘zbekiston florasining boyligi fitonimlarning tilimizdagi leksik qatlamini juda kengaytirgan. Fitonimlar o‘zbek onomastik tizimida hali yetarli darajada o‘rganilmagan qatlam bo‘lib, bu yo‘nalishda maxsus izlanishlar olib borish zarur.O‘simlik nomlari keng va tor ma’nolarda qo‘llanadi. Bir jihatdan o‘simlik nomlari apellyativ leksikaga mansub bo‘lib, o‘simliklarning oddiy nomlaridir. 3 222 4 7.2 O‘simlik nomlari va fitonimlarning nominasion-motivasion xususiyatlarida umumiyliklar bo‘lsa-da, leksik-semantik xususiyatlari nuqtai nazaridan farqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Superanskaya A.V. Obshchaya teoriya imeni sobstvennogo. – Moskva: Nauka, 1973. 2. Begmatov E. O‘zbek onomastikasining asosiy masalalari. – Toshkent: Fan, 1982. 3. Бегматов Э., Авлоқулов Я. Ўзбек тили ономастикасининг макрокўлами таркиби // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007. 4. Avloqulov Ya. O‘zbek tilida atoqli otlar tizimi: tasnif va tuzilish. – Toshkent, 2010. 5. Otajonova A. Etnonimlarning lisoniy xususiyatlari. – Toshkent, 2016. 6. Ne’matova G. O‘zbek tilida o‘simlik nomlarining lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008. 7. Казиева Н. А. Фитонимическая лексика табасаранского языка: Диссертация ... кандидата филологических наук. – Махачкала, 2009. 8. Хазбулатов Б.А. Фитонимы в чеченском языке: синхронно-диахронный анализ: Автореф. дис. … д-ра филол. наук. – Грозный, 2004. 9. Бегматов Э., Жумаев А., Сатторов Г. Ўзбек ономастик терминологияси ва уни нормалаш проблемалари // Ўзбек терминологияси ва унинг тараққиёт перспективалари: I Республика терминология конференцияси материаллари. – Тошкент: Фан, 1986.