scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XV ASR MADANIY MUHITI VA ZAMON IJODKORLARINING ALISHER NAVOIY FAOLIYATIDA TUTGAN O'RNI

Farruxbek, Olimov

Full text

3 237 4 7.2 XV ASR MADANIY MUHITI VA ZAMON IJODKORLARINING ALISHER NAVOIY FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI Farruxbek Olimov, O„zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17936340 Annotatsiya. Ushbu maqolada XV asr adabiy muhitida ulug„ mutafakkir Alisher Navoiy nazariga tushgan ijodkorlar faoliyati, ularga shoirning munosabati haqida so„z boradi. Navoiy o„z asarlarida qaysi zamondoshlarini tilga olgani, ularni qanday baholagani tadqiq qilinadi. Kalit so‘zlar: XV asr adabiy muhiti, Navoiy zamondoshlari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot, tazkira, manoqib-holot. Аннотация. В данной статье рассказывается о творчестве поэтов, привлекших внимание великого мыслителя Алишера Навои в литературной среде XV века, и об отношении поэта к ним. Исследуется, о каких современниках упоминал Навои в своих произведениях и как он их оценивал. Ключевые слова: Литературная среда XV века, современники Навои, общественнополитическая и культурная жизнь, тазкира, манокиб-холот. Annotation. This article examines the activities of creative figures who attracted the attention of the great thinker Alisher Navoi in the literary environment of the 15th century and the poet‟s attitude towards them. It explores which contemporaries Navoiy mentioned in his works and how he evaluated them. Keywords: literary environment of 15th century, contemporaries of Navoi socio-political and cultural life, tazkira, manoqib-holot. Kirish. Har qanday buyuk shaxsning shakllanishi, avvalo, uni o„rab turgan ijtimoiymadaniy muhit bilan chambarchas bog„liq. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodiy salohiyatining kamol topishida u yashagan davr adabiy muhitining o„rni beqiyosdir. Navoiy ijodining shakllanish jarayoniga temuriylar davlatchiligining ma‟naviy va madaniy merosi kuchli ta‟sir ko„rsatgan. Shoirning bolalik yillari temuriy shahzoda Abulqosim Bobur homiyligida o„tgan. Sulton Abusaid hukmronligi davrida esa u turli qiyinchiliklarga duch kelgan. Biroq 1469-yili do„sti Husayn Boyqaroning Xurosonni egallashi bilan Navoiyning hayoti barqarorlashgan, uning adabiy va ijtimoiy faoliyati yuksalish bosqichiga chiqqan. Ammo bu davrda yuzaga kelgan siyosiy muammolar ham unga ta‟sir ko„rsatmay qolmagan. Chunki u nafaqat ijodkor, balki davlat arbobi ham edi. U o„zining siyosiy-amaliy faoliyati ijtimoiy hayotga ta‟sir ko„rsatgan bo„lsa, badiiy ijodi orqali davlat arboblari va ziyolilar ongining shakllanishiga hissa qo„shgan. U axloqiy-ruhiy fazilatlarga ega obrazlarida komil inson namunasini tavsiflagan. Shuningdek, tazkira va manoqiblarda zamondoshlarini tasvirlash orqali o„sha davr hayotining ko„zga ko„ringan insonlari xususda ishonchli ma‟lumotlar bergan. “Navoiy adabiy va ilmiy asarlarida tasavvufiy qarashlari, estetik idealidan kelib chiqib, komil inson nazariyasini olg„a surar ekan, bu mavjud hayotdan uzilgan, quruq gaplar emas edi… Ulug„ shoir o„z asarlarida inson va uning faoliyati bilan bog„liq, amalga 3 238 4 7.2 oshishi mumkin bo„lgan orzularni kuylagan va shu yo„nalishdagi g„oyalarni ilgari surgan edi. Navoiy va uning zamondoshlari ijodi va faoliyatini to„g„ri anglab yetish uchun bu davrni yanada chuqurroq va kengroq ilmiy tadqiq etishimiz zarur [1: 83]”. Adabiyotlar tahlili. Husayn Boyqaro hukmronligi davri ideal bo„lmasa-da, XV asrning ikkinchi yarmida Hirot mintaqaning eng yirik madaniyat markazlaridan biriga aylangan edi. Ushbu davrda musiqa, miniatyura, kitobat va xattotlik sohalari sezilarli darajada rivoj topdi, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi buyuk tafakkur egalari yetishib chiqdi. Biroq bu ikki tengsiz ijodkor o„z-o„zidan shakllanib qolmagan; ularni o„rab turgan boy adabiy muhit, zamondosh qalam ahillarining ta‟siri beqiyos edi. Jumladan, Lutfiy, Shayxim Suhayliy, Mavlono Sayfiy, Osafiy, Binoiy, Hiloliy, Hotifiy, Behishtiy, Gadoiy va Pahlavon Muhammad kabi ko„zga ko„ringan qalam sohiblari aynan shu davrda yashab ijod qilgan. Ularning aksariyati shoirlarning yaqin do„stlari, hamfikrlari sifatida Alisher Navoiy asarlarining birinchi o„quvchilari bo„lgan. Navoiyshunos olim Shuhrat Sirojiddinov shunday yozadi: “Ulug„ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o„z asarlarida ma‟naviy poklik, xalqparvarlik va ma‟rifatparvarlikni kuylab, avlodlariga katta adabiy-falsafiy, ilmiy meros qoldirdi. Navoiyning jamiyat taraqqiyoti, shaxs kamoloti bilan bog„liq fikr va mulohazalari qadim faylasuflar g„oyalari bilan hamohangdir. Navoiy ijodining bosh xususiyatlaridan biri, so„zsiz, kishilar o„rtasidagi mehr-muhabbat, o„zaro hurmat, bag„rikenglik va ezgulikning markaziy o„ringa qo„yilishidir” [2: 3]. Adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetov “Navoiy zamondoshlari va ma‟naviyat” maqolasida ulug„ shoirni o„rab turgan ma‟naviy muhit haqida so„z yuritadi [1: 74–83]. Shuningdek, maqolada buyuk adibga ustoz sifatida bevosita ta‟sir ko„rsatgan shaxslar, davrning yetuk arboblari hamda Alisher Navoiy o„zi yuqori baholagan ijod ahli namoyondalari haqida ham atroflicha ma‟lumot beriladi. Jumladan, Husayn Boyqaro, Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher, Xoja Yusuf Burhon, Husayn Voiz Koshifiy, Mavlono Riyoziy, Mir Kamoliddin Husayn, Xoja Abdulloh Sadr, Mir Atoulloh va Pahlavon Muhammad kabi yuksak ma‟naviy kamolot egalarining badiiy siymosini tahlil qiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur maqolada tadqiqot jarayonida tarixiylik va tizimli tahlil metodlari asos qilib olindi. Alisher Navoiy yashagan XV asr ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitini yoritishda tarixiy-manbaviy yondashuvdan foydalanildi. Shoirning tazkira va manoqib-holot janridagi asarlari, xususan, “Majolis un-nafois”, “Xazoyin ulmaoniy”, “Xamsat ul-mutahayyirin” kabi manbalar asosiy tadqiqot materiali sifatida o„rganildi. Shuningdek, qiyosiy-tahliliy metod yordamida Navoiyning zamondosh ijodkorlarga bergan baholari boshqa navoiyshunos olimlarning ilmiy qarashlari bilan solishtirildi. Matnshunoslik va adabiy-tanqidiy tahlil usullari orqali shoirning zamondoshlari haqidagi fikrlarining badiiy-estetik va ma‟naviy asoslari aniqlandi. Umumlashtirish va xulosalash metodlari esa tadqiqot natijalarini tizimlashtirish hamda XV asr adabiy muhitining Alisher Navoiy faoliyatidagi o„rnini ilmiy jihatdan asoslab berishda 3 239 4 7.2 qo„llanildi. Tahlillar va natijalar. Shoirning zamondoshlari haqida ma‟lumot olish qiyin emas. Boisi Alisher Navoiy tazkiralari va ko„p asarlarida ular haqida aniq va muhim ma‟lumotlarni bayon etgan. Xususan, “Xazoyin ul-maoniy” to„plamiga kiritilgan “Favoyid ul-kibar” devonidagi “Soqiynoma”da ustozlari: Abdurahmon Jomiy, Sayyid Hasan Ardasher va Pahlavon Muhammadlarga alohida bandlar bag„ishlagan. Keyingi bandlarda esa do„stlari va zamondosh ijodkorlarni birma-bir sanab o„tib, ular haqida qisqacha, ammo mazmunli ta‟riflar bergan. Asarning 30-bandida vafot etgan shoirlar: Muammoiy, Xoja Kamol, Mir Sadr, Bade‟iy, Yor Tanbal va Sabzavoriy tilga olingan bo„lsa, 31-bandida asar yozilgan paytda hayot bo„lgan qalam sohiblari: Mir Atoiy, Fanoiy, Osafiy, Sulaymon, Binoiy, Mashhadiy va Kotibiy sanab o„tiladi. Shuningdek, Navoiy barcha ijodkorlarni ushbu asarda zikr qilmaganini ta‟kidlab, ularning aksariyati haqida “Majolis un-nafois” asarida batafsil to„xtalganini bildiradi hamda o„quvchini ana shu tazkira bilan tanishishga undaydi: O„zgasin qilmadim andin mazkur, Ki, “Majolis”da erurlar mastur [3: 506]. Navoiyga zamondosh ijodkorlar bilan tanishish, ijodiy merosini o„rganish, shubhasiz, bu buyuk qalam sohibining hayoti va ijodiy faoliyati haqida yanada to„liqroq tasavvurga ega bo„lishga yordam beradi. Zero ularning aksariyati shoir ijodiy va badiiy qarashlarining yuksalishiga bevosita ta‟sir ko„rsatgan. “XV asrning iste‟dodli fors shoirlari: Xoja Mas‟ud Qumiy, Amir Shayxim Suhayliy, Mavlono Nodiriy, Kamoliddin Binoiy, Badriddin Hiloliy, Osafiy, Sog„ariy, Mavlono Subhiy, Sayyid Hasan Ardasher, Mavlono Yusufshoh, Hofiz Yoriy, Pahlavon Muhammadlar Alisher Navoiyning suhbatdoshi, yaqin kishilari edilar. Navoiy o„z asarlarida, ayniqsa, “Majolis”da yuqoridagi shoirlar to„g„risida ma‟lumot berish bilan birga, ular bilan qayerda, qanday qilib uchrashgani, kimning vositasida tanishgani, qaysilari doimiy suhbatdosh bo„lib qolganini ham ta‟kidlab o„tadi” [4: 21–22]. Navoiyning o„z zamondoshlari va o„sha davr qalamkashlari haqida qimmatli ma‟lumot beruvchi eng yirik asari – “Majolis un-nafois”. Asar 8 bo„limdan iborat, ularni muallif “majlis” deb ataydi. Asar qalamkashlarning ijod qilgan hududiga ko„ra majlislarga ajratilgan. Buni uning o„zi shunday ifodalaydi: “...shikasta xotirg„a va sinuq ko„ngulga andoq keldikim, bir necha varaq bitilgay va bu asr shuarosi bila bu davr zurafosi otin anda sabt etilgay, to bu niyozmandlar ham burung„i shuaro akobiri zaylida mazkur bo„lg„aylar va bu payravlar ham ul rahbarlar xaylig„a qo„shulg„aylar” [5: 8]. Navoiy birgina bayti bilan nazarga tushgan qalamkashlarni ham tazkiraga kiritadi. “Majlislar mundarijasidan ma‟lum bo„lishicha, Navoiy o„z tazkirasida 459 shoir va adiblar hamda adabiy hayot haqida ma‟lumot beradi. Muallif kim yoki nima haqida yozmasin, bular unga bevosita yoxud u bilan shaxsiy munosabatda bo„lgan kishilar vositasi bilan tanish edi” [6: 361]. Ana shu yaqinlik tazkiradagi ma‟lumotlarning haqqoniyligini oshiradi, 3 240 4 7.2 shuningdek, muallifning o„z zamondoshlariga bo„lgan ham adabiy, ham insoniy munosabatlarini aks ettiradi. Shoir tazkirada iste‟dodli, ammo o„z ustida ishlamaydigan, dangasa qalam egalarini tanqid qiladi. Ijodkorlardagi yutuq va kamchiliklarni ko„rsatish orqali jamiyatga ta‟sir o„tkazishni xohlaydi. Namunali ijodkorlarni maqtab, shunday bo„lishga boshqalarni ham chorlaydi. “Navoiy har bir shoir shaxsiyatiga konkret va xolis yondashadi. Nomi tazkiraga kiritilgan shoirlarning xarakteridagi kamchiliklarni, ma‟naviy qiyofasidagi nuqsonlarni ham ko„rsatib o„tishni zarur deb topadi” [6: 362]. Shu xolislik, haqqoniylik tamoyiliga o„z manoqib-holotlari, ya‟ni “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlarida ham amal qiladi. Xulosa. Quyidagi xulosalarni o„quvchi e‟tiboriga havola qilishimiz mumkin: XV asrning ikkinchi yarmida Jomiy, Navoiy va yuzlab ijodkorlarning yetishib chiqishi, avvalo, Temuriylar davlatchiligining natijasi; Navoiy va uning zamondoshlari adabiy merosini to„la anglash uchun bu davr madaniy muhiti bilan yaqindan tanishish zarur; Shoir zamondoshlari haqida ma‟lumot olishda uning tazkiralari, manoqib-holotlari va boshqa asarlari, xususan “Majolis un-nafois” eng muhim manba; Navoiy o„z davrining ilm va ijod egalariga moddiy va ma‟naviy jihatdan homiylik qildi, yosh qalamkashlarni ijod qilishga chorladi, ularning yutuq va kamchiliklarini bayon qilish orqali adabiy tanqidchilikni shakllantirdi; XV asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan faol adabiy muhit haqida Navoiy yozmasligi, bu davrdagi yutuqlarni tarixga muhrlamasligi mumkin emas edi. Buyuk adib asarlarida yuzlab shoirlarning nomini keltirib, har biriga munosabat bildirar ekan, haqqoniylikka mal qiladi. Ularning ijodi va faoliyatini o„rganish orqali ulug„ daho yashagan ijtimoiy-madaniy muhit haqidagi tasavvurlarimiz kengayadi. Shu sababli zamon madaniy muhitini kompleks o„rganish muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Hayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari. – Toshkent: O„qituvchi, 1997. 2. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy aqidalari. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018. 3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to„plami. 20 jildlik. 6jild. Xazoyin ul-maoniy. Favoyid ul-kibar. – Toshkent: Fan, 1990. 4. Shodiyev E. Alisher Navoiy va fors-tojik adiblari. – Toshkent: O„qituvchi, 1989. 5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to„plami. 20 jildlik. 13jild. Majolis un-nafois. – Toshkent: Fan, 1997. 6. O„zbek adabiyoti tarixi. 5 jildlik. 2-jild. – Toshkent: Fan, 1977.