scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"TARIXI ANBIYO VA HUKAMO" ASARIDA TIL USLUBINING O'ZIGA XOSLIGI

Tashpulatov, Abdirosul

Full text

3 265 4 7.2 “TARIXI ANBIYO VA HUKAMO” ASARIDA TIL USLUBINING O„ZIGA XOSLIGI Tashpulatov Abdirosul, O„zR AF Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi tayanch doktoranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17938692 Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Tarixi anbiyo va hukamo” asaridagi so„zlarning tarkibiy tuzilishi va ularning badiiy vazifalari tahlil qilingan. Asarda uchraydigan sof turkiy, arabiy va forsiy unsurlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan alohida tasniflanib, ularning ma‟no imkoniyatlari izohlangan. Shuningdek, diniy va falsafiy mazmunni ifodalashda arabiy va forsiy so„zlarning tutgan o„rni, tasviriylik va ta‟sirchanlikni kuchaytirishdagi badiiy funksiyasi ochib berilgan. Maqolada shoirning til bilan ishlash mahorati, sinonim qatorlardan foydalanish uslubi, shuningdek, matnning tarixiy va uslubiy xususiyatlari ham ko„rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari asarning badiiy-estetik qiymati va o„z davri adabiy jarayonidagi ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: anbiyo, hukamo, mursal, g„ayri mursal, shijo‟at, majoz, tashbeh, mazmun. Аннотация. В данной статье анализируются структурное строение слов и их художественные функции в произведении Алишера Навои «Тарихи анбиѐ ва ҳукамо». С точки зрения языкознания рассматриваются и разграничиваются тюркские, арабские и персидские элементы, встречающиеся в тексте, а также поясняются их семантические особенности. Кроме того, раскрывается роль арабской и персидской лексики в выражении религиозного и философского содержания, в усилении образности и выразительности. В статье также показано мастерство поэта в работе с языком, его стиль использования синонимических рядов, а также исторические и стилистические особенности текста. Результаты исследования служат определению художественно-эстетической ценности произведения и его места в литературном процессе своего времени. Ключевые слова: пророки, мудрецы, посланный пророк, непосланный пророк, храбрость, метафора, сравнение, содержание. Annotation. This article analyzes the structural composition of words and their artistic functions in Alisher Navoi‟s work “Tarikhi Anbiya va Hukamo”. From a linguistic perspective, the study examines and distinguishes the Turkic, Arabic, and Persian elements found in the text and explains their semantic features. In addition, the role of Arabic and Persian vocabulary in conveying religious and philosophical content, as wyell as in enhancing imagery and expressiveness, is revealed. The article also highlights the poyet‟s mastery of language, his style of using synonymic seriyes, as wyell as the historical and stylistic features of the text. The research results serve to determine the artistic and ayesthetic valuye of the work and its placye in the literary procyess of its time. Keywords: prophets, sages, mursal prophet, non-mursal prophet, bravery, metaphor, simile, content. Kirish. Ushbu maqolada “Tarixi anbiyo va hukamo” asarda qo„llangan so„zlarning tarkibiy xususiyatlari va ularning badiiy vazifasi tahlil etilar ekan, o„zbek tili va adabiyotida yorqin iz qoldirgan Alisher Navoiy ijodi va avlodlarga qoldirgan madaniy-ma‟rifiy merosida tarixiy hamda diniy mazmundagi asarlar alohida o„rin tutadi. Alisher Navoiy asarlari matnini oddiy kitobxonning o„qib anglashi har doim ham oson kechmaydi. Chunki Navoiy asarlarida arabcha, forscha va qadimiy turkiy atamalarning 3 266 4 7.2 keng qo„llangani sababli o„quvchi ularning ma‟nosini tezda anglab olishi biroz mushkul. Qolaversa, shoir asarlarida badiiy uslub – she‟riy ifodalar, majozlar, ramzlar, tashbeh va istioralar ko„p uchraydi. Ularni to„liq idrok etish uchun kitobxonning badiiy tafakkuri yetuk, shuning barobarida u mumtoz adabiyot an‟analarini chuqur o„zlashtirgan bo„lishi lozim. Bu haqda adabiyotshunos olim Manzar Abdulxayr quyidagilarni ta‟kidlagan: “Uyg„onish davri adabiyotining yirik namoyandasi bo„lgan Shekspir asarlari matnini hozirgi ingliz kitobxoni to„laqonli tushuna olmagani singari hozirda Navoiy asarlari matnini ham maxsus tayyorgarlikka ega bo„lmagan oddiy kitobxonning o„qib anglashi ba‟zi bir qiyinchiliklar tug„dirar edi” [1.7], deb yozgan. Adabiyotlar tahlili. Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asari ana shunday majoz, tashbeh va istioralarga juda boy. Unda o„tmishda yashab o„tgan payg„ambarlar, hukamolar, obidlar, olimlar va ularning faoliyati haqida hikoya qilinadi. Mazkur asarda nafaqat tarixiy voqealar yoritilgan, balki Navoiyning jumla tuzishdagi mohirligi, so„z tanlovi, badiiy san‟atni qo„llash uslubi yorqin namoyon bo„lgan. Bundan tashqari, Alisher Navoiyning oz so„zda ko„p ma‟no ifodalay olishi, balog„at va fasohat bobida nodir mutafakkir ekani uning asarda keltirgan jumlalarida ochiq-oydin ko„rinib turadi. Masalan, “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Navoiy Odam alayhissalom qissasi bayonining yakunida quyidagi ruboiyni keltiradi: Odamniki Haq lutf ila mavjud etti, Majmu‟i malak xaylig„a masjud etti. Oxir tanidin ruhni manqud etti, Ul navki nobud edi nobud etti [2.695b]. To„rt misrada Odam alayhissalom tarixini bu tarzdagi teran falsafiy mazmun va yuksak badiiyat bilan ifodalash hazrat Navoiyning o„zi aytgan “i‟joz maqomi” mahsulidir. Buyuk mutafakkir talqiniga ko„ra, Odam alayhissalom Haq taoloning lutfi tufayli mavjudlik olamiga keldi. Ikkinchi misrada farishtalarga Yer yuzidagi xalifasi sanalgan Odamga sajda qilish haqidagi “Baqara” surasida kelgan ilohiy amrga ishora qilinmoqda. Lekin umr o„tkinchi ekani, shunchalik ulug„ maqomga ravo ko„rilgan Odam alayhissalomning ham ruhi manqud etilgani – tanasidan chiqarilgani voqeasi bir satrda ta‟sirli talqin etilgan. “Ul navki nobud edi nobud etti” misrasi orqali Haq taoloning cheksiz qudrati – yo„qdan bor qila olishi, shuning barobarida yana bordan yo„q eta bilishi yuksak mahorat bilan ifodalangan [3.18]. Mazkur misradagi so„zlar tarkibida arabiy, forsiy va turkiy elementlar bir-biriga o„ta uyg„un holda qo„llangan. “Haq, lutf, majmu‟, malak, ruh va nobud” kabi arabcha va forscha istilohlar matnga falsafiy va diniy mazmun bag„ishlagan. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asaridagi til uslubining o„ziga xos jihatlarini aniqlashda kompleks filologik yondashuv qo„llanildi. Tadqiqot quyidagi metodlar asosida olib borildi: 3 267 4 7.2 Matnshunoslik (tekstologik) metod – asarning qo„lyozma va nashr variantlari asosida tahlil qilinib, leksik birliklarning shakli, qo„llanishi va kontekstual vazifasi aniqlandi. Lingvostilistik metod – so„z tanlash, sinonimik qatorlardan foydalanish, badiiy san‟atlar (majoz, tashbeh, istiora) orqali yaratilgan tasviriylik va ta‟sirchanlik tahlil qilindi. Tarixiy-lisoniy yondashuv – so„zlarning tarixiy kelib chiqishi, mumtoz adabiy til me‟yorlari va XV asr adabiy muhitidagi uslubiy xususiyatlar hisobga olindi. Mazkur metodlarning uyg„un qo„llanishi “Tarixi anbiyo va hukamo” asarining tiluslubiy xususiyatlarini, undagi ko„p qatlamli leksik tizim va badiiy-estetik qiymatni ilmiy asosda yoritishga xizmat qildi. Tahlillar va natijalar. Mazkur asarda diniy mazmunni ifodalashda, shuningdek, Qur‟on va hadis tili asosida shakllangan arabcha “anbiyo”, “hukamo”, “mursal”, “g„ayri mursal” kabi so„zlar ham ko„p uchraydi. Bu esa, bir tomondan, asarning ma‟no qatlamini chuqurlashtirsa, ikkinchi tomondan, asarga falsafiy-ilohiy ruh beradi va o„quvchining diniy manbalarga bo„lgan rag„batini kuchaytiradi. Shu bilan birga, “Tarixi anbiyo va hukamo”da arabcha kalimalar juda ko„p qo„llanganki, bu esa asarning badiiy jozibasini oshirgan. Masalan: “...bulardin uch yuz o„n uchni mursal debdurlar. Mursal uldurkim, anga Jibriil vositasi bila vahiy kelmish bo„lg„ay. Va g„ayri mursal ulkim, ilhom yo tush bila elga rahnamoliq qilg„ay. Va Ul ul-azm uldurkim, anga Jibriil vositasi bila kitobi osmoniy bovujud bu ikki shaq anga kelmish bo„lg„ay va boshqa shariati bo„lg„ay. Va xotim ulkim, bovujud bu ikki shaqlar andin so„ngra payg„ambar bo„lmag„aykim, bu sifat hazrati Muhammad arabiy sallallohu alayhi vasallamdur. Bas chun mursal adadi va asomisi ma‟lum ermas, g„ayri mursalg„a ham ne yetkay…” [4.717a]. Mazkur jumlalardagi so„zlar tarkibi va badiiy vazifalarini quyidagicha tahlil qilish mumkin: “…bulardin uch yuz o„n uchni mursal debdurlar” – “bulardin” (turkiycha) – “ularning ichidan” (bu + lardan); “uch yuz o„n uch” – sof turkiy sonlar; “mursal” (arabcha) – “yuborilgan (payg„ambar)”; “debdurlar” (turkiycha) – “deb aytibdilar”. Ushbu jumladagi so„zlarning badiiy vazifasini quyidagicha izohlash mumkin: 313 sonining aniq ko„rsatilishi payg„ambarlik darajasini bildirsa, “mursal” arabcha istilohining ishlatilishi Qur‟oni Karimdagi “risolat” terminini eslatadi. Asardagi “Mursal uldurkim, anga Jibriil vositasi bila vahiy kelmish bo„lg„ay” jumlasi ham alohida tasniflashga loyiq: “ul” (turkiycha) – “o„sha”; “dur” (turkiycha) – “tasdiq qo„shimchasi”; “kim” – turkiy bog„lovchi; “Jibriil” (arabcha) – “ism” (farishta nomi); “vosita” (arabcha) – “oraliq, vositachilik”; “bila” (turkiycha) – “bilan”; “vahiy” (arabcha) – “ilohiy xabar, vahiy”; “kelmish” (turkiycha) – “kelgan”; “bo„lg„ay” (turkiycha) – “bo„lishi kerak”. Bu so„zlarning badiiy vazifasi shundaki, jumladagi arabiy istilohlar (Jibriil, vosita, vahiy) diniy-falsafiy mazmunni ifodalasa, turkiy so„zlar esa aniqlik va mantiqiy bog„liqlikni ta‟minlagan. 3 268 4 7.2 Ko„rish mumkinki, ushbu jumla Alisher Navoiy ijodida arabiy va turkiy leksik qatlamlarning uyg„un ishlatilishiga yorqin misoldir. Jumladagi “Jibriil”, “vosita”, “vahiy” kabi arabiy so„zlar matnga ilohiy va ma‟naviy ruh bag„ishlagan. Shu bilan birga, turkiy unsurlar (“ul”, “dur”, “kim”, “bila”, “kelmish”, “bo„lg„ay”) matnga aniqlik olib kirib, jumlani o„zaro bog„lashga xizmat qilgan. Shuningdek, jumla ikki tilda ifodalangan qatlamlar orqali bir vaqtning o„zida badiiy-estetik va diniy-falsafiy funksiya bajarganiga guvoh bo„lish mumkin. Bu holat Navoiyning turli tillardagi so„zlarni qo„llash mahorati, arabiy terminlardan mohirona foydalanish orqali diniy mazmunni boyitish va turkiy til vositalari bilan o„quvchi e‟tiborini jalb qilish qobiliyatini ko„rsatadi. Bundan tashqari, “Va g„ayri mursal ulkim, ilhom yo tush bila elga rahnamoliq qilg„ay” nasriy jumlasi ham badiiy yuksakligi, ruhiy-irfoniy ahamiyatining betakrorligi bilan alohida diqqatga sazovor va uni shunday tasniflash maqsadga muvofiq: “g„ayri” (arabcha) – “emas, boshqa”; “ilhom” (arabcha) – “ilohiy ilhom, qalbga solingan fikr”; “tush” (turkiycha) – “uxlaganda inson ongida hosil bo„ladigan tasavvur va xayoliy manzaraning nomi”; “bila” (turkiycha) – “bilan”; “rahnamoliq” (forscha) – “rahnamo” (yo„l ko„rsatuvchi) + “liq” - ...lik qo„shimchasi; “qilg„ay” (turkiycha) – “qilar” (istak shakli). Bu jumlaning badiiy vazifasi shundaki, “ilhom” va “tush” orqali vahiydan pastroq darajadagi payg„ambarlik maqomi izohlanadi. Ushbu jumla Alisher Navoiy ijodida arabiy, turkiy va forsiy leksik qatlamlarning uyg„un ishlatilishini ko„rsatadi. “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida keltirilgan “Va Ul ul-azm uldurkim, anga Jibriil vositasi bila kitobi osmoniy bovujud bu ikki shaq anga kelmish bo„lg„ay va boshqa shariati bo„lg„ay” nasriy matnining izohi esa quyidagicha: “ul-ul-azm” (arabcha) – “buyuk qat‟iyatli” (Qur‟onda ayrim payg„ambarlar shu sifat bilan atalgan); “kitob” (arabcha) – “ilohiy kitob”; “osmoniy” (forscha) – “osmon” + turkiy qo„shimcha “-iy”; “bovujud” (arabcha-forscha) – “bo„lishi bilan, mavjud holda”; “shaq” (arabcha) – “qism, bo„lak, sifat”; “shariat” (arabcha) – “diniy qonunlar tizimi”. Ushbu jumlaning badiiy vazifasi shuki, “ul-ul-azm” – payg„ambarlarning yuksak maqomini ko„rsatadi. Ularga Jibriil orqali osmoniy kitob ham, shariat ham nozil bo„lgan. Arabcha-forscha so„zlarning ketma-ket qo„llanishi matnga ilohiy va falsafiy ruh beradi. Asar matnidagi “Va xotim ulkim, bovujud bu ikki shaqlar andin so„ngra payg„ambar bo„lmag„aykim, bu sifat hazrati Muhammad arabiy sallollohu alayhi vasallamdur” jumlasidagi so„zlar Navoiyning so„z tanlash va badiiy ifoda mahoratini yaqqol namoyon qiladi. Jumlani quyidagicha tasniflash o„rinli: “xotim” (arabcha) – “oxirgi, muhrlovchi”; “andin so„ngra” (turkiycha) – “undan keyin”; “payg„ambar (arabiy-forscha) – o„zak so„z (pay + g„ambar). Jumlaning badiiy vazifasi shundaki, uning oxirida payg„ambar sifatida Muhammad sallollohu alayhi vasallamning yuksak maqomi ta‟riflangan. “Xotim” so„zi muhr ramzi va “risolatni yakunlovchi” ma‟nosida kelgan. Ushbu jumla Alisher Navoiy ijodida til va badiiy uslub uyg„un holda ishlatilishiga yorqin misoldir. Turkiy iboralar – 3 269 4 7.2 “andin so„ngra” voqealar zanjirini tushunarli bog„lagan bo„lsa, forscha-arabiy so„z bo„lgan “payg„ambar” esa ma‟no jihatidan aniq ifodalangan. Jumlaning badiiy vazifasi shundaki, uning oxirida Muhammad sallollohu alayhi vasallamning payg„ambar sifatidagi yuqori maqomi va sharafining ta‟rifi asarga diniyestetik ruh bag„ishlagan. Shu bilan birga, arabcha va turkcha so„zlarning uyg„unligi jumlaning ma‟naviy va badiiy yuksakligini ta‟minlagan. Shuningdek, asardagi “Bas chun mursal adadi va asomisi ma‟lum ermas, g„ayri mursalġa ham ne etkay” nasriy jumlasi ham o„ziga xos badiiyati va irfoniy yuksakligi bilan ajralib turadi. Jumlani quyidagicha tasniflash mumkin: “bas” (forscha) – “demak, bas”; “adad” (arabcha) – “son, hisob”; “asomisi” (arabcha) – “ism” (nom) so„zining ko„plik shakli, “nomlari”; “ermas” (turkiycha) – “emas”; “ne etkay” (turkiycha) – “nima deyay”. Ushbu jumlaning badiiy vazifasi shundaki, unda muallifning o„zi haqida to„g„ridanto„g„ri xabar berilmasligi ta‟kidlanadi. Shu jumla orqali Navoiy inson aqlining barcha payg„ambarlar nomi va sonini bilishga qodir emasligini ifodalaydi. Umuman olganda, yuqoridagi so„zlar tarkibi – turkiy, arabiy va forsiy unsurlar uyg„unligidan iborat. Ul, bila, bo„lg„ay, qilg„ay, ne etkay kabi turkiy so„zlar matnga aniqlilik kiritsa, mursal, Jibriil, vahiy, ilhom, shariat, xotim kabi arabcha-forscha istilohlar jumlaning diniy mazmunini boyitadi. Shunday qilib, Navoiy arab-forsiy ilmiy leksikani turkiy tilda yuksak badiiy shaklda ifodalagan. Fors tiliga mansub bunyod, bag„oyat, dalir, jahon kabi so„zlar esa asarga liriklik va nafislik bag„ishlagan. Masalan, asarda keltirilgan: “…Shis alayhissalom chun bag„oyat dalir va shujo‟ erdi. Alar ustiga sipoh tortib fasodlarini dafe‟ qilib, alar berk tog„larda maskan qilib mustasil va parishon bo„ldilar” [5.370a] jumlasini olaylik. Mazkur jumladagi so„zlar tarkibi va badiiy vazifalarini quyidagicha tasniflash mumkin: “Shis” – “payg„ambar ismi”; “alayhissalom” (arabcha) (unga salom bo„lsin) – “payg„ambarlarga hurmat”; “chun” (turkiy bog„lovchi) – “chunki, sababli”; “bag„oyat” (arabcha-forscha) – “juda, nihoyatda”; “dalir” (forscha) – “botir, jasur”; “shujo‟” (arabcha) – “mard, qo„rqmas”; “erdi” (turkiycha) – “edi”ning qadimgi shakli; “alar” (turkiycha) – “ular”; “ustiga” (turkiycha) – “ustiga, ularga qarshi”; “sipoh” (forscha) – “qo„shin, askar”; “tortib” (turkiycha) – “olib borib, yo„naltirib”; “fasodlarini” (arabcha) – fasod (buzuqlik, yomonlik) + lari (ko„plik+egalik turkiy qo„shimcha); “dafe‟ qilib” – daf‟ (arabcha) – “daf qilmoq, to„smoq” + qilib (turkiycha) – “qilmoq”; “berk tog„larda” (turkiycha) – berk (“mustahkam, yopiq”), tog„ (“tog„”); “maskan qilib” – maskan (arabcha) – “joy, manzil” + qilib (turkiycha) – qilmoq; “mustasil” (arabcha) – “mag„lub, darmonsiz”; “parishon” (forscha) – “tarqoq, chalg„igan, sochilib ketgan”; “bo„ldilar” (turkiycha) – “bo„ldi” + (lar) ko„pligi qo„shimchasi. Ushbu jumlalarning badiiy vazifasi shundaki, ular qahramonlikni yanada ta‟kidlaydi. “Bag„oyat dalir va shujo erdi” iborasida Shis alayhissalomning jasoratini kuchaytirish maqsadida sinonimik takror (dalir – shujo) ishlatilgan. “Sipoh tortib” so„zlari esa harbiy 3 270 4 7.2 yurishlarni ifodalab, jangchi qiyofasini gavdalantiradi va tarixiy voqeani o„quvchiga jonli tasvirlaydi. Eski turkiy so„zlar, jumladan, yer, ko„k, tong, aylamoq, bo„lmoq, qolin kabi so„zlar doimo milliy ruhni aks ettirib turadi. Masalan: Isoki mujarrad ayladi Tangri ani, Ko„k ravzasi bo„ldi jilvagoh va chamani. Yer ahlidin ulki bo„lsa tajrid fani, Tong ermas agar ko„k o„lsa aning vatani [6.130]. Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida arabcha so„zlarni unumli va o„rinli qo„llaganki, bu arabcha istilohlar o„quvchida Qur‟on va hadisga qiziqish uyg„otib, matnga badiiy ulug„vorlik bag„ishlagan. Shuningdek, Navoiy barcha asarlarida jumla tuzishda so„zlarni shunday mahorat bilan tanlaydiki, ularni xuddi inju-marvaridlarni bir halqaga tizgandek tasavvur uyg„otadi. Xulosa. Ushbu maqolada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Tarixi anbiyo va hukamo” asaridagi so„zlarning tarkibiy tuzilishi va ularning badiiy vazifalari chuqur tahlil qilingan. Navoiy ijodida arabcha, forscha va turkiycha so„zlar uyg„un ishlatilgan va bu matnga diniy-falsafiy mazmun, badiiy tasviriylik va estetik mukammallik baxsh etgan. Arabiy va forsiy so„zlar – “mursal”, “vahiy”, “ilhom”, “shariat”, “xotim” kabi istilohlar matnga ilohiy va falsafiy ohang bergan; turkiy leksik vositalar esa jumlalarni soddalashtirib, asarga mantiqiy va badiiylik mushtaraklik bag„ishlagan. Umuman olganda, tadqiqot shuni ko„rsatadiki, “Tarixi anbiyo va hukamo” nafaqat tarixiy voqealarni bayon qiluvchi asar, balki Navoiyning til borasidagi mahorati, badiiyestetik tafakkuri va diniy-falsafiy bilimini uyg„unlashtirgan yuksak adabiy asar sifatida o„z davrida va keyingi avlodlar uchun ham katta ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yhati: 1. Manzar Abdulxayr. Asliyat va tabdil muammolari. Navoiy asliyati tabdillari. O„quv qo„llanma. – T.: 2023. – B.7. 2. Alisher Navoiy kulliyoti. – Istanbul: Topkapi saroyi kutubxonasi, “Revan 808” nusxasi. – B. 695b. 3. Tashpulatov Abdurasul. “Tarixi anbiyo va hukamo” asari manbalari, matn tarixi va ilmiy-tanqidiy matnini tuzish tamoyillari. Filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD)... diss. – T.: – B.18. 4. Alisher Navoiy kulliyoti. – Istanbul: Topkapi saroyi kutubxonasi, “Revan 808” nusxasi. – B. 717a. 5. Qo„lyozma. Fransiya. Parij milliy kutubxonasi. “Suppl Turc 317”. – B. 370a. https://www.Gallica.bnf.fr/ 6. Alisher Navoiy Mukammal asarlar to„plami. O„n oltinchi jild. Tarixi anbiyo va hukamo. – T.: FAN, 2000. – B. 130.