scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUAMMO, CHISTON, LUG'Z, TA'RIX JANRI HAQIDA.

Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna; Jo'rayeva Shohista

Abstract

Muammo-arabcha so‘z bo‘lib, u ko‘r qilingan, pinhon qilingan ma'nolarni ifodalagan, u ko‘pincha bir baytli bo‘lgan, goho undan ortgan va o‘zida ma'lum yashirin so‘z, ismni aks ettirgan. Muammo adabiyotga XVIII asrlardan e'tiboran kirib kelgan va XV asrga kelib rivojlana boshlaydi, Ayniqsa Alisher Navoiy tashabbusi bilan ancha takomil topadi. Muammoning ikki ma'nosi bo‘lgan, ya'ni tashqi (zoxiriy) va ichki (botiniy) ma'nolari mavjud, ya'ni uning asosiy mag‘zi ichki (botiniy) ma'nosida beriladi. Muammoning qofiyalanish tizimi ushbu xilda: a-a, a-b va hokazodir, muammo janri o‘z xususiyatlariga ko‘ra alohida jihatlarga egadir.

Full text

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 92 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us MUAMMO, CHISTON, LUG'Z, TA'RIX JANRI HAQIDA. Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna Jo‘rayeva Shohista ANNOTATSIYA Muammo-arabcha so‘z bo‘lib, u ko‘r qilingan, pinhon qilingan ma'nolarni ifodalagan, u ko‘pincha bir baytli bo‘lgan, goho undan ortgan va o‘zida ma'lum yashirin so‘z, ismni aks ettirgan. Muammo adabiyotga XVIII asrlardan e'tiboran kirib kelgan va XV asrga kelib rivojlana boshlaydi, Ayniqsa Alisher Navoiy tashabbusi bilan ancha takomil topadi. Muammoning ikki ma'nosi bo‘lgan, ya'ni tashqi (zoxiriy) va ichki (botiniy) ma'nolari mavjud, ya'ni uning asosiy mag‘zi ichki (botiniy) ma'nosida beriladi. Muammoning qofiyalanish tizimi ushbu xilda: a-a, a-b va hokazodir, muammo janri o‘z xususiyatlariga ko‘ra alohida jihatlarga egadir. Kalit so‘zlar:Muammo, chiston, tarix, lug‘z, zoxiriy, botiniy. Yuqoridagi uch janrni ko‘pchilik holda janr sirasiga kiritishmaydi, balki ularni badiiy san'atlar turkumiga aloqador deyishadi. Ammo yuqoridagilarni janr deyishga ma'lum asoslar ham bor, masalan birgina muammo yosh bolalarni mulohaza, mushohadaga o‘rgatgan, ularning hotirasini mustaxkamlagan va fikrlashga o‘rgatgan. Chiston ham mushohadani teranligini ta'minlagan va ta’rix ba'zi tarixiy voqea-hodisalarni belgilashda ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Boisi muammo ochish uchun kamida arab va fors-tojik tilidan xabardor bo‘lish kerak, shuningdek ishoralarni topish uchun katta bilim talab qiladi. Misol: Bobom belida duduk, Biz ham muammo deduk. Navoiy "Mufradot" asarida muammoning 15 amaliga xos 48 xilini sanab, ularning isboti uchun 121 ta muammo keltiradi. Umuman, Navoiyning o‘zbek tilida 52 ta va fors tilidagi 373 ta muammosi mavjud Shu tariqa muammo yechish qoidalari 15 xil, uslublari esa 48 xildir, uning qoidalari ushbulardir: intiqod unga ko‘ra, harflar ishoraga asosan saralanadi. Bunda avval, birinchi, yuz bay, toj, baland, alanga kabi so‘zlar orqali ishora etilsa, ishoradagi so‘zning birinchi harfi; oxir, nihoyat, oyoq, ipak, so‘ng, quyqum singari so‘zlar bilan ishora qilinsa, so‘zdagi oxirgi harf olib tashlanadi. Agar, o‘rta, bel, yurak, dil - so‘z o‘rtasidagi yakka harf, qirg‘oq, chakka, taraf, bo‘y, lab - PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 93 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us oldingi va oxirgi harf, tarafayn, atrof, ikki tomon, qirg‘oqlar, chekkalar, bo‘ylar, to'p, po‘st, qin-ikkala tomondagi harf, dillar, bellar mag‘z-o‘rtadagi harf olib tashlanadi. Misollar: Qon to‘kar yuzdan damodam ashk vahkim harzamon, Aylanib ohimdan aylar ko‘kka mayl ul qatra qon. Bu muammo uch yo‘l bilan yechiladi, ya'ni intiqod (saralash) tasmiya (nomlash) va qalb (teskari o‘qish) yo‘llari asosida yechiladi. Arab tilida qon-damdir, bu so‘z damodam so‘zi tarkibida ham mavjud, xullas ,ko'kka qarab ajralsa, va ulardan (odam) so‘zi kelib chiqadi. Ul niholikim qadingga yo’q shabeh, andoq nihol, Boshida ko‘rgo'zsa yuz xurshid o‘lur sendin misol. Yuzinkim qatra hay serob qilmish, Guledurkim suv ichkandin ochilmish. Chok bagrim tarafin aylading ikki parkand, Birinchi tashlabon ohir, birin etting payvand) Har ne topsang davr aro, soqiy, ayoqqa sol oni, Yuz ko‘rardin o‘tti ish, tut emdi molomol oni. Gul avroqin sabo qiladi parishon, Qabul etti nechakim topti imkon. Ul niholkim, qadingga yo‘q shabih, andok nihol, Boshida ko‘rgo'zsa yuz hurshid, o‘lur sendin misol. Chiston - tojiksa so‘z bo‘lib, u nimadir ma'nosini bildiradi ya'ni chist nima u?. Ilgari X-XI asrlarda bu she'riy shakl lug‘z deb atalgan bo‘lsa, XV asrdan e'tiboran chiston deb nomlana boshlaydi. Aslida chiston va lug‘z chistosh a nisbatan hajman katta bo‘ladi va lug‘zda biror narsaning xususiyati nozik ifodalarda tasvirlanadi, uni topish ma'lum qiyinchilik tug‘diradi. Muammoda yashirin kishi ismi sarlavhada berilganidek, chistonda ham pinhon tutilgan narsl nomi sarlavhada baralla beriladi: To kay go‘y madori ilm ba man gasht, Chanu dilam ilmro go‘zida vatan gasht? Chist yake modae, ki bepar peshat Ro'zi dah rah bizodu obsitan gasht? (Munchоq) PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 94 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Ikki mahbubni ko'rdum, ikkisin kindigi bor, Ikkisin orasiga tushsang topadursan kassir. (Qaychi) Uvaysiy Ul nadirkim, shahddin totliq erur hummorga, Ixtiyor etsam sotarin, kirmagay bozorga. (uyqu) Uvaysiy Ul nadurkim, sabz to‘nlik, yoz yog‘ochning boshida, Qish yalang‘och aylagay barcha haloyiq qoshida. Barcha ko‘shlarning so‘nggoki ichida, Ul na kushdurkim, so‘nggoki toshida. (yong'oq) Ul nadurkim bir kelin o'zi cho‘tir, Yetti qat parda ichida misli hur. (makkajo'hori). Ta’rix - arabcha so‘z saia ma'nosini ifodalaydi. Xullas bu janr o‘ziga xos xususiyatlarga, u yakka va mustaqil ravishda uchraydi. Ta'rixda berilgan so‘zlar tizmasi yechish uchun, albatta, abjad hisobi bilan tanish bo‘lish kerak. Ta’rix orqali asarlarning yaratilgan yili, inshootlarning qurilgan yili, shоhlarning zafar quchgan vaqti, taxtga chiqqach payti shahzodalarning tavallud kuni va bоshqalarni bilib olish mumkin. Ta’rix janrini anglash uchun arab, fors-tojik tillaridan ma'lum xabardorlik talab etiladi, shu kabi abjad hisobini bilish zarur. Abjad bu-sakkizta so‘zlar tizimi bo‘lib, ular quyidagilar: abjad, xavvaz, huji, kalaman, safaz, qarashat, sannoz, zadig ya'ni Ogahiy piri hiraddin qildi torihin savol, Aylab izhor Farruh dedi: "Hisori hush bano" Bititek emdi tarixini kotib, Erur tarixi uchun zabti vojib (Yusuf Amiriy)