"BAYT AL-HIKMA"DAGI TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI FAOLIYATI HAQIDA
Full text
3 258 4 7.2 “BAYT AL-HIKMA”DAGI TARJIMASHUNOSLIK MAKTABI FAOLIYATI HAQIDA Bobur Temurovich Gʻiyosov, Alfraganus universiteti tarix fanlari nomzodi, dotsent DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17939293 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada Bag„dod xalifaligida “Bayt al-hikma”ning shakllanishi va undagi tarjimonlar guruhining kamol topishi, yetishib chiqqan mashhur tilshunoslar, tilmochlar hamda ular amalga oshirgan olamshumul tarjima asarlar bayon etilgan. Maqolada shuningdek, muayyan xalifalarning ilm-fan taraqqiyotiga bergan ma‟naviy, ruhiy, iqtisodiy va moddiy jihatdan qo„llab quvvatlashlari, ularning yaratuvchilik faoliyati ilmiy faktlar va manbalar asosida atroflicha ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Xalifa, madaniyat, donishmand, birinchi uyg„onish davri, Donishmandlar uyi, bobokalonlarimiz,kutubxona, bitiklar, muzokaralar, tarjimashunoslik, mohir tarjimon, akademiya, noyob asarlar, teng huquqlik, o„tmish allomalari. Aннотация: В данной нуачной статье изложены вопросы формирования “Байт ал-ҳикма” (“Дом мудрецов”) и группы филологов, переводчиков в его стенах, а также их переведенные произведения мирового значения. В этой статье также подробно раскрыты такие аспекты, как духовная, психологическая, экономическая и финансовая поддержка определенных халифов, их созидательная деятельность на основе научных фактов и источников. Ключевые слова: Халиф, культура, мудрец, первый ренессанс, Дом мудрецов, наши предки, библиотека, рукописи, переговоры, преводоведение, квалифицированный переводчик, академия, бесценные произведения, равноправие, ученые прошлого. Abstract: This scientific article presents the issues surrounding the formation of Bayt al-Hikma (“The House of Wisdom”) and the group of philologists and translators who worked within its walls, as well as the globally significant works they translated. The article also provides a detailed analysis of such aspects as the spiritual, psychological, economic, and financial support offered by certain caliphs, along with their creative and scholarly contributions, based on historical facts and reliable sources. Keywords: Caliph, culture, sage, First Renaissance, House of Wisdom, our ancestors, library, manuscripts, negotiations, translation studies, qualified translator, academy, priceless works, equality, scholars of the past. Kirish. Bag„dod xalifaligi shakllanib, siyosiy barqarorlik o„rnatilishi hamda aholining farovonlik darajasi ko„tarila boshlaganligi tufayli Xalifa Xorun ar-Rashid o„z mamlakatning poytaxtini Damashqdan Bag„dodga ko„chirdi. Ko„p vaqt o„tmay yurboshi taniqli islohotchi nomini oldi. Bepoyon sarhadlarni birlashtirgan buyuk davlatda ilm-fan taraqqiyoti, bunyodkorlik faoliyati, soliq siyosati tizimining shakllanishi, savdo-sotiqning jonlanishi va tashqi dunyo mamlakatlari bilan o„rnatilgan siyosiy, diplomatik va savdoiqtisodiy munosabatlar o„zlarining ijobiy samaralarini berdi. Bag„dod Xalifasi Xorun arRashid tomonidan avvaliga katta kutubxona, keyinchalik esa unga bo„lgan e‟tiborni har jihatdan kuchaytira borib, yirik ilmiy dargoh “Bayt-al-hikma” (“Donishmandlar uyi”)ga aylantirdi. Akademiya maqomini olgan ushbu akademiyada esa mohir va yuqori salohiyatli filologlarni jamlagan mashhar tarjimonlar maktabi shakllandi. Uch asr mobaynida ilmiy
3 259 4 7.2 dargohda mavjud bo„lgan yuzlab ajoyib asarlar o„sha davrlarda istifodada bo„lgan talaygina xorijiy tillarga o„girildi. Bu asarlarning bir qismi ilm dargohida olib qolingan, qolganlari esa hamkor yurtlarga elchilar va savdo karvonlari orqali yetkazilgan. Shu tariqa mohir va tajribali mutarjimlar “Bayt-al-hikma”ning shon-shuhratini va ijobiy imidjini olamga tanitdilar. Ilmiy maqolada mazkur mavzu atroflicha ochib berilgan. Adabiyotlar tahlili. Mavzuni ilmiy jihatdan yoritishda Bag„dod xalifaligida shakllangan va yuqori samarali faoliyati bilan shuhrat qozongan ilmiy dargoh “Bayt-alhikma” (“Donishmandlar uyi”), ma‟naviy merosimiz, tarjimashunoslik, tarjimonlar maktabining shon-shuhratining ortishi, Movarunnahr zaminida kamol topgan mohir tarjimonlar va ularning amalga oshirgan benazir tarjima asarlariga oid manbalar va ilmiy asarlar, xorijiy muallif Rojer Fisherning “Garvardskiy metod peregovorov” kitobida keltirilgan qimmatli tahliliy mulohazalar istifoda etilgan. Quyida shuningdek, maqola muallifi sharqshunos olim Gʻiyosov Bobur Temurovichning ilmiy xalqaro ilmiy anjumanda qilgan ma‟ruzasi hamda uning marhum Elchi Teshaboyev Fotih Gʻulomovich bilan bo„lgan ijodiy suhbati, ilm-fanga rahnamolik qilgan Bag„dod xalifalari va ular yuritgan yaratuvchilik siyosatiga taalluqli ilmiy maqolalar, ilmiy anjumanlarda e‟lon qilingan ayrim ma‟lumotlardan ham foydalanilgan. Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot metodologiyasida sifatida ta‟lim sifatini ko„tarish, ushbu yo„nalishdagi bo„lg„usi tarjimonlarning mahoratini yanada oshirish, olimlarimiz, davlat arboblarimiz, mohir tarjimonlarimiz, mazkur maqola muallifi hamda xorijiy mamlakatlarning tarjimashunoslikka oid asarlari asos qilib olingan. Maqolada shuningdek, o„zbekistonlik allomalarning Sharq uyg„onish davri va tamaddunlararo muloqotga oid asralari ham tadqiqot metodolgiyasini shakllantirishda muhim omil bo„lib xizmat qildi. Tahlil va natijalar. Ma‟lumki, nur va ziyo, ilm va madaniyat Sharqdan boshlangan. Bag„dod xalifaligida hukmdor bo„lgan mashhur insonlar xalifa Horun ar-Rashid, xalifa al-Ma‟mun va ulardan keyin shoxsupaga o„tirgan xalifalar Sayyoramizdagi kompleks yuksalishga hamda tub ijobiy o„zgarishlarga sababchi bo„ldilar. Darhaqiqat, Movaraunnahr, Xuroson va Erondan yetishib chiqqan olimu fuzalolar, kafiyotchilar jahon tarixida yorqin iz qoldirdilar. Bizga yaxshi ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasi rahbariyati mustaqillik yillarida xalkimiz manaviyati yuksalishiga ustivor ahamiyat qaratdi. Har bir xalkning, millatning o„z madaniyati, o„zining betakror an‟analari, qadriyatlari va buyuk siymolariyu donishmandlaridan iborat ajdodlariga egadir. Zero bizning yurtimiz shunday buyuk shaxslarni yetishtirib bergan go„zal o„lkadir. 9-asr boshlarida diyorimizda birin-ketin taniqli olimlar va mutafakkirlar yetishib chiqa boshladilar. Ularning katta bir guruhi Sharq tomon Bag„dod xalifaligiga uzoq muddatli ijodiy safarlarni amalga oshirdilar va mazkur akademiyani shakllantirish, faoliyatini yuritish va yuksak marralarga ko„tarishda o„zlarining salmoqli hissalarini qo„shdilar. Yana ikkinchi guruh olimlari esa O„rta Osiyo va Xurosonda
3 260 4 7.2 faoliyat ko„rsatdilar. Har ikki yo„nalishda olamshumul ishlarni amalga oshirgan olimlarning ilmiy izlanishlari samaralarini yaxlit bir tahlil qilsak, bu betakror va benazir ilmiy-ijodiy ishlar va ishlanmalar ulug„vor 1uyg„onish davrini o„zida aks ettirdi. Aynan ana shu shonli tarixiy davr erishilgan buyuk kashfiyotlar va ilmiy ishlar jahon ilmi taraqqiyotida o„ziga xos buyuk inqilob bo„ldi, desak mubolag„a bo„lmaydi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan g„oyat ulkan, bebaho maьnaviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko„tarilgani bejiz emas. “Bilim o„qish-o„rganish, hayotiy tajriba bilan bog„liq. Bilimdonlik – kishiga chiroy” (1). Har bir sohaning olimu ulamolari va fozil-u fuzalolari bo„ladi. Shunday sohalar qatorida o„zgacha muhitni, o„zgacha tarovatni o„zida jo aylagan kasblardan biri bu aynan tarjimonlikdir. Bu kasb chuqur ildiz otgan o„lka Bag„dod xalifaligining poytaxti Bag„dod shaxrida vujudga kelgan Mag„ribdan Mashriqqacha ma‟lum ilmiy va mashhur bo„lgan, ilm ummonida keng e‟tirof etilganligi barobarida ilm dargalarini o„zida jamlagan moʻtabar dargoh “Bayt-al-hikma” (“Donishmandlar uyi”)dagi tarjimashunoslik yo„nalishi haqida to„xtalib o„tsak. IX–XII asrlarda, ya‟ni Sharqdagi 1uyg„onish davrida bunday ilm dargohlari bir nechta bo„lgan. Xususan, Qohirada, Buxoroda, Xorazmda, Samarqandda va boshqa shaharlarda shu singari qator ilmiy muassasalar faoliyat ko„rsatgan. Lekin, akademiya maqomiga ko„tarilgan bu dunyoga mashhur, katta salobat ila qad rostlagan ilm dargohi o„zining yuksak ilmiy salohiyati va nufuzi jihatidan eng mashhuri hisoblanadi. Binobarin, “Bayt al-hikma" ko„pqirrali faoliyati yuksak ong va tafakkur sohiblari bo„lgan Bag„dod xalifalari tomonidan iqtisodiy, moliyaviy va ma‟naviy jihatdan doimiy e‟tiborda bo„lib, yaxshigina qo„llab quvvatlangan. Akademiya o„zida o„nlab mashhur, ensiklopedist olimlar va mutafakkirlardan iborat katta iqtidor sohiblari - faylasuflar, tarixchilar, etnograflar, adabiyotchilar, islomshunoslar, dinshunoslar, hadisshunoslar, tabiblar, dorishunoslar, tilshunoslar, astronomlar, matematiklar, muhandislar, noshirlar, biologlar, siyosatshunoslar va tabiiyki, mohir tarjimonlarni o„zida birlashtirgan edi. “Abbosiy xalifalar yunon olimlari bilan bir qatorda hind allomalarini ham Bag„dodga jalb eta oldilar.Ular orasida Kanka, Sanjahal, Shanka, Sindbaz, Bazikar singari mohir mutarjimlar bor edilar” (2). Hindistonlik Kanka ismli olim tabib bo„lishiga qaramay pahlaviy tilini yaxshi bilgan. Tabiblik bilan bir katorda tarjima ishlari bilan ham jiddiy shug„ullangan. Sanskrit tilidagi asarlarni pahlaviy tiliga, so„ngra esa arab tiliga tarjima kilgan. Hind diyoridan kelgan ushbu olimlar eng murakkab va mas‟uliyatli vazifalarni amalga oshirdilar. Tarjima qilingan asarlar orasida falakiyot va riyoziyotga oid ishlanmalar serob bo„lgan. Avvaliga kutubxona sifatida ish boshlagan bu dargoh ulkan vaqt o„tishi bilan talaygina ilmiy yutuqlarini qo„lga kiritdi. Yuqori salohiyatli shveysariyalik sharqshunos olim Adam Mes o„zining “Musulmon renessansi” asari bilan ilm ahliga yaxshi tanish. Yozuvchi o„zining mazkur kitobida IX–XII asrlarda Sharqdagi intellektual yuksalish jahon
3 261 4 7.2 ilm-fani taraqqiyotiga qo„shilgan muhim hissa bo„lganligini batafsil bayon etgan. Islom juda katta muzofotdagi xalqlarning madaniy boyliklari, an‟analarining o„zaro ta‟sirini ham kuchaytirib yubordi” (3). “Bayt al-hikma”ga ko„plab xorijiy davlatlardan noyob va nodir kitoblar (bitiklar) keltirilgan. Yunoniston, Hindiston, Eron va Rumdan keltirilgan kitoblar ba‟zan harbiy yurishlar vaqtida qo„lga kiritilgan, ba‟zi hollarda esa kitoblar (bitiklar) sovg„a tariqasida, shuningdek, diplomatik aloqalar, taniqli olimlar o„rtasidagi ijodiy hamkorlik hamda savdo karvonlari yordamida ko„plab keltirilgan. Xorun ar-Rashid asos solgan kattagina hajmdagi kutubxona, xalifa al-Ma‟mun davrida dunyodagi eng katta va boy kutubxonaga aylandi. Ilm dargohida yuzlab ilmiy ishlar, innovasion ishlanmalar, kashfiyotlar, tarjimalar amalga oshirilgan. Albatta, bizning buyuk bobokalonlarimiz ham uning yuksalishi uchun o„zlarining ulkan hissalarini qo„shganlar. Akademiya maqomini olgan ilm dargohida mahoratli tilmochlar yordamida ajoyib tarjima ishlari amalga oshirilgan. Xalifa al-Ma‟mun mohir va tajribali tarjimonlar mehnatini munosib baholagan, yuksak ehtiromlar ko„rsatgan va qadrlagan. Tajribali olimlar va yuksak salohiyatli tarjimonlarga yaratgan asari yoki tarjimasi uchun o„sha asarlari og„irligida tarozuda tortilib, tilla tangalar bilan siylagan. Ilm darg„alari saroydagi ziyofatlarda aziz mehmonlar qatorida izzatda bo„lganlar. “Yuksak mahoratli tarjimonlar doimo ilmda, jamiyatda va aslzodalar doiralarida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo„lganlar” (4). Manbalardan ayon bo„ladiki, IX–XII asrlar ilm-fan, madaniyat va san‟atning yuksalishi barobarida 1-uyg„onish davri misli ko„rilmagan darajadagi sermahsul hosilasini berdi. Abbosiylar davrida, ayniqsa, tarjimashunoslik borasida misli ko„rilmagan darajada yuksak pog„onalarga ko„tarildi. Ilm dargohidagi yuqori salohiyatli tilmochlar nafaqt asarlarning yozma, balki, og„zaki tarjimalarni ham katta mahorat bilan amalga oshirganlar. Xususan, xalifalar Xorun ar-Rashid, al-Ma‟mun va boshqalaro xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan elchilar bilan o„tkazgan suhbatlar, muzokaralar va davlatlararo hujjatlarni imzolash jarayonida aynan “Bayt al-hikma”dagi tarjimonlar shunday mas‟uliyatli vazifalarni bajarganlar. “Muzokaralar – hayotimizning ajralmas qismidir” (5). Nutqning to„g„riligi haqida fikr bildira turib, yurtimiz mustaqilligining ilk davrida O„zR TIVning shakllanishida qamarbasta bo„lgan tajribali diplomat, marhum Favqulodda va Muxtor Elchi Teshaboyev Fotih Gʻulomovich shunday fikr bildirgan edilar: “Nutq madaniyatining zarur va eng muhim sharti shuki, adabiy tilning muayyan holatda qabul qilingan me‟yoriga muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy lug„at va grammatik qoidalarni bilishini tushunish lozim bo„ladi”(6). Ta‟kidlash joizki, tarjimonning kamolotida badiiy adabiyotlarni mutolaa tarzda o„qish markaziy o„rinni egallamog„i talab etiladi. “Muzokaralar – hamjihatlikda maqsadga erishish va birgalikda qarorlar chiqarish jarayoni” (7) ekanligi haqiqatdir. Ushbu jarayonlarda har ikki tomonning manfaatlari inobatga olinmog„i muhim ahamiyat kasb etadi. O„zaro manfaatlar omili ham
3 262 4 7.2 diplomatiyada, ham ishbilarmonlikda nazarda tutiladi. Diplomatiyada yuksak mas‟uliyat talab qilinganligi bois ko„pyillik tarjimonlik tajribasiga ega teran tafakkurli professional mutaxassislar jalb qilinadilar. Mashhur ilm-fan darg„alari Suqrot, Jolinuslarning tabobatga, Arastuning “Falsafa”, Uklidisning “Piyoziyot va handasa”, Batlimusning “Falakiyot” nomli mashhur asarlari fors, sanskrit, qator Yevropa va Osiyo xalqlari tillariga, jumladan, arab tiliga ham katta mahorat va muvaffaqiyat ila o„girilgan. Qutlug„ dargohda malakali, mohir tarjimonlar samarali faoliyat ko„rsatganlar. O„sha davrda haftaning har yakshanba kuni eng yaxshi tarjima va eng yaxshi ilmiy asarlar munosib mukofotlangan, jumladan tilla tangalar bilan takdirlagan, qimmatbaho zarbop to„nlar bilan siylanganlar.Tarjimonlardan bo„lgan basralik yahudiy Mosarjavayx, nasroniylar Baxtyshu va Xunayn b.Isxok, Sobit b.Kurra singari mashhur oilalarining vakillari faoliyat ko„rsatishgan. “Bayt al-hikma” olimlari Hippokrat, Arastu, Porfiriy, Yevklid, Galen, Arhimed, Ptolemey kabi olimlar asarlarini arab tiliga tarjima etganlar, ularga sharhlar yozganlar” (8). Ushbu tarjima asarlar hozirda dur-u gavharga tengdir, desak xato bo„lmas. Tarjima qilingan asarlar haqiqatan ham noyob va betekror asarlar bo„lgan. Ular ichida astronomiyaga oid benazir kitoblar yetarlicha edi. Ba‟zi tarjima kitoblar (bitiklar) bizgacha yetib kelmagan, ular xorijiy davlatlar fondlarida saqlanmoqda. “Handasa” asari bizgacha yetib kelgan noyob asar hisoblanadi. “Xalifa al-Mansur davrida sansikrit tilidan arab tiliga ugirilgan noyeb falakiyotga doir muhim asarlardan biri “Sindhind“ edi Bu kitobni hindistonlik Kanka ismli olim alMansurga keltirib bergan. U yulduzlar harakati, Quyosh va Oyning tutilishi kabi ma‟lumotlar bo„lgan. Bu kitobni Al-Mansur Muhammad al-Fazariyga (7-asrning ikkinchi yarmida) tarjima qilish uchun bergan.Tarjima bilan bir qatorda Muhammad al-Fazariy o„zining “Katta Sindhind” deb nomlagan kitobini yaratadi” (9). Ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Abu Bakr ar-Roziyning tabobatga oid muayyan asarlarida ba‟zi kasalliklar tavsiflanar ekan, ularni hindlar qanday atagani, qaysi uslubda davolaganiga ishora qilinadi. Bu o„z navbatida hindlarning boy tajribasi va ilmiy merosi keng tarqalgani va musulmon olimlarining ular bilan yaxshi tanish bo„lganidan dalolot beradi. Xorazmlik mashhur qomusiy olim Abu Rayhon al-Beruniy ijodida ham hind olimlarining merosi alohida o„rin tutadi. Chunki, Beruniy Hindistonda yashab, ularning fani, san‟ati, madaniyati hamda etnografiyasi bilan yaqindan tanishishga muyassar bo„lgan. Al-Beruniy o„zinning samarali ijodida “Hindiston”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kabi asarlarini yaratdi. Fors “pahlaviy"tilidan arab tiliga o„girilgan manbalar sirasidan “Shox ziji” yoki “Shahriyor ziji”, “Rustam va Isfandiyor”, “Kalila va Dimna” (bu asar sanskritdan fors
3 263 4 7.2 tiliga, forschadan arab tiliga esa xalifa al-Mansur davrida esa Ibn al-Mukaffa‟ tomonidan o„girilgan). Aytish mumkinki, ushbu asarlar ilm fan rivojiga ulkan hissa qo„shgan. Arab tilida ilmiy adabiyotlar xam yaratilgan. Ilmiy adabiyotlarda Abbosiylar hukmroligi davridagi tarjima ishlari uch davrga taqsimlangan. Birinchi davr: xalifa Abu Jaьfar al-Mansur davridan boshlanib,Xorun ar-Rashidning vafotigacha bulgan 754809 yillarni o„z ichida olgan. Ikkinchi davr: xalifa al-Ma‟munning Marvdagi davri 813-yildan boshlab 913-yilgacha davom etdi. Bu davr nafaqat tarjimonlik, balki ilm-fan yuksaklarga ko„tarilgan “oltin davr” deb yuritiladi. Uchinchi davr: 915-1050-yillar (XI asrning ikkinchi yarmigacha bo„lgan davr)ni qamrab oldi. Darhaqiqat, “mohir tarjimonning kasbiy ko„nikmalarida quyidagi muayyan bilimlar aks etmog„i lozim: Ona tilini a‟lo darajada bilishi Xorijiy tilni yuksak dajada o„zlashtirganligi Tarjima nazariyasini bilishi Ona tili va xorijiy tilning stilistik me‟yorlarini o„zlashtirgan bilishi Sohaga oid terminologiyadan bilishi” (10). Darhaqiqat, akademiyada samarali faoliyat ko„rsatgan mohir tarjimonlar haqiqatan ham mazkur hislatlarga ega bo„lganlar. Ularning aksariyati ham soha mutaxassisi, ham tarjimon bo„lganlari bois turli tillarga o„girilgan asarlar jahon ilm ahli tomonidan keng e‟tirof etildi. Asrlar osha yurtimizda yana ko„plab mohir mutarjimlar yetishib chiqdilar. Xususan, O„rta Osiyo va Qozog„iston musulmonlari Diniy nazorati raisining muovini Murodxo„ja Solihiy domla Shayx Sa‟diyning tarbiyaviy ahamiyatga molik “Guliston”o„zbek tiliga tarjimasini amalga oshirdilar. Asarning so„zboshisida Shayx Sa‟diyning tarbiyaviy ahamiyatga molik “Guliston”i xalqimizning beqiyos va boy ma‟naviyatini yanada boyitish yo„lidagi yaxshi ishlardan biri bo„lib qolishiga umid qilganlar. Bizning davrimizda “Guliston”ning takroran chop etilishi bu ezga niyatning ro„yobga chiqqanligidan yaqqol dalolatdir(11). Ilm-u urfonda yurtimizda kamol topgan mashhur, jahon ilmida e‟tirof etilgan filolog olimlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Xulosa. Xulosa o„rnida aytish kerakki, IX–XII asrlar “insoniyat tammadduni asri” bo„ldi, desak mubolag„a bo„lmaydi. Turli xalqlar, millatlar va dinlar vakillari bo„lgan mohir tarjimonlar tarjimashunoslik bilan astoydil shug„ullanishgan. Ularning o„zaro munosabatlarida do„stona munosabatlar, o„zaro hurmat va teng huquqlik tamoyillari mavjud edi. “Bayt al-hikma” ("Donishmandlar uyi") nomidan ham ayonki, u dargohda barcha sharoitlarga ega ijodiy muhit – ilm fan tarovati ufurib turgani yaqqol aks etgan. Innovasion
3 264 4 7.2 ishlanmalar iqtisodiy moliyaviy jihatdan doimo qo„llab quvvatlangan. Natijada bu ulug„ ilm dargohi akademiya maqomini oldi. Xalifa al–Ma‟mun davrida Bag„dod xalifaligi ilmfani yanada yuksaklarga ko„tarilishda davom etdi. Ajdodlarimiz haqiqatan ham bizga benazir, noyob va benazir meros koldirdilar. Binobarin, o„tmish allomalari yaratgan bitiklar duru-gavharga teng. Darhaqiqat, biz ham ilmu urfonda ma‟lum va mushhur ajdodlarimiz va ularning jahon tamaddunini boyitgan kashfiyotlari-yu duru gavharga teng asarlari bilan har qancha faxrlansak arziydi. Mavzu yuzasidan takliflar sifatida ta‟kidlash joizki, ushbu bilimlarni talaba-yoshlar, keng jamoatchilik ahli hamda ommaviy axborot vositalarida doimo yoritib borish maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat yuqorida qayd etilgan materiallar va tahliliy mulohazalar yurtdoshlarimiz ongi va tafakkurida, milliy g„urur hamda vatanparvarlik tuyg„ularini shakllantirish, ilm-fanni qadrlash, buyuk ajdodlarimiz amalga oshirgan olamshumul kashfiyotlaru ishlanmalari bilan yaqindan tanisha borish barkamol insonlarni tarbiyalash ishida muhim hayotiy ahamiyat kasb etadi. Ushbu mavzuga oid tadqiqotlarni bardavom amalga oshirish va ularning natijalarini esa o„quv qo„llanmalari va monografiyalar shaklida chop etish xalqimiz vakillarini yuksak ongli insonlar sifatida shakllantirish ishida muhim omil bo„lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yhati: 1. B.To„xliyev. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg„u bilig” asari. – Toshkent: O„zbekiston. 1991. B.10. Ibn Abi Usaybi‟a. J.2. B.32-33. 2. F.Sulaymonava. Sharq va Gʻarb. T. “O„zbekiston”.1997. B.195. 3. B.Gʻiyosov.Tarjimonning shakllanishi jarayonidagi muhim omillar. // “Tarjimashunsolik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari: zamonaviy tendensiyalar va yondashuvlar”. Xalqaro ilmiy anjuman. O„zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-German tillari kafedrasi. Toshkent – 2025. B.54. 4. Фелкхем Р.Дж. Настолная книга дипломата. Превод с англ. Минск. 2000. – 298с. 5. Maqola muallifi Bobur Gʻiyosovning marhum diplomat Favqulodda va Muxtor Elchi Teshaboyev Fotih Gʻulomovich bilan o„tkazgan suhbatidan. Toshkent, 2001-yil 15-fevral. 6. Рожер Фишер и др. Гарвардский метод переговоров. (Перевод с анг. Татяны Новиковой). Москва. “Манн, Иванов и Фербер”, 2022. С.58. 7. Xayrullayev M.M. O„rta Osiyoda ilk uyg„onish davri madaniyati.Toshkent, 1994. B.21. 8. Lippert J. Ibn al-Qifti‟s “Ta‟rih al-hukama”. – Leipzig. 1903.P.383.10. 7 важных навыков хорошего переводчика. https://repetitoronline.com. 7-важныx навыков-xороше. 9. Sa‟diy Sheroziy. “Guliston”. Mullo Murodxo„ja tarjimasi. T.: “FAN” nashriyoti, 2005.B.6.