FRAZEOLOGIYA. IBORALAR VA ULARNING TURLARI.
Abstract
Frazeologiya fraza va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, fraza – «ibora», logos – «bilim» ma'nosini bildiradi. Ko‘rinadiki, frazeologiya iboralar haqi-dagi bilimdir. Iboralar – so‘z uyushmalari – erkin va turg‘un uyushmalar bo‘lib, frazeo-logiyada ular ma'no va tuzilish jihatdan tekshiriladi. Tuzilishi jihatidan so‘zlar uyushmasi erkin va turg‘un bo‘ladi, har ikkala tip ham yo so‘z birik-masi, yo gapga teng bo‘ladi. Lekin ma'no xususiyatiga ko‘ra ularning har ikkalasi o‘z xususiyatlariga ega.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 95 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us FRAZEOLOGIYA. IBORALAR VA ULARNING TURLARI. Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Abdurahmonova Mavluda Ibragimovna Jo‘rayeva Shohista ANNOTATSIYA Frazeologiya fraza va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, fraza – «ibora», logos – «bilim» ma'nosini bildiradi. Ko‘rinadiki, frazeologiya iboralar haqi-dagi bilimdir. Iboralar – so‘z uyushmalari – erkin va turg‘un uyushmalar bo‘lib, frazeo-logiyada ular ma'no va tuzilish jihatdan tekshiriladi. Tuzilishi jihatidan so‘zlar uyushmasi erkin va turg‘un bo‘ladi, har ikkala tip ham yo so‘z birik-masi, yo gapga teng bo‘ladi. Lekin ma'no xususiyatiga ko‘ra ularning har ikkalasi o‘z xususiyatlariga ega. Kalit so‘zlar: Ko’chma ma’noli so‘zlar,turg‘un bog‘lamalar,so‘z birikmasi,barqaror birikmalar. Frazeologiya fraza va logos so‘zlaridan olingan bo‘lib, fraza – «ibora», logos – «bilim» ma'nosini bildiradi. Ko‘rinadiki, frazeologiya iboralar haqi-dagi bilimdir. So‘zlarning erkin va turg‘un uyushmalari. Tilda har bir so‘z o‘zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Bu xususi-yatni so‘z birikmalariga nisbatan ham aytish mumkin. So‘zlar va so‘z birikmalari ma'lum usullar bilan birikadi. Bu grammatik abstraksiyaning natijasidir. Ikki yoki undan ortiq mustaqil leksik ma'noli so‘zlarning ma'no va grammatik jihatdan munosabatga kirishishi va atash vazifasini bajarishi asosida hosil bo‘lgan sintaktik qurilmaga so‘z birikmasi deyiladi. Ta'rifdan ko‘rinadiki, so‘z birikmasida grammatikaning yordami bilan leksik ma'nolar munosabati vujudga keladi va shu yo‘l bilan murakkab tushunchalar hosil bo‘ladi. Masalan, qizil va qalam so‘zlari tobelanish orqali o‘zaro birikib, qizil qalam tipidagi murakkab tushuncha hosil bo'ladi. So'zlar ko'pincha o'z mustaqilligini saqlagan holda birikib keladi. So‘zlar-ning bunday birikishi nutq jarayonining o‘zida sodir bo'‘adi va ular erkin birikmalar deb yuritiladi. Masalan, Bahorning mayin shabadasi daraxt shoxlarini tebratdi gapida bahorning shabadasi, mayin shabada, daraxt shoxlari, shoxlarini tebrat-moq, shabadasi tebratdi kabi beshta erkin so‘z birikmasi mavjud. So‘zlarning bunday erkin birikmalar hosil qilish qoidalari «Sintaksis»ning o‘rganish obyekti hisoblanadi. Tilda shunday birikmalar ham borki, ularning tarkibidagi so‘zlar o‘rtasida semantikgrammatik aloqa sezilmaydi, chunki bunday birikmalar aynan shu nutq jarayonida
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 96 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us yaratilmay, tilda avvaldandan bir butun holda mavjud bo‘ladi. Ular shu holatda tarkibidagi so‘zlarning mavjud ma'no markaziga birlashadi va so‘zga teng bir ma'no anglatishga xoslanadi. Shuning uchun ular so‘zlarning turg‘un birikmalari deb nomlanadi. Masalan, Ular bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qiladilar gapida «bir yoqadan bosh chiqarmoq» birikmasi turg‘un birikmadir, chunki uning tarkibidagi so‘zlar yaxlit holda murakkab birikmani tashkil qilgan. Shunga ko‘ra bu birikma, tarkibidagi so‘zlarning miqdoridan qat'iy nazar, bir leksik tushunchani anglatgan va gapda ham bir sintatik bo‘lak vazifasida kelgan. So‘zlarning turg‘un birikmalari tilshunoslikninng alohida sohasi – frazeo-logiyaning tekshirish ob'yekti. So‘zlarning turg‘un birikmasi hamma vaqt so‘z birikmasiga emas, balki gapga teng ham bo‘lishi mumkin: Sichqonning ini ming tanga bo‘ladi, Og‘zing qani desa, qulog‘ini ko‘rsatadi kabi. Ko‘rinadiki, faqat so‘zlar birikmasi emas, balki gaplar ham erkin va turg‘un bo‘lar ekan. Shuning uchun turg‘un birikmalarni birikmaga teng turg‘un uyushmalar va gapga teng turg‘un uyushmalar tarzida ikkiga ajratish mumkin. Turg‘un uyushmalar atamasining ma'nosi turg‘un so‘z birikmalarining ma'nosidan keng. Chunki turg‘un uyushmalarga yog‘ tushsa yalaguday, qovog‘idan qor yog‘adi kabi qo‘shilmalar bilan birga kuchiga kuch qo‘shildi, zangori kema kapitani, viloyat paxta banki, Termiz davlat universiteti, Termiz akademik litseyi kabi turg‘un uyushmalar ham kiradi. Keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, ularning barchasi turg‘un uyushmalar, lekin ularning ma'nolarida farq bor: bu uyushmalarning ba'zilari o'z ma'no-larida bovlsa, ba'zilari ko‘chma ma'nolidir. Shuning uchun bunday uyushma-lar ma'no va birikuviga ko‘ra ikkiga ajratiladi: 1. To‘g‘ri ma'noli turg'un uyushmalar. 2. Ko‘chma ma'noli turg‘un uyushmalar. To‘g‘ri ma'noli turg‘un uyushmalar. Turg‘un uyushmalarning bu turi ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zlarning birikuvidan tuzilib, bir sintaktik-semantik butunlikni, yaxlitlikni tashkil qilgan lug‘aviy birliklardir. Bu uyushmalarning xarakterli tomoni shundaki, uyushma tarkibidagi kompo-nentlar o'zaro bog‘lanib, bir butunlikni tashkil qiladi va nominativ ma'no ifodalovchi turg‘un birikmalardan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri ma'noli turgvun uyushmalar sirasiga qo‘shma so‘zlar, leksikalizatsiyalashgan so‘zlar va birikma atamalarni kiritish mumkin. 1. Qo‘shma so‘zlar. Ma'lumki, so‘z yasash turlaridan biri yasamalarni leksik-sintaktik usul bilan hosil qilishdir. Bunda yangi so‘zning hosil bo‘li-shi so‘z birikmasi va ba'zan
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 97 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us ayrim gaplardagi elementlarning tamoman qo‘shilib ketib, bir butunlik hosil qilishidir: u qadar, o‘zi bilarmon, bari bir, bu kun va b. Bu kabi sovzlarni to‘gvri ma'noli turgvun uyushmalar qatoriga kiritilishining sababi, ular tashqi tomondan bog‘li – turg'un, barqaror xususiyatga ega bo‘ladi. Masalan, temir yo‘l, devor soat kabi erkin so‘z birikmalaridan hosil bo‘lgan qo'shma so‘zlarning semantikasida torayish, maxsuslanish yuz berib, nominativ ma'no hosil bo‘lgan. Lekin ularning tilning tayyor materiali bo‘lishi, qurilish va semantik vazifa jihatidan ayrim so‘z bilan yaqinligi ularni turg'un birikma tusiga kiritadi. (Bu haqda «So‘z yasalishi» bahsida). 2. Leksikalizatsiyalashgan so‘zlar. Leksikalizatsiya so‘zi grekcha lexikos – «lug'aviy» so‘zi bilan aloqador bo‘lib, nemischa lexikolislezen – «bir so'zga aylanmoq» demakdir. Leksikalizatsiyalashgan so‘zlar ma'nosi tarkibi-dagi komponentlar ma'nosining umumiy yigvindisidan iborat bo‘lgan, bir leksekaga aylanish darajasidagi to‘g‘ri ma'noli turg‘un uyushmalardir. Leksik-sintaktik usul garchi so‘z yasashning maxsus usullaridan bo‘lmasa ham, unga juda yaqin turadigan tiplardan biridir. Bunda yangi so‘zning paydo bo‘lishi so‘z birikmasining, ayrim gaplarning, undagi elementlarning tamoman qo'shilib ketib bir butunlik hosil qilishidir. Masalan, hol buki (aslida ega va kesim), o‘zi bilarmon, bari bir, u qadar kabi. Ko‘rinadiki, bunday yasash frazeologiya bilan ham bog‘liq bo‘lib, yangi so‘z yasash so‘z birikmalari va gaplarni leksikalizatsiya qilish natijasida paydo bo‘ladi. Bunday birikmalar tarkibidagi komponentlar ma'nosi ko'chma bo'lmaganligi uchun frazeologiya emas, balki yangi yasalmani hosil qiladi. Bunday leksik yasalmalar ham hali to‘la birikmagan holda to‘g‘ri ma'noli turg‘un uyushma-larni tashkil qiladi. 3. Birikma atamalar. To‘g‘ri ma'noli turg'un iboralarning yana bir turi birikma atamalardir. Iboralarning bu turini birikma atamalar deb nomlani-shiga sabab ularning ma'lum darajada termin (istiloh)larga yaqinligidir, sababi birikma atamalar ham terminlar kabi birikma holida bir tushuncha ifodalaydi. Birikma atamalardan kelib chiqadigan umumiy tushuncha uning tarkibidagi komponentlar ma'nosi bilan bog‘liq bovlib, unda kesim bo‘lak tushuncha mohiyatini bildiradi va tobe bo‘lak uning nimaga xoslanganligini belgilaydi yoki ma'no mo‘ljallangan tushuncha hajmigacha torayib boradi. Masalan, agrar masala, ishlab chiqarish boshqarmasi, «O‘zbekiston ovozi», «Xalq so‘zi» kabi iboralarda birikma atamasining ma'no mohiyati hokim bo‘lakda bovlib, tobe bovlaklar esa uning nimaga taalluqli ekanligini ko‘rsatib keladi.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 98 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Birikma atamalar ma'nosi qanday xarakterda bo‘lishidan qat'i nazar, nom-lovchi – nominativ xususiyatini o'zida saqlaydi, bu uning ma'nosi har ikkala bo'lak ma'nosi sintezidan kelib chiqishini ko'rsatadi. Birikma atamalar asosan ot turkumida bo'ladi, bu ularning terminlar bilan aloqasini yaqqolroq ko'rsatadi: aylanma harakat, kvadrat tenglama, tepkili terlama, tutuq belgisi kabi. Lekin bu ularning so'z turkumlariga nisbatan chegaralanganligini ko'rsatmaydi. Ular sifat (nafsi buzuq, arzongarov), fe'l (aybga buyurmaslik, aksiga olmoq), ravishlarda (aks holda) ham uchraydi. Turli tashkilot, korxona, muassasa, matbuot mahsulotlariga berilgan nom-lar ham turg'un uyushmani tashkil qilsa, birikma atamalar sirasiga kiradi. Ko'chma ma'noli turg'un iboralar. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zlardan tarkib topgan, tarkibidagi bo'laklarning ma'nosi qisman yo butun-ligicha ko'chgan, majoziy ma'noda qo'llanadigan, lekin birikma butunligicha bir nominativ ma'no anglatadigan lug'aviy birliklarga ko'chma ma'noli turg'un iboralar deyiladi. Ko'rinadiki, to'g'ri ma'noli turg'un iboralar bilan ko'chma ma'noli turg'un iboralarning farqi ularning birikish usulida emas, balki ma'no xususiyatidadir: ularning birida ma'no turg'un, ikkinchisida ko'chgan bo'ladi. Qiyoslang: demokratik hokimiyat va bilim bulog'i. Misollarning birinchisida har ikkila bo'lak o'z ma'nosida, ikkinchisida esa buloq so'zining ma'nosi ko'chgan, majoziy. Demak, birinchi uyushma to'g'ri ma'noli turg'un uyushma, ikkinchisi esa ko'chma ma'noli turg'un uyushma-dir. Bu uyushmalar uchun tarkibining barqarorligi, nutqda yaxlitligicha qo'llanishi va tilda tayyor holda mavjudligi ularning umumlashtiruvchi belgisi bo'lsa, tarkibidagi qismlarda obrazlilikning mavjud yoki mavjud emasligi, semantik qayta shakllangan yoki shakllanmaganligi ularning farqli belgilaridir. Yuqoridagi misollarning birinchisida dastlabki uch belgi mav-jud, keyingi ikki belgi mavjud emas; ikkinchi misolda dastlabki to'rt belgi bor, oxirgisi yo'q. Og'zi qulog'ida uyushmasida esa barcha belgilar mav-juddir. Ana shu farqlovchi belgilarga ko'ra ko'chma ma'noli turg'un uyushmalar-ning ikki turini ko'rsatish mumkin: parafrazalar va frazeologizmlar.