DIQQAT JARAYONINING OʻQISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI: BARQARORLIK VA CHALGʻITUVCHI OMILLAR
Full text
22 DIQQAT JARAYONINING OʻQISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI: BARQARORLIK VA CHALGʻITUVCHI OMILLAR Izzatullayeva Madina Aloviddin qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar fakulteti Amaliy matematika yoʻnalishi talabasi [email protected] Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qtuvchisi Ilmiy rahbar: Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li ol[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17942716 Annotatsiya Ushbu tezisda diqqat jarayonining oʻquv faoliyati samaradorligiga ta’siri, xususan, diqqatning barqarorligi va uni susaytiruvchi, chalgʻituvchi omillar psixologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, tashqi (shovqin, muhit, chalgʻituvchi omillar) va ichki (emotsional holat, charchoq) omillarning diqqatga ta’siri taqqoslab oʻrganilgan. Tezisda ta’lim jarayonida chalgʻituvchi omillarni kamaytirish, diqqatni boshqarish koʻnikmalarini shakllantirish va barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit soʻzlar: diqqat jarayoni, barqaror diqqat, emotsional holat, psixologik omillar, idrok, vizual va audial materiallar, raqamli texnologiyalar. Annotation: This thesis analyzes the influence of the attention process on the effectiveness of educational activities, in particular, the stability of attention and its weakening and distracting factors from a psychological perspective. Also, the influence of external (noise, environment, distracting factors) and internal (emotional state, stress) factors on attention is studied in a comparative manner. The thesis puts forward scientifically based recommendations for reducing distracting factors in the educational process, developing attention management skills, and strengthening stability. Keywords: attention process, sustained attention, emotional state, psychological factors, perception, visual and auditory materials, digital technologies. KIRISH Diqqat oʻquv jarayonining eng muhim psixiologik komponentlaridan biri boʻlib, oʻquvchining bilimni qabul qilishi, qayta ishlashi va eslab qolishi jarayonlarini bevosita belgilaydi. Psixologiyada diqqat ongning muayyan obyektga yoʻnaltirilishi va shu obyektni boshqalardan ajratib turish qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Ta’lim jarayonida diqqatning barqarorligi, ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari hamda tashqi chalgʻituvchi omillar oʻquv natijalari sifatiga sezilarli ta'sir koʻrsatadi. Oʻquv jarayonida chalgʻituvchi omillar diqqatning pasayishiga va oʻqish samaradorligining susayishiga olib keladi. Tashqi omillarga shovqin, keraksiz vizual obyektlar, sinfdagi harakatlar; ichki omillarga esa charchoq, zerikish, emotsional holat va salbiy fikrlar kiradi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar keng qoʻllanilayotgan davrda smartfonlar, ijtimoiy tarmoqlar va bildirishnomalar oʻquvchilar diqqatini eng kuchli chalgʻituvchi omillar sifatida namoyon boʻlmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, diqqatning tez - tez boʻlinishi xotira jarayonlariga salbiy ta'sir koʻrsatadi va oʻquv materiali yuzaki oʻzlashtiriladi.
23 Diqqatni boshqarish koʻnikmasi oʻquvchida bosqichma-bosqich shakllanadi. Bu jarayonda faollashtiruvchi topshiriqlar, mantiqiy fikrlash mashqlari, vazifalarni kichik boʻlaklarga boʻlish, qisqa tanaffuslar, shuningdek, sogʻlom psixologik muhit muhim oʻrin tutadi. Oʻqituvchi tomonidan toʻgʻri tashkil etilgan oʻquv jarayoni diqqatni susayish davrlarini kamaytiradi va oʻquvchining qiziqishini doimiy qoʻllab - quvvatlaydi. XULOSA Diqqat oʻquv faoliyatining markaziy boshqaruv mexanizmi sifatida ta’lim jarayonining barcha bosqichlariga ta'sir koʻrsatadi. Oʻquvchi diqqatini bir nuqtaga toʻplash qanchalik samarali boʻlsa, bilimni anglash, qayta ishlash va amaliyotda qoʻllash jarayonlari shunchalik yuqori darajada kechadi. Shu bois oʻquv jarayonini loyihalashtirishda diqqatning barqarorligi va tez susayishiga olib keluvchi omillarni hisobga olish zarur. Ta’limdagi yutuqlar koʻp jihatdan aynan diqqat jarayonining qanchalik toʻgʻri yoʻnaltirilgani bilan belgilanadi. Adabiyotlar, References, Литературы: 1. Gʻoziyev E. Psixologiya asoslari - Fan nashriyoti, 2015 2. Raxmonqulova N.Pedagogik psixologiya - TDPU nashriyoti, 2020 3. Vygotskiy S.Pedagogicheskaya psikhologiya - Pedagogika, 1991 4. Akhmedov R. Oʻquv jarayonida diqqat va xotiraning roli - Fan va ta'lim, 2018 5. Karimova L. Pedagogik psixologiya: Diqqat va motivatsiya - Toshkent: Oʻqituvchi, 2020 6. Baddeley A. Working memory - Oxford University Press, 2015 7. Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li. (2024). Rahbar va xodim munosabatlarining boshqaruv jarayonidagi psixologik xususiyatlari. Образование наука и инновационные идеи в мире, 41(1), 110 - 113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079