scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KONSTITUTSIYA – ERKINLIK VA FAROVON HAYOT GAROVI

Otajonova, Sevinch

Abstract

Ushbu maqola “Konstitutsiya- erkinlik va farovon hayot garovi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Konstitutsiya fuqarolarga o‘z huquqlari va majburyatlarini anglashga, shuningdek, davlat va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undaydi.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 71 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17942937 KONSTITUTSIYA – ERKINLIK VA FAROVON HAYOT GAROVI Otajonova Sevinch Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti 5-24 DIoʻ guruh talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqola “Konstitutsiyaerkinlik va farovon hayot garovi” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati yoritiladi. Konstitutsiya fuqarolarga o‘z huquqlari va majburyatlarini anglashga, shuningdek, davlat va jamiyat taraqqiyotida faol ishtirok etishga undaydi. Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, erkinlik, farovonlik, huquq, jamiyat, inson huquqlari, davlat, taraqqiyot. АННОТАЦИЯ Данная статья посвящена теме “Конституция-гарантия свободы и благополучной жизни”, в которой раскрывается её значение в защите прав и свобод человека в обществе. Конституция призывает граждан осознавать свои права и обязанности, а также активно участвовать в развитии государства и общества. Ключевые слова: Конституция, свобода, процветание, закон, общество, права человека, государство, развитие. Bilasizmi insonga o‘zlik nimaga kerak, bir inson bir jamiyatni, davlatni qurar ekan unga faqat o‘zlik, erkinlik kerak bo‘ladi. Chunki u shaxs bir mahallani yoki bir SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 72 qishloqni emas butun bir boshli davlatni barpo qilmoqchi bo‘ladi, bunda esa u bilan birga faqat o‘zligi yonma-yon turadi. Xalqni ham o‘zi bilan qonunqoida asosida yonida olib turish uchun esa, albatta, konstitutsiya va qonunlar kerak. Hozirda har bir davlatning o‘zligi, konstitutsiyasi mavjud. Bizning davlatimizning konstitutsiyasi ham 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Har bir oilaning rahbari, qonun-qoidalari bo‘lgani singari davlatning ham qonun-qoidalar to‘plami bu konstitutsiya hisoblanadi. Davlatning eng oliy huquqiy hujjati bo‘lib, jamiyat hayotining barqarorligini, fuqarolarning erkinlik va huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi. U nafaqat huquqiy, balki ma’naviyma’rifiy asos sifatida ham xizmat qiladi, chunki konstitutsiya orqali davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanat saqlanadi, huddi tarozining ikki pallasi teng turgani singari. Undagi qonunlar mamlakatimizdagi har bir fuqaroning foydasini o‘ylagan holda yaratilgan, hech kimni bu qonunlarni buzishga haqqi yo‘q. Chunki bu davlat, bu konstitutsiya jamiyatni, insonni o‘ylayabdimi, demak inson ham davlat haqida o‘ylashi kerak. Tarozining ikki pallasi deganimda men huddi shu narsani nazarda tutgan edim. Konstitutsiyaning 13-moddasida shunday deyilgan: “O‘zbekiston Respublikasida demokratik tamoyillar, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadrqimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” 8 . Bu modda davlatning asosiy maqsadifuqarolar manfaatini himoya qilish ekanini bildiradi. Yana bizning mustaqil davlatimizni hokimiyatining asl egasi xalq ekanini aglatadi. Albatta salomga yarasha alik bo‘lishi kerak dunyoda, davlatimiz rahbari biz haqimizda qayg‘uryabdimi, bizni o‘ylab, erkinligimizni o‘ylab davlatimiz konstitutsiya joriy qildimi, demak biz ham shunga munosib bo‘lishimiz kerak, amal qilishimiz kerak. Men yana qonunni buzayotgan shaxslarga tushunmayman, ularga nima yetishmayabdi, tinch va mustaqil davlatda yashashyabdi, har bir fuqaroga yetarlicha erkinlik berilgan. Aslini olganda bunday davlatning qonun qoidalarini buzadigan inson nonko‘r hisoblanadi. Dinimizda ham bunday narsalarga yaxshi qaralmaydi. Chunki hech bir qonun, davlat organi yoki mansabdor inson huquqlaridan ustun bo‘la olmaydi. Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev 8 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 80. b. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 73 o‘z maruzalari va chiqishlarini birida Asosiy qonunni “Xalq idorasining yorqin ifodasi, erkin va farovon hayotning poydevori” 9 deb ta’riflaydi. Unga ko‘ra, Konstitutsiya faqat hujjat emas, u xalqimizning orzu-umidlari, kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam bo‘lgan buyuk qadriyatdir. Qarang shu birgina konstitutsiya so‘zining ortida nimalar turadi, xalqning orzu-umidlari, ishonchi, boshqa davlatlar bilan hamjihatlik olib borayotgan samimiylik, barcha barchasi bizning yurtimizda, biz uchun, bizni tinchligimiz uchun. Har qanday islohat, siyosat yoki qarorlarning markazida inson turadi. Insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, huquqlari va qadrqimmati davlat tomonidan eng yuqori darajada ezozlanadi. Har bir shaxsning huquqi tug‘ilganidan boshlab kafolatlanadi. Bu keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rib turibmizki, Konstitutsiya oddiy bir qog‘oz emas. Bu tarixning saboqlari, hozirgi davrdagi bizning o‘zligimiz, kelajak avlodning umidlarini jamlagan bir kitobdir. Erkinlik – bu insonning erkin yashashi, o‘z fikrini ayta olishi, orzu qilishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun avvalo mustahkam huquqiy asos zarur. Konstitutsiya esa aynan shu asosni insonga taqdim qiladi. Bu asos doirasida inson so‘z, fikr, ta’lim, mehnat va boshqa asosiy erkinliklarini kafolatlaydi. Har bir shaxsning o‘z hoxishi, qadr-qimmati va ma’sulyatini hisobga olgan holda qaror qabul qilish, harakat qilish va yashash huquqidir. Erkinlik faqat xohlaganicha qilish emas, balki huquq va boshqalarning huquqini hurmat qilgan holda va jamiyat qoidalariga muvofiq yashash demakdir. Inson yashayabdimi, nafas olayabdimi, demak u harakatdan to‘xtamasligi kerak, shunday hayot kechirishi kerakki, uning o‘qigani, odobi faqat o‘ziga emas, balki butun jamiyatga, ota-onasiga foyda olib kelsin. Bu konstitutsiyani har bir moddasi bizni shunga chorlaydi. Axir Konstitutsiya erkinlik va farovon hayot garovi hisoblanadi. 9 Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo birdamligi dunyo muammolarini hal etishda yordam berishi haqida // https://kun.uz/90670179?q=%2F90670179#! SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 74 Farovonlik esa insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan chambarchas bog‘liq. Konstitutsiya fuqarolarga ijtimoiy himoya, ta’lim sog‘liqni saqlash va boshqa muhim sohalarda kafolatlar beradi. Shu sababli, konstitutsiya nafaqat huquqiy asos, balki ijtimoiy barqarorlik va farovonlikning ham garovi hisoblanadi. Qaysi bir joyda ibratli bir ish bo‘lsa, u kengashilgan tadbirning natijasi ekaniga guvoh bo‘lamiz. Bu bejiz emas biz buyuk va ulug‘vor o‘tmishimizdan shunday saboq olganmiz. Sohibqiron Amir Temur o‘z tuzuklarida shunday ta’lim beradi: “Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur…Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin… Har kimdan so‘z olib kengash so‘rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlarini o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va savoblirog‘ini tanlab olardim” 10 . Bu fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqning xohish-irodasini qonunlarda ifoda etish, bayoni uning tomonidan saylangan vakillar orqali bajarilishi lozimligini bildiradi. Shuning uchun ham “Davlatning yagona manbai xalq” deyishgan, va bu so‘z hozirgacha o‘z aksini topib kelmoqda. Oldingi davr yo‘l qo‘ygan ishlarga qaraydigan bo‘lsak, davlat tomonidan qatl qilishga buyurilgan, balki bu narsa o‘sha davrga qiyoslab qaraganda bir ma’noda to‘g‘ri bo‘lgandir, lekin barchamiz ham bir insonmiz, kimningdir otasi, kimningdir onasimiz. Konstitutsiyamiz esa hammamiz bir maqomda turishimizni, kimdir onasiz, yana kimdir otasiz qolishini oldini oladigan bir manba hisoblanadi. Mustaqil davlatga aylanganimizdan keyin konstitutsiyani qabul qilar ekanmiz, unga amal qilar ekanmiz, bu bizning eng katta yutug‘imiz bo‘lgan. Bugun yurtimiz haqida fikr yuritilganda “Yangi O‘zbekiston”, “Taraqqiyotning yangi bosqichiga kirib borayotgan mamlakat” degan iboralar ishlatilmoqda. Bu degani bizning davlat yuksalishda bo‘y cho‘zmoqda, taraqqiyotga katta qadamlar tashlamoqda. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, bizning kelajakka qo‘yayotgan poydevorimiz bu mustahkam konstitutsiyamiz hisoblanadi. 10 “Temur tuzuklari” (“Tuzukoti Temuriy”) kitobidan. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 15 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 75 Har birimiz esa bu konstitutsiyaga amal qilib, o‘z insoniylik vazifamizni bajarsak, bu poydevor g‘ishtsiz qolmaydi. Hattoki, Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham ta’kidlaganidek, qilich ham hal qila olmaydigan masalalarni birgina tadbir hal qiladi. Bilasizmi, aslini olganda dunyo biz uchun yaratilgan, hayot shukur va sabr qilishimiz uchun berilgan, jamiyat ham o‘zimizmiz, davlat ham bizmiz, hammasi o‘z qo‘limizda, konstitutsiyamizga amal qilib hayot kechirsak u bizga erkinlik va farovon hayotni va’da qilgan. Barcha insonlar yomon bo‘lib tug‘ilmaydi, uni atrofidagi jamiyat zaharlaydi, berilgan va’da esa shu zaharni oldini olish uchun xizmat qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak osmoni musaffo, tinch yurtda yashar ekanmiz, buning uchun faqat shukur qilishimiz kerak, uni haqqini ado qilishimiz kerak. Shuni yodda tutishimiz kerakki, yaxshi inson bo‘lib yashash unchalik ham qiyin emas, yaxshi inson esa nima mumkin, nima mumkin emas juda yaxshi biladi. Shuni unutmang, Konstitutsiya borki inson qadri bor, qonun-qoida borki, tartib bor. Konstitutsiya bizning farovon hayotimizning garovidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 80. b. 2. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo birdamligi dunyo muammolarini hal etishda yordam berishi haqida // https://kun.uz/90670179?q=%2F90670179#! 3. “Temur tuzuklari” ( “Tuzukoti Temuriy”) kitobidan.